2. Milliy ruhiy tiklanish - mustaqillikni mustahkamlash va taraqqiyotining
zaruriy sharti.
Xalqning milliy-ruhiy tiklanishi jarayonida fuqarolarimizda millatparvarlik
tuyg‘ularini shakllantirish ham muhim ahamiyatga egadir. Millatparvarlik o‘z
millatini boshqa millatlardan ustun qo‘yish kabi jirkanch shovinistik harakatlardan
keskin farq qiladi. Millatparvarlik o‘z millatining birligini mustahkamlash, o‘z tili,
urf-odatlari, an’analarini rivojlantirish, qadriyat va merosini ko‘z qorachig‘iday
asrash, o‘z millatining kelajagi uchun xizmat qiluvchi aql-zakovat salohiyatini
rivojlantirish va milliy tarbiyani amalga oshirishda fidoyi bo‘lishdir.
Millatparvarlik – o‘z xalqining tarixi, taqdirini bilish, uning manfaatlarini har
qanday sharoitda himoya qilishga tayyor bo‘lishdir. Bu milliy-ruhiy tiklanish
jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bulardan tashqari xalqparvarlik, mehnatsevarlik
kabi yo‘nalishlar ham borki, ularning yechimida milliy qadriyatlar, an’analar, urf-
odatlarning tutgan o‘rni kattadir. Jamiyatda ishlab chiqarish qay darajada ahamiyat
kasb etsa mazkur jamiyatning ma’naviy hayoti, madaniyati an’analari ham
shunchalik muhimdir. “Inson hayotining bu nozik va murakkab tomonlari bilan
hisoblashmaslik jamiyatimizga qanchadan-qancha zarar keltiradi. Binobarin, bu
kamchiliklarni tuzatish uchun juda katta mehnat qilishimiz kerak”
1
. Birinchi galda
madaniyatimizga, ma’naviy merosimizga, urf-odatlarimizga, an’analarimizga,
qadriyatlarimizga e’tibor berishimiz lozim. Bu xazina asrlar davomida to‘plangan,
tarixning ne-ne sinovlaridan o‘tgan, xalqimizga og‘ir damlarda madad bo‘lgan.
Hozirgi davr sharoiti yetuk, ijtimoiy faol shaxsni tarbiyalashdek ulkan bir
vazifani keskin qilib qo‘ymoqda. Ommani, ayniqsa yoshlarni milliy an’analar,
qadriyatlar asosida tarbiyalash - bu ulkan vazifani o‘zagining tarkibiy qismini
tashkil qiladi. “Shuni alohida ta’kidlash lozimki” - degan edi I. Karimov “Sog‘lom
avlod uchun” ordenini topshirish marosimida so‘zlagan nutqida, - xalqimiz
tarixning mashaqqatli sinovlari osha o‘zining ana shu olijanob xususiyatlariga
zavol yetkazmay saqlab kelmoqda. Ajdodlarimiz o‘z nasllarini umuminsoniy
tuyg‘ular, o‘lmas Sharq falsafasi, milliy qadriyatlarimiz ruhida tarbiya qilib
kelganlar. Ota-bobolarimiz asrlar davomida tilimizni, dilimiz va dinimizni,
o‘zbekning o‘zligini har tomonlama asrab-avaylab, barkamol avlodlarni voyaga
yetkazdilar. Bunday fazilatlar asl e’tiboriga ko‘ra bizning zahmatkash xalqimizga
munosibdir va bu bilan har qancha g‘ururlansak arziydi”
1
.
Har bir xalq yoki elat dastavval tarixiy madaniy birligi bilan ajralib, o‘ziga
xos xususiyatlarini saqlab kelgan. Bu xususiyatlar ayrim ehtiyojlarni qondirishdagi
faoliyat va uslub bilan ko‘zga tashlanadi. Xalqlar turli davrlarda turli xil
muammolarni hal qilishgan. Bu jarayonda esa o‘ziga xos vosita va uslublardan
foydalanishgan. Ular turli xil geografik muhit va iqtisodiy sharoitlarda yashagan.
Mana shu xususiyatlarga va tarixiy tajribalarga asoslangan holda har bir millatda
milliy ong, milliy qiyofa shakllanadi. Shuning uchun ham tariximizni, milliy
madaniyatimizning xususiyatlarini, imkoniyatlarini, xalqimizning turmush tarzini,
an’analarini to‘g‘ri yoritish lozim. Agar biz tariximizni tiklasak, madaniy-
ma’naviy merosimizni, an’analarimizni xalqimizga qaytarsak, unga to‘g‘ri
munosabatda bo‘lib obyektiv holda o‘rgansak, shuning o‘zi kishilarni tarbiyalaydi.
An’analarni, qadriyatlarni asrab-avaylab, boyitib keyingi avlodga yetkazish millat
ravnaqining eng muhim omili hisoblanadi. “Ajdodlarimizning ruhi poklari va urf-
odatlari, bizning eng yaxshi an’analarimiz qayta tiklanganda islohatlar
muvaffaqiyatga erishadi. o‘ta o‘qimishli, ruhan bardam va jismonan baquvvat
kishilargina istiqlol va taraqqiyot yo‘lini bosib o‘ta oladi. Sarchashmalari buyuk
ajdodlarimizning tafakkurlari va muddaolaridan boshlanadigan xalqimizning
ma’naviy qadriyatlari iqtisodiy o‘zgarishlarimizning mustahkam poydevori bo‘lib
xizmat qiladi”
1
. Millat mavjud ekan milliy qadriyatlarimizning ahamiyati aslo
1
Karimov I. A. Istiklol va ma’naviyat. 65-bet.
1
Karimov I.A. Istiqlol va ma’naviyat. 65- bet.
1
Karimov I.A. О‘zbekiston iqtisodiy siyosatining ustuvor yо‘nalishlari. Toshkent “О‘zbekiston” 1993. 19-bet.
kamaymaydi. Umuman olib qaraganimizda, milliy qadriyatlar har bir millatning
mohiyatini, uning muayyan mustaqil ijtimoiy etnik birlik ekanini belgilab beruvchi
asosiy mezonlardan biridir.
Shuningdek, xalqning milliy-ruhiy tiklanishi milliy manfaatlarning anglab
olinganlik darajasini ham ifodalaydi. Milliy manfaatlarning gnoseologik, ijtimoiy-
siyosiy ildizlarini, mohiyatini tahlil qilish ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga
ega.
Ko‘rinib turibdiki, milliy o‘z-o‘zini anglash milliy manfaatlarni anglash
yagona omili emas. U subyektiv omil hisoblanadi. Milliy manfaatlarning asosiy va
hal qiluvchi sharti esa jamiyat oldida turgan iqtisod, siyosat, ma’naviyat borasida
amalga oshirish lozim bo‘lgan ustuvor vazifalarni anglab olishda namoyon bo‘ladi.
Xalqimizning an’anaviy tus olgan jihatlaridan biri-uning ulug‘ niyatlar bilan
yashashi, kelajakka ishonch bilan boqishidir. “Niyating-yo‘ldoshing”, “yaxshi
niyat-yarim davlat” kabi xalqdagi hikmatlar amaliy hayotimizdan kelib chiqqan.
Kelajakka ishonch ruhida yashash, mehnat qilish, yoshlarni ham shunga o‘rgatish
xalqning kuchiga kuch, qudratiga qudrat qo‘shadi, jamiyatdagi barqarorlikning
manbaidir.
Xalqimizning kelajakka bo‘lgan ishonchiga, faoliyatiga, maqsad va
intilishlariga iymon, e’tiqod, vijdon, ixlos kabi milliy qadriyatlarimiz asos bo‘la
oladi. Iymon arabcha so‘z bo‘lib, ishonch ma’nosini anglatadi. Iymon insonning
o‘z e’tiqodiga tayangan holda o‘zgalar va o‘z faoliyatiga munosabat bildirishidir.
Iymonning diniy talqini ham, dunyoviy talqini ham inson faoliyatini oqilona
boshqarish, jamiyat hayotida tinchlik, adolat, insonparvarlik, halollik singari
fazilatlarni shakllantirishga, odamlarni to‘g‘ri yo‘ldan olib borishga qaratilgan
ma’naviy qadriyatlar tizimidir. Iymon insondagi alohida fazilat emas, balki yetuk
ma’naviyat normalarining muayyan tizimidir. U inson qalbida e’tiqod bilan
bog‘lanib tomir otadi. o‘z navbatida e’tiqod ixlos zaminida shakllanadi. Ixlos har
bir g‘oya, tushuncha, bilim e’tiqodga aylanishidagi bir bosqichdir. Ixlos insonning
g‘oyani ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy maqsadlarni odob-axloq normalarini
o‘z faoliyatiga asos qilib olishga intilishidir.
Xalqimizning milliy ruhiy tiklanishi suvga, yerga, tabiat boyliklariga hurmat,
ularni asrab-avaylash xalqimizning azaliy an’analariga bo‘lgan munosabatini ham
belgilaydi. Zardushtiylar yer, suv, havoni muqaddas deb bilishgan. Atrof-muhitni
muqaddas deb bilishgan. Atrof-muhitni himoya qilish, asrash qoidalarini
buzganlarga chora ko‘rishgan. “Avesto” o‘sha davrdagi kishilarga “inson butun
umri davomida suv, tuproq, olov umuman dunyodagi jamiki yaxshi narsalarni pok
va but-butun asrashga burchlidir” deb ta’lim beradi. Inson o‘zi o‘sib ulg‘aygan
zaminni sevsa, atrof muhitni toza saqlasa bu bilan u Vatan oldidagi burchini
bajargan hisoblangan
1
. Xalqimiz yaqin yaqingacha farzandlarini suvga hurmat
ruhida tarbiyalab kelishgan. Ariq yoki buloqqa yetti qadam qolganidan keyin yerga
tufurish gunoh hisoblangan. Ariqlarga axlat tashlanmagan. Vodoprovod kirib
kelgani uchunmi, yo bo‘lmasa boshqa narsa sabab bo‘ldimi bu an’analar ko‘pchilik
joylarda e’tibordan chetda qolib ketdi. Kanallar axlatlarga to‘lganligi bois suv
1
Karang: Yо‘ldoshev J., Xasanov S. Avestoda axloqiy ta’limiy karashlar. Toshkent “О‘qituvchi” 1992,.
oqmasdan tagi bilan qorayib ketgan. Bu suvni ichish yoki qo‘l-betni yuvish u
yoqda
tursin,
uni
hayvonlarga
berib
bo‘lmaydi.
Har
kim
har
xil
foydalanayotganligi bois vodoprovod suvi ko‘chaning narigi betiga yetib ham
bormaydi. Bunisi ham yetmaganidek, korxonalarda ham o‘z chiqindilarini daryoga
oqizish hollari davom etmoqda.
Jamiyatning milliy-ruhiy tiklanishi uning a’zolarining bilim, ilm, amaliy
malaka va iste’dodga intilishlarida ham namoyon bo‘ladi. Kishilarning ilm bilan
bog‘liq amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirmasdan turib jamiyat taraqqiyotini
tasavvur etish mumkin emas.
Odat tusiga kirgan urf-odatlar, marosimlar kishilar xulq-atvorini boshqarar
ekan, faqatgina jamoatchilik fikrigina emas, balki qaror topgan qonun qoidalar
kuchini ham hisobga olgan. Vatanga sadoqat, ota-ona va keksalarga hurmat
bolajonlik, kabi fazilatlar ijtimoiy xarakterga ega bo‘lgan bayram va marosimlarda
namoyish qilingan. Asrlar osha saqlanib kelayotgan, ijtimoiy jihatdan katta
ahamiyat kasb etgan urf-odatlardan biri og‘ir damlarda o‘z yaqinlarining gadolik
yoki daydilik qilishiga yo‘l qo‘ymaslikdir. Mabodo shunday vaziyat yuz bergudek
bo‘lsa, uning isnodi barcha qarindoshlarga, mahallaga kelgan. Bunday urf-
odatlarning ijtimoiy ahamiyati bugungi kunda ham ko‘pgina muammolarni
yechishi mumkin. Ko‘cha ko‘ylardan tortib metropoliten vangonlarigacha har xil
yoshdagi tilanchilar uchrab turgan bir paytda ushbu urf-odatlarga loqaydlik bilan
qarash holatlari davom etmoqda.
Urf-odatlar, an’analar xalqning o‘tmishini bugun bilan, bugungi kunni
kelajak bilan bog‘laydi. Urf-odatlarni asrab avaylashdan maqsad, uni kelgusi
avlodga yanada boyitgan holda topshirishdir. Faqatgina boyitgan holda kelgusi
avlodga topshirish emas, balki ayni paytda ulardan xalqni jipslashtirishda,
uyushtirishda, barqarorlik va tinchlikni saqlashda va boshqa muammolarni hal
etishda ulardan foydalanish ham lozim.
An’ana va urf-odatlarni boyitish degani bu ularning sonini ko‘paytirishdan
iborat emas. An’ana o‘ylab chiqarilmaydi yoki tepadan buyruq berish orqali ham
amalga oshirilmaydi.
Avlodlar turli tarixiy davrlarda, turlicha bo‘lgan iqtisodiy-siyosiy va ruhiy
vaziyatlarda yashashadi. Ular turli ko‘rinishlardagi siyosiy va iqtisodiy
muammolarga duch kelishadi. Va bu muammolarni ular har xil ma’naviy vositalar
va uslublar yordamida yechishadi. Bir qator jiddiy muammolarni yechishda ko‘p
bor ijobiy natijalar bergan ma’naviy omillar qadriyat va an’analar tusini olgan va
avloddan avlodlarga o‘tgan.
Xalqimizning ma’naviy tiklanishining yana bir manbai, unga xos bo‘lgan
yana bir xususiyat - bu xalqimizning etnik-madaniy va diniy sabr-bardoshligidir.
“Ming yillar mobaynida Markaziy Osiyo g‘oyat xilma-xil dinlar, madaniyatlar va
turmush tarzlari tutashgan va tinch-totuv yashagan markaz bo‘lib keldi. Etnik sabr-
toqat, bag‘rikenglik hayot bo‘ronlaridan omon qolish va rivojlanish uchun zarur
tabiiy meyorlarga aylandi”
1
.
1
Karimov I. A. О‘zbekiston buyuk kelajak sari, 528 bet.
Bu o‘lkada yashagan xalqlar bir-birining madaniyatini boyitgan. Turli din
vakillari bu o‘lkada inoq yashab kelmoqda. Ko‘p millatli jamiyatimizda ijtimoiy-
siyosiy barqarorlikning ta’minlanishi, fuqarolar o‘rtasida tinchlikning saqlanganligi
milliy taraqqiyotning shartidir.
Hozirgi davrda ma’naviyat masalasi mastaqillikni mustahkamlash, istiqlol sari
ishonch bilan borishning oqilona yo‘lidir. Yetuk ma’naviyat sohibi bo‘lgan
xalqgina kelajak tomon aniq maqsad sari ahillik bilan bora oladi.
Milliy g‘urur tuyg‘usining yana bir jihati shundaki, u shaxsning o‘zi yashab
turgan zaminga, fuqaroligi dahldor bo‘lgan mamlakatga munosabat belgisini ham
qamrab oladi. “Milliy iftihori kuchli bo‘lgan shaxs o‘z mamlakati bilan faxrlana
oladi va uning taqdiriga befarq qaray olmaydi. Milliy iftixori kuchli bo‘lgan shaxs
istiqbolni chuqurroq anglaydi. Uning ertasi bugunidan ko‘ra mukammalroq
bo‘lishiga intiladi”
1
. Milliy iftixor eng avvalo milliy o‘zlikni anglash, milliy
ravnaqni ta’minlash yo‘lidagi intilish, o‘z millati oldidagi ma’suliyatdir. Milliy
iftihor egasi bo‘lgan kishi eng avvalo o‘z millati o‘tmishini yaxshi bilgan, uni
qadrlay oladigan va uni boyitib boradigan insondir. o‘z xalqining tarixini, milliy
qadriyatlarini, tilini, istiqbol manfaatlarini bilmagan va qadrlamagan, milliy
mansubligini unutgan, o‘z millatining istiqboli uchun qayg‘urmaydigan,
kurashmaydigan kishilarda milliy g‘urur ham, millati bilan faxrlanish ham,
millatparvarlik ham bo‘lmaydi.
Milliy mustaqillikni mustahkamlashda xalqning milliy ruhiy tiklanishning
ahamiyati to‘g‘risida gapirar ekanmiz, xulosa tariqasida quyidagi fikrlarni aytib
o‘tish mumkin.
Avvalambor, Prezidentimiz ta’kidlab o‘tganidek, biron-bir jamiyat ma’naviy
imkoniyatlarini odamlar ongida ma’naviy va ahloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay
hamda mustahkamlamay turib o‘z istiqbolini tasavvur eta olmaydi. Xalqimizning
ma’naviy merosi, urf-odatlari, an’analari ming yillar mobaynida sharq xalqlari
uchun qudratli ma’naviyat manbai bo‘lib xizmat qiladi. Mustaqillikning ilk
kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan bebaho ma’naviy va madaniy
merosni tiklash, uni xalqimizga qaytarish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.
“Xalqimizning kelajagi, eng avvalo, uning o‘ziga, ma’naviy qudratiga va milliy
ongining ijodiy kuchiga bog‘likdir. Moddiy farovonlikka intilish millatning
ma’naviy va aqliy o‘sish ehtiyoji g‘ov bo‘lmasligi lozim. Ma’naviylik va
ma’rifiylik xalqimizning ko‘p asrlik tarixi davomida doimo uning eng kuchli
o‘ziga xos xususiyati bo‘lib keldi”
2
. Shu xususiyatdan kelib chiqqan holda
Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tashkil etildi. Bu markaz yuksak
tafakkur sohiblari ma’naviy, ilmiy salohiyatini Vatan istiqboli sari yo‘naltirish
lozim.
Ikkinchidan, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy sohalardagi muammolarni hal qilishda
xalqimizning kelajakka bo‘lgan ishonchi muhim rol o‘ynaydi. Bugungi
kunimizning kechagi kunimizdan farqi shundaki, odamlarning tafakkuri yuksalib,
hayotga munosabati o‘zgarib bormoqda. o‘tmish qoliplaridan voz kechgan
1
Ibrohimov A. va boshqalar. Vatan tuyђusi 298-bet
2
Karimov I.A. Œzbekiston buyuk kelajak sari. 535-536 betlar.
jamiyatimiz a’zolari hayotdagi o‘z o‘rnini yangicha tasavvur etmoqda. O‘z kuchiga
ishonchi ortmoqda.
Kishilar hayotida umuminsoniy demokratik qadriyatlar mustahkamlanmoqda.
I.Karimov O‘zbekistonni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlarga,
chiqarilgan xulosalarga to‘xtalib shunday degan edi: “Bu yillar davomida biz
erishgan eng katta va eng muhim yutuq – bu aholining faolligi oshayotgani,
hayotimizni isloh etish va yangilash zarurligiga, mamlakatimizning kelajagiga
bo‘lgan qat’iy ishonchlikdir”
1
. o‘tmishdagi xalqimizning davlatchilik, ilmiy va
ma’naviy merosi bu ishonchning negizini tashkil etadi. Shu bois tarix, falsafa,
ma’naviyat va ma’rifat kursi kabi fanlarga e’tiborni kuchaytirish lozim. Bu fanlar
xalqimizning o‘tmishi, buguni, kelajagi o‘rtasida bog‘lovchi bo‘lmish mafkuraning
xalqimizga singishida muhim o‘rin tutadi.
Uchinchidan, xalqimizning milliy-ruhiy tiklanish milliy manfaatlarimizni anglab
olishimizga katta yordam beradi. Manfaat bor joyda intilish bo‘ladi. U jamiyat
hayotining barcha sohalaridagi vazifalarni qamrab oladi. Bu yo‘lda barcha millat
vakillarini birlashtirishga xizmat qiladi. Xalqimizning milliy-ruhiy tiklanishi
amalga oshirilayotgan barcha islohatlarning negizini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |