2
PО‘latov X. Mustaqilligimiz qadriyatlari – О‘zbekistonning milliy istiqlol mafkurasi. 76-bet.
1
Yusupov E. Inson kamolotining ma’naviy asoslari, 149-bet.
III-BOB. GLOBALLASHUV JARAYONINING MA’NAVIYAT RIVOJIGA
TA’SIRINI
O‘QITISHDA
ILG‘OR
PEDAGOGIK
TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
1. Globallashuv jarayonining yoshlar ma’naviyatiga salbiy ta’sirini o‘rganish
yuzasidan uslubiy ko‘rsatmalar.
Ma’naviy xurujlarga qarshi kurashda quyidagi masalalar yechimiga keng
e’tibor qaratish lozim. Mustaqillik tufayli ma’naviy qadriyatlarning tiklanishi
uchun keng imkoniyatlar ochildi. Ammo har qanday qadriyatni “orqa-oldiga
qaramay” tiklab bo‘lmaydi, chunki tarixning g‘ildiragini orqaga aylantirishning
imkoni yo‘q. Yangilanish uchun aholining ma’naviy qiyofasiga mos, hozirgi
zamon talablaridan kelib chiqib tahlil qilib, uning mustaqilligini mustahkamlashga,
taraqqiyotiga xizmat qiluvchilarini tanlab olish darkor.
Ushbu nuqtai nazardan O‘zbekiston fuqarolarining ma’naviyatini yangilash
borasida o‘quvchilar e’tiborini istiqbolda bir qancha muammolarni e’tiborga olish
lozim. Ular quyidagilar:
– aholining ko‘p millatli ekanligi, milliy tarkibi va har bir millat vakillari
mentalitetining o‘ziga xos xususiyatlari borki, ular bilan hisoblashish kerak;
– aholi asosiy qismining e’tiqodi va turmush tarzi islom dini bilan bog‘liq
bo‘lishiga qaramay, mamlakatda birqancha boshqa diniy konfessiyalar ham
mavjudki, u diniy bag‘rikenglikka e’tiborni kuchaytirishni talab qiladi;
– mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik an’analari hanuzgacha rivojlanishga
ma’lum darajada salbiy ta’sir ko‘rsatib kelmoqda;
– shaxsiy fe’l-atvor, yurish-turish, muomala madaniyatiga jamoatchilik
fikrining ta’siri ancha kuchli;
– jamiyatda oilaning mavqei alohida o‘rin tutadi;
– to‘y-hasham, ma’rakalarga ba’zida imkoniyat darajasidan ortiqcha e’tibor
berilishi aholining turmush darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi;
–
ota-onaga, umuman kattalarga hurmat ba’zida e’tirozsiz tobelik bilan
uyg‘unlashib, yoshlarning tashabbus ko‘rsatishini cheklab qo‘ydi va hokazo.
Bugungi kunda yer sharida kechayotgan boshqa bir muhim jarayon
globallashuv jarayoni natijasida jahon xalqlari uchun umumiy etiket, umumiy fe’l-
atvor, umumiy mentalitet shakllanmoqda va bunga bevosita jahon miqyosida
ketayotgan siyosiy, iqtisodiy va axborot borasidagi globallashuv ancha kuchli ta’sir
qilmoqda. Bunday globallashuv, ya’ni bir xillashuv muayyan ijobiy natijalar
berishiga qaramasdan, ko‘plab salbiy oqibatlarga ham olib kelmoqda. Bu
sharqning gavhari bo‘lgan o‘zbek xalqining ma’naviy qiyofasiga ham bevosita
hamda bilvosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Natijada globallashuv oqibatida
o‘zbeklarning ma’naviy olamiga xos ko‘plab qadriyatlari, marosim va udumlari
unutilishiga sabab bo‘lmoqda.
Globallashuv xalqlarning ma’naviy-ruhiy qiyofalariga salbiy ta’sir etmoqda.
Buning uchun har bir xalqning o‘zini-o‘zi himoya qilishga qaratilgan milliy
ma’naviy-ruhiy salohiyatini shakllantirish zarurati tug‘ilmoqda. Bu esa o‘z o‘zidan
ma’naviy qiyofani milliy asoslarda shakllantirish katta ahamiyat kasb etishidan
dalolatdir.
Shu o‘rinda Prezidentimizning quyidagi so‘zlarini keltirish o‘rinlidir:
“Tafakkur ozod bo‘lmasa, ong va shuur tazyiqdan, qullikdan qutilmasa, inson
to‘la ozod bo‘lolmaydi. Taraqqiyot taqdirini ma’naviy jihatdan yetuk odamlar hal
qiladi”
10
. O‘zining mustaqil fikri bo‘lmagan kishining tafakkuri qaram bo‘ladi.
Mustamlaka davrida singdirilgan “qullik” psixologiyasini o‘zgartirish oson emas,
bir vaqtlar Muso payg‘ambar o‘z millatidagi qullik xarakterini yo‘qotish uchun
xalqini 40 yil sargardonlik, vatangodolikda olib yurdi, azobdan o‘tkazdi. Bu bir
avlod almashuvini anglatadi. Hozir esa sharoit boshqacha, XXI asrda barcha
texnologiyalar rivojlangan sharoitda xalqni yangicha xarakterini yaratish
imkoniyati bor. Bu o‘zgarishlar o‘zbek xalqini buyuk kelajak sari boshlashi, asrlar
davomida orzu qilib kelgan adolatli jamiyatga olib borishi uchun har bir fuqaro
harakat qilishi, buni o‘zi uchun ham qarz, ham farz deb bilishi kerak. Ma’naviy
xurujlarga qarshi tura olish uchun yoshlarimizda quyidagi bilim va amaliy
ko‘nikmalar shakllangan bo‘lishi talab etiladi:
Birinchidan, yoshlarimiz Vatanimiz o‘tmishi, buguni bilan bog‘liq bo‘lgan
kuchli bilimga ega bo‘lishlari talab etiladi;
Ikkinchidan, yoshlarimizda milliy o‘zlikni anglash yuqorida darajada
bo‘lishi talab etiladi;
Uchinchidan, yoshlarimizda milliy ma’naviy merosga hurmat ruhi, milliy
ongi yuqori darajada tarbiyalanishi zarur;
To‘rtinchidan, Yoshlarimizda kuchli Vatanparvarlik tuyg‘usi qaror topgan
bo‘lishi;
Beshinchidan, yoshlar o‘z mustaqil dunyoqarashiga, ongiga ega bo‘lishlari
talab etiladi. Ularda milliy g‘oyaning asosiy xususiyatlari amaliy ko‘nikma sifatida
shaklangan bo‘lishi lozim.
10
Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T.: O’zbekiston. 1996. 34 b
Do'stlaringiz bilan baham: |