SHAROITIDA INSON MA’NAVIYATIGA TAXDIDLAR VA UNGA
QARSHI KURASH USULLARI.
1. Yoshlar ma’naviyatiga mafkuraviy tahdidlarga qarshi g‘oyaviy tarbiya
vositalari.
2. Milliy ruhiy tiklanish - mustaqillikni mustahkamlash va taraqqiyotining zaruriy
sharti.
3. Ma’naviy tarbiya millit ma’naviyati barhayotligining muhim omili.
III-BOB. GLOBALLASHUV JARAYONINING MA’NAVIYAT RIVOJIGA
TA’SIRINI
O‘QITISHDA
ILG‘OR
PEDAGOGIK
TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
1. Globallashuv jarayonining yoshlar ma’naviyatiga salbiy ta’sirini o‘rganish
yuzasidan uslubiy ko‘rsatmalar.
2. Mavzu yuzasidan dars ishlanmasi.
XULOSA
TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR RO‘YHATI
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI
KIRISH
Muammoning dolzarbligi
. Biz yangi avlod, yangi tafakkur sohiblarini
tarbiyalashdek mas’uliyatli vazifani o‘z bo‘ynimizga olganmiz. Bu ishda har qaysi
ota-ona, ustoz-murabbiy, mahalla oqsoqoli va faollarining yakdil va uyg‘un
faoliyati muhimdir. Zotan, Prezident yozadi: “Biz xalqimizning dunyoda hech
kimdan kam bo‘lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va
albatta baxtli bo‘lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar
etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos
ahamiyat kasb etadi. Agar bu masalada hushyorlik va sezgirligimizni, qat’iyat va
mas’uliyatimizni yo‘qotsak, bu o‘ta muhim ishni o‘z holiga, o‘zbo‘larchilikka
tashlab qo‘yadigan bo‘lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo‘g‘rilgan va ulardan
oziqlangan ma’naviyatimizda, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda o‘zimiz
intilgan umumbashariy taraqqiyot yo‘lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin”
1
.
Zero, bu dunyoda tabiatda ham, jamiyatda ham bo‘shliq bo‘lmaydi. Qayerdadir
bo‘shliq paydo bo‘ldimi, hech shubhasiz uni albatta kimdir to‘ldirishga harakat
qiladi
2
. Mafkuraviy tazyiqning yadroviy quroldan ham xavfliroq ekanligi ayon
bo‘lib qolayotgan xozirgi davrda yoshlarning ongini g‘oyaviy zaxarlanishdan
muxofaza qilish hayotiy zaruriyatga aylanib qolmoqda. Bozor “talablariga”
moslashtirilgan “ommaviy san’at na’munalari” ko‘plab yoshlarni ohangraboday
o‘ziga rom qilayotgan sen ham bizday yasha, andoza ol, o‘zgaligingni unut
qabilidagi, ur-yig‘it, faxsh, parnofilmlar globallashuvining soya tomoni, medalning
orqa tomonidir. Mafkuraviy immuniteti bo‘lmagan yosh qalblar ongi bundan tezda
zaxarlanishi tabiiy xol.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek bugun biz tez sur’atlar bilan o‘zgarib
borayotgan, insoniyat hozirga qadar boshidan kechirgan davrlardan tubdan farq
qiladigan o‘ta shiddatli va murakkab bir zamonda yashamoqdamiz. Davlat va
siyosat arboblari, faylasuflar va jamiyatshunos olimlar, sharhlovchi va jurnalistlar
bu davrni turlicha ta’riflab, har xil nomlar bilan atamoqda. Kimdir uni yuksak
1
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent, Ma’naviyat, 2008, 4-bet.
2
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent, Ma’naviyat, 2008, 12-bet.
texnologiyalar zamoni desa, kimdir tafakkur asri, yana birov yalpi axborotlashuv
davri sifatida izohlamoqda. Ma’naviy-mafkuraviy jarayonlarning globallashuvi
sharoitida mavzuning dolzarbligi quyidagi omillar bilan belgilanadi;
Birinchidan, Sobiq ittifoqning qulashi natijasida nafaqat O‘zbekistonda,
balki barcha sobiq ittifoqdosh respublikalarda ma’naviy-mafkuraviy sohalarda
bo‘shliq yuzaga kela boshladi. Bu jarayon o‘z navbatida bir tomondan kishilar
dunyoqarashida qat’iyatsizlik alomatlarining kelib chiqishiga sababchi bo‘lsa,
ikkinchi tomondan esa ma’naviy-g‘oyaviy sohaga ekstremistik kayfiyatlarning
kirib kelishiga imkon hosil qildi. Bu esa O‘zbekistonning davlat mustaqilligiga,
milliy taraqqiyotiga katta xavf hisoblanadi.
Ikkinchidan, globallashuv sharoitida iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy
sohalardagi muammolarni hal qilish, milliy birlikni shakllantirish, mamlakatda
siyosiy
barqarorlikni
ta’minlashda
yuksak
ma’naviyat
imkoniyatlaridan
foydalanish har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Uchinchidan, bu salohiyat yoshlarni o‘z Vataniga, xalqiga bo‘lgan
muhabbatining shakllanishida muhim omil hisoblanadi. Ularning yangi demokratik
jamiyatni barpo etishda faol, jonkuyar inson bo‘lib yetishishlarida muhim ahamiyat
kasb etadi.
To‘rtinchidan, hozirgi zamonda inson qalbi va ongi uchun kurashning
namoyon bo‘lish xususiyatlari yaqqol ko‘zga tashlanmoqda: dunyoning
mafkuraviy manzarasining o‘zgarib borishi; geopolitik maqsadlar va mafkuraviy
siyosatning u: dunyoning mafkuraviy manzarasining o‘zgarib borishi; geopolitik
maqsadlar va mafkuraviy siyosatning uyg‘unlashib borishi; mustaqillikni qo‘lga
kiritgan mamlaktlarada mafkuraviy tamoyillar ahamiyatini oshib borishi;
mavkuraviy jarayonlarning globallashuvi va shu kabilar.
Beshinchidan, XXI asr boshlariga kelib dunyo mamlakatlari o‘rtasidagi
o‘zaro ta’sir shu qadar kuchayib ketdiki, bu jarayondan to‘la chetda qolishning
imkoni yo‘q, undan chetda turaman, degan mamlakatlar uning ta’siriga ko‘proq
uchrab qolishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |