II-BOB. MAFKURAVIY JARAYONLARNING GLOBALLASHUVI
SHAROITIDA INSON MA’NAVIYATIGA TAXDIDLAR VA UNGA
QARSHI KUPASH USULLARI.
2.1. Yoshlar ma’naviyatiga mafkuraviy tahdidlarga qarshi g‘oyaviy tarbiya
vositalari.
Mafkura va mafkuraviy tarbiya masalasi o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan,
demokratik, huquqiy davlat, erkin fuqarolik jamiyatining asoslarini yaratayotgan
mamlakatimiz uchun ham muhim hayotiy ahamiyatga ega bo‘lib qolmoqda. Zero,
ko‘zlangan
maqsadlarga
ushbu
orzu-umid
va
intilish-larni
o‘zida
mujassamlashtirgan g‘oyaviy-nazariy qarashlar majmui bo‘lmish milliy mafkura
va unga asoslangan tarbiya tizimisiz erishish mumkin emasligi aniq.
«Men, - deb yozadi Prezidentimiz, - Abdulla Avloniyning «Tarbiya biz
uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat
masalasidir»degan fikrini ko‘p mushohada qilaman.
Buyuk ma’rifatparvarning bu so‘zlari asrimiz boshida millatimiz uchun
qanchalar muhim va dolzarb bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunda biz uchun ham
shunchalik, balki undan ham ko‘ra muhim va dolzarbdir»
7
.
Bu masalaning dolzarbligi yuqorida qayd etilgan mafkura shakllarining
xavfini bartaraf etish zarurligi bilan ham belgilanadi. Zero, Prezidentimiz
ta’kidlagandek, ularga g‘oya va ma’rifat yo‘li bilan qarshi kurashish lozim.
O‘zbekistonda jamiyat hayotini demokratlashtirishda, Ozod va obod Vatanni
yaratishda, erkin fikrlay oladigan insonlarni shakllantirishda ma’naviy-ma’rifiy
ishlarni kuchaytirish katta ahamiyatga egadir. Shuning uchun ham ularni
kuchaytirish bugungi kunning dolzarb muammolarga aylandi. Prezidentimiz
bugungi kundagi muhim vazifalardan biri yoshlarni har jihatdan tarbiyalab, ularni
O‘zbekistonning ravnaqi yo‘lida fidoyi insonlarga aylantirish masalasida ekanligini
doimo ta’kidlab kelmoqdalar.
Prezidentimiz ma’naviy barkamol insonlarni tarbiyalab voyaga yetkazishda
tarbiyachi ustozlarning, ota-ona ibratining, ijodkorlarning, oilaning, ota-ona
ibratining, mahallaning, madaniy-oqartuv muassasalarining o‘rni katta ekanligini
doimo ta’kidlab kelmoqdalar. Mana shu omillar ajdodlarimizning ma’naviy
merosini avaylab asrashda, ularni yanada boyitishda jamiyatdagi amalga oshirilgan
yangilanishlarda o‘ziga yarasha katta ahamiyatga egadir. Jamiyatning yuksalib,
o‘zgarib borishini asosiy sababchisi bo‘lgan voyaga yetib kelayotgan yoshlarning
ma’naviy tarbiyasi doimo juda dolzarb bo‘lib kelgan va bugungi kunda ham unga
katta e’tibor berib kelinmoqda. Chunki yoshlar ajdodlarimiz boy ma’naviy
merosini avaylab asrovchilar, ularni yanada rivojlantiruvchilardir.
O‘zbekistonning ertangi kunga bo‘lgan yoshlarni ma’naviy barkamol yetuk
insonlar sifatida voyaga yetkazib berishni ta’minlash barchamizning burchimiz va
vazifamizdir.
7
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch – Toshkent, Ma’naviyat, 2008. 66-b
Ushbu jarayonda hech kim tashqarida qolishi kerak emas. So‘nggi vaqtlarda
hayotimizda yoshlarning ma’naviy tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi holatlar
ko‘zga tashlanmoqda. Ular ommaviy axborot vositalaridan foydalangan holda
yoshlarimizning qalbini egallashga ularning hayotiga singib kirib borishga harakat
qilishmoqda. Yoshlarni ma’naiy jihatdan buzishga sababchi bo‘lgan bunday
holatlarni oldini olish bugungi kunning dolzarb masalasi ekanligida gapirib
Prezidentimiz shunday deydilar: «Barchamiz –qayerda, qanday lavozimda
ishlamaylik, jamiyatimizning insoniylik va axloqiy aqidalarini poymol qiladigan
ana shunday tajovuzkorlik ko‘rinishlariga qat’iy ravishda qarshi turishimiz lozim.
Bunday munosabat jamoatchiligimiz, xalqimizga ham ma’qul bo‘ladi, deb
ishonaman»
8
.
Yoshlarning ma’naviy jihatdan yuksalib borishiga qaratilgan tarbiya uzluksiz
bo‘lishi kerak. Bunday mas’uliyatsiz jarayon tanaffuzsiz davom etishi kerak va
hech qachon bo‘shliqqa o‘rin qoldirish kerak emas. O‘zbekiston yoshlar
mamlakatidir. Yurtimizning ertangi kuni bo‘lgan mana shu yoshlarni ma’naviy
yetuk insonlar sifatida voyaga yetkazib borilishi jamiyatdagi yangilanishlarning
yanada samarali bo‘lishiga sababchi bo‘ladi.
Jamiyat a’zolarining yuksak ma’naviyatini ifodalab beruvchi xususiyatlardan
biri ularning ma’naviy merosga bo‘lgan munosabatlari bilan birga o‘z ona tilisiga
bo‘layotgan munosabatidir. Har bir insonni o‘zligini anglay olishi, milliy
mentaliteti ajdodlar va avlodlar o‘rtasidagi ruhiy va ma’naviy bog‘liqlik doimo til
orqali namoyon bo‘lib kelgan. Inson dunyoga kelishi bilan uning voyaga yetib
borish jarayonida barcha ezgu fazilatlar va xislatlar insonning qalb qo‘riga o‘z
xalqining ona tilisi orqali kirib boradi. Ajdodlarimiz asarlar mobaynida yangi
tug‘ilgan go‘dak qulog‘iga azon aytib kelishgan, go‘daklik chog‘idayoq ona tilida
alla eshitgan. Har bir millatning o‘z ona tilisi mavjuddir va bu til ularning ruhi va
g‘ururidir. Tilini yo‘qotgan, undan ayrilgan xalq o‘z g‘ururidan ayriladi. Qaramlik
yillarida xalqimizning ona tiliga bo‘lgan xurujlardan ham g‘arazli maqsadlar
ko‘zlangan edi, tilni yo‘qotmaslik o‘zlikni yo‘qotmoqlikdir ona tilimizni avaylab
qolish va uni mavqeini oshirish maqsadida 1989 yilda ona tilimizga davlat tili
maqomi berildi. 1992 yilda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi
Konstitusiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yildi.
Qaramlik yillarida Sovet tizimi ko‘plab xalqlarning tillariga tazyiqlarni
kuchaytirgan, ularning mavqeini tushirishga harakat qilgan edi. Ona tiliga hurmat
yuksak ma’naviyat belgisi bo‘lganligi uchun ham mustaqillikning ilk kunlaridanoq
ko‘p millatli O‘zbekistonda ko‘plab millatlar o‘z ona tilisini mavqeini oshirish
imkoniga ega bo‘ldilar.
Bugungi kunda O‘zbekistonda ko‘plab millatlar o‘z ona tilisida ilm olish
imkoniga ega bo‘ldilar, bugungi kunda ko‘plab millatlar o‘z ona tilisida gazeta va
jurnallar chiqarish imkoniga ega bo‘ldilar. Bularning barchasi yurtimizda
millatidan qat’iy nazar har bir insonni ma’naviy jihatdan voyaga yetkazishga
qaratilgan siyosatdir.
8
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. 80-b
Turli millat vakillarining o‘zga millat vakillarining tilini hurmat qila bilishi
ham yuksak ma’naviyat belgisidir. Mustaqillik yillarida ko‘p millatli
O‘zbekistonda turli millat vakillarining davlat tiliga hurmatda bo‘lib kelishi amalda
o‘z o‘rnini topib kelmoqda. Bugungi kunda ko‘plab xujjatlar davlat tilida
rasmiylashtirib kelinmoqda. Ajdodlarimizning bebaho boyligi hisoblangan ona
tilimizni avaylab asrash uni hayotda keng qo‘llay olishlik ham yuksak ma’naviyat
belgisidir.
Mustaqillik yillarida Sovet tizimi olib borgan siyosat oqibatida ona tiliga
munosabat borasidagi illatlarga barham berishga katta e’tibor qaratib kelinmoqda.
Bugungi kunda ona tilimiz hayotimizni barcha sohalarida ta’lim va tarbiya
jarayonlarida keng qo‘llanib kelinmoqda. Bugungi kunda jamiyatimizda til
madaniyatini yanada oshirish sohasida ko‘plab ishlar qilinishi zarurligi sezilmoqda.
Ona tilining hurmat qilinishi hayotda keng qo‘llanilishi uning mavqeini oshirish
bilan birga inson ma’naviy kamolotining omillaridan biriga aylandi.
Insonning ma’naviy kamolotini ifodalab beruvchi fazilatlardan jamiyatning
yangilanishini ta’minlab beruvchi omillardan biri- Vatanga muxabbat tuyg‘usini
his qila bilishlikdir.
Vatanga muhabbat tuyg‘usi tug‘ma xususiy emas, balki ulg‘ayib borish
jarayonida shakllanib inson yuragiga chuqur singib boruvchi fazilatdir. Vatan
tuyg‘usini his qila bilishlik muqaddas tuyg‘u va yuksak ma’naviyat belgisi ekanligi
to‘g‘risida gapirib, Prezidentimiz shunday dedilar: «Barchamizga ma’lumki, inson
o‘zligini anglagani, nasl-nasabini chuqurroq bilgani sari yuragida Vatanga
muhabbat tuyg‘usi ildiz otib, ulg‘aya boradi. Bu ildiz qonga teran bo‘lsa, tug‘ilib
o‘sgan yurtga muhabbat ham shu qadar yuksak bo‘ladi»
9
.
Har bir inson uchun o‘zi tug‘ilib o‘sgan, yashab kelayotgan Vatani
muqaddasdir. Mana shu Vatanning bugungi kuni va kelajagi uchun qayg‘urishni
his eta olishlik insonning ma’naviyati qanday darajada ekanligini belgilab beradi.
O‘z Vatanining ertangi kuni uchun qayg‘ura oladigan inson yuksak ma’naviyat
sohibidir. O‘z Vatanidan faxrlanish hissi har bir insonning qalbida yuragida
bo‘lishi lozim. Ko‘p millatli O‘zbekistonda har bir fuqaroning yuragiga va qalbiga
yagona Vatan tuyg‘usini singdirib borish tarixiy zaruriyatdir.
O‘zbekiston yoshlar mamlakati bo‘lganligi uchun ham ularni Vatanga
muhabbat ruhida tarbiyalab borishga katta e’tibor qaratib kelinmoqda.
Ulg‘ayib kelayotgan yoshlarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash har bir
fuqaroning burchi va vazifasidir. Vatanimiz tarixini mukammal o‘rganish, ulug‘
allomalarimizni bilib borish har bir insonda o‘z Vatanining o‘tmishi bilan
g‘ururlanish tuyg‘usini shakllantirib beradi.
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda dunyoviy taraqqiyotga, uning eng ilg‘or
yutuq va natijalariga tayanadigan dunyoviy davlatni barpo etishga harakat
qilinmoqda. Dunyoviy davlatni onsonlik bilan va qisqa muddatda yaratib
bo‘lmaydi. Bunday davlat mustahkam omillarga asoslangan omillar qatoriga biz
9
9
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. 90-b
uchun muqaddas bo‘lgan islom dinini va diniy qadriyatlarni ko‘rsatib o‘tsak
bo‘ladi.
Tariximizga nazar tashlar ekanmiz, mintaqamiz tarixida qudratli davlatlarning
yuzaga kelishida diniy qadriyatlarning o‘rni kattaligini ko‘rib o‘tsak bo‘ladi.
Hayot tajribasi shuni isbotlab berdiki dunyoviy va diniy qadriyatlarga
suyangan holda yuzaga kelgan davlatlar qudratli va kuchli bo‘lgan, ular tarixda
uzoq vaqtlar davomida yashab kelgan.
Prezidentimiz jamiyatimizdagi amalga oshirgan milliy urf odatlarimizning,
milliy qadriyatlarimizning o‘rni katta ekanligini ham alohida ta’kidlagan.
Mustaqillikning
ilk
kunlaridanoq
O‘zbekistonda
jamiyat
hayotini
demokratiyalashtirishga, jamiyat tafakkurini butunlay yangilashga katta e’tibor
qaratib kelmoqda. Bu boradagi yangilanishlarni amalga oshirishda dunyoning
taraqqiy etgan mamlakatlarning hayotiy tajribalaridan foydalanishga katta e’tibor
qaratilmoqda.
Jamiyat hayotini demokratlashtirish, jamiyat tafakkurini yangilash, qisqa
muddatda amalga oshirilmaydi, balki uzoq davom etadigan uzluksiz jarayondir.
Mana shunday jarayonda barcha fuqarolarning mas’uliyatni his qilgan holda ongli
ravishda ishtirok etishlari katta ahamiyatga egadir. Milliy qadriyatlar, yuksak
ma’naviyat bugungi kunda O‘zbekistonni yangi ijtimoiy –siyosiy tuzum talablari
doirasida umumiy yangilanishlarni muhim bo‘g‘iniga aylantirildi.
Ma’naviyat sohasidagi yangilanishlar O‘zbekistonda jamiyat hayotini
demokratiyalashtirishda katta rol o‘ynadi fuqarolarning ma’naviy darajasi
jamiyatning umumiy holatini o‘zgartiradi. Yangilangan axloqiy yetuklik, yuksak
ong, ma’naviy kamolot Ona Vatanimizning taraqqiyoti belgilaydi. Uning
taraqqiyotini yangidan yangi imkoniyatlarini yuzaga keltiradi. Bugungi kunda
yurtimizda amalga oshirilayotgan demokratiyalashtirish jarayoni jamiyat
tafakkurining yangilanishi o‘ziga xos holda amalga oshirib borilmoqda.
Jamiyatimizdagi yangilanishlar jarayoni birga sohalarda shu jumladan ma’naviyat
sohasida ham tadrijiy –evolyusion islohotlar yo‘li orqaligina amalga oshirilmoqda.
Tarixiy tajriba shuni ko‘rsatdiki, jamiyat a’zolarining dunyoqarashi, e’tiqodi
va tafakkurida demokratik tamoyillarning va demokratik qarashlarning kengayib
mustahkamlanib borishi jamiyatning yuksalib borish omili bo‘lib kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |