Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tabiy fanlar fakulteti



Download 45,93 Kb.
bet2/6
Sana24.08.2021
Hajmi45,93 Kb.
#154600
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
201 KO'M Mirzaqulaova Kurs ishi

TOSHKENT-2021

MUNDARIJA:

Kirish…………………...................................................................................4

Asosiy qism

1.1.Eritmalar haqida umumiy ma’lumot. ………………………….…..…….6

1.2.Eritmalar konsentratsiyalari hamda ularning ifodalash usullar………….11

1.3.Eritmalarga oid masalalar yechish………………………………..……..16



Xulosa……………………………………………………………………….21

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………….……22

Annotatsiya

Bu kurs ishida eritmalar, ularning turlari, eruvchanlik mavzulari, eritmalarning inson hayotidagi ahamiyati bayon etilgan. Eritmalar konsentratsiyalari va formulalar masalalar yordamida bayon etilgan.



Аннотатция

В данной курсовой работе описаны решения, их типы, темы растворимости, важность решений в жизни человека. Концентратции растворов и формулы описываются с помошъю вопросов.



Annotation

This course work describes solutions, their types, solubility topics, the importance of solutions in human life. Solution concentrations and formulas are described using questions.



KIRISH

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 29-apreldagi farmoniga muvofiq, Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi. Unda 48 ta maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish bo‘yicha aniq mexanizmlar belgilandi. Masalan, 2030-yilga borib o‘quvchilar bilimini baholash bo‘yicha PISA xalqaro dasturi reytingida O‘zbekistonning jahondagi yetakchi 30 ta mamlakat qatoridan joy egallashi maqsad qilib qo‘yilgan. Davlatimiz rahbari o‘qituvchining maqomi va nufuzini oshirish, huquqlari va imtiyozlarini kengaytirish masalalariga alohida e'tibor qaratdi. “Maktab o‘qituvchisini moddiy rag‘batlantirmasak, uning hayot sifati darajasini oshirmasak, islohot, natija haqida gapira olmaymiz”, dedi Prezident. Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasi, Moliya va Xalq ta’limi vazirliklariga 2020-yilda xalq ta'limi xodimlari oylik ish haqini oshirish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi. Uzoq qishloqlardagi maktablarga o‘qituvchilarni jalb etishni yanada rag‘batlantirish uchun ularga uy-joylar, avtotransport uchun kreditlar berish ham ko‘zda tutilgan. Bu ishlar davlatimiz tomonidan izchil davom ettiriladi. Lekin bu – masalaning bir tomoni. Ikkinchi tomondan, o‘qituvchi va murabbiylarning o‘zi ham bilim va saviyasini oshirish, jamoat ishlarida faol ishtirok etish, halol mehnati va tashabbuskorligi bilan bu kasbning obro‘sini oshirishi kerakligiga urg‘u berildi. Nizomiy nomidagi universitet, hududlarda 6 ta pedagogika institutlari mavjud. Respublika ta'lim markazi, Abdulla Avloniy nomidagi xalq ta'limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, viloyatlarda ham shunday institutlar bor. Lekin o‘quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish, o‘qituvchilarning bilim va saviyasini yuksaltirishda, afsusuki, ularning o‘rni sezilmayapti. Yig‘ilishda pedagogika yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtlari faoliyatini tanqidiy o‘rganib, takomillashtirish, ularni eng nufuzli ta'lim muassasalariga aylantirish, pedagoglikka moyilligi bo‘lgan yoshlarni maqsadli tarbiyalab borish bo‘yicha vazifalar belgilandi. Prezident maktablari va ijod maktablari faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning samaradorligini ta'minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzurida alohida tuzilma tashkil etilishi ma'lum qilindi. Maktablardagi ma'naviy-tarbiyaviy ishlarni yangicha asosda tashkil etish, “Milliy g‘oya”, “Odobnoma”, “Dinlar tarixi”, “Vatan tuyg‘usi” kabi fanlarni birlashtirgan holda, yagona “Tarbiya” fanini joriy qilish zarurligi qayd etildi. Maktablarga buyuk allomalar, davlat va siyosat arboblari, mashhur sarkarda ajdodlarimizning nomlarini berish muhimligi ta'kidlandi. Oiladagi ta'lim-tarbiya muhiti, ota-onalarning mas'uliyati va o‘qituvchilar bilan hamkorligi masalalariga ham e'tibor qaratildi. Maktab hayoti, fidoyi o‘qituvchilar haqida badiiy va hujjatli filmlar, spektakl va videoroliklar yaratish bo‘yicha tavsiyalar berildi. “Moddiy va ma'naviy hayotni uyg‘un rivojlantirishimiz kerak. Maktab bu borada asosiy bo‘g‘in bo‘lishi lozim. Maktab ta'limini rivojlantirish biz uchun buyuk umummilliy maqsadga, umumxalq harakatiga aylanishi zarur”, deb uqtirib o‘tdi davlatimiz rahbari.Yig‘ilishda ishtirok etgan rahbar va mutasaddilar, ta'lim sohasida faoliyat yuritayotgan tajribali va fidoyi muallimlar, ziyolilar, mahalla faollari muhokama qilingan masalalar yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirdilar


Download 45,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish