1.2 ERITMALARNING KONSENTRATSIYASI VA ULARNING IFODALANISH USULLARI.
Eritmalarning asosiy ko’rsatkichi (xarakteristikasi) ularning konsentratsiyasi bo’lib amalda quyidagi tartibda toifalanib hisoblanadi:
1.Eritmaning foiz konsentratsiyasi
2. Eritmaning molyar konsentratsiyasi
3. Eritmaning molyal konsentratsiyasi
4.Eritmaning titr konsentiratsiyasi
5. Eritmaning normal konsentratsiyasi
T/r
|
Kattalik nomi
|
Shartli belgisi
|
1
|
Eritmada erigan modda massasi
|
m (gramm)
|
2
|
Erituvchi massasi
|
m1 (gramm)
|
3
|
Eritmaning ummumiy massasi
|
Α (gramm)
|
4
|
Erigan moddaning massa ulushi
|
ω (omego)
|
5
|
Eritmaning foiz konsentratsiyasi
|
C%
|
6
|
Eritmaning molyar konsentratsiyasi
|
CM
|
7
|
Eritmaning molyal konsentratsiyasi
|
CM1
|
8
|
Eritmaning narmal konsentratsiyasi
|
Ca
|
9
|
Modda miqdori (mol)
|
v (nyu)
|
10
|
Molyar massa
|
M
|
11
|
Moddaning ekvivalent massasi
|
E
|
12
|
Moddaning ekvivalent soni
|
n
|
13
|
Modda (eritma) zichligig/ml va h.k
|
|
14
|
Hajm (litr,ml,sm3,dm3,m3)
|
V
|
15
|
Harorat (Tselsiy=0C) Kelvin 0K
|
T (t0)
|
16
|
Atomlar soni
|
η (eta)
|
17
|
Gramm
|
g
|
18
|
Kimyoviy reaksiya tenglamasi
|
K.R.T
|
ERITMALARNING MASSA ULUSHI
Eritmada erigan moddaning assa ulushi o’lchovsiz kattalik bo’lib, erigan modda massasining eritma massasiga nisbati bilan aniqlanadi. U odatda birdan kichik sonda ifodalanadi va matematik jihatdan quyidagi tasvirga ega (1-1) ω= bundan esa (1-2) m=ω α, (1-3) α= shaklidagi hosilalar olinadi. Shu o’rinda α (eritmaning ummumiy massasi) =m+m1 ekanligini nazarda tutib erigan modda massa ulushuni toppish uchun
ω= = ni yozish mumkin hamda masalalar yechishda ushbu formuladan foydalanish qulay. Ayni chog’da (1-4) m= ω(m+m1), (1-5) m1= = α-m ko’rinishdagi ifodalarni keltirish mumkin.
masala. 16 g suvda 2 g osh tuzi eritildi. Shu eritmadagi tuzning massa ulushini aniqlang.
Yechish. Berilgan: m=2g, m1=16g, ω=?
ω= = = =0,111
Eritmadagi tuzning massa ulushi 0,111 ga teng
Javob: 0,111
Eritma konsentratsiyasi – eritmaning yoki erituvchining ma’lum massa miqdorida yoki ma’lum hajmida erigan modda miqdoriga aytiladi.
Foiz konsentratsiya
Foiz konsentratsi (massa ulushi) 100 gr eritmada erigan moddaning massasini ifodalovchi konsentratsiya, foiz konsentratsiya deyiladi.
= * 100%
ω=
Masala. 200 g suvda 25 g NaOH eritilganda hosil bo’ladigan eritmaning foiz konsentratsiyasi qanchaga teng?
Yechish.Berilgan: m=25, m1=200, C%=?
C%= *100= = *100=11,11%
Javob: 11,11%
2. Molyar kontsentratsiya yoki molyarlik. Bunda eritma kontsentratsiyasi
erigan moddaning 1 litr eritmadagi mollar soni bilan ifodalanadi.
Agar 1 l eritmada 1 mol erigan modda bo’lsa, bunday eritma
kontsentratsiyasi 1 molyar bo’ladi va M bilan belgilanadi. Agar 1l eritmada
0,1 mol eruvchi modda bo’lsa, uning kontsentratsiyasi detsimolyar eritma deyiladi.
(0,1 M ). Yuqoridagi ta‘rifga binoan
СM= ;
Masala. 2,5 L 0,5 mol H2SO4 erigan. Eritmaning molyar konsentratsiyasini aniqlang.
Yechish. Berilgan: ν(H2SO4)=1,5 mol, V(erituvchi)=2,5 CM=?
CM= = =0,6 molyarli
Javob: 0,6 molyarli,
3. Normal kontsentratsiya yoki normallik. Bunda eritma
kontsentratsiyasi erigan moddaning 1l eritmadagi ekvivalentlari soni bilan
ham ifodalanadi.
Normal kontsentratsiyani hisoblash uchun quyidagi formuladan
foydalaniladi.
СH.= (Х.3)
bu yerda: СH . – eritmaning normal kontsentratsiyasi,
a- erigan modda massasi,
E – erigan moddaning ekvivalent massasi (g . mol–1 ),
V – eritmaning umumiy hajmi (ml hisobida)
Ko’pincha СН . o’rinda н · (yoki N) harflari ham ishlatiladi. Eritma normal
kontsentratsiyasi mol . l –1 ifodalanadi:
СH . = (X.4)
Masala: 300 ml suvda 24,5g sulfat kislotaning eritilishidan hosil bo’lgan eritmaning normalligini toping.
Yechish: Berilgan m(H2SO4)=24,5 g, V=300 ml=0,3l, E(H2SO4)=98:2=49g/ekv, Cn=?
Сn= = =1,67 normal Yoki Cn= =1,67
Javob: Eritmaning normalligi 1,67 bo’lgan
4. Molyal kontsentratsiya yoki molyallik. Molyal kontsentratsiyadan
ko’pincha eritmalarning fizikaviy xossalarini tavsiflashda foydalaniladi.
Erituvchining 1 kg massasida 1 mol biror modda eritib hosil qilingan eritma
kontsentratsiyasi 1 molyal eritma deb ataladi.
С молял = (Х. 5 )
bu yerda: a – erigan modda massasi (grammlar hisobida);
в – erituvchi massasi (grammlar isobida);
M – eruvchi moddaning molekulyar massasi
Masala: 18g glukoza 150g suvda eritilgan. Shu eritmaning molyar konsentratsiyasini aniqlang.
Yechish: Berilgan: m=18g, m1=150 g=150:1000=0,15kg,
M(C6H12O6)=180g/mol.
CMl= = =0,67molyalli
Javob: Eritma 0,67 molyalli bo’lgan.
5. Eritmaning Titri.
O’zaro reaktsiyaga kirishadigan moddalar eritmalarida ularning
normal kontsentratsyasi o’zaro teng bo’lsa, bu eritmalarning teng xajmlarida
moddalar qoldiksiz reaktsiyaga kirishadi. Normal kontsentratsiyasi bir-birinikiga
teng bo’lmagan eritmalarning qoldiqsiz reaktsiyaga kirishadigan hajmi ularning
normalligiga teskari proportsional bo’ladi:
bu yerda : N1, N2 – o’zaro reaktsiyaga kirishayotgan eritmalarning normal
kontsentratsiyalari,
V1 – birinchi eritmaning hajmi,
V2 – ikkinchi eritmaning hajmi,
Yuqorida keltirilgan tenglama titrlash tenglamasi nomi bilan analitik
kimyoda keng qo’llaniladi.
Eritmaning 1 millilitridagi erigan moddaning massa miqdori titr deb
ataladi. Titr bilan normal kontsentratsiya orasida quyidagi tenglik mavjud:
titr = (X.7)
bu yerda: Э- erigan moddaning ekvivalent massasi,
N- eritmaning normal kontsentratsiyasi.
Masala: 0,2 normalli nitrat kislota titrini aniqlang?
Yechish: Berilgan Cn(HNO3)=0,2 E(HNO3)=63, Titri=?
T= = =0,0126g/ml Javob: 0,0126 ga teng
1.3 Eritma konsentiratsiyalarida oid masalalar yechish.
1-masala. 360 g suvda 40g NaOH eritildi. Hosil bo'lgan eritmani massa ulushinitoping.
Yechish.1.hosil bo'lgan eritmaning massasini topamiz:
360g H20 + 40g NaOH=400g eritma;
2.hosil bo'lgan eritmaning foiz konsentratsiyasini topamiz:
400g eritmani———100% desak;
40g NaOH—————x%bo'ladi.
bundan
x=(40x100)÷400=10% kelib chiqadi. Javob. 10%
2-masala. HNO3ning 150 g eritmasining massa ulushi 10% bo'lsa eritmadagi HNO3ning massasini toping.
Yechish. 1eritma 100% massasi
100%eritma————150g bo'lsa
10%NaOH—————xg
bundan
x=(10×150)÷100=15g kelibchiqadi. Javob. 15g
3-masala. 100ml 2Mli NaOH va 100ml 1Mli H2SO4 eritmalari aralashtirdi
hosil bo'lgan eritmani molyar konsentratsiyani toping.
Yechish.
1. NaOH ishqor va H2SO4 kislotani molini topamiz.
NaOH n=0.1l×2M=0.2mol H2SO4 n=0.1l×1M=0.1mol
2NaOH+H2SO4=Na2SO4+H2O
2mol-------1mol---1mol
0.2---------0.2-------x=0.1mol tuz hosil bo'ldi.
2.Umumiy eritma hajmini topamiz. 100ml+100ml=200ml 0.2l
3.Molyar konsentratsiyani topamiz.
CM=0.1mol÷0.2l=0.5M
Javob.0.5M
4-masala. NaHCO3 tuzining 2.5molyarli 260mli eritmasiga 300gli 25%
NaHCO3 eritmasidan qo'shsak (p=2.3g/ml) qo'shsak hosil bo'lgan eritmani
molyar konsentratsiyani toping.
Yechish.
1.Tuz molini topamiz ikkala eritmadan.
1-ertma 2.5M×0.26l=0.65mol.
2-eritma 300g×0.25=75g
n=75g÷84g/mol=0.893mol
2.umumiy hajmni topamiz.
1-eritma 0.26l
2-eritma hajmi V=300 g ÷2.3g/ml =120ml 120ml=0.12l
Umumiy eritma hajmi 0.26l+0.12l=0.38l
4.umumiy tuz molarini topamiz 0.65mol+0.893mol=1.543mol
3.Eritma molyar konsentratsiyani topamiz. CM=1.543mol ÷0.38l =4.06M
Javob. 4.06M
5-masala. 150g 25% FeSO4 tuz eritmasini normal konsentiratsiyasini
aniqlang. (p=1.32g/ml).
Yechish. a) 1.Eritma V nitopamiz. V=150g÷1.32g/ml=113.636ml
113.636ml=0.114l
2. Tuz massasi 150×0.25=37.5g
tuz molini topamiz FeSO4=56+32+(16×4)=152g/mol
n=37.5g÷152g/mol=0.247mol
3.Eritma molyarligini topamiz. CM=0.247mol÷0.114l=2.183M
4.Normal konsentratsiya topamiz. CN=CM×Ekv.soni
CN=2.183M×2=4.33
Javob. 4.333normollik
b)FormilaCN=nekv.mol÷V(litr)
1molH2SO4niekvivalentisoni2gateng
0.247molda---‐---------------------x=0.494molgateng.
CN=0.494mol÷0.114l=4.33
Javob. Normal konsentratsiya 4.33N
6-masala. 300ml eritmada 98g H2SO4 erigan eritmani normal
konsentratsiyani aniqlang.
Yechish.
CN=nekvmol÷V(litr)=2÷0.3l=6.67 Normallik
7-masala. K2SO4ning 2molli 1348g eritmasini Cmolyal konsentiratsiyasi
toping.
Yechish. 1. K2SO4(39×2)+32+(4×16)=174
1molK2SO4-----174g
2mol---------x=348g
2.Erituvchi massasini topamiz. 1348-348=1000g eritmada 1000g H2O bor.
3.Cmolyal konsentiratsiyasi topamiz.
Cmolyal=2mol÷1kg=2mol/kg
Javob. 2 Cmolyak
8-masala. H3PO3 kislotani 298g 32.89% eritmasini molyal konsentiratsiyasini toping.
Yechish. 1. Eritma tarkibidagi kislota miqdorini topamiz.
298g——————100%
×=———————32.89%
×=98g H3PO4 kislota bor 1mol kislota 98g bo'ladi.
2. eritmada kislota moli malum endi eritmadagi erituvchi massasini topamiz kg da
298g -98g=200g erituvchi.( 200g=0.2 kg)
3.molyal konsentiratsiyani topamiz.
Cmolyal=1mol÷0.2kg=5molyal
Jovob.5 molyal
9-masala. 300ml eritmada 9.8g H2SO4 erigan eritmani titir konsentratsiyani aniqlang.
Yechish. Qoidaga binoan titir konsentiratsiyanitopamiz.
T=9.8g÷300ml=0.033g/ml
Javob. 0.033titir
10-masala. H2SO4ning 0.15l 0.2Mli eritmani titrini toping.
Yechish. 1) 0.15l=150ml H2SO4 kislotaning masasini topamiz
n=CM×V(litir)=0.2M×0.15l=0.3mol m=M×nm=98g/mol×0.3mol=29.4g
2.Eritma titri topamiz. T=29.4g÷150ml=0.196g/ml
Javob. 0.196g/ml
XULOSA
Mavzu yuzasidan adabiyotlar tahlil qilindi. Bu kurs ishini yozishda, eritmalar haqidagi ma’lumotlarni, ularning konsentratsiya turlari va formulalarini o’rgandim. Kurs ishi kirish, asosiy qismdan iborat . Asosiy qismda uchta reja iborat bo'lib birinchi rejada eritmani, eritma xossalari tarkibi, hosil qilinishi, ahamiyati , eritmada ketadigan jarayonlar yoritilgan. Ikkinchi rejada eritma konsentiratsiyalari ular formullar keltirib chiqarish va hisob kitoblar olib borish tushuntirilgan. Eritmalar hayotimizda eng ko'p uchraydi va biz juda ko'p eritmalardan foydalanilamiz. Eritma konsentiratsiyasini bilish kerak doktirlar , formaseftlar, turli moddalar analizida va boshqa sohalarida eritma konsentiratsiyalaridan foydalaniladi. Uchinchi rejada eritma konsentiratsiyalari bn ishlash masalalarni yechish usulari namunalar bilan ko'rsatilgan. Eritmalarning inson hayotidagi va kundalik turmushidagi ahamiyati katta. Buni har bir o’rganuvchi bilsa, bu mavzuni o’rganishga ishtiyoqi ortadi.
’’O’QIB O’RGAN KIMYONI, SIRIN OCHAR DUNYONI’’. Darhaqiqat, turmushimizda biz kimyo va fizika fanlariga albatta murojaat etamiz. Masalan: Qandning erishi, yozda konserva berkitish va taom tayyorlash hammasi eritma va diffuziya hodisasidir.
Tabiatda va texnikada eritmalar katta ahamiyatga ega. O’simliklar moddalarni eritmalar holida o’zlashtiradi. Ovqatning hazm qilishi oziq modalarning eritmaga o’tishi bilan bog’liq. Tabiatdagi barcha suvlar eritmalar hisoblanadi. Muhim fiziologik suyuqliklar___qon, limfa va boshqalar eritmalardir. Ko’pchilik kimyoviy reaksiyalar eritmalarda boradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Sh. Mirziyoyev “Maktab ta’limini rivojlantirish umumxalq harakatiga aylantirish zarur.’’ nutqidan. TOSHKENT 2019-yil 24.08
O’zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi T- “SHARQ 1997”
Asliyev N. Asliyeva Sh.N “Eritmalarga doir 201 masala” Toshkent—2012-yil “EXTRENUM PRESS’’
G.P. Xomchenko I.G. Xomchenko Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun ”O’QITUVCHI’’ Nashriyot –matbaa ijodiy uyi TOSHKENT-2018
K.Axmerov va boshqalar ’’Umumiy va anorganik kimyo “, Toshkent, ’’O’ZBEKISTON “2003-yil
N.A Parpiyev va boshqalar ’’Anorganik kimyo nazariya asoslari’’. Toshkent.
I.A.Tashev, R.R. Ro'ziyev, I.I . Ismoilov "Anarganik kimyo ". Toshkent. "O'qtuvchi"2011-yil
S.Masharipov, I. Tirkashev Akademik kasb-hunar kollejlari uchun "Anarganik kimyo " "O'qtuvchi "2013-yil
Elektiron ta’lim resurslari:
1.www.google.uz
2.www.library.uz
3.www.chemistry.uz
4.Ziyonet.uz
5.Tdpu.library.uz
6.Edu.uz
7.Chrome.uz
Nizomiy nomidagi TDPU Tabiiy fanlar fakulteti “Kimyo o’qitish
metodikasi” ta’lim yo’nalishi 201-guruh talabasi Mirzaqulova Umida Doniyor qizining ”Anorganik kimyo” fanidan “Eritmalar va ularning xossalari hamda ularga oid hisoblashlar” mavzusida yozilgan kurs ishiga ilmiy rahbar
XULOSASI
Ushbu kurs ishi kirish, asosiy bo’lim, xulosa va foydanilgan adabiyotlardan iborat bo`lib, 22 betdan tashkil topgan. Kirish qismida mavzuning dolzarbligi, ishning maqsadi va vazifalari yoritilgan.
Mavzuning asosiy qismida Eritmalar va ularning xossalari hamda ularga oid hisoblashlar haqidagi ma`lumotlar keltirilgan.
Talaba Mirzaqulova Umida tomonidan yozilgan kurs ishida eritmalar haqida umumiy ma’lumot, eruvchanlik, eritmalar konsentratsiyasi va ularning ifodalash usullari, eritmalarga doir hisoblashlar haqidagi bilimlar ilmiy jihatdan asoslab berilgan.
Turli xil kimyoga oid adabiyotlardan foydalangan holatda mavzu tahlil qilingan. Mavzuni o`rganish asosida muhim xulosaga kelingan. Kurs ishi barcha qo`yilgan talablariga mos keladi.
Ilmiy rahbar:
“Kimyo va uni o’qitish metodikasi”
kafedrasi dotsenti, k.f.n M.I.Ibodulloyeva
Do'stlaringiz bilan baham: |