O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
“TASDIQLANDI”
O`quv ishlari bo`yicha prorektor
_________ D.U.Ergashev
2018-yil “_____” ________
SOTSIAL PSIXOLOGIYA
FANINING
ISHCHI O’QUV DASTURI
(3 kurs uchun)
Bilim sohasi: 200 000 – Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq
Ta’lim sohasi: 210 000 – Sotsiologiya va psixologiya
Ta’lim yo’nalishi: 5210200 – Psixologiya (Umumiy psixologiya)
№
|
Mashg’ulot turi
|
Ajratil
gan soat
|
Semestr
|
IV
|
V
|
VI
|
VII
|
1
|
Ma`ruza
|
124
|
48
|
48
|
18
|
10
|
2
|
Seminar
|
186
|
60
|
60
|
36
|
30
|
3
|
Amaliy
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
4
|
Mustaqil ta`lim soati
|
155
|
50
|
50
|
32
|
23
|
|
Jami auditoriya soati
|
310
|
108
|
108
|
54
|
40
|
|
Umumiy o’quv soati
|
465
|
158
|
158
|
86
|
63
|
TОSHKЕNT – 2018
Fan dasturi O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi
2017 yil “28” 06 dagi 434-sonli buyrug’i bilan (buyruqning 1-ilovasi) tasdiqlangan “Sotsial psixologiya” fani dasturi asosida tayyorlangan.
Fanning ishchi o’quv dasturi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitet kengashining 201___ yil “_____” ____________dagi “____” – sonly bayoni bilan tasdiqlangan.
Tuzuvchi:
|
Gayibova N.A. –
|
Psixologiya kafedrasi o’qituvchisi
|
|
|
|
|
|
|
Taqrizchilar:
|
S.X.Jalilova -
|
Nizomiy nomidagi TDPU Psixologiya kafedrasi dotsenti, psixologiya fanlari nomzodi
|
|
O’Shamsiyev-
|
M.Ulug‘bek nomidagi O’zMU Psixologiya kafedrasi dotsenti, psixologiya fanlari nomzodi
|
Nizomiy nomidagi TDPU
Pedagogika fakulteti dekani: __________
Psixologiya kafedrasi mudiri: __________ Xalilova N.I.
1. O’quv fani o’qitilishi bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar
Sotsial psixologiya o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
Shaxslararo munosabatlar psxologiyasi, shaxslararo munosabatlar vositasi bo`lgan muomala inson borlig’ining sharti va mohiyati sifatida, psixologiyada muomalani o’rganishning nazariy va metodologik asoslari, oilaning kichik guruh sifatida xususiyatlari; oila-nikoh munosabatlarining tarixiy rivojlanishi; “Oila” va “nikoh” tushunchalari; oila tuzilmasi va dinamikasi, oiladagi o’zaro munosabatlar tuzilmasi, er-xotin va ota-onalar hamda farzandlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar; rollar taqsimoti muammosi, rolli kutilmalar; oila dinamikasi hamda oila diagnostikasi va konsultatsiyasi, etnopsixologiya va din psixologiyasi fanining predmeti, vazifalari; etnopsixologiya fanining ob’ekti; etnopsixologiyaning vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlari, milliy psixologik qiyofa va milliy did haqida haqida tasavvurga ega bo’lishi;
Shaxslararo munosabatlar vositasi bo`lgan muloqot va uning tarkibiy qismlari: kommunikatsiya, interaktsiya va pertseptsiya mexanizmlari hamda ularning xususiyatlari, oilaviy munosabatlar: er-xotin munosabatlari, ota-ona va farzandlar munosabati va farzandlar ozaro munosabatlarini muvofiqlashtirish masalalarini, etnopsixologik tadqiqotlarning o’rganilganlik darajasini; etnopsixologik xususiyatlarning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillarni: etnos va individ, sotsializatsiya va inkulturatsiya tushunchalarini; etnopsixologiyaning strukturasi va uning komponentlarini, milliy ong va o’zlikni anglash, etnik attityud va stereotip tushunchalarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
Shaxs rivojlanishi va muomala, samarali muomala va mojarolar, mojarolar. ularning yuzaga kelish manbalari, muomalaga muvaffaqiyatli kirishish omillari, oilada ota-ona va farzand munosabatlarini tadqiq etish, ota va ona bilan farzand munosabatlarini baholash, oilaviy munosabatlar diagnostikasi va konsultatsiyasi bo’yicha, etnopsixologik xususiyatlarni madaniyatda namoyon bo’lishini analiz qilish, sotsial psixologik metodikalarni qo’llash orqali diagnoz qo’yishni, sotsial psixologik natijalarini rasmiyshlashtirish va ularni talqin etish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |