9.2. Ovqat ratsionini tarkibi.
Ovqat ratsioni о‘z tarkibida: oqsil, yogʻlar, uglevodlar, vitaminlar, mineral tuzlar, suv va boshqa organizm uchun zarur bо‘lgan barcha moddalardan tegishli miqdorda bо‘lishi kerak. Uglevodlar va yogʻlardan kо‘proq energiya yetkazib beruvchi modda sifatida foydalaniladi. Oqsillar esa – plastik jarayonlar uchun zarur bо‘ladi; boshqa oziq-ovqat moddalari energetik ahamiyatga ega bо‘lmaydi.
Oqsillar uglevod, kislorod, vodorod, fosfor, oltingugurt va azotdan iborat bо‘lib, bular о‘z navbatida aminokislotalar tarkibiga kiradi, hamda oqsil tarkib topadigan struktura birliklari hisoblanadi. Bunday aminokislotalarning 25 dan ortiq turi ma’lumdir. Oqsillar о‘z tarkibiga kо‘ra va aminokislotalar birikishining izchilligiga kо‘ra bir-biridan farq qiladi. Hayvonlar va о‘simliklar ham bir-biridan farq qiladi.
Yogʻlar tarkibida uglerod, vodorod, kislorodga ega bо‘lgan glitserin hamda yogʻ kislotalaridan iborat bо‘ladi. Bular ovqatning energiyaga kо‘proq darajada boy bо‘lgan komponentlari hisoblanadi. Organizmda 1 gr yogʻning oksidlanishi 9,3 kkal energiya beradi. Yogʻlar tarkibida hayot uchun zarur bо‘lgan A, D, YE, K - vitaminlari hamda biologik jihatdan aktiv moddalar – tо‘yinmagan yogʻ kimlotalari mavjud bо‘ladi. Yogʻlar faqat energetik ahamiyatiga ega bо‘lib qolmay, shu bilan birga struktura ahamiyatga egadir. Ular hujayra qobigʻi va membrana tarkibiga kiradi, issiqlik izolyatsiyasi funksiyasini saqlab turadigan karset vazifasini bajaradi, teri ostidagi klechatkaga joylashib, ichki a’zolarni jamlat turadigan tо‘qimalar, bо‘gʻimlar, nerv tizimsi, endokrin bezlari tarkibiga kiradi.
Uglevodlar vodorod, kislorod va ugleroddan tarkib topadi. Uglerodlar 1 molekulasidagi monosaharlar miqdoriga qarab, ular monosaharlar (fruktoza, glyukoza), disaharlar (lavlagi qandi) va polisaharlar (kraxmal, glikogen) ga bо‘linadi. Uglerodlar asosiy energiya yetkazib beruvchilar hisoblanadi. 1 gr uglevodning oksidlanishi 4,1 kkal issiqlik beradi. Kundizgi ovqat ratsionida uglevodning miqdori kaloriya qimmatining 60% ta’min etmogʻi kerak.
Vitaminlar о‘zining ximiyaviy tarkibiga kо‘ra turli organik birikmalar bо‘lib, organizmda fermentlar hosil bо‘lishi uchun juda zarurdir. Qandaydir bir vitaminning yetishmasligi moda almashinuv jarayonlarining buzilishiga sabab bо‘ladi. Ish qobiliyati pasayadi, kasalliklar avj oladi, ayrim hollarda kasallik о‘lim bilan tugashi ham mumkin.
Jismoniy mashqlab bajarilgan vaqtda vitaminlar kо‘p miqdorda sarf bо‘ladi. Shuning uchun ham sportchilarning ovqat ratsionida, kaloriya qimmati hamda tarkibida oqsillar, yogʻlar va uglevodlar qay darajada ekniga qarab. Ratsional mezon bо‘yicha tayyorlangan ovqatlarda vitaminlar yetishmay qolishi mumkin. Ayniqsa va bahor faslida (yanvar-aprel oylarida) chidamlilik bо‘yicha о‘tkaziladigan sport turlarida anna shunday hollarni kuzatish mumkin. Vitamin yetishmasligining о‘rnini qoplash uchun vitaminlarning tabletka shaklidagi preparatlarida iste’mol qilish maqsadga muvofiqdir.
9.3. Jismoniy tarbiya va spor mashgʻulotlari vaqtida energiyaning
Do'stlaringiz bilan baham: |