5.3. Suv gigiyenasining ahamiyati
Suv odam hayotida juda katta va xilma-xil rol о‘ynaydi. U avvalo odam organizmini me`yorl saqlashda juda katta hamiyatga ega. Odamda uning vazniga nisbatan 63% suv. Suvning katta qismi organizm hujayralari orasida, qolgan qismida esa tо‘kimalar orasidagi suyuqliklardan, qonda, limfalarda, ovqat hazm qilish shirasida va har-xil bezlar sekretsiyasi joylashgan. Odam organizmida suv hamma fizik-ximik protsesslarda ishtirok etadi. Shuning bilan bir qatorda ovqatning qonga sо‘rilishi assimilyatsiya va dissimilyatsiya protsesslari uchun, erigan va yarim erigan holda oxirgi mahsulotni chiqarish va issiqlik almashinuvi uchun zarur bо‘ladi.
Odamda teri, о‘pka, buyrak orqali yо‘qotilgan suvni tо‘ldirish va fiziologik funksiyalarning me`yorl о‘tishi uchun atrof-muhit va xona temperaturasi me`yorl bо‘lganda yyengil jismoniy ish qilganda sutkasiga 3 l suv yetarli bо‘ladi. Bularning
yarmi ovqat moddalari bilan qabul qilinadi. Havo temperaturasi yuqori bо‘lganda va ogʻir jismoniy mehnat qilish natijasida suvga bо‘lgan odam organizmining ehtiyoji 6-8l yetadi (bunda odamning terlashi ham hisobga olinadi)
Odamni suv bilan ta’minlamaslik va uni suvsiz qoldirish juda havfli: organizmda suv va tuzlar muvozanati buziladi, qon quyuqlashadi, mahsulotning qayta almashinuvi tо‘xtaydi. Energiya va modda almashinuviga salbiy ta’sir etadi. Odam suvsiz bir necha kun yashashi mumkin. Ovqatsiz suv bо‘lgan taqdirda bir oy atrofida yashaydi. Odam organizmining 20% suv yо‘qotishi о‘limga olib keladi.
Suv odamning faqat fiziologik yashashida zarur bо‘lib qolmasdan, turmush extiyojida, xо‘jalikda va ishlab chiqarishda juda zarur. Odam organizmini jismoniy tarbiya bilan chiniqtirishda juda katta ahamiyatga ega: u odamni chiniqtirishda davolash jismoniy tarbiyasida, shaxsiy gigiyenasida, sport mashgʻulotlarida zarur.8
5.4. Suvni tozalash va zararsizlantirish usullari.
Iste’mol qilinadigan suv quyidagi qabul qilingan gigiyena me`yorlariga javob berishi kerak: 1)suv aholining barcha ehtiyojlariga kerak bо‘lgan miqdorda olib kelinishi kerak; 2)suv tiniq, rangsiz, hidi va ta’mi о‘zgarmagan ma’lum temperaturaga ega va bardam qiladigan bо‘lishi kerak; 3) aniq va nisbatan doimiy ximiyaviy tarkibga ega bо‘lishi kerak, kishi sogʻligʻiga zarar keltiradigan ortiqcha tuz о‘lmasligi, zaharli va radiaktiv zarrachalardan holi bо‘lishi kerak; 4) tarkibida patogen bakteriyalar va gijja tuxumlari, gʻumbaklari bо‘lmasligi kerak. Vodoprovod suv nimaga ishlatilishidan (ichish, kо‘chalarga sepish uchun va hakazo) qatiy nazar, yuqorida aytib о‘tilgan talablarga javob berishi kerak. Umumiy suv havzalarining atrofni о‘ralib sanitariya xodimlari tomonidan muhofaza qilinishi kerak
Suvni tozalashning birinchi bosqichi tinitish hisoblanadi – dagʻal loyqalardan ozod qilinadi. U maxsus qurilmalarda baseynlarda suvni juda ham sekin о‘tkazib tindiriladi. Osilmalarning chо‘kish protsesini tezlatish mayda zarrachalarni shu bilan bir qatorda suvning rangini yо‘qotish maqsadida uni koagulyatsiya qilinadi. Buning uchun unga maxsus ximiyaviy chо‘ktirma, koagulyant solinadi. Odatda koagulyant
SPORT AND EXERCISE PSYCHOLOGY The Key Concepts Second Edition Ellis Cashmore First published 2002 This edition published 2008.
sifatida (gil tuproq) alyuminiy sulfat qoʻllaniladi. U kalsiy va magniyning dikarbonat tuzlari bilan reaksiyaga kirishib, laxta-laxta, ipir-ipir quyqalar shaklida alyuminiy gidroksidga aylanadi. CHо‘kish vaqtida bu quyqalar о‘zi bilan loyqa va mikroblarni о‘zlashtrib tushadi.
Vodoprovod stansiyalarda suvni zararsizlantirishning keng tarqalgan usuli xlorlash hisoblanadi. Shu maqsadda gazsimon xlor qoʻllaniladi. Ular pо‘lat balonlarda saqlanadi. Xlorotor yordamida xlorlash amalga oshiriladi, u xlorning dozirovkasini ta’minlaydi va toza filtrlangan suv rezervuariga yoki bevosita vodoprovod tarmogʻiga doimo xlor berib taqsimlab turadi.
Suvni zararsizlantirishda xlorlash usuli oddiy arzon va yetarli darajasi ishonchli hisoblanadi. Shunga qaramasdan uning tо‘la-tо‘kis gigiyenik talablarini qondira oladi deb hisoblash mumkin emas. Xlor suvning tabiiy holatini, mazasini, hidini buzadi; doimiy istemol qilish natijasida organizmga havfli ta’sir qilishi xtimoldan holi emas. Xlorga chidamla bakteriyalar ham bor. Ularga hatto katta miqdordagi xlor ham ta’sir qilmaydi. Uy-dala sharoitlarida va turistlar lagerida suvni tozalash va zararsizlantirish uchun xuddi vodoprovod stansiyasidagi suvlardan, lekin osonlashtirilgan holda foydalaniladi. Suvni tozalash bu murakkab va koʻp bosqichli jarayon. Suvni tozalashni birinchi bosqichi suvni maxsus tindirgichlarda suvdagi osilgan mayda zarrachalardan tozalash hisoblanib, buning uchun suv tindiriladi. Tindirgichlar gorizontal va vertikal boʻladi. Soʻngra uni filtrlanadi. Bu jarayonlarni tezlashtirish uchun koagulyatsiya jarayoni qoʻllaniladi, maxsus kimyoviy birikmalar koagulyantlar qoʻllaniladi. Koagulyant sifatida koʻpchilik vaqtda alyuminiy sulfat tuzlari ishlatiladi. Alyuminiy sulfat tuzlari suvdagi kaltsiy va magniy tuzlari bilan reaktsiyaga kirishib, gidratlar hosil qiladi. Bu paxta koʻrinishida tozalash inshooti tagiga choʻkadi.
Koagulyatsiya jarayonidan soʻng suv filtrlanadi. Buning uchun har xil filtrlar qoʻllaniladi. Toʻgʻri burchak holidagi filtr umumiy maydoni 50-100 m2, 0,6-1 m balandlikda kvarts qum bilan toʻldirilgan, uning tagida mayda tosh bilan toʻldirilgan, soʻngra filtrlangan suvni olib chiqib ketishi uchun truba oʻrnatilgan boʻladi. Qum ustida paxtasimon koagulyantlar yigʻilib qoladi, bular choʻkib ulgurmagan
hisoblanadi hamda filtrni ushlab qolish xususiyatini oshiradi. Filtr 8-12 soat ishlatilgandan keyin suv bilan qarama-qarshi tomonga yuviladi.
Tozalash natijasida suv tiniq, rangsiz, hidsiz, ba'zi bir zararli moddalar, gijja tuxumlari, bakteriyalarni 95-98% ushlab qolinadi.
Suvni dezinfektsiya qilish. Bu suvni har xil yuqumli kasallik chaqiruvchi mikroblardan ozod etish hisoblanadi. Gazsimon xlor bilan xlorlash keng koʻlamda ishlatiladi. Buning uchun xloratorlar ishlatiladi. Xloratorlar kerakli dozadagi xlorni bevosita vodoprovod suviga yoki filtrlangan suvga yuboradi. Suvni xlorlash eng qadimdan ishlatiladigan sodda, arzon, ishonchli suvni zararsizlantiradigan usul hisoblanadi.
Suvni zararsizlantirish uchun ozonlash va ultrabinafsha nurlari bilan nurlantirish usullari ham ishlatiladi. Ozonni bakteriotsid xususiyati xlorga nisbatan kuchli hisoblanadi. Suvni ozonlash uni ta'mini yaxshilaydi hamda organoleptik koʻrsatkichlarini yaxshilaydi. Lekin bu juda qimmatga tushadi, murakkab asbob-uskunalar talab etiladi hamda suv yaxshilab filtrlanishi lozim. Shu sababli keng miqyosda ishlatilmaydi, ultrabinafsha nur bilan qayta ishlash ham keng miqyosda ishlatilmaydi.
Dala sharoitida suvni tozalash va zararsizlantirish. Sayohatga, turizmga dalalarga chiqqan vaqtlarda ham yuqoridagi usullar juda soddalashtirilgan holda ishlatilishi mumkin. Suvni undagi osilib yotgan zarrachalardan tozalash uchun qum, koʻmirdan foydalanib 2-3 soatda tindirish mumkin. Yurish davrlarida suvni zararsizlantirish usullaridan ishonchli, soddasi 5 daqiqa davomida qaynatishdir. Yuqoridagilar bilan bir qatorda xlorli ohaktosh bilan ham zararsizlantirish mumkin.
Bunda xlorni miqdori tajriba asosida tanlab olinadi. Yoz kunlari xlorli ohaktoshni suvga solgandan soʻng 30 daqiqa oʻtgach bir litr suvda qoldiq hlor miqdori 0,3-0,4 mg/l boʻlishi kerak, qishda esa 1-2 soatdan soʻng 0,3-0,4 mg/l tashkil etishi kerak.
Bevosita shaxtada ham xlorli ohaktosh bilan suvni zararsizlantirish mumkin. Buning uchun shaxtada idishga uni hajmini oʻlchab olgandan soʻng 1 litr suvga 1% li xlorli ohaktoshdan 1 ml hisobida solinadi.
Ichimlik suvini saqlash va ishlatish. Sanitariya qoidalariga binoan sport inshootlarida qaynatilib sovitilgan ichimlik suvi boʻlishi lozim. U suv maxsus katta-kichik toza idishlarda saqlanishi kerak. Har kuni suv almashtirilishi va idishi yuvib tozalanishi kerak. Qaynatilgan suv saqlanadigan idish yaxshi yuvilmasa, tashqaridan ifloslansa epidemiologik jihatdan qaynatilmagan suvdan xavfli hisoblanadi. Suvni olib ishlatishlik katta gigiyena ahamiyatiga ega boʻlib, plastik stakanlarni, fontanlarni ishlatish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Suvni yuqoriga urib bosim ostida koʻtarilayotgan fontanchalardan ichish katta amaliy ahamiyatga ega yoki vodoprovod suvlaridan ichish lozim. Oqib chiqayotgan suv ma'lum ozgina egilgan holatda boʻlsa, bosim yetarli boʻlsa maqsadga muvofiq boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |