4.4. Havo gigiyenasi, uning ximiyaviy va fizikaviy holati
Havo eng muhim omil bо‘lib, usiz inson organizmi о‘z hayotiy funksiyalarni uzoq vaqt saqlab qololmaydi. Havo nafas olish uchun juda zarur va issiqlik almashinuvida qatnashadi. Shu bilan birga atmosfera organizmga bir qadar ta’sir etishi mumkin bо‘lgan elektrik kuchlar va har-xil radiatsiyalar harakati maydoni bо‘lib xizmat qiladi.
Inson kerakli paytda tashqi muhitning organizmga zararli ta’sirini yо‘qotuvchi yoki pasaytiruvchi maxsus sogʻlomlashtirish choralarini qо‘llash orqali har-xil atmosfera sharoitlarida yashashga va ishlashga qodirdir. Bunga atmosfera sharoitlarining sanitariya holatini yaxshilash va organizmning zararli omillarga qarshiligini oshirish, masalan, salqinlatish bilan erishiladi. Qator hollarda havoning о‘zidan shifobaxsh, chiniqtiruvchi omil sifatida foydalaniladi.
Havofning organizmga bevosta ta’siridan tashqari kiyimlar, qurilish materiallari, tuproq va boshqalarning gigiyenik xossalarini о‘zgartirib bilvosita ta’sir etishi mumkin.
Havoning gigiyenik harakteristikasi quyidagi о‘rsatkichlar yigʻindisidan iborat: a) havoning fizikaviy xossalari – temperaturasi, namligi, harakati, atmosfera bosimi, quyosh radiatsiyasi, elektrik holati, ionlantiruvchi radiatsiya, b) ximiyaviy tarkibi – havoning doimiy tarkibi va yot gazlar; v) mexanik aralashmalar – chang, tutun, qurum aralashmasi; g)mikroflora (mikroorganizmlar)
– bakterial ifloslanish borligi.
Quyosh yerdagi issiqlikning manbai bо‘lib xizmat qiladi. Uning isitishi avvalo, yerga yetib kelib issiqliq energiyasiga aylanuvchi yorugʻlik nurlari hisobiga bо‘ladi. Atmosfera deyarli faqat issiq nurlangan tuproqdan isiydi. Shuning uchun yer bilan tutashib turgan pastki havo qatlamining temperaturasi
yuqori qatlamlar temperaturasidan issiqroq bо‘ladi. Yerdan uzoqlashishi bilan u taxminan har yuz metrda 0,5 gradus pasayadi.
4.5. Harorat, namlik, havo harakati
Havo temperaturasining issiqlik almashinuviga ta’siri uning muhim gigiyenik ahamiyati hisoblanadi. Yuqori temperatura tanadan issiqlik ajralishini chegaralasa, past temperatura uni kuchaytiradi. Markaziy nerv tizimsi orqali nazorat qilinib turuvchi termoregulyator mexanizmlarining yetukligi tufayli odam har-xil temperatura sharoitlariga kо‘nikishi va yuksak temperaturalardan sagʻal oshgan isiqlikka ham hiyla vaqt chidashi mumkin.
Sport praktikasida ortiqcha isib ketish issiq ob-havoda, ochiq havodagi va nomofiq qurilgan sport zallardagi mashgʻulotlarda sodir bо‘lishi mumkin. Bundan holatda profilaktik chora-tadbirlar qо‘llash lozim.
Fiziologik jihatdan organizm tashqi muhitning yuqori temperaturasiga moda almashinishini pasaytirish yо‘li bilan, shuningdek tarkibida yogʻ kо‘paygan ter ajralishini kuchaytirish orqali ham moslashadi, bu esa terning teri yuzasida ancha teng taqsimlanishiga va bugʻlanishiga sabab bо‘ladi.
Havo namligi deganda har qanday gaz singari simob ustunining mm balandligi bilan о‘lchanadigan havodagi suv bugʻlarining zichligi tushiniladi. Agar suv bugʻlarining zichligi chegaradan oshib ketsa, fazo suv bugʻlari bilan tо‘yinadi; bundan ham oshib ketishi namlikning tuman, shudring yoki qirov holida ajralishiga olib keladi. Har bir havo temperaturasiga muayyan darajada suv bugʻlari bilan tо‘yinganlik tо‘gʻri keladi. Temperatura qancha yuqori bо‘lsa havoda suv bugʻlari shuncha kо‘p saqlanadi.
Atmosferadagi havo deyarli hamma vaqt harakatda bо‘ladi. Buning sababi yer sharidagi qizitishning bir xil bо‘lmasligidandir. Havo harakati о‘znining yо‘nalishi va tezligi bilan harakterlanadi. Yо‘nalishi shamol dunyoning qaysi tomonidan esayotganiga qarab aniqlanadi va rumbalar bilan belgilanadi. Dunyo 4 tomonning boshlangʻich harflari: Shimol, Janub, Gʻarb, Sharq bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |