4.2. Iqlim о‘zgarishining gigiyenik ahamiyati
Iqlim deganda muayyan joy uchun harakterli bо‘lgan va qup yillik kuzatishlar natijasida niqlangan о‘rtacha holati tushiniladi. Ob-havo deganda esa mazkur sharoitda vaqtinchalik meteriologik sharoit tushiniladi. Bunda о‘proq havo temperaturasi namligi, harakat tezligi, atmosfera bosimi, quyosh radiatsiyasining kuchlanishi, bulutlar va yogʻingarchilik miqdori nazarda tutiladi. Lekin metereologik omillar tegishli о‘rtacha kattalik, u klimni mediko-biologik nuqtai nazardan yetarli darajada harakterlab bermaydi va unga tо‘la-tо‘kis gigiyenik baho berish uchun temperatura va boshqa kattaliklar tebranish ampletudasi va bular sodir bо‘ladigan muddatning eng kichik ahamiyatini ham bilish zarur.
Akklimatizatsiya – odam organizmining yangi iqlim sharoitiga kо‘nikish qobiliyati – akklimatizatsiya deyiladi. Akklimatizatsiya muammosi har-xil sharoitlari bilan farq qiladigan Yangi qator rayonlarning о‘zlashtirilishi tufayli aktual ahamiyatga ega bо‘lib qoladi. Bu mamlakatning har-xil oblastlarida, chet-ellarda musobaqa о‘tkazuvchi sportsmenlar uchun ham zarur.
Mikroiqlim – bu termin chegaralangan maxsus joy territoriyasining iqlimini harakterlaydi. Masalan: turar-joyning ba’zi bir aholi yashaydigan joylarida kurort, turistik lagerlardagi iqlim vahakazo. О‘ziga xos relyefi, yerning qatlami, kо‘kalamzorlashtirilganligi, suv havzasining mavjudligi, territoriyasining qurilish tizimsi va boshqalar tufayli qushni punktlarning mikroiqlim xususiyati har-xil bо‘lishi smumkin. Joyning mikroiqlim xususiyatlarini hisobga olish, turar-joy qurilishlari, sport inshootlari, maktab, kasalxonalar qurish uchun sanitariya taraflari jihatidan qulay joy tanlashga imkon beradi.
4.3. Iqlim va akklimatizatsiya
Iqlim deb joyning geografik kengligi, rel’efi, dengiz satxidan balandligi, namlik va oʻsimliklarining bor yoʻqligiga aloqador boʻlgan qoʻp yillik ob-havo rejimiga aytiladi.
SPORT AND EXERCISE PSYCHOLOGY The Key Concepts Second Edition Ellis Cashmore First published 2002 This edition published 2008.
Iqlim shart-sharoitlarining odam organizmiga ta`siri fiziologik funktsiyalarning mavsum sari oʻzgarib turishi va bir iqlimiy tumandan boshqasiga oʻtilganida oʻzgarishlar roʻy berishi bilan namoyon boʻladi.
Asosiy iqlim omili yoki mazkur joy ob-havosiga harakterli boʻlgan bir qancha omillarning birgalikda organizmga qanday ta`sir koʻrsatishini oʻrnaish yoʻli bilan turli iqlim zonalarining fiziologik harakteristikasi tuziladi. Chunonchi sovuq fasl uchun sovqatish omili harakterlidir.
Iqlimning mavsumiy xususiyatlari aholining turmush sanitariya sharoitlari hamda kasallanishiga ta`sir koʻrsatadi. Qanday boʻlmasin biror iqlim va yil faslidagi meteorologik omillarning bir qancha kasalliklarning oʻtishiga, ularning ogʻir-yengilligiga va oʻlim xollariga ta`sir qilishi aniqlangan.
Ma`lumki, iqlim shart-sharoitlari aholining infektsion kasalliklar bilan ogʻrishiga ham kattagina ta`sir koʻrsatadi. Infektsion kasalliklarning qoʻzgʻatuvchilari va yuqtiruvchilariga aloqador biologik vaziyat iqlim shart-sharoitlariga koʻp jihatdan bogʻliq boʻladi.
Ba`zi joylar (togʻli va togʻ oldi zonalari)ning iqlim shart-sharoitlari odam organizmiga yaxshi ta`sir koʻrsatadi: moddalar almashinuvi kuchayadi, yurak-qon tomirlar tizimsi va nafas organlarining funktsiyasi yaxshilanadi, qon tarkibi yaxshiladai.
Davolash va sogʻlomlashtirish maqsadlarida tashqi muhitning meteorologik shart-sharoitlari va iqlim xususiyatlaridan keng foydalaniladi. Respublikamizda iqlim omillarining odamlar salomatligiga koʻrsatadigan sal’biy ta`sirini imkoni boricha kamaytirish va ijobiy ta`siridan toʻla-toʻkis foydalanishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Aholi yashaydigan joylarni planlashtirish, turar joylar, jamoat, sanoat, bino va inshootlari loyihalarini koʻrib chiqish, ovqatlanish ratsionlarini ishlab chiqish, kasalliklarni oldini olish yuzasidan profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirishga taalluqli gigiyena masalalarini xal qilishda iqlim shart-sharoitlari hisobga olinadi.
Mikroiqlim deganda cheklangan boʻshliqda sun`iy yoʻl bilan yuzaga keltirilgan yoki tabiiy xususiyatlarga koʻra qaror topgan iqlim shart-sharoitlari
tushuniladi. Sun`iy yoʻl bilan yaratilgan mikroiqlimga aholi punktlarining, berk binolar, kiyim bosh ostidagi boʻshliq mikroiqlimlari misol boʻla oladi. Tabiiy xususiyatlarga koʻra qaror topgan mikroiqlimga atmosferaning erga yaqin qatlamidagi, oʻrmon yoqasidagi yalanglik, togʻ daralaridagi mikroiqlimlar misol boʻladi.
Mikroiqlim odam organizmiga har xil ta`sir koʻrsatadi. Chunonchi, shaharlarda odamlarning salomatligi uchun noqulay boʻlgan bir qancha ta`surotlar mavjud: yilning issiq paytlarida gʻishtli binolar va asfal’t yotqizilgan koʻchalar oftobda qizib, qoʻshimcha issiqlik manbai boʻlib qoladi; shaharlarda havoning tutun bilan ifloslanishi natijasida quyosh radiatsiyasi intensivligi susayadi va biologik jihatdan muhim boʻlgan ul’trabinafsha nurlar keskin kamayib ketadi.
Mana shuning uchun ham qurilish ustidan olib boriladigan profilaktik sanitariya nazorati joy rel’efidan toʻgʻri foydalanish, shahar teritoriyasida daraxtzorlarni barpo etish, koʻchalarni toʻgʻri oʻtkazish, ularni tabiiy yorugʻlik bilan yoritish va shomollatib turish masalalari, koʻchalarga yotqizish uchun tegishli materiallarni tanlash va boshqa masalalar aholi punkti mikroiqlimini yaxshilash maqsadida gigiyenik jihatdan ayniqsa muhim ahamiyatga egadir.
Odamga eng qulay shart-sharoitlarni yaratib berish va uni noqulay iqlim ta`sirlaridan saqlash uchun bir qancha xollarda mikroiqlim sun`iy yoʻl bilan yaratiladi.
Iqlimga moslashish (akklimatizatsiya) - odam organizmining yangi iqlim sharoitiga koʻnikish qobiliyati - akklimatizatsiya deyiladi. Akklimatizatsiya muammosi har-xil sharoitlari bilan farq qiladigan yangi qator tumanlarning oʻzlashtirilishi tufayli dolzarb ahamiyatga ega boʻlib qoladi. Bu mamlakatning har-xil viloyatlarida, chet-ellarda musobaqa oʻtkazuvchi sportsmenlar uchun ham zarur.
Akklimatizatsiya murakkab ijtimoiy-biologik jarayon boʻlib, oʻzgarib qolgan iqlim sharoitlarida odamning kayf-ruxiyatini yaxshilaydigan va ish qobilyatini oshiradigan moslashish reaktsiyalarining vujudga kelishi bilan cheklanmaydi. Iqlimga moslashish degan tushunchaga, avvalo, tashqi muhitni faol ravishda oʻzgartirish odam uchun yangi iqlim sharoitlarida tashqi muhitning noqulay
ta`sirlarini susaytira oladigan yoki bartaraf eta oladigan mehnat va turmush shart-sharoitlarini yaratish kiradi.
Odamlar oʻzlari uchun yangi iqlim sharoitlariga koʻchib oʻtganlarida psixologik omilning ahamiyati borligini hisobga olib, ularning maishiy va madaniy talablarini qondirishga aloxidae`tibor bermoq zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |