3.5. Past atmosfera bosimini shugʻullanuvchilar organizmiga ta’siri.
Past atmosfera bosimiga moslashish jarayonida tanada koʻpchilik moslashish reaktsiyalari shakllanadi (eritrotsitlar soni oshadi, gemoglobin koʻpayadi, tanada oksidlanish jarayonlari oʻzgaradi). Yuqoridagi hamma reaktsiyalar odam hayot
faoliyatini shusharoitda me'yorida ta'minlab beradi. Togʻ kasalligini oldini olishni asosiy ususllaridan biri togʻ sharoitida yoki barokamerada mashq mashgʻulotlarini oʻtkazishdir.
Yuqori atmosfera bosimi. Atmosfera bosimi 760 mm simob ustunidan yuqori boʻlgan holatlarga aytiladi. Ba'zi bir mutuxassisliklarda bu asosiy omil hisoblanadi. Masalan, suv ostidagi ishlarda va suv osti kemalarida. Yuqori atmosfera bosimi siqib turayotgan hissiyotni hosil qiladi. Quloqlarda ogʻriq, nafas chiqarish qiyinlashadi, yurak urishitezlashadi. Atmosfera bosimi oshganda kislorodni partsial bosimi va azot miqdorini oshishi sodir boʻladi. Bu odamni tanasiga zaharli ta'sir koʻrsatadi.
Havoning ionizatsiyasi. Havoning tarkibidagi ionizatsiya qiluvchi moddalar ta'siri natijasida gaz molekula va atomlari alohida ionlarga parchalanib ketadi. Natijada yyengil (manfiy zaryadlangan, manfiy) va ogʻir (musbat zaryadlangan, musbat) aeroionlar hosil boʻladi. Havoda ionlarning miqdori doimiy boʻlmaydi, har vaqt oʻzgarib turadi, chunki ionlar hosil boʻlish jarayoni bilan bir vaqtda ionlar yoʻqolish jarayoni ham ketadi. Musbat va manfiy ionlarning qoʻshilishi, har xil yuzalarga ionlarning adsorbtsiyasi (nafas olish yoʻli, tana yuzasi, kiyim kechaklar va boshqalar), har xil buyumlarga tushishi, havoda osilib turishi (chang, tutun, tuman va boshqalar).
Havoning ionizatsiyalanishi tanadagi koʻpchilik fiziologik holatlarga bogʻliq boʻladi. Yyengil ionlarning kontsentratsiyasini ozgina oshishi (3000-5000 1 sm3 havoda) odamni salomatligiga va oʻzini ahvoliga yoqimli ta'sir koʻrsatadi. Atmosfera havosida musbat ionlarning sonini oshishi bosh ogʻrigʻi, oʻzini yomon his qilish, arterial qon bosimining oshishiga sabab boʻladi. Aeroionlarning ta'siri natijasida manfiy aeroionlar soni ortsa, umumiy holat yaxshilanadi, uyqu tiniqlashadi, ishtaha ochiladi, vitamin va mineral moddalarning almashinuvi yaxshilanadi, tananing sovuqqa turgʻunlik holati ortadi hamda jismoniy ish qobiliyati oshadi.
Havoning kimyoviy tarkibi.Yeryuzasida toza atmosfera havosi quyidagi kimyoviy tarkibga ega: kislorod 20,9%, karbonat angidrid 0,03%, chang va mexanik aralashmalar 0,04%, suv bugʻi 0,03%, azot 78%, argon, geliy kripton va inert gazlar 1%.
Havoda yuqorida koʻrsatilgan tarkib deyarli doimiy boʻladi. Ularning oʻzgarishi qishloq xoʻjalik korxonalari va sanoat korxonalarining chiqindi mahsulotlari, avtotransportlarning gazlari ta'sirida boʻlishi mumkin. Odamni nafas chiqargandagi havosida kislorodni miqdori 15% ga kamayadi, karbonat angidridni miqdori 100 baravar oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |