Havoning namligi. Tashqi muhit bilan odam orasida boradigan issiqlik muvozanatiga boshqa gigiyena omillar bilan bir qatorda havoni namligi juda katta taʼsir koʻrsatadi. Havoni namligi deganda 1 m3 havodagi suv bugʻlarining grammlar bilan ifodalangan miqdoriga aytiladi. Havoni namligini asosiy koʻrsatkichlari:
Aniq haroratda, aniq vaqtdagi suv bugʻlarining mutloq miqdori absolyut namlik deyiladi.
Aniq haroratda 1m3 havoni toʻyintirish uchun ketgan suv bugʻlarining miqdoriga maksimal namlik deyiladi.
Absolyut namlikni maksimal namlikka boʻlgan nisbatini foizlarda hisoblanishiga nisbiy namlik deyiladi.
Absolyut va maksimal namliklar orasidagi ayirma farq toʻyinish nuqtasi
deyiladi.
Xonalarda nisbiy namlikni gigiyena me'yori 30-60% tashkil qiladi. Jismoniy ishlar jarayonida bu qiymat 30-40% tashkil qiladi, bunda harorat +25oC boʻlganda 20-25% boʻladi.
Havoning harakati.
Havoning hamma qismi bir xilda isimaganligi sababli havo doimo harakatda boʻladi. Bu harakat ikkita koʻrsatkich bilan ta'riflanadi. Yoʻnalishi va tezligi. Havoni harakat yoʻnalishishamol qaysi tomondan esayotganligiga bogʻliq boʻladi va yer tomonlari (rumb) bilan oʻlchanadi, yer tomonlarining bosh harflari bilan belgilanadi: Sh- shimol, J- janub, Shq- sharq, Gʻ- gʻarb. Bularning orasidagi rumb lar ikkita harf bilan ifodalanadi. Shunday qilib, hamma gorizont sakkizta rumbga boʻlinadi: shimoliy sharq, sharq, janubiy sharq, janub, janubiy gʻarb, gʻarb, shimoliy gʻarb, shimol. Qurilayotgan sport inshootlarini qurish uchun yil davomida havoni harakat yoʻnalishi qaysi tomonga boʻlishi alohida amaliy ahamiyatga ega (sanoat korxonalari, qishloq xoʻjalik ob'yektlari, tozalash inshootlari, avtomobil va temir yoʻl inshootlari).
Havoni harakat tezligi.Bu havo massasini vaqt birligida bosib oʻtgan yoʻli bilan belgilanadi. Bunda masofa metrda vaqt soniyada olinadi. Havoni harakat tezligini gigiyena tomondan amaliy ahamiyati odamni issiqlik muvozanatiga oʻzini ta'sirini koʻrsatadi. Havoni harakati natijasida konvektsiya usulida issiqlik yoʻqotishni darajasiga ta'sir qilib (sovuq havo ta'sirida issiq havo ohista ketaboshlaydi) va bugʻlanish usulida ham issiqlik sarf boʻladi. Shamolning odamga ta'siri uning bir joydan boshqa joyga harakat qilishiga toʻsqinlik qiladi. Bu holat odamda qoʻshimcha energiya sarfiga olib keladi, hamda jismoniy ish samaradorligini kamaytiradi. Misol uchun kuchli shamolga qarshiyurayotgan odamni tezligini 25% ga kamaytiradi. Bundan tashqari kuchli kuchli shamol nafas olishga ta'sir koʻrsatib, uni qiyinlashtiradi, ritmini oʻzgartiradi, nafas olish mushaklariga boʻlgan ishni kuchaytiradi. Nafas chirarayotgan vaqtda shamolni qarshiligini yengish kerak boʻladi. Yozda diyorimizda eng yoqimli havoning harakat tezligi 1-4 m/s, issiqda sport bilan shugʻullangan vaqtda 2-3 m/s hisoblanadi. Sport zallarida havoni harakat tezligining ruxsat berilgan miqdori 0,5 m/s, kurash va stol tennisi zallarida havoning harakat
tezligi 0,25 m/s dan oshmasligi kerak, yopiq suzish suv havzalarida 0,2 m/s boʻlishi lozim. Dush, kiyinish va massaj xonalarida havoning harakat tezligi 0,15 m/s boʻlishikerak.
Atmosfera bosimi massa va ogʻirlikka ega boʻlib, yeryuzasiga va uni yuzida joylashgan buyumlarga va tirik jonzotlarga ma'lum bir miqdorda bosim koʻrsatib, atmosfera yoki barometrik bosim deyiladi. Yeryuzasida atmosfera yoki barometrik bosim doimiy emas, hamda bir xilda emas. Uni miqdori geografik sharoitga, yil fasliga, kunga va har xil atmosfera hodisalariga bogʻliq boʻladi.
Yuqoriga koʻtarilish bilan atmosfera bosimi kamayadi.
Bosim me'yorlari. Atmosfera bosimini gigiyena me'yori bir atmosferaga teng boʻlib, dengiz sathida, 45okenglikda 0oS haroratda 760 mm simob ustunini tenglashtiradi. Bu sharoitda atmosfera 1 sm2yuzaga 1 kg ogʻirlik bilan bosadi. Atmosfera bosimini ozgina oʻzgarishi sogʻlom odamlarga unchalik ta'sir etmaydi, sogʻliklari yomon odamlarga yomon ta'sir koʻrsatadi.
Past bosim.Yuqoriga koʻtarilish bilan atmosfera bosimi kamayadi shu bilan bir qatorda kislorodni partsial bosimi ham kamayadi. Kislorodning partsial bosimi kamayishi bilan birga gemoglobinni kislorodga toʻyinishi kamayadi, odam tanasini kislorod bilan boyishi susayadi. Kamroq 1,5 3,5 km balandlikda kislorodni kamayishi, oʻpka harakatini ortishi, yurak faoliyati, eritrotsitlarning samaradorligi hisobiga qoplanib ketadi. Agarda 4 km dan ortiq yuqoriga koʻtarilganda O2 kamayib qolib, gipoksiya holati rivojlanadi. Past bosim ta'siri togʻ kasalligi koʻrinishida hosil boʻladi: havo yetmaslik, yurak urishi, teri qavatlarini rangini oqarishishilliq qavatlarning rangini oqarishi mushaklarni kuchini kamayishi, bosh aylanishi, koʻngil aynishi, qusish holatlari kuzatiladi. Togʻ kasalligining birinchibelgilari: markaziy asab tizimi faoliyatini buzilishi (xotirani susayishi, diqqat e'tiborni pasayishi), harakat analizatorining holatini susayishi (harakat koordinatsiyasining buzilishi).
Do'stlaringiz bilan baham: |