5.5. Suv havzalaridagi suvga qо‘yiladigan gigiyenik talablar.
Suvni organoleptik xususiyati. Suvni organoleptik xususiyatlariga hidi, mazasi,rangi, tiniqligi kiradi. Bu xususiyatlarini odamni sezgi a'zolari bilan aniqlash mumkin. Loyqa qaysi bir rangga boʻyalgan yoki yoqimsiz hidga ega boʻlgan suv hattoki odamga zarar keltirmasa ham sanitariya gigiyena tomondan toʻliq bahoga ega boʻlmaydi.
Suvning tiniqligi. Bu suvning tozaligini koʻrsatadigan kerakli koʻrsatkichhisoblanadi. Tiniqlik koʻrsatkichi deganda suvning rangi oʻtkazib yuborish xususiyati tushuniladi va buyumlarni aniq bir chuqurlikdan ham koʻrishga imkoniyat yaratadi. Suvni tiniqligi undagi mexanik va kimyoviy aralashmalarni soni bilan aniqlanadi. Ichimlik suvlarini tiniqligi 30 sm dan kam boʻlmasligi kerak. Suzish suv havzalaridagi suvning tiniqligi 20 sm dan kam boʻlmasligi kerak.
Suvning rangi. Ichimlik suvlari rangsiz boʻlishi kerak. Suvni rangi uni loyqaligiichish uchun yoqimsiz qilib qoʻyadi. Mutloq tiniq suv juda kam uchraydi. Masalan yer tagidagi suv yuradigan qavatlarda. Ochiq suv havzalarida suv qandaydir bir kuchsiz boʻyalishga ega boʻladi. Sargʻish rangli suv unda temir tuzlarining borligidan yoki gumus moddalari borligidan dalolat beradi. Bu esa oʻsimlik qoldiqlarini chirishidan hosil boʻladi. U botqoqlik suvlariga xosdir. Suv nim yashil rangga ega boʻlishi mikrosuv oʻsimliklari borligidan dalolat beradi.
Suvni hidi. Toza ichimlik suvi hech qanday hidga ega boʻlmasligi kerak. Istalganhidga ichimlik suvining ega boʻlishi hayvon yoki oʻsimlik mahsulotlari biologik parchalanishidan dalolat beradi yoki ichimlik suviga xos boʻlmagan kimyoviy birikmalarning borligini koʻrsatadi. Suvda oltingugurt vodorodi hidi boʻlishi suvda patogen-kasal tugʻdiruvchi mikroorganizmlar borligidan dalolat beradi. Ba'zi bir vaqtlarda suvda temir sulfidi boʻlganda ham shunday hid hosil boʻladi. Bu mineral suvlarga xos koʻrsatkich hisoblanadi. Suvda fenolni hidi yoki smolani hidi boʻlishi suv sanoat mahsulotlari bilan ifloslanganligidan dalolat beradi. Suvda xlorni hidi boʻlishi suv zararsizlantirilayotgan vaqtda koʻp xlorli ohaktosh qoʻshilganligini koʻrsatadi. Unda qoldiq xlor miqdori 0,5-0,6 mg/l dan ortiq boʻladi.
Suvning mazasi. Ichiladigan suvda hech qanday maza boʻlmasligi kerak.Ichimlik suvining mazasi uni mineral tarkibiga, haroratiga, unda erigan gazlarning kontsentratsiyasiga (kislorod va karbonat angidrid) bogʻliq boʻladi. Qaynatilgan suv mazasiz boʻladi, chunki gazlar boʻlmaydi, kaltsiy va magniy tuzlari yoʻq boʻlib ketadi. Suvni mazasini oʻzgarishi yoki suvda biror bir maza hosil boʻlishi hayvon va oʻsimlik mahsulotlarining parchalanishidan dalolat beradi.
Suvning harorati. Ichiladigan suvni harorati +7oC- +12oC boʻlganida odamlargajuda yoqimli ta'sir koʻrsatadi. Bunday suv chanqoqni tez qoniqtiradi, ogʻiz boʻshligʻidagi shilliq qavatlarni sovutib beradi, soʻlak bezlari faoliyatini kuchaytiradi. Choʻmilganda va suvda suzganda suvni harorati alohida katta ahamiyatga ega. Yopiq suzish suv havzalarida suvni harorati +25oC- +26oC boʻlishi lozim, bu voyaga yetgan odamlarga. Bolalarga +26oC kam boʻlmasligi kerak. Tabiiy suv havzalarida suvni haroratining me'yori yoʻq.
Suvni kimyoviy tarkibi. Tabiatda suv hamma vaqt koʻproq yoki kamroq mineraltuzlarni eritmalarini tutadi. Suvni mineral tarkibini aniqlashda tuproqni yoki yer qatlamini tarkibi alohida ahamiyatga ega. Suvni mineral tarkibi unda erigan tuzlar bir litr suvga milligrammlarda oʻlchanadi.
Suvdagi organik moddalar. Suvdagi organik moddalar ichida hayvonotlarga xosorganik moddalar alohida ahamiyatga ega, chunki kasal chaqiruvchi mikroblar
shunda boʻladi. Lekin uni gigiyena koʻrsatkichi boʻlib, suvni oksidlanuvchanligi hisoblanadi.
Suvni oksidlanuvchanligi. Bu bir litr suvda boʻlgan organik moddalarnioksidlanishi uchun sarf etilgan kislorod miqdoriga aytiladi. U mgGʻlitrlarda ifoda etiladi. Agarda suvda organik moddalar kam boʻlsa uni oksidlanuvchanligi ham kam boʻladi. Masalan toza yer osti suvlarining oksidlanuvchanligi 2-4 mg/l, daryolarniki esa 7 mg/l. Suvda organik moddalarni bor ekanligini koʻrsatkichi - suvda erigan kislorod hisoblanadi. U ham milligrammlarda ifoda etiladi. Toza suv havzalarida erigan kislorod 3-6 mg/l, iflos suv havzalarida undan kamroq, juda iflos boʻlsa kislorod boʻlmasligi mumkin.