Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti q



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/32
Sana13.05.2020
Hajmi0,99 Mb.
#50257
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   32
Bog'liq
pedagogik aksiologiya va undan boshlangich talim tizimida foydalanish texnologiyasi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
 
69 
Bob bo‘yicha xulosa 
Mustaqillik  o‘zbek  xalqiga  ma’naviyatimizni  qayta  tiklash  imkoniyatini  berdi. 
Masalan, Navro‘zni zo‘r shodiyonalik bilan bayram qilmoqdamiz, Navro‘z, Hayit, 
xalqning  azaliy  urf-odat  va  an’analarini  davom  ettirish  imkoniyatiga  ega  bo‘ldik. 
O‘zbek xalqi bu davr mobaynida o‘zaro birikib, ahillikda yashash ko‘nikmasi ega 
bo‘ldi. 
Mustaqillik sharofati  bilan  din tiklandi,  ma’naviyatimiz  asosi bo‘lgan o‘zbek tili 
davlat  tili  maqomiga  ega  bo‘ldi,  jamiyatda  tarixiy  adolat  o‘rnatildi,  “Shahidlar 
xotirasi”  ziyoratgohi,  istibdod  davrining  qurbonlari,  ularning  hayoti  bilan  bog‘liq 
haqiqatlar tiklandi. 
Mustaqillik  tufayli  ilm-ma’rifat,  pedagogik  fikr  rivojiga  katta  hissa  qo‘shgan, 
xalqimiz  faxri,  iftixori  bo‘lgan  –  Mahmudxo‘ja  Behbudiy,  Abdurauf  Fitrat, 
Abdulhamid  Cho‘lpon,  Munavvarqori  Abdurashidxonov,  Abdulla  Qodiriylarning 
nomlari  tiklandi,  ruhlari  shod  qilindi.  Ularning  ma’rifiy  g‘oyalari,  qarashlari 
o‘rganilib,  hayotga  tatbiq  etilmoqda.  Ular  orzu  qilgan  ozod,  erkin  Vatan  bunyod 
etildi. 
Mustabid  tuzumi  yillari  davomida  talaba-yoshlar  Abdulla  Qodiriy,  Behbudiy, 
Fitrat,  Munavvarqori  Abdurashidov,  Abdulla  Avloniy,  Cho‘lpon,  Usmon  Nosir 
kabi ozodlik fidoiylari bo‘lgan ziyolilar haqida juda kam va noto‘g‘ri ma’lumotga 
ega  edilar.  Mustaqillik  bergan  eng  katta  imkoniyat  talaba-yoshlarni  ushbu 
ziyolilarning  qarashlari  bilan  tanishtirish  imkoniyatining  vujudga  kelganligidir. 
Shuning  uchun  ham  ularning  millatparvarlik,  vatanparvarlik,  ma’naviyat, 
insoniylik,  ozodlik  haqidagi  o‘gitlarini  talaba-yoshlarga  еtkazish  ta’lim  tizimi 
oldida turgan eng muhim vazifalardan biri sifatida o‘z еchimini kutmoqda. 
Ilm-fan  va  madaniyat  arboblarini  ardoqlash  millatimiz  vakillari 
qoniga  singib  ketgan  fazilatlardan  biridir.  Ana  shuning  uchun  ham 
mamlakatimizda  ilm-fanga  xizmat  qilish  olimlarimiz  uchun  faxrli  bir  ishga 
aylanib  qoldi,  chunki  madaniyat  va  ma’rifat  hamda  taraqqiyotga  xizmat 


 
 
70 
qilgan  kishi  qo‘shgan  hissasiga  yarasha  hurmat  ehtiromga  sazovor  bo‘ladi, 
ayniqsa, yosh avlodga o‘rnak va namuna ramziga aylanadi. 
Imom  Ismoil  al-Buxoriy,  Muhammad  Muso  Xorazmiy,  Abul  Abbos 
Farg‘oniy,  Yusuf  Xos  Hojib,  Mahmud  Qoshg‘ariy,  Abu  Nasr  Forobiy,  Abu 
Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek, Zahiriddin 
Muhammad  Bobur,  Abdurahmon  Jomiy,  Alisher  Navoiy,  Husayn  Voiz 
Koshifiy,  Zahiriddin  Muhammad  Bobur,  So‘fi  Ollohyor,  Muhammad  Rizo 
Erniyozbek  o‘g‘li  Ogahiy  kabi  ko‘plab  ilm-fan  namoyandalari,  mutafakkir 
shoirlarning  shaxs  ma’naviyati,  millat  va  Vatan  ravnaqi  haqidagi  qarashlari 
talaba-yoshlarda  milliy  iftixor  tuyg‘usini  shakllantirishga  xizmat  qiladi.  Oliy 
ta’lim muassasalarida mutafakkirlarning faoliyati va qarashlarini maxsus kurslar 
doirasida kengroq o‘rganish tavsiya etiladi. Shuningdek, auditoriyadan  tashqari 
sharoitlarda  turli  badiiy  kechalar,  ilmiy  anjumanlar,  seminarlar,  bahs-
munozaralar  yo‘li  bilan  ularning  faoliyati,  ilmiy  qarashlari,  ijodini  har 
tomonlama mukammal o‘rganishni yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiqdir. 
Boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilarining  ta’lim-  tarbiyasida  milliy  aksiologiyadan 
foydalanishni  shakllantirishda  san’at  alohida  o‘ziga  xos  o‘rin  tutadi.  Xalq  amaliy 
san’ati,  me’morchilik,  haykaltaroshlik,  musiqa,  o‘yin,  kino  va  teatr  asboblari 
kabi  san’at  turlari  Markaziy  Osiyoda  qadim  zamonlardan  rivojlangan. 
Termiz  yaqinida  Ayritomda,  Surxondaryo  Bolalik  tepada  ibodatxona 
devorlariga  ishlangan  rasmlar,  Tuproqqal’a  saroyida  devorga  ishlangan 
naqshlar  va  haykallar,  Buxoro  yaqinida  Varaxsha  saroyiga  ishlangan 
naqshlar,  Quvada  topilgan  naqsh  va  surat  solingan  turli  uy-ro‘zg‘or 
buyumlari, tanga va boshqalar o‘zbek xalqining nodir san’at yodgorliklaridir. 
Kamoliddin  Behzod,  L.Abdullayev,  CH.Ahmarov  kabi  ko‘plab  rassomlarning 
ijodi,  Xiva,  Samarqand,  Buxoro,  Toshkent,  Namangan,  Urganch,  Qarshi, 
Marg‘ilon kabi o‘nlab shaharlarda qad rostlagan me’moriy yodgorliklar (jumladan, 
Buxorodagi  Namozgoh,  Xoji  Zayniddin,  Bola  Hovuz  machitlari,  Mir  Arab, 
Ko‘kaldosh,  Ulug‘bek,  Modarixon,  Abdullaxon  madrasalari,  Somoniylar, 


 
 
71 
Chashmai Ayub maqbaralari; Samarqanddagi Bibixonim, Kamoliddin Hoji 
-  Abdi  Dorun,  Hazrati  Xizr  machitlari,  Ulug‘bek,  Sherdor,  Tilla  Qori 
madrasalari, 
Shohi 
Zindadagi 
maqbaralar 
ansambli, 
Amir 
Temur 
maqbarasi;  Xivadagi  Juma  va  Oq  machit,  Qutlug‘  Murod  enaga, 
Allaqulixon  Aminxon  madrasalari,  Islom  Hoji,  Ichan  Qal’a  minoralari, 
Sayid  Allauddin,  Pahlavon  Mahmud  maqbaralari;  Shahrisabzdagi  Oqsaroy, 
Ko‘k gumbaz; Namangandagi Hoji Amin, Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshi 
maqbaralari;  Toshkentdagi  Ko‘kaldosh  va  Baroqxon  madrasalari  va 
boshqalar),  milliy  qo‘shiqchilik,  raqs,  hunarmandchilik  kino  va  teatr 
asarlari  boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilarida  tarix  va  madaniyatga  bo‘lgan 
hurmatni 
qaror 
toptirib, 
ularda 
milliy 
iftixor 
tuyg‘usini 
shakllantirishga xizmat qiladi.  
 
 
 
 
 
  
 
 
 

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish