72
III-bob.Pedagogik aksiologiya va undan boshlang‘ich ta’lim tizimida
foydalanish texnologiyasi
1.Pedagogik aksiologiya va undan boshlang‘ich ta’lim tizimida foydalanishga
oid tajriba-sinov ishlarini tashkil etish va uni o‘tkazish metodikasi.
Mustaqillik yillarida yosh avlod, jumladan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini
ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, ularning kelajakda barkamol insonlar bo‘lib
еtishishlariga erishish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri deya e’tirof
etildi.
Bu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov «Fidokor»
gazetasining muxbiri savollariga javob berar ekan, bugungi kun yoshlari ega
bo‘lishlari zarur bo‘lgan fazilatlar quyidagilar ekanligiga alohida urg‘u beradi: «...
yoshlarimizning iymon - e’tiqodlarini mustahkamlash, irodasini baquvvat qilish,
ularni o‘z mustaqil fikriga ega bo‘lgan barkamol insonlar etib tarbiyalash, ularning
tafakkurida o‘zligini unutmaslik, ota - bobolarning muqaddas qadriyatlarini asrab –
avaylash va hurmat qilish fazilatini qaror toptirish, ularning, men o‘zbek
farzandiman, deb g‘urur va iftixor bilan yashashiga erishishdir»
21
. Boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarida milliy qadriyatlarlarimizga nisbatan milliy iftixor tuyg‘usini
shakllantirish uzoq muddatli, murakkab jarayon hisoblanadi. Bu jarayonning
samarali tashkil etilishi bir qator omillarning ta’siri asosida kechadi. Tadqiqotni
olib borish chog‘ida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida milliy qadriyatlarlarimizga
nisbatan milliy iftixor tuyg‘usini shakllantirishning muhim omillari quyidagilar
ekanligiga ishonch hosil qilindi .
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida milliy qadriyatlarlarimizga nisbatan milliy iftixor
tuyg‘usiga ega bo‘lishlarida alohida ta’sir kuchiga ega bo‘lgan omillardan samarali
foydalanishga alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir. Quyida ana masala
mohiyati yoritiladi.
21
I.A.Karimov «Fidokor» gazetasining muxbiri savollariga javoblari.
73
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida milliy qadriyatlarlarimizga nisbatan milliy iftixor
tuyg‘usini shakllantiruvchi omillar.
№
Omillar
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida milliy
qadriyatlarga nisbatan milliy iftixor
tuyg‘usini shakllantirishga bo‘lgan ta’siri
1.
Millatning shonli tarixi,
o‘tmishi
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini millat
tarixi bilan tanishtiradi, ularda millatning
taraqqiyot yo‘li to‘g‘risidagi bilimlarni
hosil qiladi, milliy tarix negizida
istiqbolga
bo‘lgan
ishonchni
qaror
toptiradi
2.
Milliy til imkoniyatlari
Boshlang‘ich
sinf
o‘quvchilarining
milliy ruhda fikrlash, milliy tafakkurga
ega bo‘lishlari uchun asos bo‘lib xizmat
qiladi
3.
Xalq
qahramonlarining
jasorati
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga millat
ozodligi, Vatan mustaqilligi, taraqqiyoti,
istiqboli uchun kurashish oliy insoniy
burch ekanligini anglatadi, ularni millat
ozodligi, Vatan ravnaqi yo‘lida kurashish
istagini uyg‘otadi
4.
Milliy-madaniy meros
Boshlang‘ich
sinf
o‘quvchilarini
millatga xos turmush tarzi, borliqqa
bo‘lgan
yondoshuv,
ijtimoiy
munosabatlari mazmuni, milliy xarakter
xususiyatlari bilan tanishtiradi, ularda
milliy
mentalitetga
xos
sifatlarni
tarbiyalashga yordam beradi
4.1.
Milliy qadriyatlar (urf-
odat,
marosim
va
an’analar)
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga millat
hayoti, o‘tmishi, kelajagi uchun dahldor
bo‘lgan omillar to‘g‘risida ma’lumotlar
beradi, ular tomonidan milliy mentalitet
xususiyatlarining to‘la anglanishi uchun
imkoniyat yaratadi, Boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarida milliy urf-odat, marosim
va an’analarning avlodlar tomonidan
davom ettirilishi, ularning mazmunan
boyitib borilishi yo‘lida amaliy harakat
ko‘nikmalarini tarbiyalaydi
4.2.
Xalq og‘zaki ijodi
Yosh avlodning milliy qadriyatlar
ruhida
ulg‘ayishlari uchun sharoit
74
yaratadi,
Boshlang‘ich
sinf
o‘quvchilarini milliy ruhiyat, milliy
tafakkur, ijtimoiy borliqqa bo‘lgan
yondoshuv elementlari bilan tanishtiradi,
ularda milliy ongning shakllanishi uchun
xizmat qiladi
4.3.
Adabiyot
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga milliy
hayot tarzi, uning tarkib topish jarayoni,
milliy xarakter elementlari, ijtimoiy-
milliy munosabatlar mazmuni haqidagi
ma’lumotlarni beradi
4.4.
Ilm-fan
Boshlang‘ich
sinf
o‘quvchilarini
millatning intellektual salohiyati, uning
jahon ilm-fani rivojiga qo‘shgan hissasi,
jahon sivilizatsiyasidagi o‘rni bilan
tanishtiradi
4.5.
San’at
Yoshlarga
turli
tasviriy
vositalari
yordamida milliy hayot tarzi, milliy
xarakter
xususiyatlarining
shaxs
kamolotini ta’minlashdagi roli haqidagi
bilimlarni beradi
4.5.1.
Xalq hunarmandchiligi
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini milliy
ijodkorlik mazmunida aks etgan ezgu
qarashlar bilan tanishtiradi, ularda milliy
ruhiyatga
asoslangan
ijtimoiy
munosabatni shakllantiradi
4.5.2.
Milliy me’morchilik
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga milliy
me’morchilik mazmunida o‘z ifodasini
topgan ijtimoiy tafakkur, milliy iqtidor
to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni
еtkazib
berish
asosida
ularda
ajdodlar
an’analariga hurmat tuyg‘ularini qaror
toptiradi
4.5.3.
Rassomlik
Rangli tasviriy vositalar yordamida
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini milliy
hayot tarzi, milliy ruhiyat xususiyatlari
bilan tanishtiradi
4.5.4.
Milliy
musiqa
va
qo‘shiqchilik
Ohanglar yordamida Boshlang‘ich sinf
o‘quvchilari tomonidan milliy xarakter,
qarashlar
mazmunining
anglanishini
ta’minlaydi,
ularda
estetik
didni
tarbiyalaydi
75
4.5.5.
Raqs san’ati
Inson va borliq o‘rtasidagi milliy
munosabat
mazmunini
harakatlar
yordamida
ochib
berish
asosida
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida milliy
xarakter elementlarini shakllantiradi
4.5.6
San’atning boshqa turlari
(kino, teatr, sirk, milliy
dorbozlik)
Boshlang‘ich
sinf
o‘quvchilarini
milliylikning
umuminsoniy
madaniyatdagi o‘rni bilan tanishtiradi,
ular
tomonidan
milliy
madaniyat
jihatlarining
turli
madaniyatlar
sintezidagi
rolining
baholanishiga
imkoniyat yaratadi
5.
Ishlab chiqarish sohasida
erishilayotgan yutuqlar
Boshlang‘ich
sinf
o‘quvchilarining
milliy intellektual salohiyat darajasiga
baho berish asosida respublikada ilm-fan
ravnaqini ta’minlashga o‘z hissasini
qo‘shish istagini yuzaga keltiradi
6.
Oilaviy sulola an’analari
Yoshlar, jumladan, Boshlang‘ich sinf
o‘quvchilari tomonidan milliylik, milliy
o‘ziga
xoslik,
milliy
qadriyatlar
mazmunining puxta anglanishi uchun
sharoit yaratadi, ularni milliy ruhiyat
g‘oyalari asosida tarbiyalashga yordam
beradi
7.
Sport
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini millat
vakillarining jismoniy kuchi, salohiyati
darajasi bilan tanishtiradi, ularda sport
millat nomini jahonga tez tanituvchi
vosita ekanligi to‘g‘risidagi qarashni
yuzaga keltiradi, ularda shaxsiy jismoniy
madaniyatni
tarbiyalashga
nisbatan
rag‘bat uyg‘otadi
8.
Davlat ramzlari
Boshlang‘ich
sinf
o‘quvchilarini
millatning asriy qarashlari, borliqqa
bo‘lgan ijtimoiy munosabati mazmuni,
shuningdek, uning sha’ni, g‘ururi, or-
nomusi, xalqaro maydondagi obro‘-
e’tibori to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan
tanishtiradi, ularda millatning hayot
tarziga
nisbatan
chuqur
hurmat
uyg‘otadi, millatni ulug‘lashga, uning
taraqqiyotini ta’minlashga undaydi
76
I. Millatning shonli tarixi, o‘tmishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga millatning
shonli o‘tmishi, tarixi haqidagi ma’lumotlar ta’lim va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni
tashkil etish asosida еtkazib beriladi. Ta’lim muassasasida o‘qitilishi yo‘lga
qo‘yilgan ijtimoiy, gumanitar va tabiiy fanlar ham boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini
millat ravnaqi, uning taraqqiyoti tarixi, erishgan yutuqlari, nurli va bo‘ronli
kunlari, bugungi hayoti hamda istiqbol rejalari bilan tanishtirishga xizmat qiladi.
Sobiq Ittifoq davrida millat va milliylik to‘g‘risida so‘z yuritish mumkin
bo‘lmaganidek, millat taraqqiyoti, uning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasiga
ham munosib baho berilmadi. Biroq, mustaqillik sharoitida yoshlar, jumladan,
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘zbek millatining asl tarixi bilan tanishtirish,
ularning o‘z ajdodlarini kimligini anglab еtishlari uchun imkoniyat yaratish yo‘lida
hech qanday to‘siq yo‘q.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga millat tarixining shonli sahifalaridan olingan
dalillarni yuksak mahorat bilan ko‘rsata olish, ularda millat tarixidagi barcha
ijobiy, milliy taraqqiyotni ta’minlashda alohida ahamiyatga ega bo‘lgan ijtimoiy-
tarixiy voqea-hodisalar bilan haqli ravishda faxrlanish, iftixor etish hissini
uyg‘otish zarur.
Endigi vazifa Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini millat tarixi, o‘tmishini chuqurroq
tanishtirishning samarali yo‘llaridan foydalanishdan iborat. Bu o‘rinda pedagogik
faoliyatni quyidagi tahlitda tashkil etish kutilgan maqsadga olib keladi:
1. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini millatning shonli o‘tmishi, tarixi bilan
yaqindan tanishtirish imkoniyatiga ega «Odobnoma», «O‘qish», «O‘zbek tili»,
«Amaliy san’at», «Mehnat» kabi ko‘plab o‘quv fanlarini o‘qitish jarayonida
bilimlarni yuqori darajada ruhiy-hissiy ifoda yordamida uzatilishini ta’minlash.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida milliy iftixor tuyg‘usi, asosan, ta’lim jarayonida
shakllantiriladi.
77
2. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘zbek millatining shonli tarixi, o‘tmishi bilan
tanishtirishga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonini ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bilan
o‘zaro uyg‘unlashuviga erishish.
3. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini millat o‘tmishi, tarixi bilan tanishtiruvchi
tadbirning reja uchun emas, Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ichki ehtiyojlarini
inobatga olgan holda ko‘tarinki ruhda tashkil etilishini ta’minlash.
4. «O‘tmish saboqlari - kelajak asosi». Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tarixiy
jarayonlarni tahlil etib, ularga xolis baho bera olishlari ularning ma’naviy
еtukligini belgilovchi muhim belgilardan biridir. Ta’lim, shuningdek, ma’naviy-
ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishda Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijtimoiy-milliy
taraqqiyotning «og‘riqli nuqtalari», ya’ni, taraqqiyotga to‘siq bo‘lgan voqea-
hodisalar to‘g‘risidagi ma’lumotlardan xabardor qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |