I-bob.Boshlang‘ich
ta’lim
tizimida
pedagogik
aksiologiyadan
foydalanishning nazariy pedagogik asoslari
1.Boshlang‘ich ta’lim tizimida pedagogik aksiologiyadan foydalanish
pedagogik muammo sifatida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi yig‘ilishidagi ma’ruzasida:
“Asrlar
mobaynida
xalqimizning
yuksak
ma’naviyat,
adolatparvarlik,
ma’rifaisevarlik kabi ezgu fazilatlari Sharq falsafasi va islom dini ta’limoti bilan
uzviy bog‘liq ravishda rivojlandi”,
3
- deb ta’kidlashlari bejiz emas.
Ta’limiy qadriyatlarni amaliyotga tatbiq etish eng qadimgi davrlardan boshlab
O‘rta Osiyo zaminida amal qilgan ta’lim mazmuni, shakl, usul va vositalarining
boy jamg‘armasini atroflicha puxta o‘rganishni talab qiladi.Ularni bilish, didaktik
qadriyatlardagi zamonaviy ta’lim amaliyotiga mos hayotbaxsh g‘oyalarni yangi
mazmun va shakllar bilan boyitgan holda amalda joriy etish, shu asosda ta’limiy
qadriyatlarimizni mazmunan va shaklan rivojlantirish zarur.
Sharq xalqlarining ma’rifiy tamadduni uzoq va ibratli tarixga ega.
K.Ye.Bendrikovning “ Ocherki po istorii narodnogo obrazovaniya v Turkistane”
(“Turkiston xalqi ta’limi tarixidan ocherklar”) kitobida qayd etilishicha, O‘rta
Osiyo xududida ming yillar ilgari Eron guruhidagi mahalliy tillarga mo‘ljallangan
alifbo yozuvi mavjud bo‘lgan. Xususan, Xitoy sayyohi Syuzan Szyanning qayd
etishicha, VII asr boshlarida Samarqandda o‘g‘il bolalarga besh yoshdan boshlab
hisob va yozuvdan ta’lim berilgan.
4
Zero, maktablarning shakllanishida yozuvning vujudga keliishi va rivojlanishi
muhim omil hisoblanadi. Sababi u axborot uzatishning nisbatan murakkab shakli
sifatida o‘qitish va o‘rgatishni talab etadigan jarayondir.Yozuvning vujudga
kelishi bilan inson faoliyatining aqliy va jismoniy turga bo‘lingan ikkinchi muhim
3
I. Karimov. О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi yig‘ilishidagi ma’ruzasi.
4
К.Й. Бендрико “ Очерки по исtории народного образования в Tuркисtане”.
13
omil bo‘lib, bu turli ixtisoslik va kasblarning shakllanishiga olib kelgan. Oila,
davlat va diniy muassasalar (maktab va madrasalar) eng qadimgi davrlarda o‘qitish
tizimining markaziy figuralari hisoblanar edi. Shu sababali ta’limning turli
shakllari oilada o‘qitish, machitlar qoshidagi maktablarda ta’lim olish, xususiy va
madrasa ta’limi vujudga keldi.
O‘rta asrlarda (XIII – XIV) Yevropadagi shahar maktablarida ona tili va lotin
tilida dars o‘tilar, ta’limda amaliy bilimlarni o‘rgatish birlamchi ahamiyatga ega
edi.
O‘zbekistonda esa didaktik qadriyatlarning rivojlanish va shakllanish davri eng
qadimgi davrlarga to‘g‘ri keladi. Farzand tarbiyasining bosh mummosi
hisoblangan bolani zakovatli, bilimdon qilib voyaga еtkazish tilagi sababli ota-
bobolarimiz unga qanday qilib bilim berish, ta’lim mazmunini belgilash, o‘qitish
jarayonida bolaning shaxsiy xususiyat va fazilatlarini nazarda tutish, ta’lim metod
va usullarini qo‘llash kabilrga e’tibor berishgan.Lekin, hozirga qadar Pedagogika
oliy o‘quv yurtlari uchun yaratilgan “Pedagogika” va “ Pedagogika tarixi”
darsliklarida didaktik qadriyatlarni o‘rgatishga еtarlicha e’tibor berilmay
kelinmoqda.Bizningcha, buning asosiy sababi didaktik qadriyatlarning tizimli
ravishda o‘rganilmaganligidadir.
Bugungi kunda “qadriyat” so‘zini tez-tez qo‘llash oddiy holga aylandi.
Qadriyatlar maxsus fan hisoblangan “Aksiologiya” tarkibida o‘rganilmoqda.
“Aksiologiya” (yunoncha qadriyat, ta’lim) falsafa fanining bir bo‘limi bo‘lib, u
qadriyatlar tabiatini falsafiy jihatdan tadqiq etadi.
Endilikda faqat o‘tmish bilan bog‘liq hodisalarigina emas, balki yangi davr
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari, mustaqillik sharoiti va imkoniyatlari asosida
shakllanayotgan ijtimoiy- ma’naviy hodisalar ham qadriyat deb atalmoqda.
Olima M.O. Inomovaning talqiniga ko‘ra, - “Qadriyat- bu inson yoki jamiyatning
u yoki bu ehtiyojini qondiradigan va ular manfaatiga xizmat qiladigan moddiy va
ma’naviy ehtiyoj va manfaatlar bo‘lib, ular hayotga qimmatdorlik nuqtai-nazaridan
yondoshishga asos bo‘la oladi. Umuman qadriyatlar jamiyat hayotining tarixiy
14
taraqqiyoti jarayonida shakllangan va rivojlangan o‘tmishda, hozirgi kunda va
kelajakda ham ijtimoiy- siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyotga ijobiy ta’sir
etadigan kishi ongiga singib, ijtimoiy ahamiyat kasb etadigan moddiy va ma’naviy
boyliklardir”
5
.
Qadriyatlar mazmuniga ko‘ra siyosiy, huquqiy, diniy, ma’naviy, axloqiy,
umummadaniy, umuminsoniy, turmush va mehnat qadriyatlari kabi turlarga
bo‘linadi.
Umummadaniy qadriyatlar turiga mansub bo‘lgan pedagogik, didaktik, ta’limiy,
tarbiyaviy qadriyatlar atamalari pedagogika fanida tobora ko‘proq qo‘llanilmoqda.
Didaktik ta’limiy qadriyatlar atamasi mazmunini yoritib, pedagog olim
SH.Mardonov unga shunday t’rif beradi: “Ta’limiy qadriyatlar shaxsga ilmiy-
nazariy bilimlarni berish, unda yuksak ma’naviy- axloqiy sifatlarni tarbiyalash,
uning har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga еtishida muhim ijtimoiy pedaogik
axamiyatga ega bo‘lgan, shuningdek, o‘ziga xos ahamiyat kasb etuvchi obektiv va
subektiv omillar majmuidir”.
Ta’limiy qadriyatlarning boy xazinasini o‘rganish bunday ming yil avval ham
mutafakkirlar tomonidan ta’limga olid muhim g‘oyalar ilgari surilganini
ko‘rsatadi. Xususan, olim Abu Rayhon Beruniy “Aql haqidagi risola”, “Kitobi
axloq” kabi asarlari orqali boshlang‘ich ta’limni nazariy- amaliy rivojlantirishga
muyyan hissa qo‘shgan. U bolalarga bilim berishni nisbatan erta (5-6 yoshdan)
boshlash, bunda o‘qituvchi o‘z fanini yaxshi bilishi, pokiza va rostgo‘y bo‘lishi
zarurligini uqtirgan.
O‘rganilgan manbalar didaktik qadriyatlarning boy tuzilmaga ega ekani, ularni
davrlar bo‘yicha tayanilgan didaktik tamoyillar, o‘qitish metodlari, o‘qitish
vositalari o‘qitish shakllari asosida chuqur o‘rganish zarurligini ko‘rsatadi.
Pedagogika fanida ta’limiy- tarbiyaviy qadriyatlarni o‘rganish muammosi ilmiy-
metodik jihatdan kengqamrovli tadqiqi etilmagan.
5
M.O. Inomova. “Oilada bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash”. T.: 2000 y.
15
Shunga ko‘ra, “ Pedagogik aksiologiya” fanini ilmiy asosda yoritishga katta
e’tibor berilmoqda.Xususan, X.I.Ibragimov va SH.A. Abdullayevalarning
pedagogika va psixologiya yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurti magistrantlari uchun
yozilgan (“Istoriya pedagogika i obrazovaniya”) (Pedagogika va ta’lim tarixi)
darsligi ana shunday ishlardan xisoblanadi.
Milliy va umuminsoniy qadriyatlar nafaqat shaxs shakllanishiga, shuningdek,
jamiyatda
zamonaviy
ta’lim sifatiga, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishiga ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois Mustaqillik yillarida
mamlakatimizda qadriyatlarga alohida e’tibor qaratildi va iqtisod va ijtimoiy
sohada, jamiyatning ma’naviy-axloqiy yangilanishida muhim yutuqlarga erishdi.
Natijada, jamiyatda yangi ijtimoiy muhit, yangi ma’naviy va axloqiy qadriyatlar
shakllandi.
Jamiyat o‘z rivojining har bir bosqichida ta’lim oldiga aniq maqsadlarni qo‘yadi
va ma’lum bir vazifalarni yuklaydi. Shunga muvofiq ta’lim jarayonini tashkil etish
va uning mazmuniga, ta’limdagi yakuniy natijaga nisbatan talablar qo‘yilgan.
Boshqacha aytganda, davlat va jamiyat ta’limga nisbatan ma’lum bir siyosatni olib
borib, jamiyatda ishlab chiqilgan qadriyatlarga muvofiq yosh avlodni
shakllantiradi.
Ta’lim — ijtimoiy faoliyat sohasi sifatida bugungi kunda jamiyatdagi, umuman
jahon tamadduni qadriyatlarini o‘zlashtirish jarayonida shaxs rivojlanishi uchun
shart-sharoit yaratishga qaratilgan. Shuning uchun ta’lim va bilish faoliyati, tarbiya
va o‘z-o‘zini tarbiyalash, rivojlanish, o‘z-o‘zini rivojlantirish va ijtimoiylashtirish
uyg‘unlashuviga aylanib bormoqda. Ta’lim tizimiga, xususan, Kadrlar tayyorlash
davlat dasturi asosiga ham qadriyatlarni shakllantirish singdirilgan. Ta’lim maqsadi
— har bir shaxs, jamiyatni rivojlantirish va global miqyosda moddiy, madaniy,
ma’naviy qadriyatlarni saqlash hamda rivojlantirishdir. Mustaqil va erkin
fikrlovchi shaxsni, vatanparvarlik, mustaqillik va demokratiya g‘oyalariga sodiq
fuqaro, malakali mutaxassisni shakllantirish uchun shart-sharoitni ta’minlash talab
etiladi.
16
Ijtimoiy-siyosiy hayotda ongli ishtirok eta oladigan, mamlakat, oila taqdiriga
mas’ul shaxsni shakllantirish, ijtimoiy jarayonlarga faol ta’sir ko‘rsatish - kadrlar
tayyorlash bo‘yicha milliy dasturning asosiy ustuvor tomonlaridir. Ta’limda va
mustaqil amalga oshiriladigan o‘rganishda malaka oshiriladi, bilim orttiriladi.
Tarbiya va o‘z-o‘zini tarbiyalashda umum e’tirof etilgan qadriyatlar qabul qilinadi
va ishlab chiqiladi. Keng ma’noda tarbiya — bu, maxsus tashkil qilingan, shaxsni
rivojlantirish uchun avloddan-avlodga ijtimoiy tarbiya tajribasini еtkazish
jarayonidir. Tor ma’noda esa, tarbiya — bu katta yoshdagilarning bolalarni jamiyat
hayotining aniq bir vaziyatiga kiritish, uning rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni
shakllantirish bo‘yicha qo‘shma faoliyatdir. Ma’muriy-buyruqbozlik tizimi va
kommunistik mafkura hukmronligi sharoitida rasmiy jamoatchilik ongi
individuallikning ko‘rinishlariga nisbatan inson huquqlarini tan olmagan. O‘ziga
xoslik bir tomonlama — o‘z-o‘zini o‘ylash, xudbinlik deb tushunilgan. Bu o‘sha
davr tuzumiga qulay va ma’qul edi. Ushbu sharoitdan kelib chiqib ta’lim jarayoni
“o‘rtacha o‘quvchi”ga va bir xildagi o‘quv rejalari hamda dasturiga mo‘ljallanib
qurilgan.
Insonning o‘ziga xosligi irsiy qobiliyatlar asosida tarbiya jarayonida va ayni
paytda o‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘z-o‘zini tarbiyalash jarayonlarida shakllanadi.
Ta’limda o‘ziga xoslikni hisobga olish har bir shaxsning imkon qadar yuqori
rivojlanish imkoniyatlarini ochish, psixologik o‘ziga xosligining betakror va
bebaholigini tan olishdan kelib chiqqan holda rivojlanish shart-sharoitlarini
yaratishni bildiradi. Ta’limga individual yondoshuv bir odamni boshqalari bilan
emas, bitta va aynan o‘sha shaxsni uning o‘z hayot yo‘lidagi turli bosqichlarida
qiyoslashni talab qiladi. O‘ziga xoslikni namoyon etish, uning tiklanishi va
rivojlanishi uchun oqilona shart-sharoit yaratish — ta’limning muhim vazifalaridan
biridir.
Agar ta’limning gumanitar tamoyillariga rioya etilsa, bolani bir paytning o‘zida
ham tarbiya obekti, ham subekti deb tasdiqlash noto‘g‘ri. Bola o‘ziga ta’lim
subekti sifatida qarashi mumkin. Ilgari ta’lim tizimi shunday tuzilgan ediki, hatto
17
yuqori sinf o‘quvchilari va talabalar o‘qituvchining o‘z shaxsiyatini ko‘rsatish
vositasiga, pedagogik dastur va rejalarni amalga oshirish vositasiga aylangandi.
Ta’lim oluvchini ta’lim jarayonida erkinlikka yo‘naltirilgan insonparvarlik
pedagogikasi ta’lim faoliyatining barcha subektlari vositalari va maqsadlari
uyg‘unlashuviga olib boradi. Bunday pedagogika tarbiya va pedagog, bola va
guruh mohiyati ifodasi hisoblanadi. Ta’lim obekti esa faqat ta’lim materiali
bo‘lishi mumkin.
Yangilanayotgan jamiyat o‘z a’zolari o‘rtasida birgalikda harakatlanish,
hamkorlik, bag‘rikenglik, o‘zaro yordamga asoslangan yangi munosabatlarni
shakllantiradi. Ijtimoiy munosabatlarning bu qadriyatlari ta’lim jarayonida o‘z
ifodasini topishi zarur. O‘qituvchi bolalarga nisbatan mehr va ishonch bilan
yondoshsa, o‘quvchilar esa o‘z qobiliyatlari va qiziqishlarini amalda qo‘llashda
erkin bo‘lgan faoliyat yuzaga kelganda o‘zaro tushunishga erishiladi. Ziddiyat va
kurash barham topganda, bolalar kattalar maslahatiga quloq tutib boshlaganda
o‘zaro tushunish paydo bo‘ladi. O‘qituvchi o‘quvchilarning har qanday vaziyatda,
o‘qish yoki hayotiy masalalariga oid qiyin vazifalarni hal etishda chin do‘stga
aylanadi.
Hamkorlikdagi pedagogika o‘zaro tushunish, ishonch, bir-birini qo‘llab-
quvvatlashni, ijodiy hamkorlikka tayyorgarlikni yuzaga keltiradi va yoshlarning asl
qadriyatlarni anglashi hamda tan olishini ta’minlaydi. Ta’lim jarayonida jismoniy,
psixologik, ijtimoiy xavfsizlikni ta’minlovchi va yoshlarda o‘zini hamda
boshqalarni himoya qilish qobiliyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan choralar
tizimini yaratish lozim. Shuningdek, aniq pedagogik harakatlar, shaxs
rivojlanishining psixologik va ijtimoiy omillar muvofiqligi va kelishuvchi, katta
yoshdagilar va bolalarning bir-biriga yuqori darajada ishonchli munosabatlari ham
nazarda tutiladi. Albatta, bu bolani butun muammolar va qiyinchiliklardan qurshab
turadigan sun’iy sharoit yaratish degani emas. Pedagogik himoya o‘quvchining
butun qobiliyatini rag‘batlantirish, o‘z-o‘zini tahlil qilish va nazorat qila olishini
rivojlantirish asosida hayotdagi og‘ir vaziyatlardan chiqishning aniq usullarini
18
birgalikda izlab topish jarayonida amalga oshiriladi. Bu faoliyat ko‘rsatish
(masalan, bolalarning jismoniy va ruhiy salomatligini saqlash hamda
mustahkamlash), ijtimoiy-pedagogik va psixologik yordam, huquqiy himoya va
maslahat yo‘nalishlarida himoyalanishning maxsus usullari hamda tarbiya
texnologiyasini ishlab chiqish va tatbiq etishni nazarda tutadi.
Shaxsning jamiyatga, ijtimoiy hayotga kirib borishi murakkab va ko‘p rejali
jarayon. Bir tomondan u shaxsga jamiyatning faol va teng huquqli a’zosi sifatida
ishlashiga imkoniyat yaratuvchi ma’lum bir qadriyatlar tizimini (meyor,
namunalar, bilim, tasavvur) o‘zlashtirishni o‘z ichiga oladi. Ikkinchi tomondan - bu
shaxsiy ijtimoiy tajribaga ega bo‘lish va o‘zini faol sur’atda qayta qurish
jarayonidir.
Ta’lim va kasbiy dasturlar o‘z asosiga xalqlarning boy, intellektual, ma’naviy-
ahloqiy merosi, umuminsoniy qadriyatlar, fan, texnika, texnologiya va
madaniyatning ilg‘or yutuqlarini singdirmoqda. Maktabgacha ta’lim darajasida
bolalarning ma’naviy-ahloqiy tarbiyasi uchun shart-sharoit yaratish, maktabgacha
ta’lim muassasalari va oilaviy tarbiyaning turli ko‘rinishlari uchun xilma-xil
dasturlarni tanlash imkoniyatini ta’minlash, maktabgacha ta’limning barcha
masalalari bo‘yicha malakali maslahat xizmatini olish, bolalarni maktabda
muntazam ta’lim olishga tayyorlashni nazarda tutadi. Umumiy o‘rta ta’limning
yangi tuzilmasi o‘quvchilarning intellektual va ahloqiy qudratini ochib berishga,
xususan, o‘z imkoniyati, qobiliyatiga muvofiq ta’limga farqlangan yondoshuvni
tatbiq etishga yo‘naltirilganlikni nazarda tutadi. Ta’lim oluvchilarni kasbiy
yo‘naltirish va psixologik-pedagogik tashxislar markazlarining yaratilgan
tarmog‘idagi iqtidorli bolalar va yoshlarni aniqlash, keyingi ta’lim yo‘nalishini
to‘g‘ri, ongli tanlash, o‘quvchilarning doimiy o‘zgaruvchan mehnat bozori va
ta’lim xizmatiga bo‘lgan moslashishlarini ta’minlashi kerak. Kadrlar tayyorlash
bo‘yicha Milliy dasturni amalga oshirish natijasi shaxsni erkin, ayni paytda mas’ul
qilib shakllantirishda o‘quv-tarbiyaviy jarayonining mo‘ljali bo‘lishi lozim.
Boshqacha aytganda inson bizning jamiyatimizda o‘z qobiliyatlarini, o‘zining
19
ta’lim va kasb yo‘lini erkin tanlashni amalga oshira olishini, turli ma’naviy va
moddiy ehtiyojlarini qondirishini, ayni paytda ijtimoiy barqarorlik va taraqqiyotga
ko‘maklash-gan holda jamiyat qonunlariga rioya etib mas’ulligini to‘liq his etishi
lozim.
Ushbu ma’noda zamonaviy ta’limning muhim xususiyati uning farqlashuvi, ya’ni
darajalashuvi
bo‘lib
qoladi.
Darajalashtirish
o‘quvchilarning
individual
xususiyatini, ularning qiziqishlari, moyilligi, imkoniyatlari qadriyat va kasb
mo‘ljallarini hisobga olishga imkon beruvchi turli xil ta’lim shakllarini
ta’minlaydi. Boshqacha aytganda, ta’limning darajalashuvi shaxs tomonidan
ta’lim va kasb yo‘lini tanlash jarayonini ta’minlaydi hamda rag‘batlantiradi.
Ta’lim vazifalaridan biri - avlodlarni birlashtirishdir. Har bir ta’lim jarayoni
ishtirokchisining o‘zini o‘zi baholashi va birgalikda faoliyat yuritishga saflanishi
bu jarayonga xos xususiyat sanaladi. Dunyoga va o‘ziga o‘zining munosabatini
o‘zlashtirish orqali bola ijtimoiy munosabatlar tizimida o‘z o‘rnini topish, o‘zini
faol namoyon qilish, o‘zini boshqalar bilan, jamiyat, dunyo bilan qiyoslash
imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Shu sababli o‘zaro foydali tamoyillar va meyorlar zamonaviy ta’limni tashkil
etish va uning mazmuniga kiritilishi lozim. Ularni pedagogik vosita sifatida qayta
anglash — bu pedagogikani shaxsni rivojlantirish qadriyatlariga mo‘ljallashning
aniq yo‘lidir. Mazkur tamoyillar xamda meyorlarni o‘zlashtirish pedagog va
bolalarning birgalikdagi harakatida amalga oshiriladi. Bu ta’lim makonini
kengaytirishga imkon yaratadi, o‘zlashtirish dinamikasi esa boy munosabatlarni
yaratishga yordam beradi.
O‘zaro foydali hamkorlik insonlarning barcha faoliyat turlarida birgalikdagi
harakatlari ma’nosida ham ta’lim qadriyati sanaladi. Masalan, hamkorlik tajribasi
turli xil o‘yinlar, treninglar, model yoki loyihali o‘qishda o‘zlashtiriladi. Pedagog
ma’lum bir vaziyatlarda tarbiyalanuvchiga nisbatan o‘z yondoshuvini belgilash
kerak bo‘lganda hamkorlikdan shaxslararo munosabatlarni rivojlantirish
20
mexanizmi sifatida ham foydalanishi mumkin. Mazkur holatda bu pedagog uchun
shaxsga va kasbga oid muhim vazifa bo‘lib qolishi kerak.
Vatanimizning kelajagi bo‘lgan farzandlarimizni odobli,aql-farosatli va bilimdon
qilib tarbiyalash davr talabi. Yoshlarni har tomonlama ma’naviy еtuk barkamol
shaxs sifatida tarbiyalash murakkab va muhim vazifalardan bo‘lib, oila, ta’lim
muassasalari, mahalla va jamoatchilik bu yuksak maqsadni amalga oshirishda
bevosita birdek mas’uldirlar. Barkamol shaxsni tarbiyalashda, bolani dunyoga
kelganidan boshlab to voyaga etguniga qadar bo‘lgan davrdagi psixologik
xususiyatlarini bilish, tug‘ma layoqatlarini aniqlash, shuningdek qulay muhit
yaratish, ta’lim tizimida faol ishtirokini ta’minlashda tarbiyachilar, pedagoglar va
psixologlar, ota-onalar mas’ulligini oshirish muhim ahamiyatga ega. Chunki
oilaviy tarbiya bolani ta’lim tizimiga, ya’ni maktabgacha tarbiya muassasasi
faoliyatiga tayyorlaydi, maktab hayoti esa bolalarga yangi bir dunyoni ochib
beradi. Aynan maktab davrida bolaning asosiy faoliyati o‘zgaradi. Har bir jamiyat
a’zosi oila bag‘rida voyaga еtadi, ijtimoiy munosabatlarni o‘zlashtiradi va insoniy
fazilatlarni namoyon etadi. Yoshlarni hayotga, ongli mehnat faoliyatiga
tayyorlashda oila va pedagogik faoliyatning tarbiyaviy jarayonni to‘g‘ri tashkil
etishi zaruriy vazafadir. Shu maqsadda mamlakatimizda milliy mustaqillik yillarida
ma’naviyat sohasida amalga oshirilayotgan islohatlar, avvalo, oila qadriyatlarini
eng ilg‘or an’analarini tiklashga qaratilgandir. Oila va mahalla boshqa tarbiyaviy
muassasalardan farqli ravishda odamning butun hayoti davomida uning barcha
tomonlariga, qirralariga ta’sir ko‘rsatishga qodirdir va odatda ta’sir ko‘rsatadi. Oila
va mahallaning yuksak tarbiyaviy imkoniyati bolalar va ota-onalarning o‘ziga xos
xususiyatlari: qon-qarindoshligi, qo‘ni-qo‘shniligi, muhabbati, yaqinligi, ishonchi,
burch xissi, obro‘ligi va hokazolar bilan ta’minlanadi. Oila va jamoatchilik
hamkorligidagi tarbiyaning qimmatliligi va ahamiyati yana shundaki, kichik
bolalik paytida oilada egallagan narsalar bir umr saqlanib qoladi. Oila tarbiyasi
orqali bola ongida umuminsoniy va milliy qadriyatlar, yashashdan maqsad haqida
dastlabki tasavvurlar hosil bo‘ladi. Oilada shaxsning ijtimoiy-qimmatli fazilatlari
21
o‘sa boshlaydi. O‘zbekiston sharoitida oilaviy tarbiya mazmuni tashkil etilishiga
oid pedagogik omillar mavjudki, bularni hisobga olishga majburdirmiz. Bola
maktabga qadam qo‘yganda yaxshi va yomon narsalar haqida o‘z tasavvuriga ega
bo‘ladi. O‘qituvchi bolada qanday axloqiy tushunchalar mavjudligini va axloqiy
fazilatlar qanday sharoitda shakllanganligini ham bilmog‘i kerak. Shuning uchun
ham muallim o‘quvchilarning ota-onalari bilan aloqa bog‘lab, bolani tarbiyalashda
ular bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi darkor. Tarbiyaning samaradorligi
ko‘pincha oila va maktabning bolaga nisbatan bir xil talab qo‘ya bilishiga bog‘liq.
Shuning uchun ham pedagogik axloqda o‘qituvchi bilan ota-onalarning o‘zaro
munosabatlari, muomalasiga katta e’tibor beriladi, muallim oila bilan aloqa va
hamkorlik qilmasdan turib, bolani ma’naviy -ma’naviy -axloqiy tarbiyalash
vazifasini bajara olmaydi. Chunki maktab oilada shakllangan ma’naviy-axloqiy
fazilatlarni mustahkamlashi yoki illatlarni yo‘qotishi lozim bo‘ladi. Maktabda
bolaga chuqur bilim, ta’lim-tarbiya mafkuraviy g‘oya, o‘zbekona milliy
qadriyatlar, xalol mehnat, biror bir kasb-hunarni egallashlari uchun mustahkam
poydevor yaratishdek mas’ul vazifani zamonaviy talab darajasida amalga oshirish
lozim. Bolalarni barkamol inson qilib еtishtirishda maktabni oila bilan
bog‘lamasdan, muvaffaqiyatga erishib bo‘lmaydi. Shuning uchun maktab ota-
onalar o‘rtasida ta’lim-tarbiyaga oid ishlarni kengaytirishi lozim. Ota-onalarning
o‘qituvchilar bilan bo‘lgan uchrashuvida aytgan fikrlari ayniqsa, ota-onalar uchun
qimmatlidir, chunki ular o‘z farzanlari to‘g‘risida ko‘proq narsalarni bilib oladilar.
Shunday ekan, bola tarbiyasining tub mohiyatini unutgan har bir ota-ona oila bilan
maktab o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga intiladilar. Bola maktabga kirib,
to uni tamomlab chiqqunga qadar ota-ona maktab bilan yaqin aloqa o‘rnatishi,
farzandining o‘zlashtirishi, xulq-atvoridan hamisha xabardor bo‘lishi tarbiya
masalalari bo‘yicha o‘qituvchi, sinf rahbari bilan maslahatlashib, uni darsdan so‘ng
bolani nima bilan mashg‘ulligidan xabardor qilishi lozim. U o‘z navbatida
o‘qituvchi ham bolaning o‘qishi, odobi, xulqi, maktabda o‘zini tuti bilishi haqidagi
ma’lumotlarni ota-onaga еtkazishi, zaruriyat tug‘ilganda hosil bo‘lgan
22
muammolarni birgalikda hal etishi zarur. Shundagina o‘quvchi oldiga bir hil talab
qilishiga erishiladi. Bolasi maktabga borgan ota-ona shu jamoaniig a’zosiga
aylanadi. Shu sababli ota-onalar maktabning ijtimoiy hayotida faol qatnashishlari
shart.
Xullas, qadriyatlar nafaqat insonning shaxs sifatida shakllanishiga, milliy va
umuminsoniy fazilatlarni saqlab qolishgagina emas, ta’lim tizimida еtuk
mutaxassis tayyorlashga ham katta ta’sir ko‘rsatuvchi o‘ta muhim omil
sanaladi.Manbalarni o‘rganish natijalari o‘tmishda yoshlar ta’lim- tarbiyasida
foydalanilgan ta’lim-tarbiya usullari, shakllari va vositalarini hozirgi davr
darajasida qo‘llash, yosh avlodga o‘rgatish pedagogik aksiologiyaning muhim
vazifalaridan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |