Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti q



Download 1.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/65
Sana13.05.2020
Hajmi1.06 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   65
Bu  yo‘nalish  –  oliy  o‘quv  yurtlarida  talabalarning  o‘quv  ijodiy 

tayyorgarligi  tizimida  rangtasvirning  bugungi  kundagi  mazmuni  va  o‘qitilish 

holatini tahlil qilish; 

Buning 


uchun 

biz 


dastlab 

oliy 


o‘quv  yurtida  o‘qitiladigan 

«Rangtasvir»o‘quv kursi mazmuni, uni o‘qitilish ahvoli va talabalarning bu fan 

bo‘yicha mustaqil ta’lim olish faoliyati holatini tahlil qildik.  

Pedagog-olimlar  S.Abdirasilov  va  B.Azimovlar  oliy  pedagogik  ta’lim 

tizimida  rangtasvirni  o‘qitish  mazmuniga  tarixiy  va  ilmiy  asosda  yondoshib, 

“Rangtasvir”  kursini  o‘qitish  mahsuldorligini  oshirishga  qaratilgan  o‘quv 

qo‘llanmasida rangtasvirning qisqacha tarixiy rivojlanish holati tahlil etilib, uni 

auditoriyadan  tashqari  mustaqil  ishlar  orqali  rivojlantirish  istiqbollarini 

o‘rgangan.  

Hozirgi  paytda  «Tasviriy  san’at  va  muxandislik  grafikasi»  ta’lim 

yo‘nalishi  uchun  S.Abdirasilov,  N.Tolipov,  N.Oripovalar  tomonidan  yozilgan 

«Rangtasvir»o‘quv  qo‘llanma  va  N.Oripova  tayyorlagan  «Portret  rangtasviri» 

o‘quv  qo‘llanmalar  hozirgi  kunda  rassom-talabalar  uchun  zarur  bo‘lgan 

bo‘limlarini o‘z ichiga olgan o‘zbek tilidagi yagona o‘quv qo‘llanmadir. Ammo 

bu  o‘quv  qo‘llanmaning  dastlabki  nashri  materiallar  sig‘imining  boyligi  bilan 

ancha  mukammal  bo‘lgan.  Hozirgi kunda  rassom-talabalar  uchun  rangtasvir va 

uning  tarkibiy  qismlari  bo‘yicha  G‘.Abduraxmanov,  R.Xudoyberganov, 

B.Tojiev,  R.Xalilov,  N.Isaxojieva  kabilar  o‘quv-uslubiy  qo‘llanmalar  yaratib, 

bo‘lajak  rassom-pedagoglarni  badiiy  tayyorgarlik  sohasiga  o‘z  hissalarini 

qo‘shmoqdalar.  

Keyingi  yillarda  respublikamiz  uzluksiz  ta’lim  tizimida  ta’lim 

oluvchilarning  badiiy  ijodiy  tayyorgarligini  takomillashtirish  muammolariga 




24 

 

bag‘ishlangan  bir  qancha  ilmiy-uslubiy  ishlar  nashr  etildi,  bularda  oliy  ta’lim 



tizimida bo‘lajak mutaxassislarning badiiy tayyorgarligini takomillashtirishning 

ayrim muammolari tadqiq etildi.  

Ammo,  oliy  pedagogika  ta’limi  tizimida  talabalarning  badiiy  ijodiy 

tayyorgarligi  masalasi  mustaqil  ilmiy  tadqiqot  muammosi  bo‘lmaganligi, 

bo‘lajak  rassom-pedagoglarning  o‘quv  ijodiy  tayyorgarlik  mazmunini 

modernizatsiya qilish va tuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar 

olib  borilmagan.  Mustaqil  ta’lim  bo‘lajak  ijodkor  rassom-talabalarning 

professional shakllanish omili sifatida tadqiq etilmagan. 

Tadqiqotimizda  talabalarning  ijodiy  tayyorgarligini  ta’lim  mazmunini 

modernizatsiya  qilish  va  mustaqil  ta’lim  olish  faoliyatini  faollashtirish  asosida 

takomillashtirish  masalasi  etakchi  yo‘nalish  sifatida  qaraladi.  Binobarin, 

mustaqil  ta’lim  olish  faoliyatini  faollashtirish  masalasi  uzluksiz  ta’lim  tizimida 

har  doim  ham    o‘zlashtirilgan  bilimlarni  mustahkamlash  va  barkamol  shaxsni 

tarbiyalashning muhim bo‘g‘ini bo‘lib kelgan.  

Uzluksiz  ta’lim  tizimida  mustaqil  ta’limni  tashkil  qilish,  ta’lim 

oluvchilarda  mustaqil  o‘quv  malaka  va  ko‘nikmalarini  shakllantirish 

muammolari 

bo‘yicha 

A.Arxangelskiy, 

V.P.Bespalko, 

E.P.Slastenin, 

N.A.Muslimov,  O‘.Q.Tolipov,  J.Tolipova  kabi  olimlar  izlanishlar  olib 

borganlar.

13

 



Bir  qator  tadqiqotlarda  o‘quv  fanlarining  o‘z  xususiyatlari  asosida 

mustaqil  ishlarni  tashkil  etish  masalalari  yoritilgan.  Jumladan,  umumiy  o‘rta 

ta’lim  tizimida  o‘quvchilarning  mustaqil  tafakkurini  rivojlantirish,  ularda 

mustaqil  ta’lim  olish  faoliyatini  shakllantirish  kabi  muammolar  matematika 

ta’limi  misolida  S.I.Demidova,  L.O.Denisheva

14

lar  ishlarida,  adabiyotdan 



mustaqil  ishlarni  tashkil  etish  S.Matchonov

15

  va  T.R.Niyazmetovalar 



                                                 

13

Архангельский  С.И.  Некоторые  новые  задачи  высшей  школы  и  требования  к  педагогическому 



мастерству.  М.:3нание.  1986.  -30  с.  Сластёнин  В.А.  О  моделировании  образовательных  технологий.  // 

Наука  и  школа.  -2000.-№4.  -С.  1-5  6.  Толипов  У.Д.  Талабаларнинг  мустакил  ишларида  укитиш 

воситалари. // Халк; таълими.2000.№3.-34-38 б. 

14

 Демидова С.И., Денишева JI.О. Самостоятельная деятельность учащихся при обучении математике.   - 



М.: Просвещение, 1985. -76 с. 

15

 Матчанов С. Умумтаълим тизимида адабиётдан мустакил ишларни ташкил этиш: Пед. фан. доктори ... 




25 

 

tadqiqotlarida  ishlangan.  R.Saidov  geografiya  darslarida  o‘quvchilarning 



mustaqil  ishlarini  tashkil  etish  A.K.Gromcheva  va  Y.U.Derajnelar

16

  mustaqil 



ta’limga o‘rta maxsus ta’lim tizimida bo‘lajak kichik mutaxassislarning kasbiy 

shakllantirish  omili  sifatida  qarab,  uning  tashkiliy  va  uslubiy  muammolari 

haqida izlanishlar olib borgan. 

Oliy  ta’lim  tizimida  talabalarning  mustaqil  ishlarini  tashkil  qilish  shakl, 

uslub va vositalarini tadqiq qilish bilan bir qancha mualliflar Shug‘ullanishgan. 

Jumladan,  M.M.Zaborshikova

17

  o‘z  dissertatsiya  tadqiqotida  mustaqil  ta’lim 



olishni  yosh  pedagogning  o‘z  kasbiy  faoliyatini  takomillashtirish  omili  sifatida 

tadqiq  etadi.  Tadqiqotchi  M.L.Boltaeva

18

  esa  fizika  ta’limi  jarayonida  bo‘lajak 



o‘qituvchilarning mustaqil o‘quv faoliyatini rivojlantirishning metodik asoslarini 

tadqiq  etgan.  N.A.Muslimov  va  O.A.Qo‘ysinovlar1

19

  kasb  ta’limi  bakalavr 



o‘qituvchilarini  tayyorlashda  mustaqil  ta’limni  tashkil  etishning  shakl  va 

metodlarini ishlab chiqqan. Shuningdek, J.Tolipova, N.Xalilov va M.

Tolipov, S. 

Isomiddinovlarning

20

 davriy  nashrlardagi ilmiy maqolalarida talabalar mustaqil 



ta’limini tashkil etishning shakl va vositalari bayon etilgan.  

Shunday  qilib,  tarixiy-nazariy  tahlil  natijalari  asosida  xulosa  qilish 

mumkinki,  oliy  ta’lim  tizimida  ta’lim  oluvchilarning  o‘quv  ijodiy  tayyorgarlik 

masalalari  bo‘yicha  muayyan  ishlar  qilinganiga  qaramasdan

  talabalarning 

mustaqil ta’lim  olish  faoliyatini faollashtirish  jarayoniga  texnologik  yondoshuv 

pedagogik  muammo  sifatida  tadqiq  etilmagan.  Mustaqil  ta’lim  olish  bo‘lajak 

                                                                                                                                                         

диссертация. -Т.:ТДПУ. 1998. -287 б. 

16

Громцева А.К. Самообразование учащихся средних профтехучилищ. - Москва: Высщая школа. 1987. - 



102 с. Деражне Ю. Мустакил таълим олиш тизими. // Касб-хунар таълими. 2001. № 6. - 10 -12 б.

 

17



Заборщикова  М.М.  Самообразование  молодого  учителя  как  условие  совершенствования  его 

профессиональной деятельности: Автореф. дис ... канд. пед. наук. - Л., 1988. -19 б.

 

18

 



Заборщикова  М.М.  Самообразование  молодого  учителя  как  условие  совершенствования  его 

профессиональной деятельности: Автореф. дис ... канд. пед. наук. - Л., 1988. -19 б.

 

19

 



Муслимов  Н.А.,  Қуйсинов  О.А.  Касб  таълими  ўқитувчиларини  тайёрлашда  мустақил  таълимни 

ташкил этиш. Методик қўлланма. Тошкент: ТДПУ. 2006. - 46 б

 

20

 



Толипова Ж. Талабаларнинг мустакил таълимини ташкил этиш. // Халк; таълими. 2002. №4. -51-54 б. 

Халилов Н. Мустакил таълим шакллари. // Халк таълими. 2002. №5.-51-54 б. Толипов М., Исомиддинов 

С. Талабаларнинг мустакил ишларини ташкил этиш. //Халк таълими. 2006. №2. -25-28 б. 

 

 



 


26 

 

mutaxassisning  ijodiy-grafik  faoliyatini  takomillashtirish  omili  sifatida 



qaralmagan. 

Oliy  ta’lim  tizimida  talabalarning  mustaqil  ta’lim  olish  tizimi 

shakllanmagan,  uning  mazmuni,  tashkil  etish  shakl  va  texnologiyasi  ishlab 

chiqilmagan. 

Binobarin,  oliy  ta’lim  tizimida  talabalarning  mustaqil  ta’lim  olish 

faoliyatining  asosini  ularning  mustaqil  ishlar  bajarish  tashkil  etadi. 

Talabalarning  barchasi  ham  mustaqil  ta’lim  olish  ko‘nikmasiga  ega 

bo‘lavermaydilar. Bunga ko‘pgina ob’ektiv va sub’ektiv omillar sabab bo‘ladi. 

Quyida  talabalarning  o‘quv  ijodiy  tayyorgarligining  dastlabki  hola-tini 

o‘rganish va auditoriyadan tashqari mustaqil ishlari mazmuni hamda uni tashkil 

etish  xususiyatlarini  o‘rganish  bilan  bog‘liq  tadqiqotimiz  yo‘nalishlaridan  biri 

natijalarini ko‘rib chiqamiz.  

Tadqiqotning  asosiy  metodi  so‘rovnoma  o‘tkazish  bo‘ldi.  Maxsus  ishlab 

chiqilgan  so‘rovnomaga  uch  blokga  bo‘lingan  savollar  va  test  savol-javoblari 

kiritildi: 


Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent axborot
toshkent davlat
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
umumiy o’rta
haqida umumiy
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
davlat sharqshunoslik
jizzax davlat