Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika fakulteti



Download 2,16 Mb.
bet112/370
Sana30.12.2021
Hajmi2,16 Mb.
#194234
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   370
Bog'liq
Rivojlanish kompleks

Tayanch iboralar: Shaxs, bola shaxsi, korreksion – pedagogik ishlar, ijtimoiy adaptatsiya, erta abilitatsiY.

Bola shaxsini shakllanishi va rivojlanishida oila tarbiyasiga alohida о‘rin ajratiladi. Bolaning atrofidagilar, ijtimoiy muhit bilan о‘zaro munosabati ota- ona va bolaning, ota- onalar va mutaxassislarning о‘zaro munosabatinig qandayligiga bog‘liq.

Maxsus adabiyotlardagi kо‘pgina ishlar rivojlanishida turlicha kamchiliklarga ega bо‘lgan farzandlari bor ota- onalarning korreksion- pedagogik ishdagi ishtiroki muammosiga bag‘ishlangan- nutqiy nuqsonga ega bо‘lgan bolalar uchun oila tarbiyasining ahamiyati (N.S.Jukova, O.N.Usanova, T.B.Filicheva, M.F.Fomicheva, S.N.Shaxovskaya va boshqalar); kar va zaif eshituvchi bolalar uchun (B.D.Korsunskaya, E.I. Leongard, N.A. Moreva, YE.F. Rau, N.D.Shmatko va boshqalar); aqli zaif bolalar uchun (S.D.Zabramnaya, T.N.Isayeva, M.S.Pevzner, V.G.Petrova va boshqalar); BSFli bolalar uchun (R.D.Babenkova, M.V.Ippalitova, YE.M. Mastyukova va boshqalar); kо‘rishida nuqsoni bо‘lgan bolalar uchun (M.I.Zemsova, L.I.Solnseva, S.M. Xorosh va boshqalar) oilaning ahamiyati qator olimlar tomonidan ochib berilgan. Rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalarni tarbiyalayotgan oilalarga psixologik yordam kо‘rsatish muammolariga V.V. Tkachevaning tadqiqotlari bag‘ishlangan ( 2005). Mujassam nuqsonga ega bо‘lgan bolalarni oilada tarbiyalash bо‘yicha kо‘pgina materiallarni biz T.A. Basilovaning maqolalaridan topishimiz mumkin ( 2001).

Shuni tan olish kerakki, rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bola tarbiyalanayotgan hech bir oilani, uning oila a’zolari о‘rtasidagi murakkab munosabatlar muammosi chetlab о‘tmaydi; bunday oilalarning har birida bolani oilaviy sharoitda tarbiyalash va hayot tarzini tashkil etishga nisbatan kо‘pgina muammolar paydo bо‘ladi.

Rivojlanishida bir qancha nuqsonlar bilan tug‘ilgan bola ota- onalarni esakiratib qо‘yadi. Kо‘pincha bu kuchli psixologik stress holida kuzatilib, ota- onalar qо‘rquv va о‘zlarini yо‘qotib qо‘yganlik holatida bо‘ladi. Ruhiy ezilish, ta’sirchanlik, indamaslik, о‘zining tо‘laqonli emasligidan siqilish va aybdorlik hissi doimo bunday kо‘pgina oilalarning “ hamrohi ” bо‘ladi. Mana shuning oqibatida oila a’zolari о‘rtasidagi munosabatlarni buzilishi, har bir oila a’zosini о‘z muammolari doirasida о‘ralashib qolishi sodir bо‘ladi.

Psixologik stressni bartaraf etishning shartlaridan biri ota- onalarni bola tarbiyasi bilan bog‘liq faol faoliyatga kirishishidir. Ularning kо‘pchiligi asta-sekin о‘z bolasiga yordam berishning aniq yо‘llarini topishga kuch topadi va kirishadi. Mutaxassisning maqsadi- ota- onalarga ta’lim va tarbiya fanlarini о‘zlashtirishga yordam berish. Oxir oqibat, ota- onalar mujassam nuqsonga ega bо‘lgan bolalarni ijtimoiylashtirishda, butun korreksion- pedagogik yordam kо‘rsatish tizimining muhim ishtirokchilari ekanliklarini anglashlari kerak.

N. Braun, katta yoshli kо‘r- kar bolanin otasi , kо‘r- kar tug‘ilgan bolalar ning ota- onalarida paydo bо‘ladigan muammolarni muhokama qila turib, shunday yozadi : “ Mana biz bilan nimalar sodir bо‘ladi: biz – azobli izlanishdamiz... hali bu og‘ir izlanish davri davom etar ekan, biz ham, maslahatchidan shifokorga, keyin mutahassisga tomon yuguramiz, bizning hayotimiz va bizning uyimiz boshqa odamlarning kun tartibiga va talablariga bog‘liq bо‘lib qoladi. Bu yerda biz ham hamma kabimiz: odamlarda faqat insoniy reaksiyalar mavjud bо‘lib, ularni tо‘g‘ri qо‘llay olishlari kerak. Men azoblanish davri haqida kо‘p о‘qidim va ota- onalarning, ularda yо‘q bolalari haqida sо‘zlab berishlariga kо‘nikib qoldim. Ammo, men bolaga nisbatan bunday munosabatga qarshiman. Men shu narsaga aminmanki, biz sizda yо‘q bola haqida emas, balki , bizda bor bola bilan nimalar sodir bо‘lganligi haqida gaplashishimiz kerak. Biz bolani dunyoga, dunyoni bolaga yaqinlashtirish uchun va birinchi navbatda unga zarur narsalar- bu tо‘liq ma’lumotlar, amaliy maslahatlar berishda javobgarlikni oladigan birinchi odamlar hisoblanamiz”12.

Bundan boshqacha bо‘lishi mumkin emas, aynan yaqinlari bolaning rivojlanish jarayoninig bevosita ishtirokchilari bо‘ladi.

Kо‘r- karlarning rivojlanishidagi yutuqlaridan dalolat beruvchi tarixiy dalillarga e’tibor qaratamiz. Tarixdan Lora Bridjmen va Yelena Kellerlarni esga olamiz, ular aynan oilaviy sharoida ta’lim va tarbiya tomon birinchi qadamlarini qо‘yganlar.Lora Bridjmen kо‘rish va eshitishdan 2 yoshida mahrum bо‘lgan. Qizcha 8 yoshigacha oilada tarbiyalangan. Onasi uni atrofidagi predmetlarni paypaslashga, о‘rganishga harakatlarini, xо‘jalik ishlari bilan band onasining qо‘l harakatlarini kuzatishini doimo rag‘batlantirib borgan. Oqibatda, Lora Bostondagi ( AQSH) Perkinsovskiy maktabida о‘qiganida, uning о‘qituvchisi shifokor Samuil Tridli Xouv, uni atrof olamdagi predmetlar va ularning ishlatilishi haqidagi bilimlaridan о‘qitishda foydalandi. Lora Bridjmen о‘qish, yozish, oddiy fikrlarini namoyon qilishni, ba’zi qо‘l ishlarini ( tikish, tо‘qish) о‘rgandi va shu tariqa о‘zini boqish uchun pul topa oldi.

Oradan 40 yil о‘tgandan keyin CH. Dikkens tomonidan Lora Bridjmenning ta’limdagi yutuqlarini, uning “ Amerikacha qaydlar”ida tavsiflanishini, boshqa qizcha - Yelena Kellerning onasi о‘qiydi. Bu qizcha tо‘liq kо‘r, kar va soqov bо‘lib, bu paytda uning yoshi oltida edi. Doktor Xouvning metodlari haqidagi Dikkensning hikoyasi uning onasini qalbida umid uyg‘otdi. U Perkins universiteti bilan bog‘landi, ularga yordam sо‘rab murojaat qildi va Kellerlar oilasiga Perkins maktabining bitiruvchisi Anna Sullivan о‘qituvchi bо‘lib ishlashga keldi.Ammo, halitdan oilada pedagog bilan mashg‘ulotlarni boshlanishi uchun bolada ijobiy vaziyatlar tо‘plangan edi. Qizcha tashqi olamdan uzilib qolmagan edi.Kasldan tuzalab, u yana yurishni о‘rgandi va onasini etagidan tutib , onasi xо‘jalik ishlari bilan shug‘ullanganda har doim va har joyda birga bо‘ldi. Uning qо‘llari onasi olgan har bir predmetni paypaslab kо‘rdi, onasining qо‘l harakatlarini barini kuzatdi. Shu tariqa Yelena predmetlar bilan uy sharoitida tanishdi, ularning har birini nomini bildi, ular bilan tug‘ri munosabatda bо‘lishni о‘rgandi. Asta- sekin qizchada u muloqat qilishida yordam beradigan birinchi imo- ishoralar paydo bо‘ldi ( boshini sisilkitish- rozilik, qо‘llari bilan itarish- ket va hakozo). Uning doimiy о‘rtoqlari kichkina Marta Vashington ismli qora tanli qizcha, oshpazning qizi va qari ovchi it Bella edi. Marta Yelenani imo- ishoralar orqali tushunardi. Kizchalar kо‘p vaqtlarini oshxona va xovlida о‘tkazishardi: xamirdan nonlar yasashardi, kofe maydalashardi, tovuqlarga don berishardi, otxonada, molxonada ishlashardi. О‘qituvchi kelguniga qadar kо‘r- kar – soqov Yelena Keller mustaqil ravishda uyda , bog‘da, tomorqada, mо‘ljal oladi, uydagi predmetlar va xо‘jalik asboblari bilan tanish edi. Qizchada imo- ishoralar yaxshi rivojlangan bо‘lib, u bundan dugonasi va atrofidagi kattalar bilan muloqatda keng foydalanardi. Bularning hammasi ijobiy vaziyatlarning birlashishiga xizmat qilib, u keyingi muvoffaqiyatli ta’limi uchun sezilarli tarzda ta’sir kо‘rsatadi. 13

Yelena Keller nomi, uning taqdiri dunyoda yashirin imkoniyatlarini amalga oshirishdagi kamyob misol sifatida keng tanildi. Keller yozuvchi va mashhur jamoat arbobi bо‘ldi.

Kо‘r- karlarning ta’lim va tarbiyasi haqidagi chet eldagi ajoyib voqealar bilan tanisha turib, Olga Ivanovna Skoroxodova nomi bilan bog‘liq rus defektologlarining bu toifa bolalar bilan olib borgan ishlarini eslab о‘tmaslikning iloji yо‘q.

Uning taqdiri bolaligidan boshqalarnikidan tubdan farq qilardi. Olya kambag‘al dehqon oilasida dunyoga keldi. Otasi erta urushga ketdi, onasi bolalarni boqish uchun kо‘p ishladi. Qizcha 5 yoshligida meningit bilan og‘ridi, uzoq vaqt unga onasi qaradi, ammo bola sog‘aya boshlaganda, u tо‘liq kо‘r bо‘lib qolganligi aniqlandi, tez orada eshitishni ham yо‘qotdi.

О‘sha yillarda mamlakatda ochlik va vayronagarchilik hukmron edi. Bolaning onasi erta olamdan о‘tdi va Olyani Odessadagi kо‘rlar uchun mо‘jallangan maktabga jо‘natishdi. U yerda Olya bilan hech kim shug‘illana olmadi. Butun kun davomida qizcha yotoqxonada yolg‘iz о‘tirardi, bu tо‘liq degraditsiyaga (inqirozga)olib kelishi mumkin edi. U bilan bu sodir bо‘lmadi, chunki u 1925 yilda Xarkov shahridagi kо‘r- karlar uchun maktab- klinikaga , о‘sha vaqtdayoq mashhur professor I.A. Sokolyanskiy qо‘liga kelib tushdi. О‘qitish natijasida qizchaning nutqi tiklandi, , daktil alifbosidan va nuqtali- relyefli (Brayl alifbosi) shiriftdan foydalanilgan maxsus metodiklar yordamida Olga bilan maktab dasturi bо‘yicha tizimli ta’lim olib borildi. Natijada u о‘rta, keyin oliy ma’lumot oldi, Moskva Universitetining filologiya fakultetini tamomladi. Olga Ivanovna Skorxodova erishgan yuqori intellektual rivojlanish darajasi I.A. Sokolyanskiy tomonidan ishlab chiqilgan kо‘r- karlarni о‘qitish bо‘yicha tizimning haqqoniyligining muhim isboti hisoblanadi.

O.I. Skoroxodova – uchta kitob, kо‘p sonli maqolalar muallifi. U uzoq vaqt sobiq SSSR dagi APN defektologiya Institutining katta ilmiy xodimi bо‘lib ishladi. O.I. Skoroxodovaning og‘ir hayotida о‘zining baxtsizligidan qattiq siqilish, о‘z kuchiga ishonmaganlik vaqtlari bо‘ldi, ammo u inqirozli davrlarni yenga olishga, qarorlar qabul qilishga, hayotga qarshi borishga kuch topa oldi, chunki tо‘liq hayotgina haqiqiy baxt bera oladi.Olga Ivanovnaning shaxsiy tajribasi shunday vaziyatga tushib qolgan odamlar uchun saboq bо‘ldi. U irodasi, о‘z- о‘ziga ishonchi orqali shunchalik kо‘p narsalarga erishdiki, bu umidsizlik bilan kurashishda katta misol bо‘lib xizmat qilishi mumkin. Mujassam nuqsonga ega bо‘lgan va umuman har qanday bolani о‘qitishda kо‘zlangan natijaga shu zahotiyoq erishilmaydi. Asta-sekin bola bilan ishlash tajribasini tо‘plab, boshqa pedagoglarning va oilalarning, ota- onalarning ( о‘qituvchi va shifokorlar yordamida)tajribalaridan foydalanib bola hayotini yо‘lga qо‘yishadi, bunda bolani kelajakdagi katta hayotga tayyorlashga ma’sul shaxslar kuchi birlashadi. Agar yaqinlarining unga nisbatan munosabati faqatgina passiv- aziyatli bо‘lsa, unda bunday bolaga yordam berib bо‘lmaydi. Ota- onalar murojaat qiladigan mutaxassislar eng avvalo ularga zarur ma’lumotlar berishi, yagona maqsad sari borishda mutaxassisslar bilan hamkorlikdagi о‘zaro munosabatni qanday tо‘g‘ri tashkil etish lozimligini aytishi kerak.

Hozirgi kunda ota- onalarni rivojlanishida mujassam nuqsonga ega bо‘lgan bolalarga nisbatan munosabatda faoliyat xususiyatlari va vazifalarini ochib beradigan tadqiqot ishlari mavjud emas. Buni bu toifa bolalarni odatda tezda maxsus maktablarga tushishi va ota- onalarning roli ma’lum darajada “ sо‘nishi” bilan tushuntirish mumkin. Ammo zamonaviy vaziyat keskin о‘zgaradi. Ba’zi ota- onalar nuqson aniqlangan birinchi kundanoq mutaxassislarga murojaat qilishadi. Kо‘pchilik imkon qadar bolalarni uyidan uzoq bо‘lmagan muassasalarga joylashtirishni , bola kо‘proq vaqt uyda , oila davrasida bо‘lishini istashadi. Ammo , bola qayerda bо‘lishidan qat’iy nazar- maxsus muassasadam yoki uydami, ota- onalar butun korreksion ish tizimining ishtirokchilari bо‘lishga harakat qilishlari kerak.

Mujassam nuqsonga ega bо‘lgan bolalar bilan olib boriladigan korreksion ishlarning samaradorligi tо‘liqligicha barcha korreksion- pedagogik jarayonning ishtirokchilari va ota- onalarning kelishilgan va hamkorlikdagi faoliyatiga bog‘liq bо‘lib, ularning har biri bolaning rivojlanishiga о‘z hissasini qо‘shadi. Shunga qaramasdan , bu jarayondagi asosiy rol bolaning yaqinlariga ajratiladi. Oila- bu qadrdon uyi bо‘lib, bunda bola yashaydi, о‘ynaydi, olam va odamlarni tanishag о‘rganadi.Qalban yaqinlik, о‘zaro mehr- muhabbat , bolaga nisbatan ijobiy hissiy munosabat uning uchun murakkab va qiyin bо‘lgan ta’lim va tarbiya jarayoniga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi. Bunday bolaning kelajagi unga nisbatan har tomonlama mohirona, ziyraklik bilan yondoshuvga bog‘liq, bunda yaqinlarining roli beqiyosdir.

Bola ulg‘ayib, kun sayin hayotga kirib boradi, faoliyat turlari va murakkablashadi. Shu bilan bir vaqtda ota- onalarningfaoliyatlari yо‘nalishlari ham о‘zgaradi. Biz tomondan taklif etilgan korreksion- pedagogik ishlar modelida m rivojlanishida mujassam nuqsonga ega bо‘lgan bolalarning ota- onalari ishtirok etish imkoniyatlarini kо‘rib chiqamiz. ( 4- bо‘limga qarang.)




Download 2,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   370




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish