3-jadval. Muloqatda qо‘llaniladigan kommunikatsiya vositalari
Noverbal
|
Verbal
|
1.Gavda harakatlari –ularni namoyon bо‘lishi.
|
1. Og‘zak nutq- kо‘pincha uni sharhlashga bog‘liq.
|
2.Axborotni qabul qiluvchiga nisbatan imo-ishorali nutq.
|
2.Tabiiy imo-ishoralar, pantomimalar.
|
3. DaktilologiY.
|
3. Bosma va relyefli- nuqtali ifodalash.
|
4. Yozma nutq va shriftlar.
|
4.Tabiiy predmetlar, kaftdagi kichik yozuvlar, assotsiativ tizim.
|
5. Elektron tizim.
|
5. Rasmlar- oq-qora, rangli fotografiyalar.
|
6. Piktogrammalar.
|
|
Noverbal vositalar muloqatda ma’lum bir mustaqil ahamiyatga ega. Ular shuni oldindan bilishadiki, bu vositalar , ba’zan sо‘z yoki butun bir iborani “ о‘rnini bosadi”. Shu tariqa, novebal vositalar yordamida verbal axborot mazmunini almashtirish mumkin.
Verbal mulqatni egallashlari qiyin bо‘lgan shaxslar uchun noverbal vositalardan foydalanish maqsadga muvofiq.intellektida nuqsoni bо‘lgan shaxslarning kundalik hayoti va о‘qitish muloqatning noverbal vositalarining ahamiyatini L.M. Shipitsina о‘z ishlarida kо‘rsatib о‘tadi
( 2004).
Noverbal muloqatning qarashlar, imo- ishoralar, mimika, pantomimika kabi elementlariga alohida e’tibor qaratish kerak. Aqli zaiflik va og‘ir intellekt buzilishlarida, shuningdek, mujassam intellekt va jismoniy nuqsonlari bо‘lgan kо‘pchilik shaxslar uchun muloqat vositasi sifatida piktografiya qо‘llaniladi- bu rasmli xat bо‘lib, uning afzalligi shundaki, belgilar hech qanday ovozli sо‘zlar bilan bog‘iq emas, ular faqat uni mazmunini aks ettiradi.
Mujassam nuqsonga ega bо‘lgan bolalarni о‘qitishda ularga mos kommunikatsiya tizimi va vositalarini tanlash eng muhim va qiyin masalalardandir.Bu bolalar turli darajadagi sensor buzilishlar bilan aziyat chekishadi, ular turlicha kо‘nikmalarga, qobiliyatlarga va ehtiyojlarga ega, ammo, ularning har biri uchun samarador yо‘l va vositalarni topish kerakki, bu boshqalar uchun uning hohish va ehtiyojlari tushunarli bо‘lishi va shunga kо‘ra uning hayoti va ta’limi uchun zarur axborotlar tushunarli bо‘lishini ta’minlashi kerak. Shunga kо‘ra , pedagogning vazifasi bolaning mavjud kо‘nikmalarini tartibga solishga yordam beradigan va ular bilan birga ancha murakkab muloqat darajasiga samarali kо‘tariladigan tо‘g‘ri muloqat tizimi va vositalarini tanlashdan iborat.
Chet elda aqli zaiflarning hayot faoliyati va ta’limi sohasidagi nonutqiy kommunikativ tizimni rivojlanishi turli belgili tizimlarda aks etgan. Demak, M.Fristou va L. Lloyd (Fristoe M, Lloyd L..? 1978) lar gap qо‘l va tana belgilari, shuningdek, imo- ishoralar haqida yoki, boshqa belgilar , masalan, siymolarni oson tasvirlaydigan ideografik belgilarga (Blissa siymolari), kundalik muloqat uchun juda muhim bо‘lgan rasmli-pikrogramma tizimiga (Lob.R.) bog‘liq ravishda ajratiladigan 19 ta sistema haqida ma’lumot beradi. Ularning qо‘llanilishi gapirish va muloqat kо‘nikmalarini shakllantirishga tayyorlash bо‘lib xizmat qiladi
( Shpek.O).
Sо‘nggi yillarda mujassam nuqsonli bolalar bilan ishlashda taqvim bilan ishlash muhim rol о‘ynayapti.Taqvim- bu muloqatning belgili tizimi bо‘lib, unda belgi yoki predmet- belgilar ma’lum bir kun davomida amalga oshiriladigan asosiy faoliyatlarni aks ettirish uchun qо‘llaniladi. Taqvim tizimiga kо‘ra, bola har kungi hodisalar va faoliyat turlari ketma-ketligiga kirishadi, bu esa turli muloqat vositalarining rivojlanishining asosi bо‘lib qoladi. Taqvim tizimi metodika sifatida Gollandiyada ishlab chiqilgan. Uning mualliflari Y.van.Dayk, M. Jansen, T.Visser va boshqalar hisoblanadi.
1995 yildan (RF) Sergiyev-Posadskiy bolalar uyida mujassam nuqsonli bolalarni о‘qitish uchun taqvim tizimi kiritilgan. Pedagoglar tomonidan har bir bolaga individual tanlanadigan turli xil taqvimlar ishlab chiqilgan.Bular relyefli, konturli, barelyefli predmetlar tasviriga ega taqvimlar ( kо‘rlar uchun); rasmli; foto taqvimlar, tarbiya uchun zarur yozma jadvallarga ega taqvimlar; yozma nutq shaklidan foydalanilgan taqvim-jadvallar; kundalik- taqvimlar va boshqalar bо‘lishi mumkin.
Bu kо‘rgazmali materiallarning turi va yо‘nalishini tanlash bolaning jismoniy, sensor, motor, psixik va intelektual imkoniyatlarga bog‘liq bо‘ladi. Taqvim bilan ishlay turib , pedagog bolalarni signallarni ( predmet, siymo, rasm, imo- ishora) ta’lim sharti uchun muhim, umuman, muloqat xususiyatlarini о‘rganish uchun ma’lum ta’sirlar va hatti- harakatlar bilan bog‘lashni о‘rgatadi.Mujassam nuqsonlarga ega bо‘lgan bolalar bilan mashg‘ulotlarda qо‘llaniladigan taqvimlarni tahlil qila turib,biz 13- rasmda ularni rivojlanish pillapoyasi kо‘rinishida aks ettirdik.
Do'stlaringiz bilan baham: |