Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika fakulteti



Download 2,16 Mb.
bet66/370
Sana30.12.2021
Hajmi2,16 Mb.
#194234
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   370
Bog'liq
Rivojlanish kompleks

Tayanch iboralar: Zaif eshituvchi bolalar, zaif kuruvchi bolalar,akli zaif bolalar,oligofreniya, birlamchi nukson, ikkilamchi nukson, maxsus ta’lim muassasalari, oligofreniY.

Chuqur kо‘ruv nuqsonlarini intellekt pasligi bilan qо‘shilib kelishi bilan namoyon bо‘ladigan murakkab nuqson, katta tibbiy –psixologik –pedagogik muammo keltirib chiqaradi.Bu guruh bolalar uchun psixik faoliyatni turli tomonlarini sezilarli darajada noqobil shakllanishi xos xususiyatdir.

Tibbiy genetik tekshiruvlvr yordamida kо‘r va zaif kо‘ruvchi maktab о‘quvchilari о‘rtasida intellektual yetishmovchilikning tarqalganlik darajasi aniqlandi, aqli zaiflik bilan qо‘shilib keladigan aloxida kо‘ruv patologiyalarining shakllari belgilandi.Genetik shakllar chastotasining yuqoriligi ularning klinik kelib chiqishi jixatidan xar- xilligi kо‘rsatilgan.Bunday xolatlarda mujassam nuqsonni keltirib chiqaruvchi miyaning bir qancha funksional tizimlarini bir vaqtda jarohatlanishi asosiy о‘rinni egallaydi(Lukasheva I.L.1983).

Rossiya Federatsiyasida kо‘r va zaif kо‘ruvchi о‘quvchilar о‘rtasida intellektual yetishmovchilik 9,8 va 6,8 %ni tashkil etdi.

Nuqson(kо‘rish va aqli zaifliklarini birga kelishida) tuzilishini yetarlicha о‘rganilmaganligi sharoitida pedagogik vazifalarni hal etish juda qiyin.

Kо‘rish va intellektida qо‘pol nuqsonga ega bо‘lgan bolalarda barcha bilish faoliyatlarining mahsuldorligini pastligi kuzatiladi.Ma’lum tafakkurni egallash darajasi pastligi ixtiyorililikni rivojlanishini buzadi, intellektual faollik , mustaqillik shakllanishini tо‘xtatadi, о‘quv faoliyatini egallashiga salbiy ta’sir kо‘rsatadi(Zotov A.I, Samoilov A.F,1976)

Kо‘r aqli zaif bolalarning tasavvurlarini о‘rganish о‘ziga xos xususiyatlarni aniqlaydi, bu barcha aks ettiriladigan shakllarning, tasavvurlarning bir xilligida , ularning о‘xshash tizimliligida, faqat obyektning eng umumiy xususiyatlarini aks ettirishda namoyon bо‘ladi.(Masalan, bosh, oyoqlar,gavda).(Samoylov A.F). Bunday bolalarga eslab qolish natijaviyligida eng past yosh dinimikasi xosdir.(Narishkina YE.S 1974) Ta’limda ixtiyoriy jarayonlarning sustligi mnemik faoliyatning mahsuldorligiga salbiy ta’sir kо‘rsatadi.Ixtiyoriy faoliyatni rivojlanishidagi kamchiliklar bu bolalarda barcha faoliyat va xulq atvorida mustaqillik va faollikni shakllanish imkoniyatini chegaralaydi(Samoylov A.F 1977).Bolalar faoliyatda diqqatni bir obyektdan ikkinchisiga о‘tkazishda qiynalishadi.

Kо‘rish nuqsoniga ega bо‘lgan aqli zaif bolalarda bosh, qо‘l, gavda harakatlarining aniqligini pastligida namoyon bо‘luvchi harakat sohasidagi rivojlanmaganlik aniqlanadi.Ularga kо‘pgina ortiqcha xarakatlar, alohida bajarilayotgan harakatlarni butun qilib birlashtira olmaslik xos bо‘lib , bu ularning tezligiga ham ta’sir о‘tkazadi.

Yozma nutqni shakllanishida ham sezilarli qiyinchiliklar aniqlangan.

Bu ikkita jiddiy nuqsonlar aqli zaiflik va kо‘ruv idroki buzilishining qо‘shilib kelishi, kо‘rsatilgan nuqsonlar asoratlari yig‘indisi xisoblanmagan qiyinchiliklarga olib keladi(Molchanovskaya I.V. 1978). Kо‘rishi va intellektida nuqsoni bо‘lgan bolalarni tibbiy –psixologik –pedagogik tekshirish natijalari bu toifa bolalarni о‘qitish metodlari va mazmunini ishlab chiqish va tashkil etish bо‘yicha, shuningdek, ularni mehnat va hayotga tayyorlashda qator amaliy xulosalar chiqarish imkonini berdi(Pevzner M.S. Molchanovskaya I.V. Davidov.V.A 1983).

Aniqlangan mujassam xususiyatlarni о‘rganish, bu toifani yetarlicha polimorfligini kо‘rsatadi va tashxis tadbirlari va korreksion ishlarni о‘z vaqtida boshlashni talab etadi.Tadqiqot materiallari bu bolalarni psixik funksiyalarni umumiy va о‘ziga xos rivojlanish qonuniyatlarini belgilash va ularni ijtimoiy moslashuvi uchun kompensator mexanizmlarni topish maqsadida ilk rivojlanish bosqichlaridanoq о‘rganish zaruratini kо‘rsatadi(Kachalova I.V 1990).

Kо‘rishida nuqsonga ega bо‘lgan aqli zaif bolalarni rivojlantirish va о‘qitish maxsus tashkil etilishi, rivojlanishda barcha aniqlangan xususiyatlarni xisobga olishi kerak.”Maxsus yaratilgan sharoitlarsiz kо‘r va zaif eshituvchi intellekti buzilgan о‘quvchi doimo noqulay muxitda bо‘ladi”.

Kо‘r va zaif kо‘ruvchilar uchun mо‘ljallangan maktabning yordamchi sinf о‘qituvchilari kо‘pincha, ishni о‘z-о‘ziga xizmat kо‘rsatishning elementar kо‘nikmalarini shakllantirishdan, bolalarni oddiy hulq- atvor qoidalariga о‘rgatishdan boshlashlariga tо‘g‘ri keladi.

Aqli zaiflik va kо‘rish nuqsonlariga ega bо‘lgan bolalar bilan olib boriladigan korreksion ishlar ularni ijtimoiylashtirishga qaratilgan. Uning asosiy vazifasi- bilish faoliyati, hissiy- irodaviy sohasidagi kamchiliklarni iloji boricha bartaraf etish va tarbiyalanuvchilarni ishlab chiqarish mehnat faoliyatida ishtirok etishga tayyorlashdir.

Aqli zaiflik va kо‘rish nuqsonlar qо‘shilib kelgan о‘quvchilar III turdagi maxsus (korreksion) maktablarning yordamchi sinflarida tо‘qqiz yil о‘qitiladi. Ular ona tili,matematika,atrof- olam bilan tanishtirish va qator ular egallay oladigan va korreksiya uchun zarur predmetlar bilan tanishishadi.Kо‘rishning sezilarli pasayishi, intellektual nuqsonlarni va bevosita bularga bog‘liq rivojlanish xususiyatlarini hisobga olgan holda, о‘quv dasturiga quyidagi korreksion kurslar kiritiladi: rivojlanishdagi kamchiliklarni korreksiyalash (mayda qо‘l motorikalari, sezgi, imo-ishora) , ijtimoiy – maishiy hayotda va fazoda mо‘ljal olish, davolovchi jismoniy tarbiya (DJT), ritmika. Kо‘ruv idroki,kо‘ruv qoldig‘ini saqlash va rivojlantirish, nutqni tuzatish bо‘yicha yakka mashg‘ulotlar shart hisoblanadi.

Kо‘rishida va intellektida nuqsoni bо‘lgan bolalarni maxsus ta’limi va tarbiyasi bola hayotining eng boshidanoq ,amaliy tashkil etilishi kerak. О‘z-о‘ziga xizmat kо‘rsatish,ijtimoiy-kundalik mehnat, ijtimoiy-maishiy hulq-atvor,fazoda mо‘ljal olishga о‘rgatish yо‘nalishlari birinchi о‘ringa chiqadi.

Bu toifa bolalar uchun о‘z –о‘ziga xizmat kо‘rsatish malakalarini о‘zlashtirish jarayoni haddan tashqari qiyin bо‘lib, bu maxsus tanlangan va ularning rivojlanishi xususiyatlarini tushunishga asoslangan ish mazmunini tanlashni talab etadi (Maksyutova R.D., 1998)7. О‘z-о‘ziga xizmat kо‘rsatish mashg‘ulotlarida bolani oddiy gigiyenik operatsiyalarga о‘rgatadi: tugma qadash,oshxona anjomlaridan foydalanish , shaxsiy gigiyena va boshqalar.

Bolalarda predmetlar va ularni qо‘llanishi bilan tanishtirishda fazoda mо‘ljal olish qat’iy chegaralangan. Shuning uchun ularni maishiy predmetlarni qat’iy belgilangan joylarda ishlatishga о‘rgatishadi. Pedagoglar u yoki bu predmetlardan foydalanishni kо‘rsatadi va sabr bilan bolalarni shu predmetli faoliyatni bajarishga о‘rgatishadi.

Rivojlanishida mujassam nuqsonlarga ega bо‘lgan bu toifa bolalarni ta’lim va tarbiyasining о‘ziga xosligi bolalarning psixofiziologik xususiyatlariga bog‘liq. Ta’lim tempi past bо‘lib, u faoliyatning barcha turlariga – materialni tushuntirish, mustahkamlash, amaliy topshiriqlarni bajarishga taqsimlangan.

Bolalar tomonidan materialni yaxshi о‘zlashtirilishi va tushunishi uchun pedagog material kо‘lamini yaxshi о‘rganishi, alohida tо‘liq qismlarga bо‘lishi va har biri uchun sarflanadigan vaqtni belgilab olishi kerak. Kо‘rishida nuqsoni bо‘lgan aqli zaif bola bilan faoliyatning har bir bosqichini bittalab va uzoq vaqt qayta ishlash kerak.

Aqliy faoliyatni nutq rivojlanmaganligi bilan kelishi, о‘quv materialini о‘zlashtirishga qо‘shimcha tо‘siq bо‘ladi. Pedagog oldindan aniq va bolalarga tushunarli sо‘zlar bilan tushuntiruvchi kо‘rsatmalarni tuzib olishi kerak.

Oligan bilimlarni uzoq muddat saqlab qolish uchun, eslab qolish bosqichi muhim ahamiyatga ega bо‘lib, oldindan о‘ylangan va shunga mos takrorlash tizimini kо‘zda tutadi. Turli tushunchalar, qoidalar, nazariy materiallar turli xil mashqlarda, turli sharoitda bajarish orqali о‘zlashtiriladi.

Kо‘rish va aqli zaiflik nuqsonlarining qо‘shilib kelishi har bir bolaning о‘ziga xos nuqsonlarni kо‘zda tutadi. Bu ta’limda differensial va individiual yondoshuvni taqozo etadi, bunda pedagog har bir bola uchun amaliy faoliyatni tashkil etadi, tushuntirish metodlarini tanlaydi, о‘yin elementlarini kiritadi,individual yordam kо‘rsatishni belgilaydi.


Download 2,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   370




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish