Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti,, N. R. Alimqulov, N. B. Sultanova


 Geografiya darslarida kinofil’mlardan foydalanish



Download 3,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/188
Sana06.07.2022
Hajmi3,01 Mb.
#749191
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   188
Bog'liq
fayl 770 20210505

15.2.1. Geografiya darslarida kinofil’mlardan foydalanish. 
 
Kinofil’mlardan geografiya darslarida foydalanish dars mavzusi, dars turi,
boshqa holat va sharoitlarga qarab turlicha bo’lishi mumkin.
Dars 
jarayonida 
kinofil’mlardan to’la foydalanish mumkin, uning 
bo’limlaridan va qism yoki lavhalaridan foydalanish mumkin. Kinofil’mni 
namoish qilishni darsning turli xil bosqichlarida amalga oshirish mumkin. Ayrim 
kinofil’mlardan to’la, ayrimlaridan qisman foydalanish mumkin. 
Kinofil’mlar dars jarayonida foydalanishga ko’ra quyidagi guruhlarga 
bo’linadi: 
- maxsus o’quv maqsadlarida chiqarilgan fil’mlar; 
- ilmiy- ommabop kinofil’mlar;
- tabiat komponentlarining ayrim qismlariga bag’ishlangan fil’mlar 
(tog’lar,o’rmonlar, daryolar, ko’llar, hayvonot dunyosi va h. k.) 
- badiiy fil’mlar;
-videofil’mlar. 
Maxsus o’quvfil’mlari aniq bir mavzuga bag’ishlangan bo’ladi. Masalan, 
tog’lar, Sahroi Kabir cho’li, Tundra, o’rmonlar va h.k. 
Ilmiy-ommabop kinofil’mlar asosan keng halq ommasiga mo’jallab 
chiqariladi. Dars jarayonida uning ayrim qismlaridan foydalanish mumkin. 
Tabiat komponentlarini ayrim qismlariga bag’ishlangan kinofil’mlardan ham 
dars jarayonida foydalanish mumkin. Masalan, hayvonlarni ayrim turlariga, okean 
mavjudotlariga, aholiga va uning turmush tarziga bag’ishlangan fil’mlar. 
Badiiy fil’mlarni ham ayrim dars mavzusiga oid qismlaridan foydalanish 
mumkin. Bunday fil’mlar toifasiga sarguzasht fil’mlar ko’proq kiradi. Unda 
tasvirlangan tabiat manzaralari, o’simlik va hayvonot dunyosidan dars jarayonida 
foydalanish mumkin. 
Turli xil videofil’mlardan ham mavzuga mos joylaridan foydalanish 
mumkin. 
Yuqorida aytilganidek kinofil’mlardan darsning boshida, ya’ni o’tilgan 
darslarni 
takrorlashda, 
yangi 
mavzuni 
o’tishda, 
olingan 
bilimlarni 
mustahkamlashda foydalanish mumkin. 
Takrorlash darslarida mavzu bo’yicha kinofil’m yoki uning bir qismi 
namoyish qilinadi va o’quvchilardan unga izoh berish yoki uni tushuntirib berish 
talab qilinadi. 
Yangi mavzuni o’rganishda mavzuga oid kinofil’m to’la ko’rsatiladi. Bunda 
fil’mga o’qituvchi izoh beradi. 
O’tilgan mavzuni mustahkamlashda ham kinofil’mlardan foydalanish 
mumkin. Bunda kinofil’m namoyish qilinadi va uning mazmuni o’quvchilardan 
so’raladi. 
Ayrim xollarda kinofil’mlar darsni kirish qismi sifatida ko’rsatiladi. 
Fil’mni dars jarayonidagi o’rni darsning maqsadi, mazmuni va o’ziga xos 
xususiyatlari bilan aniqlanadi. O’quv fil’mlaridan bilim olish manbai sifatida ham 


161 
foydalanish mumkin. Undan mustaqil ishlarni bajarish bo’yicha o’quv qo’llanma
sifatida ham foydalansa bo’ladi. Masalan, berilgan savollarga javob topish, 
namoyish qilinayotgan materiallarni mavjud (bor) material bilan, darslik bilan, 
o’qituvchini ma’ruzasi, qator boshqa fil’mlarni mazmuni bilan solishtirish. 
Fil’mlar o’quvchilar bilimini tekshirishda va o’rganilgan mavzu mazmunini 
o’zlashtirish darajasini aniqlashda, o’tilgan materiallarni umumlashtirishda yoki
ma’lum mavzuni umumiy tavsifini o’tishda foydalanish mumkin. Bundan tashqari 
fil’mlar yordamida sinf sharoitida sayohatlar ham uyushtirish mumkin yoki 
bo’lmasa o’quvchilar bevosita ko’rolmaydigan jarayonlarni ko’rsatish mumkin. 
Masalan, “Qora metallurgiya”, “Sintetik tolalar”, “Tropik o’rmonlar”, “Cho’llar”,
“Dashtlar”. 
Dars jarayonida fil’mlar bilan ishlash metodikasi quyidagi qismlardan iborat: 
a) o’quvchilarni ma’lum bir mavzu bo’yicha kinofil’mni ko’rishga tayyorlash; b) 
o’quvchilarni fil’mni ko’rish jarayonidagi ishlarini tashkil qilish; v) ko’rilgan fil’m 
mazmunini mustahkamlash; g) kinolashtirilgan darsni samaradorligini tekshirish. 
O’quvchilarni dars oldidan aniq fil’mni ko’rishga tayyorlash fil’m mazmunini 
faol tushunishga va uni to’la o’zlashtirishga imkon beradi. Fil’mni o’quvchilar 
o’qituvchi kuzatuvida ko’rishadi. Agar fil’mni ko’rish jarayonida nazorat bo’lmasa 
o’quvchilar fil’mga diqqat berishmaydi va boshqa narsa bilan shug’ullana 
boshlaydilar yoki bir-biri bilan gaplashib o’tirishadi. Natijada fil’m mazmuni 
yuzaki o’zlashtiriladi.
Agar fil’m qiziqarli bo’lsa o’quvchilar uni qiziqib diqqat bilan tomosha 
qilishadi. Ammo ularni faoliyati shunda ham nazorat qilinsa fil’mni mazmunini 
tahlil qila olishmaydi. Shuning uchun fil’m boshlanishidan oldin o’qituvchi fil’mni 
maqsadini, unda nimalar tasvirlanganini, qanday savollarga qo’uvchilar javob 
topishini kirish suhbatida tushuntiradi. Bundan tashqari o’qituvchi kirish suhbatida 
fil’mni qaerlariga e’tibor berishni, qaerlarini alohida ajratib tahlil qilinishini 
tushuntradi. Masalan, O’zbekiston tabiiy geografiyasi kursida “Qizilqum” 
mavzusini o’tishda A.Nizomovning “Qizilqum” o’quv fil’midan foydalanish 
mumkin. Ushbu fil’mni ko’rish jarayonida quyidagilarga e’tibor berish lozim: 
- asosiy relyef shakllariga; 
- o’simlik bilan qoplanish darajasiga; 
- hayvonot dunyosiga. 
Fil’mni ko’rish jarayonida o’quvchilar qo’yidagi savollarga javob berishlari 
lozim: “Barxan nima”, “Qum tepaliklari” nima; cho’lda asosiy transport vazifasini 
bajaruvchi hayvonni aniqlang. 
Geografiya ta’limida o’quv kinofil’mlarini yana bir asosiy shartlaridan biri 
o’qituvchini fil’m namoyishida faol ishtirok etishidir. Eng yaxshi va qiziqarli fil’m 
bo’lgan taqdirda ham o’qituvchi darsni boshqarishi shart hisoblanadi. Fil’m
namoyishi jarayonida o’qituvchi ko’rsatilayotgan kinolavhalarga izoh berib borish 
lozim. Kerakli joylarda fil’m namoishini to’xtatib bilimlarni chuqurlashtirishi 
mumkin. Ayrim nazariy qonun qoidalarni kengroq tushuntirib berishi, so’ngra 
fil’m namoyishini davom ettirishi mumkin. 
Fil’mni ko’rish davomida o’qituvchini izoxlari o’quvchilarga xalaqit 
bermasligi lozim. Shuning uchun faqat kerakli joylaridagina izox berish lozim. 
Agar kinofil’mda metodik xatolar bo’lsa o’qituvchi uni to’g’rilab ketishi lozim. 


162 
Ma’lum bir voqea xodisalarni moxiyatini o’quvchilar yaxshirioq tushunib olishlari 
uchun fil’mni namoyishini biroz to’xtatib turish mumkin. 

Download 3,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish