Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti maxsus pedagogika va inklyuziv ta


Ontogenezda nutqning fonetik–fonematik tomondan rivojlanishi



Download 162,6 Kb.
bet10/27
Sana01.01.2022
Hajmi162,6 Kb.
#300365
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27
Bog'liq
321Бакалавр БМИ Мухлиса

1.2. Ontogenezda nutqning fonetik–fonematik tomondan rivojlanishi

Nutqning fonetik–fonematik tomoni nutqning umumiy madaniyatini ko‘rsatkichi xisoblanadi, va so‘zlashuv me’yoriga to‘g‘ri kelishi kerak.

Nutqning fonetik tomoni deganda, tovushlarni talaffuz etish jarayoni tushuniladi, bu nutq – xarakat apparatini mutanosib ishlashining natijasi xisoblanadi. Nutq xarakat analizatorini pereferik bo‘limiga nutq apparati kirib, uni kuydagilar tashkil etadi:

-nafas olish bo‘limiga ko‘krak qafasi, bronxlar va traxeya kiradi. Ushbu bo‘lim nutqni energetik asosini ta’minlaydi.

-ovoz bo‘limi, tovushlar chiqishini ta’minlaydi.( xikildoq va unda joylashgan un paychalari)

-artikulyatsion bo‘limi, (til, lablar, jag, kattik va yumshoq tanglay alveolalar) kiradi.

Analizatorni o‘tkazgich bo‘limiga 3 juft miya chanok nervlari kiradi.

Nutq harakat analizatori bosh miya kobig‘ining chap peshoni qismida joylashagan bo‘lib, Broka markazi deb ataladi. Bu kism og‘zaki nutqning paydo bo‘lishida qatnashadi. Nutqning fonematik tomoni deganda, esa ona tilidagi tovushlar differensatsiyasi tushuniladi. Nutq eshituv analizatori bosh miya kobig‘ining chap chakka kismida joylashgan bo‘lib, Vernike markazi deb ataladi.Bu kismda begona nutqni qabul qilishni ta’minlaydi.Nutq eshituv analizatorini ish faoliyati nutqning fonematik tomonini ta’minlaydi.Nutq eshituv analizatori asosan so‘zdagi tovushlarni farklash va ularni eshitilish o‘rnini artikulyatsion va akustik jixatdan o‘xshash tovushlarni bir-biridan farqlaydi. M.I.Fomichevani «Vospitanie u detey pravilnogo proiznoshenie» kitobida ona tilidagi tovushlarni qabul qilish va ifodalashda nutq xarakat va nutq eshituv analizatorining mutanosib ishlash natijasida artikulyatsion a’zolarning to‘g‘ri xarakatini ta’minlaydi va xar bir tovushni to‘g‘ri talaffuziga olib keladi», deb ta’kidlangan. Ontogenezda nutqni fonetik va fonematik tomonlari rivojlanishi asta sekinlik bilan amalga oshadi.Nutq normada bo‘lishida eshitish qobiliyati katta axamiyatga ega.Eshitish qobiliyatini rivojlanish jarayonida bolada ovoz reaksiyalari paydo bo‘ladi: turli tovushlar, bo‘g‘inlar shakllanadi.Bolani 2-3 oyligida gugulash davri boshlanadi, 3-4 oyligida esa tovushlarni bir- biriga kushish va bo‘g‘inlarni xosil qilish va birinchi bir bo‘g‘inlari xosil bo‘ladi (a-au-aua...).

Bu davrda esa fonematik eshitishni birlamchi davri rivojlana boshlaydi: bola atrofdagi tovushlarga e’tibor qila boshlaydi, tovush chiqargan manbani qidira boshlaydi.Bolani 6 oyligida esa gugulashda ba’zi bir aniq tovushlar paydo bo‘ladi ammo ular mustaxkam emas.Unli tovushlardan «a» unlisini aniq talaffuz etadi.Undosh tovushlardan «p, b, m, k,» tovushlarni yaxshi talaffuz etadi.Bu vaqtda bola kattalar intonatsiyasiga e’tibor bera boshlaydi. Bolalarda talaffuz jarayoni rivojlanishi turlicha kechadi. Ayrim bolalar tovushlarni aniq talaffuz kilsa, ba’zi bolalarda bu jarayon sustrok kechadi. Talaffuz qilish sifati artikulyatsion apparat xolati va xarakatchanligiga bog‘liq bo‘ladi. Bola rivojlangani sari u vazifani faol bajara boshlaydi.Bu jarayonlar xaqida olimlardan biri A.I.Maksakov o‘z ishlarida yoritib bergan. Bola 2 yoshga tulganidan keyin juda ko‘p tovushlarni faol talaffuz kila boshlaydi. Bola 3 yoshga to‘lganidan so‘ng artikulyatsion apparat xarakatchanligi ortib boradi, ammo talaffuz jarayonida ba’zi tovushlarni talaffuz qilish me’yorga to‘g‘ri kelmaydi. Bola 4 yoshga to‘lganda artikulyatsion apparat xarakatchanligi muskullar xarakatiga mutanosib bo‘ladi.Bu yoshda bolada fonematik qabul qilish jarayoni faol ravishda rivojlana boradi.Ushbu davrda bola tengdoshlaridagi nutq kamchiliklarni xam ko‘ra boshlaydi.

Bola 5 yoshga to‘lganda, fonematik jarayonlarni rivojlanishi eng yuqori pog‘onaga yetadi, nutqdagi tovushlarni ajratadi, berilgan tovushlarga so‘z topa oladi. Bola ushbu vaqtda nutqning tempiga, ritmiga alohida e’tibor beradi. Normada 6 yoshda esa bolalar ona tilidagi barcha tovushlarni talaffuz eta olishlari kerak .Normada rivojlangan bolalarda fonematik eshitish bu yoshda to‘la rivojlangan bo‘ladi.

Nutqni idrok etishda bola ko‘p qirrali tovushlarga duch keladi: nutqda ishtirok etuvchi tovushlar o‘zgaruvchan. U juda ko‘p turdagi tovushlarni eshitadi, ular bo‘g‘in ketma-ketligida birikib, uzluksiz komplnentlarni tashkil etadi, Uni bular ichidagi shundayfonemaga diqqatini qaratish kerakki, bitta fonemani u doimiy belgisiga ko‘ra boshqa barcha tovushlar ichidan ajrata olsin, bunga bitta fonema (til birligi sifatida) boshqasiga qarama qarshiqo‘yilsin. Agar bola bunga o‘rganmasa, u bitta so‘zniboshqasidan ajrata olmaydi, uni taniy olmaydi. Bola rivojlanishi jarayonida zaruriy qobiliyat sifatida fonematik eshituv rivojlanadi, N.I.Jinkinning fikricha busiz nutq rivojlanmaydi. Fonematik eshituv so‘zini tashkil etuvchi fonemalarni farqlash va tanish operatsiyalarni amalga oshiradi. U bolada nutqni rivojlanish jarayonida birinchi navbatda shakllanadi. Bunda fonematik eshituv ham rivojlanadi, u “bo‘g‘inlarni uzluksiz qatorini” kuzatishni amalga oshiradi. Fonemalar talaffuz etilgan variantda berilar ekan-bunda tovushlar (allafonlarda) me’orda umum qabul qilingan, odatiy ravishdatalffuz qilinishi kerak, bo‘lmasa ularning eshituvchilar anglashda qiynaladi. Tilga doir tovushlar noodatiy talaffuzi fonetik eshituv tomonidan noto‘g‘ri deb boxolanadi. Fonematik va fonetik eshituv (ular birgalikda nutqiy eshituvni tashkil etadi) nafaqat o‘zgalar nutqini qabul qilish va boxolashni amalga oshiradi, balki o‘zini nutqini nazorat qilishni ham amalga oshiradi. Nutqiy eshituv meoridagi talaffuzni shakkillantirishni mahim sharti xisoblanadi.

Agar bolada alohida tovushlarning akustiek obrazi shakllanmagan bo‘lsa, fonemalar eshitilishiga ko‘ra farqlanmaydi, bu tovushlarni almashtirilishiga olib keladi. Nutq uchun zarur bo‘lgan barcha tovushlar shakllanmaguncha artikulyar baza to‘liq xisoblanmaydi.

Boshqa hollarda bolada barcha artikulyatsion xolatlar shakillangan bo‘ladi, ammo ba’zi xolatlarni farqlash malakasi bo‘lmaydi, bu tanlangan tovushni noto‘g‘ri talaffuz etishga olib keladi. Buning oqibatida fonemalar almashtiriladi,bitta so‘z turli xil tovushlar qatori sifatida qabul qilinadi. Bu xodisa fonemalarni (tovushlarni) o‘zaro almashtirilishi yoki qorishtirilishi deb ataladi.Tovushlarni almashtirilishi yoki qorishtirilishi fonologik yoki shuningdek fonematik nuqsonlar sifatida guruxlanadi, Boladagi fonematik eshituv va fonematik eshituvni buzilishida tovushlar talaffuzi buziladi.

Bu toifa bolalarning tovushlar talaffuzi xolati quyidagi xususiyatlar bilan xarakterlanadi:

Nutqda u yoki bu tovushlarni yo‘qligi va tovushlarni almashtirilishi.

Artikulyatsion jixatdan murakkab tovushlar,artikulyatsiyasi oson tovuo‘larga almashtiriladi. Masalan(S), (Sh) – (F) ga (R) tovush o‘rniga – (L) – (Y), (m)–(g)ga almashtiriladi. Tovushning yo‘qligi yoki uni boshqa artikulyatsion belgisiga ko‘ra almashtirilishi unga mos fonemalarni qorishuviga sharoit yaratadi.

Artikulyator yoki akustik jixatdan yaqin tovushlarni almashtirilishida bolada artikulema shakillanadi, ammo fonemani shakillanishi tugallanmaydi.

Turli fonetik guruxlarga tegishli yaqin tovushlarni farqlashdagi qiyinchilik ularni o‘qish va yozishda xam almashtirilishiga olib keladi.

Nutqda tovushlarni noto‘g‘ri qo‘llash ko‘pi bilan 16-20 tagacha bo‘lishi mumkin.Ko‘pincha shovqinli va sirg‘aluvchi tovushlar (s), (ch), (sh), (z), (ch), (j), (t) va (d), (l), (r) tovushlari,jarangli tovushlarning jarangsiz juftlari yetarlicha shakllanmagan bo‘ladi.

2. Artikulyatsiyasiga ko‘ra o‘xshash tovushlarni almashtirilishi.Ikki yoki bir nechta artikulyatsion jixatdan yaqin tovushlar o‘rniga oraliq,noaniq tovushlar talaffuz qilinadi, sh va s tovushi o‘rniga-yumshoq (sh), ch va t tovushi o‘rniga-yumshatilgan (ch)tovushi.

Bunday almashtirishlarning sababi fonematik eshituvning yetarlicha shakillanmaganligi yokiuni buzilishi xisoblanadi.

3. Nutqda tovushlarni notug‘un qo‘llanilishi.Ba’zi tovushlarni bolalar ko‘rsatma asosida alohida (yakka) xolda to‘g‘ri talaffuz qilishadi ammo nutqda talaffuz qila olmaydi yoki almashtiradi.Ba’zan bola bitta so‘zni turli xolatda takrorlashda turllicha talaffuz qiladi. Shunday xolatlar xam bo‘ladiki,bola bir fonetik guruxga tegishli tovushlarni almashtiradi,boshqa tovushlarni-buzib talaffuz qiladi. Bunday nuqson fonetiko-fonematik buzilish deyiladi.

4. Bir yoki bir nechta tovushlarni buzib talaffuz qilinishi.

Bola 2-4 tovushi buzib talaffuz qilishi yoki nuqsonsiz gapirishi mumkin, ammo eshtishida turli guruxlarga tegishli qo‘proq tovushlarni farqlay olmaydi.

Talaffuzning yaxshi ekanligi bazan fonematik jarayonlarni chuqur rivojlanmaganligini berkitishi mumkin.

Tovushlarni buzub talaffuz qilinishining asosiy sababi odatda artikulyatsion motorikaning rivojlanmaganligi yoki uni buzulishi xisoblanadi. Bu fonematik buzulishlarga tegishli.

Tadqiqot natijalari va o‘zining fiziko-akustik xususiyatlariga ko‘ra turlicha tovushlar funksiyalarini qarama-qarshi qo‘yish, tovushlarining ba’zi belgilari so‘zlarni farqlash funksiyasini bajarishi aniqlangan. Nutqiy muloqatni ta’minlay turib, tovushlar ijtimoiy funksiyaga ega bo‘ladi. Nutqning tovush tomonidagi ijtimoiy axamiyatiga ega sifatlarini birinchi o‘ringa qo‘yib mutaxasislar fonemani o‘rganish xaqidagi vazifani xal etishni ishlab chiqib unda tilning tovush tomonidagi asosiy birliklari xaqidagi muammolarni xal etishning asosan usullari berilgan. Nutqning tovush tomonini o‘rganish natijasida bizning nutqimizdagi tovushlarning munosabati xilma-xil va noodatiy, turli-tumanligi aniqlandi.

Tovushlarni o‘rganishda quyidagi aspektlar aniqlangan: nutqning tovushlarining fizik xususiyatlarini nazarda tutuvchi fizik – ular tarkibiga tovush tonlari va shovqinlari kiradi; fiziologik-tovushlar talaffuzida ishtirok etuvchi inson organizmlarini o‘rganuvchi; ijtimoiy – nutq tovushlarini ularni axamiyatiga ko‘ra muloqat quroli maqsadida o‘rganuvchi.

Bu muammoni ko‘rib chiqishda birinchi o‘rinda ijtimoiy aspekt chiqadi. Nutqdagi tovushlarni bildirish uchun ijtimoiy aspektda “fonema” atamasi qo‘llaniladi

Ma’lumot tilga tegishli fonemalar tizimi tashkil etadi. Ular bir-biri bilan munosabatda buladi xar bir fonema o‘zining ottenkasiga ko‘ra, boshqa tovushlarga ulardagi akustik farqlar asosida gapiruvchini eshitib ilg‘ab olishga ko‘ra qarama-qarshi qo‘yiladi.

Fonemalarni farqlash qobiliyati ayniqsa bir tovushga ko‘ra farqlanadigan so‘zlarni qarama-qarshi qo‘yganda yaqqol ko‘rinadi, masalan, tol-pol, chol-sol, sim-shim kabi bu [m],[n],[ch],[s],[sh] tovushlar o‘zbek tilida alohida fonema ekanligini ko‘rsatadi.

Bu fonemalarni gapiruvchi yaxshi farqlay olmasa, ko‘pgina so‘zlarni talaffuzda farqlay olmaydi, unutqni tushunishni qiyinlashtiradi.

Gvozdevning ko‘rsatishicha, fonemalar manoviy birliklarni farqlashga xizmat qila turib ular o‘z xolicha ma’noni anglatmaydi. Fonema – bu tilning kichik birligi xisoblangan tovush bo‘lib, u manolarni saqlash funksiyasini bajaradi.

XX asrning 60-yillarida “tovush taxlili” atamasi qo‘llanilgan va uni quyidagi turlarini farqlashgan: tabiiy tovush tahlili va sun’iy tovush taxlili.

Tabiiy (sensor-persentif) tovush taxlili og‘zaki nutqiga xizmat qilib, u yordamidamanoni farqlash funksiyasi amalga oshiriladi.

Sun’iy (intelektuall) tovush taxlili o‘z-o‘zidan shakillanmaydi uni bolalar shk maqsadda o‘qitish davomida egallaydilar.

Tovush taxlilining bu turi insonning yozma nutqiga xizmat qiladi.

Intelektual tovush taxlili jarayonida 3 ta asosiy operatsiyalar am alga oshiriladi: 1) so‘zdagi tovushlarni yoki uning yo‘qligini aniqlash, 2) so‘zdagi tovushlarni o‘zaro o‘rnini aniqlash, 3) so‘zdagi tovushlar soni va ularni chiziqli ketma-ketligini aniqlash.

D.B.Elkomin bu ikki turdagi tovushlar taxlilini “yangi atamalar-fonematik eshituv” va “fonematik idrok” deb atashni taklif etadi.

M.E.Xvasev fonematik eshituvni “nutqimizdagi manoviy birliklar sifatida qabul qilish qolbiliyati bo‘lib u inson eshituvining asosiy sifati xisoblanadi”, deb belgilaydi. Faqatgina fonematik eshituv orqaligina nutq dagi tovushlarni va alohida so‘zlar ma’zmunini aniq idrok etish mumkin.

Shu tariqa fonematik eshituv insonni fizik eshituvini asosiy turi bo‘lib u ona tilidagi fonemalarni eshitish va farqlash imkonini beradi. Fonemktk idrok bu so‘zning tovush tarkibini taxlil qilish demakdir. Bollarda fonemalarni talffuz qilish va idrok etishni buzilishida akustik-artikuliyatsion belgilariga ko‘ra farqlanuvi tovushlarni idrok etish va artikuliyatsiyalash jarayonini tugallanmaganligi kuzatiladi.

Fonematik eshituvni rivojlanish darajasi tovush taxlilini egallashga ta’sir ko‘rsatadi. Fonematik eshituvni rivojlangmaganlik darajasi turlicha bo‘lishi mumkimn. Ularning quyidagi darajalarga ajratish mumkin.

1) Birlamchi daraja: fonematik eshituv bilamchi buzilgan. Tovush taxlildi faoliyatlari darajasi va tovush taxlilini egallashning asosiy shartlari yetarlicha shakllanmagan.

2) Ikkilamchi darajda: fonematik eshituv ikkilamcha buzigan.

Artikuliyatsion organlar motorikasininig buzilishi oqibatidagi nutqiy kinesteziyalar yoki nutq organlarida anatomik nuqsonlar kuzatiladi. Me’orda eshitib talffuz qilish munosabati buziladi: muximi talaffuzni rivojlanish mexanizmi.

A.R.Luriya fonematik eshituni alohida guruxdagi turli tovushlarni umumlashtirish qobiliyati sifatida qarab,unda tovushglarning o‘ziga xos belgilari va uning masofaviy belgilarinisolishtirishni qullaydi.

T.B.Filicheva, T.V.Tumanov fonematik eshituvni bolani so‘z tarkibidagi morfologik va tovush tushunchalarini am aliy umumlashtirish qobiliyati sifatida.

L.E.Jurova va D.B.El’koninlarning fikricha fonematik eshituv bolalarda jarayonida nutqiy eshituvning ancha yuqori shakli natijasi sifatida shakllanadi. “Fonematik idrok” atamasi ostida tild tovushlarini ajratish va so‘zning tovush tizimining uni birligi sifatida qabul qilish tushuniladi.

A.M.Borodovich fikricha fonematik idrok so‘zida bolani o‘z nutqini doirasida analitik faoliyatini rivojlanishini aks ettiradi. (nutqni taxlil qilish malakasi, uni tashkil etuvchi qisimlarga ajratish) Boshqa so‘z bilan aytganda fonematik idrok “nutqda gaplarni, gaplarda so‘zlarni, so‘zlarda” tovushlarni ajrata olish malakasi sifatida tushuniladi.

M.G.Gening va N.A.Gemanlar bolaning fonematik idrok qobiliyatida nutq tovushlarni ayniqsa akustik yaqin tovushlarnni eshitib idrok etish va to‘g‘ri farqlashni ko‘radilar. Fonematik idrokni malaka emas, qobiliyat sifatida ko‘rib chiqib olimlar uni fonematik eshituv bilan bir xil deb xisoblashadi.

Shuningdek ko‘pgina olimlar fonematik idrokni o‘z nutqidagi tovushlarni to‘g‘ri farqlash malakasini maxsus tarbiyalash sifatida xarakterlaydi.


Download 162,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish