Tadqiqotning metodlari.
Tadqiqotning maqsad va vazifalariga muvofiq quyidagi metodlardan foydalandik:
Tadqiqot mavzusiga oid pedagogik, psixologik va metodik adabiyotlarni nazariy taxlil qilish;
Bolalarning tibbiy – pedagogik xujjatlarini o‘rganish;
Bolalarning tovushlar talaffuzi va fonematik idrokini ommaviy va yakka tartibda tekshirish;
Bolalar, logoped, shifokor, ota – ona bilan suhbatlar o‘tkazish;
Tadqiqotning miqdor va sifat natijalarini tahlil qilish.
Tadqiqotning nazariy ahamiyati: Ishning natijalari maxsus maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilari nutqining fonetik-fonematik tomonini shakllantirish va takomillashtirishda foydalaniladi. Bitiruv malakaviy ishi materiallari “Maxsus psixologiya”, “Maxsus pedagogika”, “Logopediya”, kurslarini nazariy jihatdan boyitadi.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati: Bitiruv malakaviy ishining natijalaridan, tadqiqot jarayonida ishlab chiqilgan metodik tavsiyalardan Defektologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalari, xalq ta’limi tizimining barcha maxsus muassasalarining tarbiyachi, defektologlari, logopedlari, ota-onalar foydalanishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |