Toshkent-2021 Ushbu tavsiyanomada berilayotgan dizartriya tashxisiga EGA bolalarda ovoz buzilishlarini korreksiyalash maktabgacha ta’lim tashkilotlari defektologlari



Download 156,22 Kb.
bet1/5
Sana20.04.2022
Hajmi156,22 Kb.
#567855
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Dizartriya tayyor


DIZARTRIYA TASHXISIGA EGA BOLALARDA OVOZ BUZILISHLARINI KORREKSIYALASH USULLARI


(Tavsiyanoma)
Toshkent-2021
Ushbu tavsiyanomada berilayotgan dizartriya tashxisiga ega bolalarda ovoz buzilishlarini korreksiyalash maktabgacha ta’lim tashkilotlari defektologlari, logopedlariga qo‘yiladigan davlat talablarini bajarish jarayonida bolalarga logopedik ishlar ketma-ketligini o‘tkazish usullarini o‘rgatish.

MAVZU: DIZARTRIYA TASHXISIGA EGA BOLALARDA OVOZ BUZILISHLARINI KORREKSIYALASH USULLARI


(tavsiyanoma)

MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………..….4
DIZARTRIYA VA UNING TURLARI………………….….5
DIZARTRIYA TASHXISIGA EGA BO‘LGAN BOLALAR BILAN OLIB BORILADIGAN LOGOPEDIK ISHLAR KETMA KETLIGI…………………………………………..8
DIZARTRIK BOLALAR BILAN ISHLASH JARAYONI…………………………………………………9
TA’LIMIY O‘YINLAR…………………………………....12
XULOSA……………………………………………….….15
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………..16

KIRISH
Dizartriya – nutq apparati inervatsiyasining organik buzilishi sababli nutqning talaffuz tomonidan buzilishidir. Dizartriya termini grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, dis – bo‘lak, arthon – biriktirish degan ma’noni bildiradi. Dizartriya-bu markaziy xarakterdagi organik nutq buzilishi hisoblanadi. Dizartriyada nutq a’zolarining (yumshoq tanglay, til, lablar) kam harakatlanishi natijasida nutq tovushlari artikulyatsiyasi qiyinlashadi, shu bilan birgalikda ovoz, nafas buzilishlari hamda nutqning sur’ati, ritmi va ifodaliligida o‘zgarishlar kuzatiladi. Dizartriyaning og‘ir formasida nutq butunlay tushunarsiz bo‘ladi. Bunday hol anartriya deb ataladi. Anartriya termini grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, a-yo‘q, arthon – biriktirish degan ma’noni bildiradi.

DIZARTRIYA VA UNING TURLARI

Dizartriya - nutq aparati enervatsiyasining organik buzilishi sabab nutqning talaffuz tomonidan buzilishidir. Dizartriya termini grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, dis-bo‘lak, arthon-biriktirish degan ma’noni bildiradi .


Dizartriyaning og‘ir formasida nutq butunlay tushunarsiz bo‘ladi.Bunday hol anartriya deb ataladi.Anartiriya termini grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, a-yo‘q, arthon-biriktirish degan ma’noni bildiradi.
Dizartriyada nutq a’zolarining yumshoq tanglay, til, lablar kam harakatlanishi natijasida nutq tovushlari artikulyatsiyasi qiyinlashadi, shu bilan birga ovoz, nafas buzilishlari hamda nutqning sur’ati, retmi va ifodaliligida o‘zgarishlar kuzatiladi.
Dizartriyaning bir necha turlari farqlanadi. Dizartriyani tasniflashda mutaxasislar jaroxatlanish o‘chog‘iga qarab turlicha yondoshadilar.
Bulbar falaj bu miya tomiridagi pastga motor neyronlarga qaratilgan motorli neyron kasalligi. Ushbu buzulish yuz tomoq til, oyoq, ko‘krak qafasidagi harakat uchun javobgar bo‘lgan mushaklarga signalni buzadi, normal harakatlanishni bloklaydi bu esa turli xil alomatlarga olib keladi.
Psevdobulbar paralichning kilinik ko‘rinishining muskullar tonusi va tilning faol harakatini tekshirib borish misolida kuzatishimiz mumkin. Agar bolaning og‘zi ochiq ko‘tarilganda til muskullar artofiyasi yo‘qligini ko‘rish mumkin. Til odatda, orqaga tortilgan o‘rta qismi ko‘tarilgan va yutqinga kirish yo‘lini berkitib turgan bo‘ladi bunday bolalar odatda tilini og‘iz bo‘shlig‘idan chiqara olmaydilar.
Qobiqli dizrtriyada bosh miya qobigining ochoqli jarohatlanishi bilan bogliq patogenezga ega nutqning motor kamchiliklari guruhi namoyon boladi. Qobiqli dizatriyaning birinchi shaklida til oldi tovushlaridan birinchi navbatda kakuminal undosh ya’ni til uchini yuqori tishlar tomon ko‘tarib va biroz egilgan holda talaffuz qilinadigan undoshlar talaffuzida kamchiliklar kuzatiladi. Dizartriyaning og‘ir ko‘rinishlarida bu tovushlar mutlaqo yo‘q bo‘lsa yingil ko‘rinishida talaffuz jarayonida tilni o‘rta qismi yumshoq tanglay tomon ko‘tariladidan tovushlar bilan almashtiriladi .
Qobiq osti dizartriya ekstrapramidali tizim tez aniq va differensial harakatlarni bajarish imkonini beruvchi tayyorgarlik fonini aftamatik ravishda yaratadi u mushaklarning tonusini, mushaklar qisqarishining ketma ketligi kuchi va harakatchanligini boshqarishda alohida o‘rin tutadi va harakat aktlarini emotsional ifodali avtomatik tarizda boshqarishni ta’minlaydi.

Download 156,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish