Nizomiy nomidagi тoshkenт davlaт pedagogika universiтeтi maтyoqubova тozagul rajapovna alisher navoiy hayoтi va ijodi fani bo’yicha o’quv qo’llanma


un-nafois”  (“Nafis  majlislar”)



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/104
Sana31.12.2021
Hajmi1,82 Mb.
#276765
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   104
Bog'liq
oLLVVLSJGBQnu45ThHwBmpV3vrC9RhJkPkcs8nKd

un-nafois” 
(“Nafis  majlislar”)  tazkirasida  ХY  asrda 
Movarounnahr va Хurosonda yashagan 459 ta ijodkor haqida so’z yuritiladi. Asar 
1491 yilda yozilgan bo’lib, 1498 yilda muallif tomonidan qayta tahrir qilingan va 
to’ldirilgan.  Asar  muqaddima,  sakkiz  majlis  va  xotimadan  iborat.  Muqaddimada 
asarning  yozilish  sabablari  bayon  etiladi.  Shoirlar  haqidagi  ma’lumotlar  va 
ularning asarlaridan ayrim namunalar sakkizta majlisda keltirilgan. 
   Ma’lumki,  Navoiygacha  yaratilgan  tazkiralar  fors-tojik  tilida  yozilgan 
bo’lib, «Majolis un-nafois» turkiy tildagi ilk tazkiradir.  Navoiy bu asari bilan o’z 
salaflaridan  Avfiyning  «Lubob  ul-albob»,  zamondoshlaridan  Davlatshohning 
«Тazkirat ush-shuaro» va Jomiyning «Bahoriston»i (UII ravzasi) dagi tazkirachilik 
an’analarini davom etdirdi. 
Navoiy  «Majolis  un-nafois»da  xronologik,  jug’rofiy  hamda  sulolaviy 
tamoyillarga  rioya  qiladi.  Birinchi  va  ikkiichi  majlislarda  keltirilgan  shoirlarning 
                                                           
1
 Бу ҳақда қаранг: Ўзбек адабиёти тарихи. 5 томлик. Т.2. – Т.: Фан, 1977. 337 б.  
2
 Бу ҳақда қаранг: Алишер Навоийнинг адабий-танқидий қарашлари. –Т.: 1959: Қудратуллаев Ҳ.оийнинг 
адабий-эстетик олами. – Т.: 1991: Ғаниева С. “Мажоли ун-нафоис”// Ўзбек адабиёти тарихи. 5 жилдлик. 
Ж.2.- Т.: Фан, 1977. 357-373 б.: Валихўжаев Б. Ўзбек адабиётшунослиги тарихи. – Т.: Ўзбекистон, 1993. 72-
116 б.   


 
165 
tazkira yozilayotgan vaqtda hayot bo’lishmagan, uchinchi majlisda esa zamondosh 
ijodkorlar  haqida  ma’lumotlar  berilgan,  beshinchi  majlisda  Хuroson,  oltinchisida 
Samarqand, Хorazm, Qarshi, Ba-daxshon, Kirmon, Sheroz va boshqa shaharlardan 
chiqqan qalam ahllari haqida so’z boradi; yettinchi va sakkizinchi majlislarning esa 
temuriylarga mansub ijodkor shoh va shahzodalarga bag’ishlanadi. 
Navoiy  shoirlarga  xarakteristika  berar  ekan,  ularning  insoniy  fazilatiga  ham 
urg’u beradi, ijodkorlarning bilimi darajasi, axloqi, muomalasi kabi xususiyatlarini 
keltirib  o’tadi.  Abdurahmon  Jomiy,  Lutfiy,  Shayxim  Suxayliy,  Mirzobek,  Sayid 
Hasan  Ardasher,  Hofiz  Sharbatiy,  Shoh  G’arib  Mirzo,  Shohiy,  Komil,  Ziyo  va 
boshqalar haqidagi  mulohazalar shular jumlasidandir. 
Navoiy  har  bir  shoir  shaxsiyatiga  xolisona  munosabatda  bo’ladi.  Тazkiraga 
kiritilgan  shoirlarning  xarakteridagi  kamchiliklarni;  ma’naviy  qiyofasidagi 
nuqsonlarni ham  ko’rsatib o’tadi. 
Navoiy  ba’zi  shoirlarning  ichkilikka  ortiqcha  ruju’  qo’yganligini  (Sayfiy, 
Sayid  Imod,  Hofizi  Sa’d),  ba’zilarining  fitnachi,  bezori,  urishqoqligini  (Sayid 
Qurazo, Qutblakadang, Abu Nasr, Qavsiy, Shohquli, Uyg’ur va h. q) katta taassuf 
bilan  keltiradi.  Navoiy  qator  shoirlardagi  yomon  xulq-atvorni  tanqid  qilar  ekan, 
ko’pincha tuzalib ketishlariga umid bog’laydi. 
Navoiy  o’zi  iste’dodli  bo’la  turib,  vaqtini  behuda  o’tkazuvchi  ijodkorlardan 
ranjiydi.  Bunday  o’rinlarda  ular  xarakteridagi  ziddiyatli  jihatlarni  ochiq  ko’rsatib 
o’tadi. Masalan, Mavlono Qavsiyning yalqovligi, biror ish bilan jiddiy va davomli 
shug’ullana  olmasligi  tanqid  qilinadi.  Shoir  Osafiy  esa  bor  qobiliyati  va  bilimini 
yetuk asar-lar yaratish uchun sarflash va qattiq mehnat qilish o’rniga butun vaqtini 
oliftagarchilik  va  bezorilik  —  chapanilik  bilan  behuda  o’tkazishi  fosh  etadi. 
Bunday tanqidiy mulohazalar Qanbariy, Zayniy, Soqiy, Vali Qalandar, Kavsariy va 
boshqalar haqida ham bildiriladi. 
Тazkirada  ma’lum darajada davrning ijtimoiy va siyosiy  hayot lavhalari real 
chizib  berilgan.  Masalan,  Ulug’bek  Mirzoning  o’g’li  Abdullatif  Mirzo  haqida 
quyidagi  fikrlar  ilgari  suriladi  :  «O’tar  dunyo  maslahati  uchun  donishmand  va 
podshoh  otasin  o’lturdi.  Har  oyinakim,  saltanat  Sheruyaga  vafo  qilg’oncha  anga 


 
166 
qildi».  Bunda  shoir  Abdullatif  Mirzoning  toj-taxt  talashib  o’zining  olim  va  fozil 
otasi  —  Ulug’bekni  o’ldirgani,    bunday  qotillik  evaziga  qo’lga  kiritilgan  saltanat 
unga ham vafo qilmaganini aytadi. Navoiy  Abdullatifni  mahbubasi va toj-taxtini 
qo’lga kiritish uchun otasini o’ldirgan, lekin o’zi ham tez orada qatl etilgan Eron 
shohi  Хusravning  o’g’li  Sheruyaga  o’xshatadi.  Bunda  Navoiy    dunyoning 
o’tkinchiligini  eslatib,  toj-taxt  uchun  o’zaro  kurashlar  olib  borayotgan 
shahzodalarni ogahlikka chaqiradi. 
 «Majolisun-nafois»da Navoiy badiiy ijodning asosiy  mohiyatini  belgilovchi 
nazariy  masalalardan  biri  mazmun  va  shakl  masalasiga  ham  munosabat  bildirib 
o’tadi. 
Shoir  shaklni  mensimaslikni,  unga  loqayd  munosabatda  bo’lishni  qattiq 
qoralaydi.  Navoiy  shakl  mukammalligini  badiiy  adabiyotning  juda  muhim  belgisi 
deb  qaraydi.  Asarda  g’oya,  shakl  birligi  va  bu  birlikda  g’oya
 
yetakchiligi  ta’min 
etilmasa,  bunda  asarning  qiymati  bo’lmaydi,  deydi.  Navoiy  qator  shoirlarning 
she’rlarini ma’nosizligi, mantiqsizligi, g’oyasizligi uchun tanqid qiladi. U Qobiliy 
degan  shoir  haqida    she’rlarining  «hech  mazasi  yo’qtur»  deb  yozadi  va  uning 
ijodidan bu fikrni tasdiqlovchi xarakterli misollar ham keltirib o’tadi. 
 «Majolis  un-nafois»da  she’riyat  qoidalariga  to’la  rioya  qilinmay  yaratilgan 
asarlarning  ijodkorlari  keskin  tanqid  ostiga  olingan  o’rinlar  ko’pdir.  Хurramiy, 
Osafiy, Sog’ariy, Shihob va boshqalar shular jumlasidandir. 
Ko’rinadiki,    Navoiy    ijodkorlar  oldiga  she’riyat  badiiyat  talablariga  javob 
bera  olishi  zarur,  degan  masalani  qo’yadi.  Badiiy  asar  ham  g’oyaviy,
 
ham  badiiy 
jihatdan  yetuk  va  puxta,  adabiy  an’analarni  ijodiy  davom  ettirib,  yanada 
rivojlantirgan,  estetik  zavq  bag’ishlay  oladigan  darajada  bo’lishi  lozim    deb 
hisoblaydi. 
Navoiy    o’zgalarga  taqlid  qiluvchi,  boshqalar  she’rini  o’ziniki  qilib  oluvchi 
soxta ijodkorlar — Malono Nargis, Anisiy, Хoja Musolarni qattiq tanqid qiladi. 
 Navoiy  shoir  ijodiga,  faoliyatiga  va  shaxsiyatiga  baho  berishda  ularning 
jamiyatga  foyda  keltiradigan  fanlar  bilan  mashg’ul  bo’lgan    ijodkorlarni  yuqori 
baholaydi. U shoir Binoiy haqida shunday yozadi: «Bag’oyat qobiliyati bor. Avval 


 
167 
tahsilg’a  mashg’ul  bo’ldi,  anda  rushdi  bor  er-di...  xatqa  ishq  paydo  qildi,  oz 
fursatda obodon bitidi. Andin so’ngra musiqiy faniga mayl ko’rguzdi, bot o’rganib, 
xele ishlar tasnif qilib, risola dag’i advorda bitidi». 
Navoiy  boshqa  mamlakat  va  shaharlardan  kelib,  Hirotda  tahsil  ko’rayotgan 
yosh  ijodkor  talabalarga  alohida  e’tibor  bilan  qaraydi.      Navoiy  bu  yosh 
shoirlarning  ba’zilari  haqida  «nazmi  xanuz  shuhrat  tutmaydur»,  deb  yozsa, 
ayrimlari  to’g’risida    «Umid  ulkim,  yaxshiroq    aytqoy»,  deydi.  Bunday  yosh 
iste’dodlar  orasida muammo sohasida mashhur bo’lgan Sayid Abdullatif, tab’ida 
fikr  uyg’otuvchilik  xususiyati  bor  Sa’d,  original  zehn  egasi    Noziriy,  qobiliyatli 
madrasa talabalari   Mirasadullo, Bihishtiy, Mirhusaynlar bor ekanligi keltiriladi. 
Alisher  Navoiy  bu  yosh  shoirlar ijodiy  faoliyatlarini  to’g’ri  yo’naltirib  turish 
bilan  birgalikda  moddiy  ahvollaridan  ham  xabardor  bo’lib  turgan.  Ularning 
kelajagiga umid bilan qaragan.  
«Majolis  un-nafois»  Navoiy  o’z  davridagi  adabiy  janrlar  va  she’riyat 
turlarining rivoji haqida ham keng ma’lumot beradi. 
Alisher  Navoiy    epik  tur  davrning  dolzarb  muammolarini  yoritish  va  talqin 
etishda keng imkoniyatlar berishini ko’pgina asarlarida ta’kidlab o’tadi. O’zi ham 
bu sohada ko’p ijod qilgan. «Majolis un-nafois»da ham epik turda qalam tebratgan 
shoirlarni ko’rsatib o’tadi.  Shoir xamsachilik an’analarini davom ettirgan  Ashraf 
Kotibiy, Ali Ohiy, Abdurahmon Jomiy, Shayxim Suxayliy, Abdullo Хotifiy, Хoja 
Hasan  Hizrshoh,  Fasih  Rumiy,  Хoja  Imod  va  boshqa  masnaviygo’y  shoirlarga 
alohida to’xtalib o’tadi. Ular masnaviylaridan namunalar keltiradi. 
Тazkirada bu davrda g’azal janri keng tarqalgani ta’kidlanadi. G’azal janrida 
ijod  qilgan  Kotibiy,  Gadoiy,  Lutfiy,  Atoiy,  Ozariy,  Hofizi  Sa’d,  Binoiy,  Hiloliy, 
Avhad Mustavfiy, Mashriqiy, Olim, Muhammad Ali Jaloyir, Nujumiy va boshqalar 
haqidagi mulohazalar muhim ahamiyatga egadir. 
Asarda she’riyatning qasida, qit’a, ruboiy, tuyuq kabi lirik janrlari haqida ham 
ma’lumotlar  beriladi.  Satira  va  yumor  sohasida  qalam  tebratgan  ijodkorlarga 
munosabatlar bildirib o’tiladi.  


 
168 
Umuman,  Navoiy  o’z  davri  adabiyotidagi  janrlar  taraqqiyoti  xususida 
qayg’urgan.  
Тazkirada  so’z  yuritilayotgan  har  bir  shoir  ijodidan  xarakterli  namunalar 
keltirilgan  namunalar  keltiriladi.  Bu  esa  o’sha  shoir  ijodi  haqida  aniqroq 
tasavvurga ega bo’lishimizga yordam beradi. 
Тurkiy tildagi badiiy ijod ravnaqi uchun qayg’urgan Alisher Navoiy tazkirada 
bu  tilda  ijod  qilgan  shoirlar  haqida  keng  ma’lumotlar  beradi.  Тurkigo’y  shoirlar 
tazkirada kamchilikni tashkil etib, 459 ijodkordan faqat 39 shoir turkigo’ydir. Ular 
orasida  zullisonaynlari  ham  bo’lgan, ko’pchiligi  esa  (12 shoir)  shoh,  shahzoda va 
mavqeli shaxslar edi.  
«Majolis  un-nafois»  Navoiy  davridagi  ilmiy  nasrning  go’zal  namunasidir. 
Shuningdek,  uning  badiiyati  ham  yuksakdir.  Buni  muallifning  portret  chizish, 
xarakter  yaratish  mahoratida  va  adabiy  anjumanlar,  ba’zi  voqealar  bayonidagi 
badiiy  bo’yoqlarning  rang-barangligida  ko’rish  mumkin.  Shoirning  uslubda 
ixchamlikka, mo’’jazlikka intilishi asarga alohida joziba baxsh etadi.  
 Navoiy  bu  asarida  o’zining  yetuk  adabiyotshunos  olim  va  tanqidchi  sifatida 
namoyon 
bo’ladi.  Unda  ilgari  surilgan  fikr-mulohazalar  o’sha  davr 
adabiyotshunoslik  ilmi  taraqqiyotiga  muhim  ulush  bo’lib  qo’shilgan  va  bugungi 
kunda katta ilmiy qimmatga egadir.    

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish