Nizomiy nomidagi тoshkenт davlaт pedagogika universiтeтi maтyoqubova тozagul rajapovna alisher navoiy hayoтi va ijodi fani bo’yicha o’quv qo’llanma


«Mezon  ul-avzon»    asari.    Navoiyning



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/104
Sana31.12.2021
Hajmi1,82 Mb.
#276765
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   104
Bog'liq
oLLVVLSJGBQnu45ThHwBmpV3vrC9RhJkPkcs8nKd

«Mezon  ul-avzon»    asari.    Navoiyning  «Mezon  ul-avzon»  (“Vaznlar 
o’lchovi”)  asari  1492  yilda  yaratilgan.    «Mezonul-avzon»  aruz  ilmiga  oid  asar 
bo’lib, unda Navoiy aruzning hammaga ma’lum qoidalarini tushuntirish bilangina 
chegaralanmaydi,  balki  unga  qo’shimcha  va    yangiliklar    ham      kiritadi.  Bunda 
Navoiy  arab  va  fors  tillaridagi  she’riyatda  qo’llanilib  kelgan  aruz  sistemasiga 
qo’shimchalar  kirgizish  va    o’zbek  she’riyati  va  folklorining  uzoq  asrlik 
tajribalarini  tekshirib  umumlashtirish  va  uni  yanada  boyitishni  maqsad  qiladi. 
Shuningdek,  Navoiy    turkiy  she’riyatning  qoidalarini  o’rganish  vazifasini  o’z 
oldiga  qo’yadi.  Navoiy  asarida  arab,  fors  she’riyati  bilan  turkiy  she’riyatni 
taqqoslab  boradi.  Shoir  arab-fors  she’riyatiga  iga  oid  fikrlarni  aytish  bilan  birga, 
shu  sohada  o’zbek  she’riyatida  qanday  xulosaga  kelish  mumkinligiga  ham  urg’u 


 
169 
beradi.  Masalan:  ruknlarning  yuzaga  kelishini  gapirar  ekan,  Navoiy  aruzning 
ruknlari,  arab,  fors  va  turkiy  xalqlar  she’riyatida  bir  xil  maydonga  kelishini  aytib 
o’tadi. Aruzning asosi bo’lgan asllar haqida so’z borganda arab she’riyatida sakkiz 
asl  qo’llanishini  keltiradi  va  bu  turkiy  xalqlar  she’riyatida  qanday  hal  qilinishi 
masalasini  o’rtaga  qo’yadi.  Navoiyning  fikricha,  aruzning  sakkiz  asl  ruknidan 
beshtasi (m a f o ‘ i l n u n) forsiy she’riyatda ko’proq ishlatiladi, boshqa asllarning 
ishlatilishi juda ham kam (mustasno tariqasida) uchraydi. 
Navoiy asllarning zihofot va furu’i bobida faqat shu besh aslgagina to’xtaydi. 
Fors  va  o’zbek  she’riyatida  uchraydigan  (yoki  kam  uchraydigan)  asllarning 
zihofotini tahlil etmaydi. Bu bilan Navoiy o’z oldiga qo’ygan vazifani (o’zbek va 
fors aruzini o’rganishni) uqtirib o’tadi. 
Navoiy  bahrlar  haqida  so’z  yuritar  ekan,  aruzda  qabul  qilingan  19  bahrning 
qaysi  biri  turk,  fors  va  qaysi  biri  arab  she’riyatiga  tatbiq  etilishi    masalasiga  
mufassal  to’xtaydi. U tavil, madid, basit, vofir va komil bahrlarini alohida ajratib, 
ularning  o’zbek  va  fors  she’riyatida      kam      ishlatilishini    qayd    etadi.  Bahrlarni 
guruhlab,  ma’lum  doiralarga  jamlaganda,  Navoiy  aruzda  ma’lum  muxtalifa  ham 
muntazi’a  doiralariga  yana  uch  doira  qo’shimcha  qiladi  va  ularning  qanday  qilib 
maydonga            keltirilganini  tushuntiradi. 
1)   «Doirai mujtamia»   Navoiy tomonidan aruz   sistemasida birinchi marta 
yuzaga  keltirilgan  doiralardandir.  Navoiy  munsarih,  muzori’,  muqtazab,  mujtass, 
sari,  jadid,  qarib,  hafif  va  mushokil  bahrlarining  solim  (o’zgarilmagan,  butun)    
shakllari  orasida  umumiylik  topadi    va  buni  ularni  bir  doiraga  kirgizish      bilan  
ifoda   etadi. 
2)   «Doirai muxtalita»ni Navoiy she’rda kam ishlatiladigan komil va vofir 
bahrlaridan tuzadi.  Navoiydan avvalgi aruzchilarda bu doira kam uchragan; 
3)   «Doirai mushtabiha» ham aruz nazariyasi uchun yangilikdir. Navoiy uni 
arab she’riyatiga xos bo’lgan tavil, madid   va basit bahrlaridan  tuzadi. 
Тaqte’ masalasiga Navoiy «Mezon ul-avzon»da mufassal to’xtaydi. Bu bobda 
Navoiy  o’zbek  tilining  va  o’sha  vaqtdagi  imloning  xususiyatlaridan  kelib 
chiqadigan  ko’pgina  yangi xulosalarni   keltiradi. 


 
170 
Bahrlar  va  vaznlar  haqidagi  bob  «Mezon  ul-avzon»  ning  qimmatli  qismidir. 
Bu  o’rinda  Navoiy  turkiy  xalqlar  yozuvi  va  folklor  tajribasi  asosida  aruzning 
vaznlar bobiga ahamiyatga molik qo’shimchalar kiritadi. Navoiyning keltirishicha, 
aruzga  oid  yana  bir  necha  vazn  borki,  ular  ajam  (fors  va  o’zbek)  shoirlari,  
Navoiyning  zamondoshlari  asarlarida  uchrasa-da,  ammo  aruz  xaqidagi  kitoblarda 
qayd etilmagan. Navoiy to’qqizta yangi vazn va she’riy shaklni qayd qilib o’tadi. 
Fors-tojik  tilidagi    she’riyat  arabcha  she’r  tuzilishi  sistemasi  —  aruzga 
asoslangan  edi.  Professional  shoirlargiia  emas,  balki  fors-tojik  shahzodalaridan 
chikqan havaskor shoirlar ham shu arab aruzi asosida she’r yozar edilar.  
Podshohlik  turk  hoqonlari  hukmiga  o’tgach,  turkiy  tildagi  she’riyat  taraqqiy 
etgan.  Shoir  Хuloguxon  zamonidan  (XIII  asrning  ikkinchi  yarmidan  to  Тemur  va 
temuriylargacha)  XV  asrning  boshigacha  bo’lgan  paytni  turkiy  adabiyotning 
shakllanishi  deb  belgilaydi.  Bu  tildagi  adabiyot  Lutfiy  ijodida  eng  baland 
cho’qqiga ko’tarilgan payt deydi: «Тo mulk arab va sart salotinidan turk xonlariga 
intiqol  topti,  Хuloguxon  zamonidan  va  sultoni  sohibqiron  Тemur  Ko’ragon 
zamonidan  farzandi  xalafi  Shohruh  Sulton  zamonining  oxirigacha  turk  tili  bilan 
shuaro  paydo  bo’ldilar:  ...shuaro:  Sakkokiy  va  Haydar  Хorazmiy  va  Atoiy  va 
Muqimiy  va  Yaqiniy  va  Amiriy  va,  Gadoyideklar.  Va  forsiy  mazkur  bo’lgan 
shuaro muqobilasida kishi paydo bo’lmadi, bir Mavlono Lutfiydan o’zga» 
Navoiy  tilga  olgan  shoirlarning  aruz  vaznida  yozilgan  turkiy  she’rlari 
bizgacha yetib kelgan Navoiyning aytishicha, temuriylar orasida turkiyda ham aruz 
asosida  she’r  yozgan  shoirlar  ancha  bo’lgan,  ulardan  diqqatga  sazovorlari  Mirzo  
Bobur  va  Sulton Husayn  Boyqarodir. 
Umuman,  Navoiyning  «Mezon  ul-avzon»  asari  zamonasi  ehtiyojlariga  javob 
bera  oladigan  yetuk  asardir.  Undagi  fikr-mulohazalar  bugungikunda  ham  muhim 
ilmiy-nazariy ahamiyatga molikdir. 

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish