Nizomiy nomidagi тoshkenт davlaт pedagogika universiтeтi maтyoqubova тozagul rajapovna alisher navoiy hayoтi va ijodi fani bo’yicha o’quv qo’llanma



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/104
Sana31.12.2021
Hajmi1,82 Mb.
#276765
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   104
Bog'liq
oLLVVLSJGBQnu45ThHwBmpV3vrC9RhJkPkcs8nKd

 «Nasoim  ul-muhabbat»  asari.  Navoiyning  «Nasoim  ul-muhabbat  min 
shamoim 
ul-futuvvat» 
(“Ulug’lik  xushbo’yliklarini  taratuvchi  muhabbat 
shabbodalari”)  nomli  asarida  tasavvuf  tariqatlari,  so’fiylik  qonun-qoidalari,  ulug’ 
mutasavvuf shayxlarning hayoti va faoliyati haqida ma’lumotlar beriladi. Asarning 


 
171 
yaratilishiga    Abdurahmon  Jomiyning  «Nafahot  ul-uns»  (“Do’stlik  shamollari”) 
asari  asos  bo’lgan.    Navoiy  1496  yilda  ustozi  va  do’sti  Jomiyning  ushbu  asarini 
tarjima  qilishga  kirishadi.  Ijod  jarayonida  shoir  Jomiy  asariga  ko’pgina 
o’zgartirishlar  kiritadi.  Jumladan,  shoir  “Nasoyim  ul-muhabbat”ga  maxsus 
muqaddima yozib, unda asarni yaratishdan ko’zlagan maqsad va vazifalarini bayon 
etadi.  Navoiy  “Nafohat  ul-uns”dagi  oltmishga  yaqin  shayxlar  haqidagi 
ma’lumotlarni  tushirib  qoldirgan.  Navoiy  asariga  yuzdan  ortiq  turkiy,  saksondan 
ortiq  hind  shayxlar  tarjimai  holini  kiritadi.  Shuningdek,  shoir  Jomiy  asaridagi 
ma’lumotlarning  ayrim  o’rinlarini  qisqartirgan,  ayrimlariga  turli  qo’shimchalar 
kiritgan.  Shuning  uchun  ham  Navoiyning  o’zi    kamtarinlik  bilan  Jomiy  asarini 
tarjima  qildim,  deb  aytsa  ham  adabiyotshunoslikda  “Nasoyim  ul-muhabbat” 
mustaqil asar sifatida qaraladi.    
«Nasoim ul-muhabbat» Kirish,  770 shayx hayotiga oid ma’lumotdan iborat. 
Kirish  qismida  Navoiy  Jomiy  asarining  mohiyati,  «Nasoim  ul-muhabbat»ning 
yozilish tarixi, asarga o’zining qo’shgan yangiliklari haqida so’z yuritiladi. 
 Asarda  tasavvuf  qonun-:qoidalari,  shayxlarga  xos  xususiyatlar  va  ular 
hayotiga oid lavhalarni bayon etadi. Dastlab shoir «Bu toifaniyat a’mol va af’ol va 
muomilot  va  riyozotidin  ba’zini  zikr  qilmoq»  sarlavhachasi  ostida  bir  qator 
shayxlar shaxsini ta’riflaydi. Shundan keyin ularning kasb-hunariga e’tibor beradi. 
Masalan,  «Shayxul-mashoyix»  shayx  Abu  Sayd  Хarroz  o’tuk  tikar  edi,  Shayx 
Muhammad  Sakkokkim  «o’z  zamona  mashoyixining  yagonasi»  pichoqchilik,  
shayx Abu Hafz Haddod temirchilik Shayx Bannon - hammol, Shayx Abulhasan - 
najjor kasbi bilan shug’ullanar edilar. Shoir bu mutasavviflarning o’z hunari bilan 
kun kechirishlarini ularning fazilati sifatida talqin etadi.  
Asarda  shayxlarning  odob-axloqi,  ma’naviyatiga  urg’u  berilib,  bu  bilan 
bog’liq  qator  kichik  hajmli  hikoyatlar  keltiriladi.  Rizo,  sabr,  sidq,  riyozat, 
to’g’rilik, muloyimlik, karomatlilik singari qator fazilatlar haqida so’z yuritiladi.  
 «Nasoim  ul-muhabbat»da  shayxlarga  berilgan  ta’rif-tavsiflar    asosiy  o’rinni 
egallaydi.  Bunda  so’z  yuritilayotgan  shayxning  qachon  va  qayerda  tug’ilgani  va 
vafoti,  ustozlari,    asosiy  kasb-kori,  u  tomonidan  aytilgan  ibratli  so’z,  iboralar, 


 
172 
hayotida  yuz  bergan  xarakterli  voqea-  hodisalar,  qayerga  dafn  etilgani  kabilar 
keltiriladi. 
Masalan, Shayx Abu-Usmon Mag’ribiyning tariqat yo’liga o’tishiga quyidagi 
voqea sabab bo’lgan ekan: bir kuni u iti bilan ov-ga chiqkanida, chanqab idishdan 
sut  ichmoqchi  bo’ladi.  Iti  hurib  yo’l  bermaydi.  Ikkinchi  safar  yana  shu  ahvol 
takrorlanadi.  Uchinchi  galda  it  idishga  otilib,  sutni  ichib  o’sha  zahoti  o’ladi. 
Ko’rsaki, sutga ilon zahar solgan ekan. Itdan bu vafoni ko’rgach, shu yo’lni tutgan. 
 «Naoim  ul-muhabbat»da  Jomiy  ta’rifiga  alohida  o’rin  ajratiladi.  U 
naqshbandiylik  tariqatining  yetuk  vakili  va    mutafakkir  shoir,  mahoratli  adib 
sifatida  keltiriladi.  Uning  asarlari  ro’yxati  keltiriladi.  Jomiy  haqida  so’z  ketganda 
Navoiyning  unga  cheksiz  hurmati,  samimiy  extiromi  namoyon  bo’ladi.    Uni 
o’zining eng yaqin do’sti, hammaslagi, ustozi va piri sifatida ta’riflaydi.   
Navoiy  asarda      Mavlono  Sharafiddin  Yazdiy,  Shayx  Avhaduddin,  Хomil 
Kirmoniy,  Qosim  Тabriziy,  Shayx  Farididdin  Attor  Nishopuriy,  Sa’diy  Sheroziy, 
Shayx  Nizomiy,  Хusrav  Dehlaviy,  Hasan  Dehlaviy,  Shayx  Kamol  Хo’jandiy, 
Hofiz  Sheroziy,  Mavlono  Lutfiy,  Sayid  Nasimiy    singari  Sharqning  ulug’ 
san’atkorlari haqida so’z yuritadi. Ular  tasavvuf tariqatini egallagan donishmand 
kishilar  hamda    yetuk  iste’dod  egalari    sifatida  keltiriladi.  Shoir  bu  mutafakkirlar 
ijodiga yuqori  baho beradi.  
 Umuman,  Alisher  Navoiyning  «Nasoim  ul-muhabbat»  asari  g’oyatda  katta 
ahamiyatga ega. Unda tasavvuf tariqatlari, buyuk mutasavvuf shayxlarning hayoti 
va  faoliyatiga  oid  qimmatli  ma’lumotlar berilgan.  Navoiy  qadimda  yashab  o’tgan 
mutasavvuflardan  to  o’ziga    zamondosh  bo’lgan  mutafakkirlar  haqidagi 
ma’lumotlarni  xronologik  tarzda  bayon  etgan.  Bu  qomusiy  asar      xalqimiz 
ma’naviyatini yuksaltirishga xizmat qiladigan noyob manbadir. 

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish