Nizomiy nomidagi тoshkenт davlaт pedagogika universiтeтi maтyoqubova тozagul rajapovna alisher navoiy hayoтi va ijodi fani bo’yicha o’quv qo’llanma


Hikoyatlarning  doston  kompozitsiyasida  tutgan  o’rni



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/104
Sana31.12.2021
Hajmi1,82 Mb.
#276765
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   104
Bog'liq
oLLVVLSJGBQnu45ThHwBmpV3vrC9RhJkPkcs8nKd

Hikoyatlarning  doston  kompozitsiyasida  tutgan  o’rni.  Хuddi  shu  o’rinda 
asarning asosiy qismini tashkil etuvchi yetti musofir hikoyatlariga o’rin beriladi.   
 «Sab’ai 
sayyor» 
dostonining 
syujet 
chizig’i, 
uning 
asosiy                  
mundarijasini  tashkil  etgan  yettita  hikoyatdir.  Ularning  mavzusi  rang-barangdir. 
Bu hikoyatlar ham Navoiy  yashab ijod etgan tarixiy davr va sharoit bilan, o’zbek 
xalqining  og’zaki  ijodi  bilan  uzviy  bog’liq  bo’lib,  shoir  ularda  hayotning  eng 
dolzarb  masalalarini  qamrab  oldi.  Insonparvarlik,  adolat,  vatanparvarlik,  ishq-
muhabbat, tinchlik va osoyishtalik g’oyalari hikoyatlarda tarannum etiladi. 
Shanba  kuni  Bahrom  qora  rangli  qasrda  birinchi  iqlim  yo’lidan  keltirilgan 
musofir  hikoyatini  tinglaydi.    Unda    shahzoda  Farrux  va  Axiy  sarguzashti 
misolida ishq va himmat masalasi ilgari suriladi. Sarandib shahrida Jasratxon ismli 
bir  qudratli shoh  bor  edi.  Uning husnda, aqlda  va  axloqda  tengsiz bo’lgan  Farrux 
ismli  o’g’li  bo’lgan.  Otasi  sakson  yoshlarga  yetganda  o’g’liga  toju  taxtini 
topshirmoqchi  bo’ladi.  Ammo  Farrux  buni  rad  etadi.  Bir  kuni    Farrux  tushida 
qudduslik  go’zalni  ko’rib    sevib  qoladi.  Otasidan  tushida  ko’rgan  go’zalni  izlash 
uchun  ruxsat  so’raydi.  Avvaliga  otasi  ruxsat  bermaydi,  o’g’lining  qarori  qat’iy 
ekanligini  ko’rgach,  noiloj  rozi  bo’ladi.    Farrux  katta  qo’shin  bilan  Quddusga 
keladi.  Farrux yana tush ko’radi va unda sevgilisi Halabda ekanligi ayon bo’ladi. 
Qo’shinning  katta  qismini  o’z  eliga  qaytarib,  ozgina  odam  bilan  Halabga  yo’l 
oladi.  Yo’lda  tasodifan  tushida  ko’rgan  sevgilisini  ko’rib  qoladi  va  hushidan 
ketadi.  O’ziga  kelganida  sevgilisi  yo’q  edi.  Bir  qog’ozga  o’zini  kuzatib  yurgan 
odamlarga  yurtiga  ketish  uchun  ruxsatnoma  yozib,  o’zi  shohona  liboslari  o’rniga 
qora palos yopinib, yashirincha g’oyib bo’ladi. U turli yerlarda telbalardek tentirab 
yuradi va bir gulxan kulini makon tutadi. Halabda Axiy ismli saxovatli boy bo’lib, 
doimo  g’arib  mazlumlarga  lutfu  marhamat  ko’rsatar  va  shu  sifati  bilan  mashhur 
edi. Farruxni vayronalar ichida uchratib qolgan Axiy uni uyiga olib keladi va ko’p 
iltifotlar  ko’rsatadi.  Mehmonni  doimo  dardu  alam  chekishini  ko’rgan  Axiy 
Farruxning ishq asiri bo’lganini fahmladi. Bir kuni Axiy uni mast qilib ko’nglidagi 


 
140 
bor  dardini  bilib  oladi.  Farrux  ta’rifiga  ko’ra  u  sevgan  ayol  Axiyning  rafiqasi 
Gulchehra  edi.  Murruvatli  Axiy  xotinini  taloq  qilib,  Farruxga  nikohlab  beradi  va 
ularni izzat-ikrom bilan yurtiga jo’natadi. Gulchehra orqali do’stining himmatidan 
voqif bo’lgan olijanob Farrux o’ziga har qancha og’ir bo’lishiga qaramasdan, unga 
uylanish  fikridan  voz  kechib,    aka-singil  tutinadi.  Yurtiga  kelganida  otasi  vafot 
etgan edi. Farrux saltanatni egallaydi. U Halab uslubida bir qasr qurdirib, tutingan 
singlisini shu qasrga joylashtiradi.  
Axiyning  ishi  kasod  bo’ladi,  bor boyligidan  ayriladi.  Dushmanlari  tuhmatiga 
uchrab, nohaq qamaladi. Zindon soqchisining yordami bilan zindondan qochadi va 
Farrux  yopingan  palosni  ustiga  yopinib,  Sarandib  sari  ketadi,  Bu  yerda  bir 
vayronada  makon  tutadi.  Axiydan  ibrat  olib  Farrux  g’arib  va  mazlumlar  holidan 
xabar olib turardi. Nogoh vayronada Axiyni uchratib, uni tanib qoladi. Uni saroyga 
keltirib, hurmat-ehtirom bilan mehmon qiladi. So’ngra Farrux Gulchehrani Axiyga 
nikohlab  beradi.  Axiy  va  Gulchehra  Farrux  davlatining  soyasida  baxtiyor  umr 
kechiradilar.   
Bahrom  bu  musofirni  Axiy  avlodidan  ekanidan  xabar  topgach,  uni  o’z 
xizmatiga  oladi.  Dostonning  asosiy  g’oyasi  muruvvat,  himmat  va  yaxshilikdir. 
Voqealar davomida muruvvat sevgidan ustun keladi. Muruvvatga faqat chin sevgi 
hissiga ega bo’lgan insongina qodirdir. Axiy va Farrux anashunday zotlardir.  
Axiy  muruvvat  va  futuvvat  egasi  edi.  Bu  Farruxga  ibrat  bo’ladi.  Axiy  unga 
qilgan  yaxshiliklari  evaziga  uning  xotiniga  uylanmaydi,  balki  u  bilan  aka-singil 
tutinadi. Farrux shohlik taxtiga o’tirgach, ustozi Axiydan o’rgangan insonparvarlik, 
g’arib va muhtojlarga yordam berish singarilarni o’ziga odat qilib oladi. U el-ulus 
ahvolidan xabardor, ularga ko’makdosh podshoh sifatida faoliyat yuritadi. Navoiy 
Farrux orqali oshiqlik, muruvvat, himmatni ulug’laydi.  
Ushbu  hikoyat  yukak  badiiyati  bilan  diqqatga  molikdir.  Navoiy  voqealarni 
mantiqan  rivojlanib  borishiga  e’tibor  beradi.  Farruhning  sevgi  iztiroblari,  uning 
boshiga tushgan savdolarni butun ikir-chikirlari bilan tasvirlaydi.  
Shoir  hikoyatdagi  dialoglarga  alohida  o’rin  ajratadi.  Farrux  va  otasi  dialogi, 
Axiy  va  Farrux  dialogi  (Axiyning  uyida),  Farrux  va  mahvash  dialogi,  Farrux  va 


 
141 
Axiy  (Farruxning  yurtida)  dialogi,  Bahromshoh  va  musofir  dialogi  bunga  misol 
bo’la  oladi.  Bu  dialoglar  voqealar  mohiyatini  ochishga,  qahramonlar  holati  va 
kayfiyatini  tasvirlashda  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Farrux  o’z  sevgilisi  bilan 
Halabdan  o’z  yurtiga  ketayotganida  o’z  yorini  juda  xafa  holda  ko’radi  va  buning 
sababini undan so’raydi. Ular o’rtasidagi suhbat shunday kechadi: 
Dedi: “Ey mahvashi paripaykar, 
Sen kibi elga baxt o’lub yovar, 
 
Bo’lsa aqdu nikah amrida sur. 
Yetishur yuz nishot birla surur. 
 
Sendakim bu g’amu taab ko’runur, 
Hikmatin deki bas ajab ko’runur”. 
 
Dedim mahvashki: “Ey ulus aro toq! 
Хushdil aylar  - nikoh, yo’qki – taloq!” 
 
Dedi Farruxki: “Ey parivash hur! 
Uyla dekim, topoy so’zungga shuur! 
 
So’zda lafzi taloq – ne ya’ni 
Vasl ichinda firoq – ne ya’ni”. 
Shundan keyin Gulchehra o’zining qanday qilib Farrux nikohiga kirib qolgani 
sarguzashtini gapirib  beradi.  Farrux  va  mahvash  o’rtasida  bo’lib o’tgan  bu  dialog 
qahramonning  holati,  kechinmalarini  yoritishga  yordam  beradi.  Hikoyatdagi 
keyingi  voqealar rivojiga shu dialog ta’sir etadi.  
Hikoyatda  qora  rang  bilan  bog’liq  ramziylik  bor.  Bahrom  bazm  qurgan  qasr 
ham,  hikoyachi  musofir  egniga  kiyib  olgan  palos  ham  qora  rangda.  Shuningdek, 
Bahromning dilsiyohligi ham, unga ozor berayotgan ayliliq shomi ham shu rangga 
uyg’un.  Ammo  hikoyatning  ezgulik  tantanasi  bilan  tugashi  qora  rangga  ulug’lik 
bag’ishlaydi. Hikoyatda bu holat shunday keltiriladi:  
Chunki shah xil’ati qaro bo’ldi, 
Qora kiymak ulus aro bo’ldi. 
 
Qora rang elga toji torakdur, 
Kim bu rang ichradur, muborakdur. 


 
142 
Hikoyatning  boshlanishida  qora  rang  Bahromning  Diloromdan  judolik 
kunlari, ayriliq ramzi sifatida qo’llanilgan bo’lsa, hikoyat oxoriga kelib, qora rang 
boshdagi toj ekanligi, ya’ni boshdagi sochning qoraligi insonning baxtiyorligidan, 
yoshligidan  darak  berishini  ta’kidlash  bilan  tugallanadi.  Bunda  qora  kun  ketidan 
yorug’  kun  kelishi  muqarrar  bo’lganidek,  ayriliq  ham  visol  tongiga  ulanishi 
mumkinligiga ishoralar bor.  
Umuman,  asardagi  har  bir  hikoyat  hayot  bilan  bog’liqlikda  bayon  etiladi. 
Hikoyatlardagi  hodisalar  orqali  shoir  kundalik  turmushda  uchraydigan  ayrim  
holatlarni izohlaydi va ulardan falsafiy umumlashmalar chiqaradi.    
  Dostondagi  ikkinchi  musofir  tilidan  keltirilgan  «Zayd  Zahhob»  hikoyatida 
yurt  hukmdorlarini  nihoyatda  sergak  va  hushyor,  zukko  va  tadbirkor  bo’lishga 
chaqiradi. Shoir ularni mamlakatni idora qilishda ilm-hunar ahlidan foydalanishlari 
zarurligini  ta’kidlagan  holda  ayni  paytda  podshohlarni  ehtiyotkorlikka  chaqiradi. 
Chunki  ilm-hunar  vakillarining  ayrim  nopok  harakatlari  tufayli  saroyda  qalloblik, 
xiyonat, munofiqlik, adovat, fisqu fasot avj olishi mumkinligini bayon etadi. 
Hikoyat  xiyonat,  uzr  va  avf  to’g’risidadir.  Navoiy  fikricha,  gunoh 
qilmaydigan  kishining  o’zi  yo’q.  Shuning  uchun  gunohkor  o’z  aybini  bo’yniga 
olib,  tavba  qilsa  uni  kechirish  lozim.  Zayd  shoh  atrofidagi  amaldor  va 
hunarmandlardan  biri.  Uning  fazilati  mohir  zargar  va  bilimdon  tabibligidadir. 
Shuningdek,  u  qiyinchiliklarni  osonlik  bilan  yenguvchi,  murakkab  vaziyatlardan 
chiqib ketishga qodir, tadbirli, chaqqon va uddaburon shaxsdir. Uning asosiy illati 
mamlakat  xazinasidan  o’g’irlik  qilar,  shoh  haqiga  xiyonat  qilib  umr  kechirardi. 
Hikoyatda saroyda xiyonat va jinoyatlarni, nopokliklar haqqoniy yoritiladi. 

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish