Nizomiy nomidagi тoshkenт davlaт pedagogika universiтeтi maтyoqubova тozagul rajapovna alisher navoiy hayoтi va ijodi fani bo’yicha o’quv qo’llanma


Bahrom  va  Dilorom  hikoyatining  dostondagi  o’rni



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/104
Sana31.12.2021
Hajmi1,82 Mb.
#276765
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   104
Bog'liq
oLLVVLSJGBQnu45ThHwBmpV3vrC9RhJkPkcs8nKd

Bahrom  va  Dilorom  hikoyatining  dostondagi  o’rni.  Bahrom  va  Dilorom 
ishqiy  sarguzashti  dostonning  qoliplovchi  hikoyasi  bo’lib,  uning  ichida  shoir 
yettita hikoyat keltiradi. Hikoyatlar asarning umumiy yo’nalishi bilan chambarchas 
bog’liq bo’lib, asarning yaxlit bir uzviy qismlarini tashkil etadi.  
Dostonning  o’n  birinchi  bobida  shoir  Bahrom  to’g’risida  qisqacha  ma’lumot 
berib  o’tadi.  Shoir  uning  g’alabali  yurishlari  va  fathlarini  rad  etmaydi.Ammo 
shoirning  bosh  maqsadi  Bahrom  tarixini  bayon  etish  emas  edi.  U  “Yetti  bo’ston 
majlis afruzi”ni hikoya qilishni niyat qilgan. Dostonning bosh qahramoni Bahrom 
ziddiyatli  xarakterdagi  murakkab  obrazdir.  Bahrom  o’zining  dastlabki  podshohlik 
davrida  adolat  yo’lini  tutadi.  Zolimlarni  jazolab,  mazlumlarni  himoya  qiladi,  yurt 
obodonligi  yo’lida  ko’p  ishlar  qiladi.  Shoh  Bahrom  ko’p  vaqtini  maishatda 
o’tkazadi. U ovni va musiqiy kuylar tinglashni juda yoqtiradi.  Bahromning anashu 
qiziqishlari Diloromga muhabbat qo’yishiga sabab bo’lgan.  
 Bahrom ovda tasodifan rassom Moniy bilan uchrashib qoladi. Moniy Chinda 
tengi yo’q go’zal Diloromning rasmini Bahromga taqdim etadi.  Moniy Diloromni 
go’zallikda tengsizligi va mohir sozanda ekanligini aytadi. Shoh Diloromni sevib 
qolib, Хitoy xoqonidan oladigan bir yillik xiroji evaziga, uni o’z huzuriga keltiradi. 
Shoh  sevgilisi  visoliga  erishadi.  Shundan  keyin  Bahrom  davlat  ishlarini,  xalqni 
butunlay  unutib,  butun  vaqtini  Dilorom  birgalikda  o’tkaza  boshlaydi.  U  sevgilisi 


 
137 
bilan  birgalikda  ovga  chiqar,  bazmu  jamshid  qilar,  ma’shuqasining  san’atidan 
zavq-shavq  olish  bilan  kunlarini  o’tkazardi.  U  bir  lahza  ham  Diloromdan 
uzoqlashmas edi. Navoiy Bahromning xatti-harakatlarini hayot mantig’iga monand 
holda  tasvirlaydi.  Bahrom  kayfiyatida  ro’y  bergan  o’zgarishlar  tufayli  shohlik 
faoliyatida  nuqsonlar  yuz  bera  boshlaydi.  Natijada    mamlakatda  tartibsizlik 
boshlanadi,  el-yurt  hayoti  yana  og’irlashib,  obod  bo’lgan  shaharlar  vayron  bo’la 
boshlaydi.  
Shu  tariqa  Bahrom  mamlakat,  sipoh  ishlarini  unutadi,  unga  el-yurt  malomat 
qila  boshlaydi.  Mamlakatning  og’ir  ahvolga  kelib  qolganidan  tashvishga  tushgan 
arkoni  davlat  bundan  shohni  xabardor  qiladi.  Visol  lazzatlariga  shohlik  tufayli 
erishdim, deb o’ylagan Bahrom endi hokimiyatni qo’lda saqlab qolmoqqa harakat 
qiladi. Shuning uchun Bahrom mulk va saltanatni saqlab qolish uchun ishq tarkini 
qilmoq darkor.  
Navoiy  bunday  mulohazalarini  yozar  ekan,  sevgi  va  shohlik  bir-biriga 
muvofiq emas, degan xulosaga keladi.  
Ishq ila shohlig’ muvofiq emas,  
Ishq lofida shoh sodiq emas. 
Bahromning oshiqligi faqat ishq yo’lidagi lof edi. Uning sevgisida samimiylik 
yo’q. U Dilorom visoliga osongina erishdi. Endi undan osongina voz kechishi ham 
mumkin  edi.  Bahromning  merganlik  mahoratini  mashq  qilish  oqibati  deb 
baholagan  Diloromni  haq  so’zlari    shohni  qattiq  g’azablantiradi.  Buning  evaziga 
shohning  buyrug’i  bilan  Diloromni  o’z  sochlariga  bog’lab,  dasht-biyobonga 
tashlab  ketadilar.  Bu  lavha  orqali  shoir  shohga  Dilorom  xuzur-halovati,  ko’ngil 
ochishi uchun go’zal bir ashyo  bo’lganini, uning qizga sevgisi samimiyatdan yiroq 
ekanligini ifodalamoqda.  

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish