Nizomiy nomidagi тoshkenт davlaт pedagogika universiтeтi maтyoqubova тozagul rajapovna alisher navoiy hayoтi va ijodi fani bo’yicha o’quv qo’llanma


Majnun  -  haqiqiy  oshiq  timsoli



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/104
Sana31.12.2021
Hajmi1,82 Mb.
#276765
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   104
Bog'liq
oLLVVLSJGBQnu45ThHwBmpV3vrC9RhJkPkcs8nKd

Majnun  -  haqiqiy  oshiq  timsoli.  Dostonda  qahramonlar  ma’naviy-ruhiy 
olami  g’oyatda  ta’sirchan  va  chuqur  tasvirlanadi.  Qaysning  qalbi  tug’ilishidayoq 
ishqqa  makon  edi.  Uning  vujudi  loyi  ishq  o’tida  pishgan.  “G’am  tufrog’i  suyidin 
sirishti, Ishq o’tiyu yeli sarnavishti”. U “ishq ahlig’a qiblai murod” bo’lib dunyoga 


 
118 
keldi.  Chunki  uning  “ishq  farzandi”  ekanligi  chaqaloqligidayoq  ayon  edi.  Qaysni 
o’qish  uchun  Hay  qabilasidagi  maktabga  berishadi.  Bu  paytda  Layli  betob  edi, 
shuning uchun darsga kelmayotgan edi. U sog’ayib maktabga aytgach, Qays bilan 
uchrashadi.  Ular  bir-birini  ko’rgach,  qalblarga  ishq  otashi  tushadi  va  shu  kundan 
boshlab  hijron  azoblari  boshlanadi.  Shunisi  alohida  e’tiborga  molikki,  ularning 
qalbidagi ishq bir kunda, bir onda, nigohlar bir-biri bilan to’qnashganda boshlanadi 
va bu sevgi o’ti bir umr so’nmaydigan bo’lib yonadi. Bu voqea Layli va qizlarning 
gul sayriga chiqqanlarida sodir bo’ladi.  
Qaysning qalbidagi ishq kun-kundan ortar, u bir uyga qamalib olib, to’xtovsiz 
faryod chekadi, tomog’idan ovqat o’tmaydi, ko’ziga uyqu kelmaydi,  unga sevgilisi 
tasviridan boshqa hech narsa ko’rinmas edi. Uni daolash uchun tabib chaqirishadi, 
biroq  bundan  foyda  bo’lmaydi.    Uning  ishqi  butun  elga  ovoza  bo’lgach,  xalq  uni 
Majnun  deb  atay  boshlaydi.Hajr,  ayriliq,  telbalikka  yo’liqqan  oshiqni  bandilikda 
saqlashadi.  Iztiroblari  ko’pligidan  bemador  bo’lib  qolgan,  behol  Majnun 
bandilikdan  ozod  bo’ladi  va  uyidan  dasht-sahrolarga  ketadi.  Majnunning  sahroga 
chiqib  ketishi  uning  ishq  olamiga  kirishiga  ishoradir.  Тasavvufda  dasht  –  ishq 
bepoyonligining ramzi. Buni shoirning o’zi ham ta’kidlaydi: “Keldi bu dasht – ishq 
dashti”.  Uning  oxiriga  hech  kim  yetmagan  va  undan  hech  kim  qaytib  kelmagan. 
Dostonda dashtda qalashib yotgan inson suyaklari ham shundan dalolat beradi.  
Majnun  gullar  bilan  sirlashadi,  hayvonlar  bilan  tillashadi.  Nabotot  va 
hayvonot  olami  unga  xayrixoh,  uni  dardini  yengillatishga  harakat  qiladilar.  O’z 
qahramonini  nabotot va hayvonot olami  bilan do’stligi orali Navoiy olamning bir 
butunligi  –  o’simliklar  ham,  insonlar  ham  yagona  Allohning  ijodi  bo’lganligi, 
shunday  ekan,  ular  orasida  birlik,  uyg’unlik  bo’lishi  joiz,  degan  g’oyani  ilgari 
suradi.  Zero,  zarradan  koinotga  qadar  hamma  narsada  Alloh  u  yoki  bu  darajada 
zuhur  etgan.  O’simliklar  ham,  qushlar  ham  o’ziga  xos  tarzda  Allohning  zikrini 
aytishadi.  Demak,  Navoiy  Majnunni  hayvonlar,  qushlar  bilan  do’st  tutinishini 
tasvirlash orqali xuddi shunday  olijanob g’oyani ilgari surgan.   
Majnun  –  mastlik,  bexudlik  yo’lidagi  oshiqdir.  U  Alloh  muhabbatidan  mast 
bo’lib,  o’zligini  unutadi  va  shu  orqali  ilohiy  ma’rifatni  his  qiladi.  Uning  yo’li 


 
119 
ko’ngil  orqali  Haqni  tanish  va  unga  yetish  yo’lidir.  Navoiyshunos  I.Haqqulov: 
“Majnunning junun yo’li – ma’rifat va ibrat yo’li”
1
, - deya ta’riflaydi. 
Majnunga  Alloh  tomonidan  favqulodda  iste’dod  va  qobiliyat  berilgan  edi.  U 
Allohning  marhamati  bilan  bolaligidayoq  tilidan  ilohiy  kalomlar  tushmaydi. 
“Bo’lg’och tili lafzdin xabarliq, Har lafzki, deb bori asarliq. Chun aylay boshladi 
takallum,  el  hushin  etib  takallumi  gum”.  “Layli  va  Majnun”  dostonida  pok 
ishqning  yuksalib,  haqiqiy  ishqqa  aylanishi  tasvirlanadi.  Shoir  pok  ishqni 
kuylayotganini dostonda o’rni bilan keltirib boradi. U Majnun va Laylini “gavhari 
pok” sifatida tilga oladi. Majnun haqida: 
Chun topdi bu nav’ gavhari pok, 
Bahr o’ldi bu zavqdin tarabnok. 
deb yozsa, Layli ta’rifida: 
Pok erdi nechukki rost da’vi, 
Bikr erdi nechukki xos ma’ni. 
deydi. 
Qaysning  ishqi  kun  sayin  emas,  soat  sayin  ortar  edi.  Qabila  oqsoqollarining 
maslahati  bilan  musulmonlarning  muqaddas  sajdagohi    -  Ka’baga  olib  boriladi. 
Qays Yaratganga munojot qilib, dardiga shifo tilashi lozim edi. Biroq u ishq tufayli 
qancha  iztirob  chekkan  bo’lishiga  qaramasdan,  Allohga  iltijo  qilib,  qalbidagi  bu 
alangani yanada ziyoda qilishini so’raydi:  
Ko’nglum g’am ichra to’q ayla yo rab! 
Ishq ichra meni yo’q ayla yo rab!... 
 
Layli ishqin tanimda jon qil, 
Layli shavqin rangimda qon qil. 
 
Dardini najotim et ilohi, 
Yodini hayotim et ilohi… 
 
Dardimg’a xayolini tabib et! 
Jonimg’a visolini nasib et! 
Majnunning  ushbu  munojoti  g’oyaviy  mazmuni,  qahramonning  ishqqa 
bo’lgan  munosabati  jihatidan  alohida  e’tiborga  molikdir.  Bunda  biz  yuksak 
                                                           
1
 Ҳаққулов И. Тасаввуф ва шеърият. – Т.: 1991.  161 б.  


 
120 
e’tiqodli,  sabr-qanoatli,  ishq  yo’lida  har  qanday  mashaqqatga  tayyor  oshiq 
ma’naviy-ruhiy  qiyofasini  ko’ramiz.  U  o’z  ishqi  yo’lida  jonini  berishga  ham 
tayyor. Majnun faqat Layli ishqi bilangina tirik. U tanida joni bor ekan, Laylining 
ishqi o’z jismining joni deb biladi. Yorining dardi u uchun najot, xayoli esa dardiga 
tabibdir. 
Majnun  uchun  Layli  maqsad  emas,  balki  ilohiy  ishq  kamolotini  kasb  etish 
yo’lidagi  bir  vositadir.  Тasavvufda  bu  mazhar  deb  yuritiladi.  Haq  oshiqlari 
mazharni sevish orqali haqiqiy ishqqa yetadilar. Farhod uchun Shirin ana shunday 
mazhar  bo’lgani  kabi  Layli  Majnun  uchun,  Majnun  esa  Layli  uchun  mazhar  edi. 
Ularning  qalblari  ilohiy  fayzdan  bahra  oladi.  Bu  pok  muhabbat  ularni  ruhi 
Mutlaqqa yaqinlashtiradi.  
Layli  ishqi  yo’lida  odamlardan,  dunyodan  uzilgan,  biyobonga  chiqib  ketgan, 
o’zligini  unutgan,  qayoqqa  borsa  -  faqat  ma’shuqasini  ko’radigan  Majnunning 
qalbi  g’uborlardan  tozalanib,  ilohiy  shu’ladan  ravshanlashgan  edi.  Navfal  hujum 
qilsa  Laylining  otasi  o’z  qizini  o’ldirishga  qasd  qilganini  u  tushida  ko’radi  va 
do’stidan  darhol  urushni  to’xtatishni  so’raydi.  Ota-onasining  farzandi  g’am-
alamida  jon  taslim  qilganiyu,  Laylining  jon  taslim  qilganini  ham  tushida  ko’radi. 
Layli  va    Majnun  ishq  yo’lida  uchragan  mashaqqatlarga  sabr  qilib,  ma’nan  va 
ruhan poklangan, haqiqiy ishqqa erisha olgan oshiq timsolidir.    
Dostonda shoir ishq bilan bir qatorda o’z davrining dolzarb masalalariga ham 
urg’u  beradi.  Bulardan  biri  oila  va  nikoh  masalasidir.  Bu  orqali  shoir  inson  haq-
huquqini,  samimiy  sevgisini  himoya  qiladi,  shaxsiy  va  oilaviy    baxt  uchun 
kishilarni  kurashga  chaqiradi.  Zamonning  ayrim  urf-odatlarini  qoralaydi,  uning 
zulmidan faryod chekadi.   
Ey zoli zamona dodu faryod!  
Atfolingga necha zulmu bedod! 
 
Bu xaylnikim halok etarsen,  
O’z bag’ring erurki chok etarsen. 

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish