Nizomiy nomidagi тoshkenт davlaт pedagogika universiтeтi maтyoqubova тozagul rajapovna alisher navoiy hayoтi va ijodi fani bo’yicha o’quv qo’llanma


Layli  va  Majnunning  uchrashuvi  tasviri



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/104
Sana31.12.2021
Hajmi1,82 Mb.
#276765
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   104
Bog'liq
oLLVVLSJGBQnu45ThHwBmpV3vrC9RhJkPkcs8nKd

Layli  va  Majnunning  uchrashuvi  tasviri.  Dostonda  Laylini  badavlad  Ibn 
Salomga nikohlaydilar. Хuddi shu kuni Majnun Navfalning qizi  bilan nikohlanadi. 


 
121 
Тo’y  kechasi  Ibn  Salom  ichkilikni  ko’p  ichib  qo’yib,  eski  kasali  qo’zadi  va 
odamlari uni o’z qabilasiga olib ketishadi.  
Nikoh  kechasi  Navfalning  qizi  Majnunga  sevgan  yigiti  borligini  aytadi. 
Undan muruvvat etishini – ikki oshiqning uvoliga qolmasligini so’raydi: 
Bu nav’ muruvvat o’lsa sendin, 
Izhori futuvvat o’lsa sendin. 
Buni 
eshitgan 
Majnun 
javonmardlik 
namunasini 
ko’rsatib,  nikoh 
go’shanasidan to’g’ri dashtu biyobonga chiqib ketadi.  Хuddi shu payt Layli ham 
yonida hech kim  yo’qligidan  foydalanib, uyidan  chiqib  ketadi va ular sahroda bir 
qumtepada bir-birlariga duch keladilar.  
Layli  Majnunni  nola  qilib  o’qiyotgan  nazmidan  taniydi.  Majnunga  esa  Layli 
nasimi  yetishgan  edi.  Navoiy  sevishganlarning  bu  baxtiyor  uchrashuv  onlarini 
ta’sirchan tarzda tasvirlaydi. 
Ikki guhar o’rni bo’ldi bir durj, 
Ikki quyosh avji bo’ldi bir burj. 
 
Bir sog’ar aro tushib iki mul, 
Bir g’uncha aro butub iki gul. 
 
Bir jismda ikki ruh o’lub gum, 
Bir ko’z arosida ikki mardum. 
 
Vasl ayladi ikkilikni boqiy, 
Vahdat qadahini tutti soqiy. 
Navoiy  sevishganlar  birligini  xuddi  badan  va  jonning  birligiga  o’xshatadi. 
Go’yoki  ikki  gavhar  bir  qobiqdan  o’rin  olgan,  yoki  ikki  quyosh  osmonning  bir 
burjida joylashgan. Sevishganlar birligini bir piyolada ikki may, bir g’unchada ikki 
gul,  bir  jismda  ikki  ruh,  bir  ko’zda  ikki  qorachiq  singari  tashbehlar  orqali 
tasvirlanadi.  Bu bilan  shoir bir tomondan oshiq  va  ma’shuqaning  ruhan bir-biriga 
naqadar  yaqinligini  nazarda  tutsa,  yana  bir  jihatdan  visol  onlarini  ta’sirchan 
lavhalarda  tasvirlashga  erishgan.  Shuningdek,  shoir  ikkala  sevishganning  bir 
vujudga  ayanib  ketganligi,  ularni  bir-biridan  ayirish  yoki  ayri  tasavvur  qilish 
mumkin emasligiga urg’u beradi.    


 
122 
 Yeru  osmondagi  barcha  zotlar  sevishganlarning  visol  lazzatidan  bahramand 
bo’lishlariga  ko’maklashadilar.  Qush,  hashorat,  yovvoyi  hayvonlar  barchasi  visol 
onlariga  o’z  yordamlarini  ko’rsatadilar.  Shoir  bu  sevishganlarga  yer  va  amo 
jismlari  ham  xayrixohligini  aytadi.  “Ne  gard  qo’pub,  ne  yel  ravona,  Suv  sokinu 
chekmay o’t zabona”. Atorud, Zuhro, Bahrom, Mushtariy singari sayyoralar jimlik 
va  qorong’ulikni  yanada  kuchaytiradilar.  Butun  olam  tinchlik  va  osudalikka 
chulg’angan.  Umuman,  bunday  tasvirlar  orqali  shoir  haqiqiy  ishqning  kuchini, 
visol jozibasini ulug’laydi.  
Mahbubining  jamolini  ko’rgan  Majnun  unga  yetishishga  intildi.  Lekin  ular 
o’rtasida muqarrar to’siqlar bor edi. Bu – dunyo, odamlar va jism edi. Ishq yo’lida 
ranju  mashaqqatlar  o’tida  ulardan  asar  ham  qolmadi.  Majnun  husni  Mutlaq  bilan 
qo’shilib bir bo’lib ketdi.      

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish