“HAYRAТ UL-ABROR” DOSТONIDA NAVOIY IJТIMOIY-
AХLOQIY QARASHLARI IFODASI
«Hayrat ul-abror» dostonining yaratilish tarixi va tarkibiy tuzilishi.
“Hayrat ul-abror” (“Yaxshi kishilarning hayratlanishi”) – “Хamsa”ning birinchi
dostoni bo’lib, unda falsafiy-ta’limiy, diniy-tasavvufiy masalalar ilgari surilgan.
Doston buyuk xamsanavislar Nizomiyning “Maxzan ul-asror” (“Sirlar xazinasi”),
Dehlaviyning “Matla’ ul-anvor” (“Nurlarning boshlanmasi”), Jomiyning “Тuhfat
ul-ahror” (“Nuroniylar tuhfasi”) asarlariga monand tarzda yaratilgan. Doston 1483
yilda yozib tugallangan. Asar o’zining janr xususiyatlari, tarkibiy tuzilishi bilan
“Хamsa”ning boshqa dostonlaridan tubdan farq qiladi. Unda shoirning falsafiy,
diniy-tasavvufiy, axloqiy-ta’limiy, ijtimoiy-siyosiy qarashlari bayon etilgan.
Dostonda mavzu biror voqelikni hikoya qilish orqali emas, balki muallif fikr-
mulohazalarini bayon etish asosida yoritiladi.
“Hayrat ul-abror” 64 bobdan iborat bo’lib, 21 bobi muqaddima, 40 bobi – 20
ta maqolat va 20 ta hikoyat, masal, 3 bobi esa xotimadir. Dostonning asosini 20 ta
maqolat tashkil etib, hikoyat va masallar ilova sifatida keltiriladi.
“Hayrat ul-abror» kirish qismining o’zi ham bir necha bobdan iborat bo’lib,
dostonning umumiy g’oyaviy-badiiy kompozitsiyasida katta va muhim o’rin tutadi.
Bunda bir hamd, to’rt munojot, besh na’t va uch hayratdan tashqari Nizomiy va
Хusrav Dehlaviy madhiga, Abdurahmon Jomiy madhiga, so’z ta’rifiga, so’zda
ma’no va shakl birligi masalasiga, Sulton Husayn Boyqaro, shuningdek,
88
Bahouddin Naqshband madhiga bag’ishlangan maxsus boblar bor. Bu boblar
Navoiyning dunyoqarashini, ijodining estetik prinsiplarini o’rganish va aniqlashda
g’oyat
katta ahamiyatga ega.
Dostonning muqaddimasida Allohga hamd, payg’ambarga na’t, to’rt sahoba,
Me’roj kechasi ta’riflanadi. Dostoning bu qismi ta’rif-tavsifdangina iborat emas.
Shoir bunda yuksak badiiy mahorat bilan dunyo va hayotning mohiyati, inson
haqidagi qarashlarini ifodalaydi. Shoir Allohning buyuk va beqiyos go’zalligini
tasvirlaydi, uning yaratuvchilik qudratini ulug’laydi. Avvali ham oxiri ham o’zida
bo’lmish Yaratuvchining husniga had yo’q edi. Bu go’zallikni o’zida aks ettiruvchi
ko’zgular kerak edi.
Jilvai husnig’a chu yo’q erdi had,
Ko’zgu kerak bo’ldi anga beadad.
Ochti bu gulshanniki, rangin erur,
Har gul anga oinai chin erur.
Ko’k, quyosh, oy, yulduzlar, tabiat, dengiz, yer, butun borliq birin ketin
yaratilib, uning ko’zgusiga aylandi. Navoiy Yaratuvchi zotning buyuk mo’’jizasi,
san’atlar sohibi ekanligini qayta-qayta ta’kidlar ekan, badiiy tasvirda tabiat,
koinotdan, ulardagi go’zallik manbalaridan mohir musavvir sifatida foydalanadi.
Тabiat va koinotning betakror manzaralarini chizadi. Bu go’zallik, bu cheksiz
borliqni vujudga keltirishdan maqsad inson edi. Chunki inson barcha mavjudot
ichida eng barkamoli va ulug’idir.
Dostonning dastlabki munojotida Navoiy insonni ulug’laydi. Butun olam
inson tufayli yuzaga kelganini shoir qat’iylik bilan ta’kidlaydi, odamiylik har
narsadan ustun ekanligini zo’r mahorat bilan tasvirlaydi.
Muncha g’aroyibki, misol aylading,
Borchani mir’oti jamol aylading.
Ganjing aro naqd farovon edi,
Lek, boridin g’araz inson edi.
Shoirning uqtirishicha, inson Yaratuvchi uchun eng sevimli zot bo’lib, bu
fikrlarini uchinchi, to’rtinchi munojotda yana davom ettiradi.
Barchasini garchi latif aylading,
89
Barchadin insonni sharif aylading.
Navoiyning keltirishicha, yaratilgan har bir mavjudot “gavhari oliy sifot”dir,
ammo barchasidan go’zal va sharaflisi insondir.
Do'stlaringiz bilan baham: |