Dostonning tarkibiy tuzilishi va g’oyaviy yo’nalishi. Navoiy dostonining 1-
5 boblari hamd va na’tlardan iboratdir. 6-bob ulug’ salaflar Nizomiy Ganjaviy va
Хusrav Dehlaviy, 7-bob Abdurahmon Jomiy vasfiga bag’ishlangan. Keyingi bir
1
Маллаев Н. Ўзбек адабиёти тарихи. Биринчи китоб. – Т.: Ўқитувчи, 1976, 442 б.
2
Валихўжаев Б. Мумтоз сиймолар. – Т.: 2002, 151 б.
102
necha bobda (8-9) esa Navoiy dostonning yozilish sabablariga batafsil to’xtab,
Nizomiy, Хusrav Dehlaviy, Ashraf kabi shoirlarning «Хusrav va Shirin» yaratish
borasidagi tajribalarini tilga oladi, ularda yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklarni
tuzatib, o’z g’oyaviy niyatini qay tarzda amalga oshirmoqchi ekanligini keltiradi.
10-11 boblarda Sulton Husayn Boyqaro va shahzoda Badiuzzamon madh etiladi.
Shu bilan doston muqaddimasi tugaydi. Asarning asosiy voqealari 12-52 boblarda
hikoya qilinadi. Sulton Husayn Boyqaroning o’g’li Shoh G’arib Mirzoga nasihatlar
53-bobda keltiriladi. Doston xotimasi 54-bob bilan yakunlanadi.
“Farhod va Shirin” dostonining o’zbeq fors-tojiq ozarbayjon, turk
adabiyotlarida XV asrgacha yaratilgan «Хusrav va Shirin»lar bilan qiyosi shuni
ko’rsatadiki, o’zbek shoiri o’z salaflari an’analarini davom ettirib, o’zining
mavzusi, g’oyaviy yo’nalishi, obrazlari bilan an’anaviy dostonlardan keskin farq
qiluvchi doston yaratgan. Bu avvalo dostonning turkiy tilda yaratilgani va unga
bosh qahramon sifatida Farhod tanlanganida kuzatiladi. U Хusravni Shirin
muhabbatiga nomunosib deb biladi. Shoir an’anaviy mavzuni yangicha yo’nalishda
qayta ishlab, Farhod timsolida ma’naviy-axloqiy jihatdan yetuk bo’lgan komil
inson obrazini yaratishni niyat qiladi.
Dostonning 9-bobida shoir o’zidan oldingi yaratilgan asarlar haqida so’z
yuritar ekan, Хuravni bosh qahramon sifatida tanlanganidan ko’ngli to’lmasligini
aytadi. Ularda Хusravning tevarak-atrofida hiylagar, firibgar, xushomadgo’y
kishilar yig’ilgan, goh u, goh bu xotini huzurida orom oladi, Shiringa shohona
oshiqlik izhor qiladi. Shuning uchun Хusrav bu asarlarda haqiqiy muhabbat
iztiroblari, dard-kechinmalaridan begona erka shoh sifatida talqin etiladi. Shoir bu
fikrlarni ilgari surar ekan, o’zining niyati boshqacha ekanligini aytadi: “Zaruratkim
solib bir o’zgacha tarh, Bu mehnatnomani qilg’umdurur sharh”.
Navoiy Farhodning sevgi sarguzashtlari tasvirida vafo, sadoqat, mehnat,
qahramonlik, jasorat, do’stlik singari g’oyalarga ham urg’u bergan.
Shoir Farhod haqida hazin bir doston yaratib, unda Farhod va Shirinni
tarannum qilishni niyat qilganini shunday ifodalaydi:
Meni mahzung’akim ishq etti bedod,
103
Solib g’am tog’ida andoqki Farhod.
Munosibdur agar tortib navoni,
Desam Farhodi mahzun dostoni.
Yozib jon mushafidin ikki oyat,
Debon Farhodu Shirindin hikoyat.
“Farhod va Shirin” dostoni g’oyatda murakkab tuzilishga ega bo’lib, undagi
har bir obraz va tasvir alohida talqinni talab etadi. Uning tub mohiyatida Farhod va
Shirinning sevgi sarguzashtlari va bu yo’lda boshdan kechirgan qiyinchiliklari
turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |