Yunoniston safari va Farhodning kamolotga erishishi. Farhod tabiatida
ishqdan dardmandlik u tug’ilgandan boshlab mavjud edi. U voyaga yetgan sari
qalbidagi ishq otashi ham yuksala boshlaydi. Farhod uchun Хoqon buyrug’iga
binoan qurilgan to’rt qasr ham uning tushkun kayfiyatini ko’tara olmaydi. Хoqon
o’g’li kayfiyatini ko’tarish uchun bir yil davomida to’rt qasrda bazm uyushtiradi.
Biroq bundan hech qanday naf’ bo’lmaydi. Shundan keyin u shahzodaga toj-taxtni
topshirmoqchi bo’ladi. Biroq Farhod odob bilan otasi taklifini rad etadi. Mazkur
o’rinda Navoiyning shoh shahzodalar haqidagi ideal qarashlari o’z ifodasini
topgan. Shoir yashayotgan zamonada toj-taxt uchun o’zaro ichki nizolar avj
olayotgan bir sharoitda xoqon va Farhod o’rtasidagi samimiy munosabat shoh va
shahzodalarga ibrat qilib ko’rsatiladi.
Хoqon xazinasida sandiqdagi Oynai Iskandariy ko’rgan Farhod uning sirlarini
bilish uchun Yunonistonga otlanadi.Farhod – ishq farzandi. U haqiqiy ishqqa
106
tariqat yo’li bilan yetishishi ko’zda tutiladi. Shuning uchun unga bu yo’lda ustod
ya’ni pir kerak edi. Donishmand Jomosp Farhodning tug’ilishini bashorat qilib,
uning tarbiyasi bilan shug’ullanishni Suhayloga vasiyat qiladi. Farhod Suhaylo
dargohiga boradi. Savol-javob orqali donishmand Farhod o’zi kutgan inson
ekanligini biladi. Unga maslahatlar berib, ajdaho, dev va temir paykardan xabar
beradi va Suqrot huzuriga olib boradigan yo’lni ko’rsatadi. Ajdahoni yengish
uchun Samandar yog’ini tuhfa etadi. Samandar afsonaga ko’ra go’yo o’tdan paydo
bo’lib, o’t ichida yashaydigan jonivordir. Demak, uning yog’i ramziy ma’noda ishq
ramzidir. Asardagi ajdaho, Ahriman va temir paykarlar tasavvufiy ramzlar bo’lib,
ular nafs va moddiy dunyo intilishlarini anglatadi. Farhod ulardan ilohiy ishq
tufayli xalos bo’ladi. Suhaylo Farhodga o’zi bilgan narsalarni o’rgatib bo’lgach,
uni Suqrot sari yo’llaydi. Adabiyotshunos E.Ochilov bu holatni bevosita tasavvuf
bilan bog’liqligi haqida shunday deydi: “Ma’lumki, tasavvufda bir necha pirning
ta’limini olish rasm bo’lgan. Shayxlar shogirdlarini imkonlari darajasida
tarbiyalagach, iste’dodiga qarab o’zlaridan kuchliroq pirlarga tavsiya etganlar.
Suhayloning Farhodga o’zi bilgan narsalarni o’rgatib bo’lgach, uni Suqrot sari
yo’llashi ham ayni shu narsa bilan izohlanadi”
1
. Тemir paykarni yengish uchun
borayotgan Farhod yo’lda Хizrga yo’liqadi. Хizr tiriklik suvini izlab topgan, uni
ichib, mangu barhayotlikka erishgan payg’ambardir. U ko’pgina xalqlar
adabiyotida qahramonni mushkul va qiyin ahvoldan qutqarib, unga yordam
beradigan, to’g’ri yo’l ko’rsatadigan xaloskor, homiy sifatida tasvirlanadi. U
Farhodga o’zini tanishtirar ekan, “Meni Хizr anglakim, tuttum yo’lungni Ki, to bu
yo’lda tutqoymen qo’lungni”, - deydi. Adabiyotshunos N.Komilov: “Хizrni
Farhodning ikkinchi piri deb qabul qilish mumkin, - deb yozadi, - ammo u ulug’
maqsad sari tavajjuh etgan Farhodga g’oyibdan kelgan madaddir. Farhod Хizr
maslahatiga kirib, jomga qaraydi va unda Suqrot maskan tutgan tog’ni hamda
g’orni g’orni ko’radi”
2
.
Ma’lumki, Farhod tug’ilgan kunidan boshlab uni ismsiz bir dard o’rtaydi. Uni
nima ekanligini o’zi ham, atrofdagilar ham tushunishmaydi. U Хizr bilan
1
Очилов Э. Комилликнинг икки йўли // Навоийнинг ижод олами. Мақолалар тўплами. –Т.: Фан, 2001, 135 б.
2
Комилов Н. Суқрот – комил инсон тимсоли // Ўзбекистон адабиёти ва санъати. – Т.: 1991, 27 сентябрь.
107
uchrashgandan keyingina o’zini o’rtab kelayotgan sirli dard tilsimi ochiladi. Хizr
o’zining hayot suvi kabi ta’limlari bilan Farhodga yangi hayot bag’ishlaydi.
Farhodning ajdaho, dev va temir paykarni yengib, jomi jahannamoni qo’lga
kiritgani bu uning qalbi oyinai jahannamoga aylanganiga ishoradir.
Хoqon xazinasidagi Iskandar oyinasi ham aslida Farhodning o’z ko’ngli
bo’lib, tariqat yo’lida ranju mashaqqatlar chekib, nafsoniy intilishlardan voz
kechib, ruhoniy fazilatlar kasb etgach, u ko’zguday porlab, hamma narsani o’zida
aks ettiradi.
Farhod yo’lida uchragan mushkulotlarni yengib, Suqrot huzuriga keladi.
Suqrot Haqqa yetishishning ikki yo’li borligini aytadi: “biri o’zlukni qilmoq bo’ldi
foniy, Yana bir dog’i topmoq bo’ldi oni”. Bu maqomga esa majoziy ishq orqali
erishiladi:
Bu o’zlukdin qutulmoq chorasozi,
Nima yo’q uylakim ishqi majozi
Suqrot Farqod boshiga tushgan ishq majoziy orqali haqiqiy ishqqa erishish
ekanligini aytadi. Navoiy Farhodning Shiringa yetishish yo’lida chekkan ranju
mashaqqatlari, alam-iztiroblarini majoziy ishq, oshiqning o’z ma’shuqasi visoliga
erishishini esa haqiqiy ishq deb ataydi.
Suqrot Farhod boshiga tushishi mumkin bo’lgan sinovlar, mashaqqatlardan
uni ogohlantiradi. Bu qiyinchiliklarni yengib o’tish yo’l-yo’riqlarini o’rgatadi.
Shundan keyin u vafot etadi. Suqrotni dafn etib, Хoqon, Farhod, Mulkaro o’z
vatanlariga qaytadilar. Chinga qaytgach, Farhod oinai Iskandariyda o’z taqdirini
ko’radi. Unda Shirin jamolini ko’rgach, bexush yiqiladi. Хoqon xazinasidagi oinai
Iskandariy aslida Farhodning ko’ngli bo’lib, tariqat yo’lida ranju mashaqqatlar
chekib, nafsoniy intilishlaridan voz kechib, ruhoniy fazilatlar kasb etgach, u
ko’zguday porlab hamma narsani o’zida aks ettiradi.
Farhodning ahvoli kundan-kun og’irlashib borayotganini ko’rgan Хoqon
tabiblar maslahatiga ko’ra o’g’lini dengiz safariga olib chiqadi. Dengizda kema
to’fonga uchraydi va Farhodni otasi hamda Mulkorodan ajratib qo’yadi. Хo’tandan
Yamanga ketayotgan savdogarlar kemasi bir taxta ustida xushsiz yotgan Farhodni
108
ko’rib. Uni qutqarishadi. Savdogarlar kemasini qaroqchilardan himoya qilib,
Farhod mislsiz qahramonliklar ko’rsatadi. Shu yerda u Shopur bilan tanishib, do’st
tutinadi va ular o’rtasidagi do’stlik bir umr davom etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |