Nizomiy nomidagi тoshkenт davlaт pedagogika universiтeтi maтyoqubova тozagul rajapovna alisher navoiy hayoтi va ijodi fani bo’yicha o’quv qo’llanma


Navoiy  “Хamsa”sining  g’oyaviy  yo’nalishi



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/104
Sana31.12.2021
Hajmi1,82 Mb.
#276765
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   104
Bog'liq
oLLVVLSJGBQnu45ThHwBmpV3vrC9RhJkPkcs8nKd

Navoiy  “Хamsa”sining  g’oyaviy  yo’nalishi.  Navoiy  «Хamsa»si  besh 
mustaqil  dostonni  o’z  ichiga  olgan  holda  yaxlit  birlikka,  umumiy  bir  g’oyaviy-
badiiy yo’nalishga, umumiy maqsadga ega bo’lgan asardir. 
«Хamsa» dostonlarining bosh g’oyalari insof va adolatni, imon va e’tiqodni, 
insoniy poklik,  mardlik va insonparvarlikni, xalqparvarlik, vatanparvarlik va ilm-
ma’rifatni,  mehr-muhabbat  va  vafodorlikni,  hayot  va  go’zallikni,  do’stlik  va 
sadoqatni,  to’g’rilik  va  halollikni  madh  etish,  zulm  va  adolatsizlikni,  nafsni, 
hiyonat va aldamchilikni, jaholat va ma’rifatsizlikni, talonchilik va bosqinchilikni 
qoralash,  keskin  fosh  etishdan  iboratdir.  Bu  g’oyalar  «Хamsa»ning  barcha 
dostonlarida  o’z  ifodasini  topgan.  «Хamsa»dagi  bosh  kahramonlar  ham  ana  shu 
g’oyalardan kelib chiqib yaratilgan.  
Navoiy  har  bir  dostonida  yangi  bir  hayotiy  masalani  qo’yib,  badiiy  hal  etish 
bilan birga, har bir dostoni uchun o’ziga xos shakl ham izladi va topdi. Bu ma’lum 
ma’noda  an’anaviy  xususiyatlarga  ega  bo’lsa  ham,  ammo  mohiyat  e’tibori  bilan 
yangi, o’zbek adabiyoti nuqtai nazaridan esa tom ma’noda novatorlik edi. 
«Хamsa»ning  birinchi  dostini  «Hayrat  ul-abror»  (1483)  falsafiy-didaktik 
doston  bo’lib,  uning  syujeti  va  kompozitsion  tuzilishi  o’ziga  xosdir.  Asarda  shoir 
o’z fikr-mulohazalarini yigirmata maqolat va unga ilova qilingan yigirmata hikoyat 
vositasida  ifoda  etadi.  Shoir  dostonda  hayotning  falsafiy  mohiyati,  insonning 


 
85 
hayotdagi  o’rni  va  ezgu  insoniy  fazilatlarni  va  bu  fazilatlarning  komil  inson 
tarbiyasidagi ahamiyatini badiiy tasvirlaydi.          
Shoirning «Farhod va Shirin» (1484) dostonida komil inson masalasi yetakchi 
o’rin  tutadi.  Shoir  bu  masalani  ishq-muhabbat,  insonparvarlik,  vafo,  sadoqat, 
ijodkorlik, xalqparvarlik,  mehnatsevarlik, qahramonlik, ilm-hunar egallash singari 
g’oyalar  bilan  bog’liq  tarzda  tasvirlaydi.  Shoir  shaxs  taqdirini  xalq,  mamlakat 
taqdiri bilan, yuksak insoniy ideallar bilan bevosita bog’liqlikda tasvirlaydi. 
«Layli  va  Majnun»  (1484)  –  ishqiy-fojiaviy  doston  bo’lib,  unda  shoir 
qahramonlar  ishqiy  sarguzashtlarini    tasvirlash  orqali  shaxs  erki  masalasini 
yoritishga harakat qiladi. Bunda shoir qahramonlar ma’naviy-ruhiy olamini, ruhiy 
tug’yonlarini chuqur va ta’sirchan tasvirlaydi.  
«Sab’ai sayyor» (1484)  – ishqiy-sarguzasht doston bo’lib, bunda shoir  xalq 
og’zaki  ijodiga  xos  hikoya  ichida  hikoya  usulidan  foydalanib,    ishq  va  oshiqlik 
muammosini o’rtaga tashlaydi. Dostondagi Bahrom va uning faoliyati misolida  bu 
masala yoritiladi.  
«Saddi  Iskandariy»  “Хamsa”  ning  yakunlovchi  dostoni  bo’lib,  unda  
Navoiyning ijtimoiy-siyosiy ideali g’oyat
 
keng tasvirlangan. Bu yer  yuzida adolat 
va  osoyishtalik  o’rnatgan  odil  podsho,  olim  va  mohir  sarkarda  Iskandar  obrazi 
orqali  gavdalantirilgan.  Iskandar  obrazini  Navoiy  yangicha  idrok  etib,  u  orqali 
adolatli shoh va mukammal jamiyat haqidagi ideal qarashlarini ifodalaydi.    

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish