Nizomiy nomidagi тoshkenт davlaт pedagogika universiтeтi maтyoqubova тozagul rajapovna alisher navoiy hayoтi va ijodi fani bo’yicha o’quv qo’llanma



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/104
Sana31.12.2021
Hajmi1,82 Mb.
#276765
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   104
Bog'liq
oLLVVLSJGBQnu45ThHwBmpV3vrC9RhJkPkcs8nKd

 
BUYUK “ХAMSA”NING YARAТILISHI 
Sharq  adabiyotida  xamsachilik  an’analari.  Alisher  Navoiy  adabiyotimiz 
tarixidagi  ulkan  xizmatlaridan  biri  bu  uning  «Хamsa»  yaratishidir.    «Хamsa» 
yaratish  orqali  Navoiy  o’zbek  xalqining  epik  mahoratini  birinchi  bo’lib  keng  va 
to’la  namoyish  qila  oldi  va  turkiy  tildagi  adabiyotni  dunyodagi  eng  yetuk 
adabiyotlardan biri ekanligini isbotlab berdi.  
Navoiy  “Хamsa”  yozish  g’oyatda  murakkab  va  mas’uliyatli  ish  ekanligini 
yaxshi  biladi.  U  jamiyat  va  xalq  hayotidagi  muhim  masalalarni    ifodalash  uchun 
epik  janrga  murojaat  qilish  zarur  deb  hisoblaydi.  Epik  janr  esa  Navoiy  davridagi 
adabiy hayotda dostonchilikdan iborat edi. She’riyat turlaridan dostonchilik haqida 
gap  borganda  shoir  bu  she’r  turi  imkoniyatlarining  badiiy  tasvir  uchun  kengligini  
ko’pgina asarlarida ta’kidlab o’tar ekan, uni ko’pincha «masnaviy» deb ataydi
1
.  
Nizomiy  Ganjaviy  boshlab  bergan  xamsachilik  undan  keyin  adabiy  an’anaga 
aylanib ketgan edi. Bu an’anani hindistonlik Amir Хusrav Dehlaviy muvaffaqiyatli 
davom ettirgan. 
Хamsachilik  an’anasi  ayniqsa  XV  asrning  ikkinchi  yarmida  rivojlandi. 
«Хamsa»  yozish shoirdan katta talant, ko’p hayotiy va adabiy bilim, zo’r g’ayrat 
va  matonat  talab qilar  edi.  Ko’plab  shoirlar  Sharqdagi  bu  an’anani  davom  ettirib, 
“Хamsa” yozishga harakat qilishgan. Bulardan faqat ayrimlarigina muvaffaqiyatga 
erisha  olishgan.  Navoiy  o’z  asarlarida  “Хamsa”  yaratishga  harakat  qilgan 
shoirlardan  ayrimlarining  nomlarini  keltirib  o’tadi.  Shulardan  biri  –  Mavlono 
Kotibiydir. Navoiy u haqda “Majolis un-nafois” da shunday deydi: “Oxiri umrida 
“Хamsa”g’a  tatabbu’  bunyod  qildi  va  anda  da’volar  zohir  qilibdur.  Go’yo  bu 


 
82 
sababdin  itmomig’a  tavfiq  topmadi”
1
.  Ko’rinadiki,  Mavlono  Kotibiy  “Хamsa” 
yaratishga  harakat  qilgan,  ammo  uni  nihoyasiga  yetkaza  olmagan.  Navoiy 
“Nasoyim  ul-muhabbat”da  Mavlono  Ashraf  haqida  so’z  yuritar  ekan,    “Хamsa” 
ustida  uzoq  yillar  mehnat  qilganini  va  nihoyat    uni  yozib  tugatganini  aytib, 
shunday deydi: “... Ko’prak avqotida “Хamsa” nazmig’a o’tkarur erdi. Oqibat ul-
amr  ul  mutabarrak    kitob  itmomig’a  musharraf  bo’lurg’a  tavqif  topti”
2
.  Navoiy 
Mavlono  Ali  Ohiy  «Хamsa»ning  bir  necha  dostonlariga  javob  tarzida  doston 
yaratganligini  keltirib  o’tadi.  Mavlono  Fasih  Rumiy  Nizomiyning  “Maxzan  ul-
asror” iga javob yozganligini aytadi va b. 
Ko’rinadiki,  Navoiyga  zamondosh  bo’lgan  ko’plab  shoirlar  xamsachilik 
an’anasini  davom  ettirishga  urinishgan,  ammo  turli  sabablarga  ko’ra  ulardan 
ayrimlari bizgacha yetib kelmagan  ayrimlari esa mukammal darajadagi “Хamsa” 
yarata olishmagan. Sharq adabiyoti tarixida Nizomiy  Ganjaviy boshlab bergan bu 
an’anani davom ettirgan shoirlardan Хisrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy, Alisher 
Navoiylargina buyuk xamsanavis sifatida e’tirof etilgan va asarlari bizgacha yetib 
kelgan.   

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish