Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti masofaviy ta



Download 1,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/14
Sana10.01.2020
Hajmi1,52 Mb.
#33136
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
ТИМ УМК МС 2-курс 19-20


To`garak  ishlari.  To`garak  ishlarini  tashkil  qilish  sinfdan  tashqi  ishlarning  eng 
ko`p  tarqalgan  shakllaridan  biridir.  To`garak  –  sinfdan  tashqi  havaskorlik  ishlarining 
biror  turiga  umumiy  maqsad  va  intilish  bilan  birlashgan  o`quvchilar  gruppasidir. 
To`garak, odatda, bir sinf yoki parallel sinflarning yoki bo`lmasa aralash sinflarning 10 
tadan  20  tagacha  bo`lgan  o`quvchilarini  o`z  ichiga  oladi.  To`garak  sostaviga  haddan 
tashqari ko`p o`quvchilarni jalb qilishga intilish ma`qul emas, chunki bu to`garak ishini 
qiyinlashtiradi. To`garakka yozilish ixtiyoriy ravishda olib boriladi. To`garakka birinchi 
majlisda  to`garak  a`zolaridan  saylab  ko`rsatilgan  to`garak  boshlig`i  boshchilik  qiladi. 
Agar  to`garak  a`zolari  ko`p  bo`lsa,  bunday  hollarda,  odatda,  uch  o`quvchidan  iborat 
to`garak  burosi  saylanadi.  To`garakka  maxsus  tayinlangan  pedagog  rahbarlik  qiladi. 
To`garaklar  o`z ishlarini to`garak a`zolari bilan birgalikda ishlab chiqilgan reja asosida 
olib boradilar. 
Har bir to`garak o`zining taxminiy ish rejasiga ega bo`lishi maqsadga muvofiqdir. 
Bu  rejada  to`garakning  o`z  oldiga  qo`ygan  vazifalari  ko`rsatilgan  bo`ladi.  Ushbu  reja 
asosida to`garakning konkretlashtirilgan kalendar rejasi tuziladi. To`garakning faoliyati 
va ish sharoitiga qarab uning reja va ish rejasi o`zgartirilishi mumkin. 
To`garaklarning  mashg`ulotlari  o`qishdan  tashqi  vaqtda,  muntazam  ravishda 
o`tkazilishi  lozim.  Har  bir  to`garakning  qilgan  ishi  albatta  to`garakning  kundalik 
jurnaliga to`garak boshlig`i yoki uning bironta a`zosi tomonidan yozib borilishi kerak. 
O`quvchilar to`garaklari xilma-xil bo`lishi mumkin. 
Fan  to`garaklarining  vazifasi  to`garak  a`zolarining  ushbu  fanga  bo`lgan 
qiziqishlariga tayanib  o`quvchilarning bilimi va  ongini har tomonlama Kengaytirish va 

73 
 
chuqurlashtirish,  ularning  ijodiy  qobiliyatlarini  o`stirish,  ularni  mustaqil  ishlashga 
o`rgatib borish, ularda amaliy ko`nikma va malakalarni hosil qildirishdan iboratdir. 
Sinfdan tashqari ishlarni o’z ichiga olgan to’garaklar quyidagi turlarga bo’linadi; 

Fan to’garaklari; 

Kasb-hunar yo’nalishidagi to’garaklar; 

Sport to’garaklari; 

San’at yo’nalishidagi to’garaklar. 
Sinfdan  va  maktabdan  tashqi  ishlarni  yaxshi  yo`lga  qo`yishda  maktab 
jamoasi  va  o`qituvchilarining  vazifalari.  Sinfdan  va  maktabdan  tashqi  ishlar 
o`quvchilarni  ma`naviy-axloqiy  ruhda  tarbiyalashda,  ularga  bilim  berishda  muhim 
vosita  bo`lganligi  tufayli  bu  ishlarni  Keng  yo`lga  qo`yishga  maktab  direktorlari,  ilmiy 
mudirlar,  shuningdek,  o`qituvchilarjamoasikatta  e`tibor  berishi,  «Kamolot»va 
«Kamalak»  tashkilotlari,  ota-onalarjamoasiva  maktab  rahbaralri    yordamidan  har 
tomonlama foydalanish kerak. 
O`quvchilar  bilan  olib  boriladigan  sinfdan  va  maktabdan  tashqi  ishlarni 
o`qituvchilar  jon  dillari  bilan  sevishlari,  bu  ishga  rahbarlik  qilishda  ishtirok  etishni 
o`zlarining eng muhim vazifalaridan biri deb bilishlari zarur. Maktabning yangi vazifasi 
har  bir  o`qituvchidan  faqatgina  o`z  fani  va  uni  o`qitishni  a`lo  darajada  bilishnigina 
emas,  balki  bilimlarni  chuqur  egallashni  va  bundan  sinfdan  tashqi  ishlarni  maqsadga 
muvofiq  yo`lga  qo`yishda  ijodiy  foydalana  bilishni,  har  tomonlama  ma`lumot  va 
mahoratga ega bo`lishni talab qiladi. Bu vazifalarning muvaffaqiyatli hal qilinishiga har 
taraflama yordam ko`rsatish har bir o`qituvchining oliy burchidir. 
Sinfdan  tashqari  ishlar  shaklini  tanlaganda  uning  tarbiyaviy  ahamiyatini  shu 
ishning maqsadi, vazifalari nuqtayi nazaridan baholash kerak. 
Sinfdan  tashqari  ishlarning  metodlari  va  vositalari  tarbiya  metodlari  hamda 
vositalaridan  iboratdir.  Ularni  tanlash  sinfdan  tashqari  ishning  mazmuni,  shakli  bilan 
belgilanadi.  Masalan,  pedagog  bolalarning  bilishga  bo‘lgan  qiziqishlarini,  ong-bilim 
doirasini  kengaytirishga  qaratilgan  va  „Inson  va  fazo“  deb  nom-langan  sinf 
mashg‘ulotini  tanladi  deylik  Shunda  u  quyidagi  metod-lardan  foydalanishi  mumkin: 
bolalar  bilan  suhbat  (ularning  qiziqishlari,  mazkur  masala  yuzasidan  xabardorligini 
aniqlash  maqsadida); bolalarga axborot tayyorlash bo‘yicha topshiriq  (o‘ziga xos  hikoya 
metodi); o‘yin metodi turli variantlarda qo‘llaniladi (sujetli rollarga bo‘lib o‘ynaladigan 
o‘yin  elementlari  -  bunda  maxsus  o‘yin  anjomlari  yordamida  bolalardan  biri 
„kosmos“ga yuboriladi va undan ko‘rayotganlarini tavsiflash so‘raladi); „parvoz rejasi“ni 
tuzish  -  bunda  bolalar  kosmonavtlar  bajaradigan  ish  turlarini  aytib  o‘tadilar;  uzoq 
sayyoralarda qoldirilgan sirli xatlarni rasshifrovka qilish va hokazo. 
Savol va topshiriqlar 
1. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari olib boradigan sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarga 
ta’rif bering. 
2.Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarning o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat? 
3.  Sinfdan  tashqari  tarbiyaviy  ishlarning  tashkil  etilishiga  doir  qanday  talablarni  eslab 
qolishni istardingiz? Nima uchun? 
 
 
 
 

74 
 
 
 
 
AMALIY  MASHGULOT MAVZULARI ISHLANMALARI 
 
 
 
IV-SEMESTR     
 
 
1-Mavzu: Iste’dodli bolalarni aniqlash va ularni tarbiyalash 
REJA: 
1. Iste’dodli bolalarni aniqlash va ularni tarbiyalash 
2. Iqtidorli bolalar bilan o`tkaziladigan tadbirlar. 
3. Kashf qilish texnologiyalari 
4. Ta’lim berish uchun sharoit 
 
  Tayanch tushunchalar:
 
Iqtidor,  milliy mеntalitеt, dunyoqarash , tafakkur, fazilat, talent
,
 
texnologiya 
 
Iste’dodning  o’z  vaqtida  namoyon  bo’lishi,  tarbiyaga  va  qo’llab-quvvatlashga 
bog’liqdir.  Har  qanday  jamiyatga  iste’dodli  shaxslar  zarur.  SHu  nuqtai  nazardan 
iste’dodli  bolalarni  aniqlash,  tarbiyalash  va  o’qitish  respublikaning  bo’lajak  aql-
zakovatli va ijodiy fikrlovchi kuchlarni tayyorlashning yagona manbaidir.  
Ijodiy  qobiliyatlar  rivojini  samarali  amlga  oshirish  uchun  o’quvchilar  iste’dodini 
aniq  taxlil  etish,  bolalarning  o’ziga  xos  psixologik  jihatlarini  va  fazilatlarini  hisobga 
olish zarur. 
Turli  yoshdagi  iste’dodli  o’quvchilarni  namoyon  etishda  xozirgi  kunda,  avvalo 
maktab  pedagogika  jamoasi  ruhiy-diagnostika  tajribalardan  unumli  foydalanishlari 
zarur. 
Yoshlar iste’dodining namoyon bo’lishiga qobiliyaьlarni aniq tahlil etish, bolaning 
o’ziga xos fazilatlarini hisobga olish ijodiy qobiliyatlar rivojini samarali amalga oshirish 
uchun  zarur.  Qobiliyatlarni  rivojlantirish  uchun  jaraja  va  bosqichlari  yangicha 
munosabatlar bilan bog’liq bo’ladi. 
Qobiliyatning  ma’lum  bir  darajadaistalgan  o’quvchida  shakllangan  bo’lishi 
mumkin. Bu esa tashkil etilgan tarbiya va o’quv jarayoni sharoitlarida rivojlantiriladi. 
O’quvchi  yoshlar  qobiliyatini  rivojlantirish  maqsadida  iste’dod  va  iqtidorni  ongli 
rag’batlatirish,  mukammallik  uchun  sharoit  yaratish,  ularning  ijobiy  qiziqishlari  rang-
barangligini  oshirish,  turli  ko’rgazmali  tadbirlarda  ishtirok  ettirish,  olimpiadalar, 
tanlovlar, uchrashuvlarga jalb etish lozim. 
Iste’dodli  bolalarning  taniqli  olimlar  laboratoriyalarida  shug’ullanishi,  shoir, 
yozuvchi,  rassom  kabi  san’at  namoyondalari  bilan  hamkorlik  qilishni  tashkil  etish 
muhim ahamiyatga ega. 
Bolalar  ijodiy  qobiliyatlarini  rivojlantirishda  oila  va  muhitning  ahamiyati  yuksak. 
Ayniqsa  respublikaning  qishloq  joylarida  iqtidorli  bolalarni  izlash,  topi  shva  ularning 
ta’lim va tarbiyasini muntazam ravishda to’g’ri yo’lga qo’yish muhimdir. 

75 
 
Iste’dodli  bolalarni  joylarning  hududiy  xususiyatlarini  hisobga  olib,  ijodiy  kamol 
toptirishda  diagnostik  uslubiyatlar,  o’quv  rejalari  va  o’quv  uslubiy,  tarbiya  va  ta’lim 
dasturlari bilan ta’minlash lozim. 
SHuningdek,  iqtidorli  bolalarni  izlash,  toppish  va  tarbiyalash  uchun  zamonaviy 
moddiy-texnik va moliyaviy jihatdan to’liq ta’minot zarur.  
Iste’dodli  bolalar  salomatligini  muhofaza  qilish  uchun  ularni  ruhiy  zarbalardan 
asrash  yo’llarini  aniqlash,  ruhan  yordam  ko’rsatish,  ruhiy  xayajonlanish  holatlarini 
o’rganish  –  ularning  ijodiy  qobiliyatlarini  rivoji  uchun  sharoit  yaratish  bo’yicha 
tavsiyalar ishlab chiqish darkor. 
Ushbu  vazifalarni  amalga  oshirish  uchun  tarkibiga  Xalq  ta’limi,  Oliy  va  o’rta 
maxsus  ta’lim  vazirliklari  xodimlari,  yetakchi  olimlar  va  mutaxasislar,  ijodkorlar, 
amaliyotchi  o’qituvchilar,  to’garak  rahbarlaridan  iborat  Respublika  metodik  kengashi 
tuzulishi lozim. 
Turli yoshdagi guruhlar iste’dodlarni qidirishning umumiy dasturi zarur. Ommaviy 
o’quv yurtlarida bo’lganidek, maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida ham bu borada 
o’quv dasturi rejalarini ishlab chiqish kerak bo’ladi. 
Iste’dodli  bolalarni  aniqlash,  tarbiyalash  va  o’qitishni  ta’minlash  quyidagi 
omillarga bog’liq: 
-  ushbu  aniqlashning  ijtimoiy  ahamiyatini,  respublikaning  zakovati,  ijodkorligi, 
kuch-qudratini tayyorlashning istiqboli bilan bog’liqligini tushunishga; 
-  ruhiy  diagnostik  uslubiyat,  uslubiy  materiallari  bo’lgani  holda  turli  yoshdagi 
guruhlarda aniqlashning umumiy dasturlari yaratilishiga; 
-  iste’dodli  bolalar  (maxsus  tayyorlangan  rejalar,  dasturlar  va  ilmiy  asoslangan 
uslubiyat  va  hokazo  bo’yicha)  bilan  ishlash  uchun  ixtisoslashgan  muassasalarning 
yagona tarmog’ini targ’ib etishga; 
-  ommaviy  o’quv  yurtlarida  iste’dodli  bolalar  bilan  ishlash  uchun  zarur  o’quv-
dasturiy qo’llanmalarini ishlab chiqishga; 
-  joylarda  mahsus  guruhlar  tomonidan  ishlab  chiqilgan  xalq  ta’limi,  davlat  va 
jamoat  muassasalari,  ijodiy  uyushmalar  tomonidan  tasdiqlangan  dasturlarga  (bu 
dasturlarda iste’dodli bolalar bilan ishlashning istiqbollari va bosqichlari, o’z xududida 
bunday  faoliyat  va  ko’pgina  boshqa  tadbirlar  uchun  mablag’  ajratish  ularni 
ta’minlashga); 
-  qo’yilgan  vazifalarni  hal  qilishga  keng  jamoatchilik  diqqatini  jalb  qilishga, 
respublika metodik kengashining tuzilishiga (bu kengash tarkibiga Xalq ta’limi, Oliy va 
o’rta  maxsus  ta’lim  vazirliklari,  xalq  ta’lim  boshqaruv  organlari  xodimlari,  yetakchi 
olimlari  va  mutaxassislari,  ijodiy  uyushmalar,  amaliyotchi  o’kituvchi,  maktabdan 
tashqari ta’lim muassasalari to’garak raxbarlari kiradilar); 
- ilmiy tadqiqotlar maktablar uchun me’yoriy xujjatlar, sinf ishlanmalari majmuiga, 
iste’dodli  o’kuvchilar  haqida  ma’lumotlar  manbaini  yaratishga,  ularni  o’qitish  va 
tarbiyalashning  (tabaqalashtirish,  individuallashtrish,  insonparvarlashtirish)  yagona 
uslubiy asosini yaratishga bog’liq. 
Iste’dodli  va  iqtidorli  bolalarning  o’kituvchi  hamda  tarbiyachilari  alohida 
iste’dodlar uchun turlicha o’kuv reja va dasturlariga ega bo’lishlari maqsadga muvofiq. 
Iqtidorli  bolalar  va  istedodli  yoshlarni  aniqlash  va  o’qitish  uslubiyati,  psixologik-
pedagogik  va  tashkiliy  sharoitlarini  yaratish.  maxsus  o’kuv  dasturlari  va  progressiv 

76 
 
pedagogik  texnologiyalar  ishlab  chiqish  uchun  eng  yaxshi  pedagog  va  olimlarni  faol 
ishtirokini ta’minlash. 
Iqtidorli  bolalar  va  iste’dodli  yoshlarni  chet  ellarda  umumiy  va  kasbiy  jihatdan 
tayyorgarlikdan  o’tkazishga  qaratilgan  sobit  qadam  faoliyatni  amalga  oshirish. 
Akademik  litseylarning  o’quvchilariga,  birinchi  navbatda  iqtidorli,  yuksak  iste’dod 
sohiblariga, bilimning tegishli sohalari va fanning aniq yo’nalishlari bo’yicha o’z tabiiy 
qobiliyatlarini  namoyon  etish  va  rivojlantirish,  o’zlaridagi  noyob  iste’dodni  ro’yobga 
chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratish.    
 
Iqtidorli bolalar bilan o`tkaziladigan tadbirlar.                                                                                           
 
Iqtidorli  o‘quvchi  bilan  qanday  ishlash  kerak?  Bu  —  ko‘pchilik   o‘qituvchilar 
oldida muammo bo‘lib kelayotgan savol. Har bir sinfda iqtidorli bolalar bor. U qanday 
bola? Iqtidorli bola — ziyrak, qiziqqon, xotirasi kuchli, e’tiborli, mantiqiy fikrlaydigan, 
ko‘p  savol  berib,  bilishga  intilayotgan,  turli  masalalarni  tez  va  oson  yecha  oladigan 
o‘quvchidir. Aqliy sog‘lom bolalarni oddiy, iqtidorli va o‘ta iqtidorli guruhlarga ajratish 
mumkin. 
Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturida  «Iqtidorli  bolalar  va  iste’dodli  yoshlarni 
aniqlash va o‘qitish uslubiyati, psixologik-pedagogik va tashkiliy sharoitlari yaratiladi, 
bunday  bolalar  va  yoshlarga  oid  ma’lumotlarning  respublika  banki  va  monitoringi 
shakllanadi.  Maxsus  o‘quv  dasturlari  va  progressiv  pedagogik  texnologiyalar  ishlab 
chiqish  uchun  eng  yaxshi  pedagog  va  olimlar  jalb  qilinadi,  o‘quv-tarbiya  jarayonida 
ularning  faol  ishtiroki  siyosat  va  iqtisodiyotni,  madaniyat  va  san’atni  o‘rgatish 
markazlari qabilidagi hamda milliy (elita) ta’lim muassasalari tashkil etiladi. 
      Iqtidorli  bolalar  va  iste’dodli  yoshlarni  chet  ellarda  umumiy  va  kasbiy  jihatdan 
tayyorgarlikdan  o‘tkazishga  qaratilgan  sobit  qadam  faoliyat  amalga  oshiriladi. 
Akademik  litseylarning  o‘quvchilariga,  birinchi  navbatda  iqtidorli,  yuksak  iste’dod 
sohiblariga,  bilimning  tegishli  sohalari  va  fanning  aniq  yo‘nalishlari  bo‘yicha  tabiiy 
qobiliyatlarini  namoyon  etish  va  rivojlantirish,  o‘zlaridagi  noyob  iste’dodni  ro‘yobga 
chiqarish  uchun  keng  imkoniyatlar  yaratiladi»,  deyilgan.  Bu  vazifalarni  bajarish  har 
birimizdan tinimsiz mahorat va ijodiy izlanishni talab etadi. 
Hozirgi kunda ta’limda iqtidorli o‘quvchi-yoshlarga alohida e’tibor berilayapti. Ularga 
chuqur  bilim  berish,  qobiliyatini  rivojlantirish,  iqtidorini  o‘stirish  ishlari  tobora 
rivojlanmoqda. 
Bolalarning  qobiliyati,  iste’dodini  rivojlantirish  uchun  ixtisoslashgan  maktablar  va 
sinflar  tashkil  etilgan.  Iqtidorli  o‘quvchilarning  aksariyati  san’atga,  she’riyatga, 
musiqaga,  sportga  qiziqadi.  Shuning  uchun  fan  va  yo‘nalishlar  bo‘yicha  to‘garaklar 
faoliyat  ko‘rsatayotir.  Iqtidorli  bolalarni  qobiliyatiga  qarab  musiqa  maktablari,  sport 
maktablari,  san’at  studiyalari,  ijodiyot  klublari  va  saroylari,  kutubxonalarga  jalb  etish 
shu kunning dolzarb vazifalaridan bo‘lib turibdi. 
Ma’lumki,  har  bir  sinfda  iqtidorli  bolalar  bor.  O‘qituvchilar,  sinf  rahbari  ulardan 
guruhlar  tuzib,  qo‘shimcha  topshiriqlar  bersalar,  ular  bilan  alohida  ishlasalar,  darslar 
davomida  ham  bunday  o‘quvchilarga  mavzuni  kengroq,  qo‘shimcha  manbalardan 
foydalangan  holda  tushuntirsalar,  muammoli  savollar  bersalar  o‘quvchi  uchun  ham 
o‘qituvchi uchun ham yaxshi bo‘lar edi. Ixtisoslashtirilgan, ya’ni iqtidorli bolalar uchun 
darslarni  yuksak  saviyada  qiziqarli,  ilmiy  jihatdan  yuqori  darajada  qilib  o‘tkazish 
zarurdir. Bu o‘qituvchidan katta mas’uliyat va mahoratni talab etadi. 

77 
 
«Matematika» faniga yo‘naltirilgan (ixtisoslashtirilgan) sinflarni olaylik. 
Bunday  sinfga  matematik  qobiliyatga  ega  bo‘lgan,  ziyrak,  kuchli  xotiraga  ega,  aqlli, 
mantiqan  fikrlaydigan  zukko  bolalar  tanlab  olinadi.  Tanlab  olingan  bolalar 
ixtisoslashtirilgan  sinfning  o‘quvchilari  hisoblanib,  ular  ixtisoslashtirilgan  sinf 
(maktab)ning qoidalariga to‘liq rioya qilishlari kerak. 
Iqtidorli o‘quvchilar haqida nimalarni bilish lozim? 
Iqtidorli bola bo‘sh vaqtida nima bilan shug‘ullanishini, unga qanday kitoblar yoqishini, 
qanday  ko‘rsatuv,  eshittirish,  gazeta-jurnallarga  qiziqishini  qanday  o‘yinlar, 
mashg‘ulotlarni  ishtiyoq  bilan  bajarishini  aniqlash  zarur  bo‘ladi.  Bu  ma’lumotlar 
o‘quvchilar bilan yakka tartibda ishlanganida hamda dars jarayonida asqotadi. 
Darslarda  faqat  matematika  bilan  chegaralanibgina  qolmay,  balki  o‘quvchilarga 
kompyuter  savodxonligini,  shaxmat  o‘yinini  ham  o‘rgatish  foydadan  xoli  bo‘lmaydi. 
Chunki  kompyuterni  o‘rganish  matematikani  yanada  chuqur  bilishga  yordam  bersa, 
shaxmat  o‘yini  o‘quvchini  fikrlashga,  aqlini  charxlashga  xizmat  qiladi.  Matematikaga 
ixtisoslashtirilgan  sinflarda  «Matematik  kechalar»,  «Kompyuter  bilimdoni», 
«Geometrik  jismlar  yasash»,  «Eng  yaxshi  matematik  boshqotirma  tuzish»  tanlovlari, 
o‘quvchilar orasida shaxmat musobaqasini o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. 
Darslarda  o‘qituvchi  darslikdagi  barcha  misol-masalalarni  yechishdan  tashqari, 
qo‘shimcha matematik adabiyotlardan foydalanib, o‘tilgan mavzuga mos masala, misol, 
topshiriqlar  berilsa,  o‘quvchining  bilimi  oshishi  bilan  bir  qatorda,  unda  turli 
murakkablikdagi misollarni yechishga malaka hosil bo‘ladi. 
Matematikaga  ixtisoslashgan  sinflarda  o‘quvchilar  DTS  talablariga  asosan  berilgan 
masalalarni  mustaqil,  qisqa  shart  tuzib  yechishlari,  misol-tenglamalarni  mustaqil 
yechishlari, darslikdagi mavzularning savollariga qiynalmay javob berishlari kerak. 
Darsda  mavzuga  bog‘lab  va  darsdan  tashqari  bunday  sinf  (maktab)  o‘quvchilariga 
kompyuter savodxonligi va shaxmat o‘yini o‘rgatib boriladi. Chunonchi, matematikaga 
ixtisoslashtirilgan sinflarning o‘quvchilari bilan darsdan keyin o‘tkaziladigan tadbirlarni 
hafta davomida quyidagicha rejalashtirish mumkin: 
                                    Haftalik tadbirlar 
№     Kunlar          O‘tkaziladigan  tanlov — musobaqalar 
1       Dushanba       «Yosh matematik»    tanlovi 
2       Seshanba        «Geometrik  jismlar yasash»   tanlovi 
3       Chorshanba    O‘quvchilar orasida shaxmat musobaqasi 
4       Payshanba      «Kompyuter  bilimdoni»  tanlovi 
5       Juma              «Eng yaxshi  matematik boshqotirma tuzish» tanlovi 
6       Shanba           «Matematik kecha» yoki «Zakovat» o‘yini 
 
        Eslatma: Shanba  kuni  toq  sanaga  to‘g‘ri  kelsa  «Zakovat»  o‘yini  o‘tkaziladi,  juft 
sanaga to‘g‘ri kelsa «Matematik kecha» o‘tkaziladi. 
Agar  bu  reja  bo‘yicha  o‘quv  yili  davomida  darsdan  keyin  yuqoridagi  tadbirlar 
o‘tkazilsa, o‘quvchilarning bilimi, qobiliyati, mantiqiy fikrlashi ortadi. 
Matematikaga  ixtisoslashtirilgan  sinflarning  o‘quvchilari  bilan  darsdan  keyin 
o‘tkaziladigan tadbirlarni oy davomida quyidagicha rejalashtirish mumkin: 
                 Oylik tadbirlar 
№     Oylar            O‘tkaziladigan        tadbirlar 
1     Sentyabr        «Matematika  tarixini o‘rganamiz» 

78 
 
2     Oktyabr         «Raqamlar olamida» 
3     Noyabr          «Buyuk matematiklar ijodidan» 
4     Dekabr          «Kim ko‘p matematik yangiliklarni biladi?» viktorinasi 
5     Yanvar       «Matematika mamlakatining qiroli» tanlovi 
6     Fevral        «Matematik she’riyat kechasi» 
7     Mart           «Matematika mamlakatining qirolichasi» tanlovi 
8     Aprel          Texnika olamiga sayohat 
9     May           «Eng yaxshi matematik o‘yinni tuzish» tanlovi 
Bu  tanlov-tadbirlar  yil  davomida  oyma-oy  o‘tkaziladi.  Agar  matematikaga 
ixtisoslashtirilgan  sinf  (maktab)  o‘qituvchilari  yuqoridagi  haftalik  va  oylik  reja-
jadvallardan  foydalanib,  iqtidorli  o‘quvchilarning  darsda  va  darsdan  keyin  ta’lim 
olishini  rejalashtirsa,  yaxshi  natijaga  erishadi.  Yuqori  natijalar  esa,  yurtimizning 
kelajagi  bo‘lgan  yoshlarning  barkamol,  yetuk,  ilmli  bo‘lib  voyaga  yetishlariga  zamin 
yaratadi va bu yurtimizning ravnaq topishida o‘z ifodasini ko‘rsatadi. 
Iqtidorli  bolalarni,  shuningdek,  diqqatni  nimagadir  yuqori  darajada jamlay  olish, 
unga  qiziqarli bo‘lgan  sohada natijaga erishishga qunt bilan intilishi ajratib turadi. Shu 
bilan  birga,  ularning  ko‘pchiligiga  xos  bo‘lgan  turli-tuman  qiziqishlari  ba’zan  shunga 
olib  keladiki,  ular  bir  nechta  ishni  bir  vaqtda  boshlashadi,  shuningdek,  nihoyatda 
murakkab  vazifalarni  o‘z  zimmalariga  oladilar.  Ularda,  shuningdek,  aniq  sxema  va 
klassifikatsiyalarga  qiziqish  bo‘ladi.  Masalan,  ular  turli  xil  jadvallar  tuzish,  tarixiy 
faktlar, sanalarni sistemalashtirishni yaxshi ko‘rishadi. 
Biroq, 
umuman 
olganda, 
iste’dodli 
bolalarni 
diagnos- 
tikalash  mumkin,  agar  ular  ulkan  fikrlash  mustaqilligi  bilan  ajralib  turishsa,  nozik 
yumor tuyg‘usi, ishni tashkil qilish va tartibga e’tibor bermaslik ularga xosdir. Ularning 
asosiy  ustunliklaridan  biri  shundan  iboratki,  ular  umumqabul  qilingan  tushunchalarga 
jur’at  bilan  shubha  bildiradilar,  ular  hamma  narsaga  istehzo  bilan  qarashadi  hamda 
avtoritetlarni  ham  hurmat  qilishadi.  Ularni,  odatda,  atrofdagilarning  mavqei  va 
qarashlarini  idrok  qilish  hayajonga  solmaydi,  ular  umum  qabul  qilingan  nuqtai 
nazarlarni  ajratmaydilar.  Shuning  uchun  ular  bolaligida  —  o‘qituvchilariga, 
ulg‘ayganlarida  —  boshliqlariga  ko‘plab  tashvish  keltirishadi...  Ammo  aynan  ular 
to‘g‘risida mashhur pedagog va psixolog Sh.Amonashvili mehr bilan o‘rinli gap aytgan: 
«Shumtakalar — taraqqiyot dvigatelidir»... 
Kashf qilish texnologiyalari 
Aksariyat  ota-onalar,  shuningdek,  pedagoglar  ham  ba’zan  turli  xil  testlarga 
sidqidildan  ishonishadi,  ular  iste’dodni  kashf  qilish  imkonini  beradi,  deb  bilishadi. 
Testlardan  keng  foydalanadilar  hamda  so‘ngra  bolalarni  osongina,  hatto  yuzakilarcha 
«iqtidorli»  va  «iqtidorsiz»ga  ajratib  qo‘yishadi.  Shuni  bilish  va  esda  tutish  kerakki, 
qandaydir  bir  metodika  yordamida  buni  amalga  oshirish  mumkin  emas,  negaki,  bu 
kompleks, juda uzoq vaqt davom etadigan, eng asosiysi, alohida professional yetuklikni, 
sezgirlikni,  nazokatlilikni  talab  etadigan  jarayondir.  Bugungi  kunda  amalda  bo‘lgan 
favqulodda  qobiliyatga  ega  bolalarni  kashf  qilish  diagnostika  tizimi  —  bu  juda 
murakkab   tizim  bo‘lib,  ba’zan  mutaxassislarning  o‘zlari  uchun  ham  ziddiyatli 
jarayondir.  Ko‘plab  mutaxassislar  shundan  haqqoniylik  bilan  ta’kidlaydilarki, 
taxminlardagi ko‘p sonli xatoliklar nafaqat takomillashmagan testlar bilan, balki, iqtidor 
fenomenining o‘zining murakkabligi va ko‘pqirraliligi bilan izohlanadi. 

79 
 
Oddiy  kishilar  tushunchasida  iqtidor  testi  faqatgina  aqliy  salohiyatni  aniqlovchi  JQ 
testlari  bilan  assotsiatsiyalanadi.  Har  bir  iste’dod  uchun  har  qanday  holatda,  aytib 
o‘tganimizdek,  turli  ko‘rinishdagi  testlar  mavjud.  Ulardan  eng  ko‘p  tarqalganlari  — 
Ketell,  Aitxauer,  Ravenning  intellektni  aniqlash  testlari,  Gilford,  Garrensning  ijodiy 
salohiyatini  aniqlash  testlari,  D.Bogoyavlenskayaning  «kreativ  maydon»  metodi, 
Ye.Tunik  testi,  Jonson  so‘rovnomasi  va  boshqa  ko‘plab  testlar  butun  psixologlar 
tomonidan keng foydalanilmoqda. Ularni qo‘llashning  o‘ziga xos nozik tomonlari ham 
mavjud.  Masalan,  intellektual  iqtidor  universal  shaxsiy  xarakteristika  sifatida  ko‘rib 
chiqilmasligi kerak. Taniqli amerikalik olim P.Torrens o‘z o‘quvchilarini kuzatar ekan, 
shunday  xulosaga  keldiki,  ijodiy  faoliyatda  (gap  ijodkorlik  iqtidori  haqida  bormoqda) 
yaxshi  o‘qiydigan  bolalar  ham,  JQ  yuqori  darajada  bo‘lgan  bolalar  ham  muvaffaqiyat 
qozonavermaydilar. Aniqrog‘i, bu shartlar ishtirok etishi mumkin, ammo  yagona shart 
bo‘la olmaydi. Ijod uchun boshqa nimadir zarur. Ba’zi amaliyotchilar fikricha, boshqa 
amaliy va ob’ektiv metodlar ham bor. Masalan, kuzatuv, bolani hech narsa qilmasdan, 
faqatgina  uzoq  vaqt  kuzatsangiz  qandaydir  individualliklarini  farqlaysiz.  Uning 
iste’dodliligini  tahlil  qilish  uchun  faqatgina  o‘ziga  tegishli  bo‘lgan  qandaydir 
xususiyatlarini  namoyon  qilish  yoki  har  tomonlama  kuzatuv  yo‘li  bilan  olingan  yaxlit 
xarakteristika  zarur.  Kuzatuvning  afzalligi  yana  shundan  iboratki,  u  tabiiy  sharoitlarda 
olib  borilishi,  bu  esa  kuzatuvchiga  yanada  nozik  jihatlarni  payqash  imkonini  berishi 
mumkin.  Diagnostikada  tabiiy  eksperimentning  ham  takrorlanmas  o‘rni  bor,  masalan, 
odatiy  maktab  darsida  yoki  to‘garak  mashg‘ulotlarida  tadqiqot  uchun  zarur  vaziyat 
yaratilganida,  bu  bola  uchun  mutlaqo  odatiy  hol  bo‘lishi  hamda  u  o‘zining  maxsus 
kuzatilayotganini  sezmasligi  ham  mumkin.  bunday  holatda  asosiysi  va  eng  muhimi, 
bola  iqtidori  belgilarini  kuzatish  va  rivojlanishini  o‘rganish  zarurligi  g‘oyasi 
hisoblanadi.  Biografik  metod  iste’dodni  namoyon  qilish  va  o‘rganishda  katta  qiziqish 
uyg‘otadi.  Hayot  yo‘lini  o‘rganish  ayni  damda  sinovdan  o‘tayotgan  xususiyatlarni 
tushuntirishga  samaraliroq  yondashuv  bo‘lgani  singari  kelajagini  taxmin  qilish  usuli 
sifatida  ham  keng  tarqalgan.  Biografik  metodlar  bevosita  bolaga  mo‘ljallangan,  ota-
onalar,  tarbiyachilar,  pedagoglar  uchun  alohida  so‘rovnomalar,  shuningdek,  ular  bilan 
suhbat  va  intervyulardan  iborat  bo‘lishi  mumkin.  Ota-onalarga  beriladigan  savollar 
taxminan quyidagi tarzda bo‘lishi mumkin: «Bola qandaydir bir buyumdan g‘ayriodatiy 
tarzda  foydalangan  holat  bo‘lganmi?»,  «Bolangiz  o‘z  o‘yinlari,  ermaklarini  o‘ylab 
topadimi?» 
Zamonamizning ko‘plab psixolog-olimlari, ayniqsa, amerikaliklar yangi diagnos- 
tik  metodikalar  ichida  biografik  so‘rovnomalar  birinchi  planga  chiqadi,  deb 
hisoblashadi, negaki, ularni ham bolalarga, ham o‘smirlarga nisbatan qo‘llash mumkin. 
Ular  iqtidor  imkoniyatlarini  namoyon  qilish  va  uning  yutuqlarini  taxmin  qilishda 
an’anaviy  testlardan  ko‘ra  ishonchliroq,  deb  hisoblaydilar.  Bunday  metodning 
afzalligini  e’tirof  etish  an’anaviy  intellekt  va  kreativlik  testlaridagi  kamchiliklarni 
ko‘rsatish imkonini berdi. 
Shuni  unutmaslik  lozimki,  iste’dodni  namoyon  etishga  kompleks  yondashuv 
xatoliklardan butunlay xoli emas. Natijada iqtidorli bola e’tibordan chetda qolishi yoki 
aksincha,  iqtidorli  bolalar  qatoriga  bunday  bahoni   hatto  unga  barcha  zarur  sharoit 
yaratib  berilganida  ham  keyingi  faoliyatida  oqlay  olmaydigan  bola  qo‘shilib  qolishi 
ham mumkin. Shuningdek, iqtidorning u yoki bu yosh xususiyatlari bilan aloqasi hamda 
yosh  o‘zgarishlari  jarayonining  o‘zini  nazardan  qochirmaslik  lozim.  Va  yana  eng 

80 
 
asosiysi,  hech  qachon  esdan  chiqarish  mumkin  emaski  —  diagnostika  faqat  va  faqat 
professional  tayyorgarlikka  ega,  iqtidorli  bolalar  bilan  ishlash  bo‘yicha  katta  tajribaga 
ega psixologlar tomonidan o‘tkazilishi lozim. 
Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish