Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti masofaviy ta



Download 1,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/14
Sana10.01.2020
Hajmi1,52 Mb.
#33136
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
ТИМ УМК МС 2-курс 19-20


 
 
 
3-Mavzu: Oilada bola tarbiyasida milliy an’analardan foydalanish.  Ota-onalarga 
tarbiyaga oid bilimlar berish 
REJA: 
1.Milliy sharqona tarbiya mezonlari. 
 2.Milliy ma`naviyat haqida tushuncha.                                                                                                 
 3.O’zbek xalqining o’ziga xos milliy an’analari.                                                                          
 4.Buyuk  allomalarimiz  milliy-ma’naviy  merosning  bola  tarbiyasidagi  ahamiyati 
haqida. 
 
          Davlatimiz    sobit  qadamlar  bilan  o’z  taraqqiyot  yo’lida  bormoqda.  Bu    yo’l  
milliy  xususiyatlar,  qadriyatlarni  tiklash,  saqlash,  rivojlantirish,  milliy  g’ururimizni 
uyg’otish,  vatanparvarvarlik  va  umuminsoniy  qadriyatlarga  asoslangan  mafkura 
negizida kamolotga erishish yo’lidir.  
         Milliy  odob,  miliy  e’tiqod,  iymon,  diyonat  kabi  insonning  butun  milliy 
xususiyatiga bog’liq fazilatlarni  yosh avlodning shaxsiy  sifatlariga aylantirish dolzarib 
vazifadir.  Milliy  tarbiya  mezonlarini  belgilashda  mustaqil  O’zbekistonning  ijtimoiy 
buyurtmasi  bo’lmish  ijobiy  sifatllar;  milliy  iftixor,vatanparvarlik,  millatlararo  muloqot 
madaniyati,  milliy  odob,  vijdoniylik,  imon-e’tiqod,  milliy  istiqlol  mafkuraviy  ongini 
rivojlantirish zarur.Ularning aksi bo’lgan salbiy sifatlar: milliy befarqlik, vatanfurushlik, 
xoinlik,  manqurtlik,  millatchilik,  mahalliychilik,  vijdonsizlik,mafkurasizlik  kabilarga 
nafrat uyg’otish darkor. Bu ishlarni bir-biri bilan uzviy bog’lab olib boorish o’qituvchi-
tarbiyachilar  tomonidan  maxsus  mezon  qilib  olinishi  kerak.  Milliy  tarbiya  mezonlarini 
belgilashda o’quvchilarning yoshi, aqliy imkoniyatlari e’tiborga olinadi.                                                                                              
Ma’naviyat-(arab  tilidan  olingan  bo’lib,    “ma’nolar  majmui”  degan  ma’noni 
bildiradi)  kishilarning  falsafiy,  huquqiy,  ilmiy,  badiiy  ,axloqiy,  diniy  tasavvurlari      va 
tushunchalari  majmuidir.  Ma’naviyat  insoning  butun  umri  davomida  uning  kuchiga 

92 
 
kuch qo’shishga xizmat qiladi, qadriyatlar, davlat, millat, shaxsning bebaho xazinasi va 
taraqqiyot  manbaidir.  Har  bir  millatning  ma’naviy  boyligi  milliy  va  umuminsoniy 
qadriyatlarning  birligidan  tashkil  topadi.  Ma’naviy  meros  o’tmishning  yutug’i.  Uni 
to’la,  odilona  egallash  va  rivojlantirish  esa  hozirgi  avlodlarning  vazifasidir.  O’z 
madaniy merosini, qadriyatlarini bilmaslik yoki mensimaslik madaniyatsizlikdir. Ularni 
boyitib, yuksak darajaga ko’tarishga intilmaslik esa millat va uning istiqboli uchun katta 
ziyondir.  Ma’naviyati  yuksak  darajada  rivojlangan  insongina  Vatan    ravnaqi  uchun 
kurashga o’zida kuch va qudrat topa oladi.                                                              
         Asrlar  davomida  xalqning  ma’naviy  ehtiyoji,  talabi  asosida  yaratilgan 
qadriyatlarida olg’a surilgan ilg’or g’oyalarni o’z ongida yaxlit shakillantirgan, ularning 
mohiyatini  amaliy  faoliyatida  namoyon  qila  oladigan,  oilaning,  xalqning,  jamiyatning 
ma’naviy  rivojlanishiga  bevosita  yoki  bilvosita  ta’sir  ko’rsatadigan  shaxs  ma’naviy 
madaniyatli  hisoblanadi.  Milliy  va  umuminsoniy  ma’naviyat  va  qadriyatlardan  to’la 
bahramand  bo’lmagan,  ona  tilini  bilmagan,  jamiyatning  har  tomonlama  rivojlanishiga 
ongli ravishda hissa qo’shgan inson ma’naviy qashshoqdir.  
        Manaviy  qashshoqlik  esa  xalqni,  millatni,  umuman  jamiyatni  tanazzulga  olib 
boradi.  Ma’naviy  madaniyat  manbalarini  o’rganish,ularda  olg’a  surilgan  g’oyalarga 
amal  qilish,  ularni  kelgusi  avlodlar  ongiga  singdirish  jamiyat  har  bir  a’zosining  vijdon 
oldidagi,Vatan  oldidagi  burchidir.  Har  bir  fuqaroning  o’z  burchi  va  majburiyati 
mohiyatida  ma’naviyat  va  axloqiylikni  qayta  tiklash;  o’zbek  xalqi  asrlar  mobaynida 
yaratgan  madaniy  boyliklarni,  noyob  tarixiy  obidalarni  avaylab  saqlash  va  kelgusi 
avlodlarga  etkazish  tadbirlarini  ko’rish;  qadimiy  va  zamonaviy  xalq  qadriyatlarini, 
adabiyot  san’atni  bilish  va    rivojlantirish;  o’zbek  tilini  taraqqiy  ettirish,  respublikada  
yashovchi  boshqa  xalqlar  madaniyatiga,  tiliga  hurmat  bilan  munosabatda  bo’lish; 
hurfikrlilik,  vijdon  va  din  erkinligini  qaror  toptirish;  ma’naviy  mulkni  milliy  qadriyat 
sifatida  himoya  qilish;  oilani  milliy  qadriyatlar  asosida  mustahkamlash;  ta’lim 
tizimining  barcha  bo’g’inlarida  umuminsoniy  va  milliy  qadriyatlarning  mazmuni  va 
mohiyatini chuqur o’rganishga erishish kabi shartlarni amalga oshirish lozim.                                                                                                                        
        Umumiy  ta’lim    oldiga    qo’yilgan  muhim  maqsad-  umuminsoniy    va  miliy  qadri-
yatlarga  tayangan  holda  ta’lim-tarbiyaning  mazmunida  insonparvarlik  g’oyasini 
kuchaytirish,  xalqchillashtirish,  uning  uzviyligi,  izchiligi,  ilmiyligi  va  dunyoviyligi 
asosida  yoshlarda  ma’naviy  madaniyatni  shakllantirishdan  iboratdir.  O’zbekiston 
Respublikasining  “Ta’lim  to’g’risida”gi  qonunida  qayd  qilinganidek,  ”…ta’limda 
umuminsoniy  va  milliy  madaniy  qadriyatlarning  ustivorligi”  ta’lim  sohasida  davlat 
siyosatining asosiy tamoyillaridan biridir.Jamiyat rivojlanib borgan sari insonlar, xalqlar 
millatlar o’rtasidagi ma’naviyat munosabat va aloqalar rivojlanib boraveradi. Bu borada 
ma’naviyatni 
besh 
guruhga 
bo’lib 
o’rganish 
mumkin.                                                                                                                                                              
Milliy  ma’naviyat  esa-    muayyan  millatga,  uning  ajdodlariga  xos  bo’lgan  qimmatli 
ma’naviy  boylikdir.  Milliy  ma’naviyat  avvalo  tarixiy  hodisa  ekanligi  bilan  ajralib 
turadi.                                                                                                                             

93 
 
Shaxs ma’naviyati- bu har bir shaxsga tegishli bo’lib ,uning ichki ruhiy holati,  xatti-
harakatlarini oz’ ichiga oladi.                                                                                                         
Mintaqaviy ma’naviyat esa- muayyan geografik mintaqa millatlariga xos, ular  uchun 
umumiy bo’lgan manaviy boylikdir.                                                                                              
  Umuminsoniy  ma’naviyat-  bu  butun  insoniyatga,  jahon  xalqlariga  tegishli  bo’lgan 
ma’naviy- axloqiy boylikdir.                                                                                                                      
 Milliy  tuyg’u-  shaxslar  aro  munosabat    jarayonida,  yuksak  ma’naviy  ichki  tug’-
yonlarda, ijodiy g’oyalar tug’ilishida,milliy zavq kabi ichki kechinmalarda    aks etadi.                                                                                                                                                              
Milliy  meros-intelektual  sohada  o’tmishdagi  ajdodlarimizdan  avloddan-avlodga  o’tib 
kelayotgan 
aqliy 
faoliyat 
natijalari, 
donishmandlarimiz 
ijodi 
namunalari, 
allomalarimizning  adolatli  jamiyat  va  komil  inson  tarbiyasi  haqidagi  ta’limotlardir. 
Ta’lim-tarbiya jarayonida vatanimiz tarixi, madaniyati, ilm-fan arboblari, mutafakkirlar, 
ma’rifatparvarlar to’g’risidagi bilim berish o’quvchilarda g’urur     va  iftixor tuyg’usini 
vujudga  keltiradi.  O’zbekistonnning  fan  va  texnikasi,unumdor  yeri,  tuprog’i,  saxiy  va 
zaxmatkash  xalqi,  foydali  qazilmalari,  jahon  va  umumxalq  bozoridagi  paxtasi,  ipagi, 
qorako’l,  oltini salmog’i ochib berilishi  o’quvchilarda milliy ongini o’stiradi,   milliy 
o’z  -o’zini  anglashni  tantilik,  sadoqatlilik,  poklik,  odoblilik  fazilatlari  milliy 
xarakterning  eng  muhim  jihati  hisoblanadi.  Ushbu  xislatlarni  ta’lim-tarbiya  jarayonida 
o’quvchilar  ongida  shakllantirish,  ular  ruhiyatini  xalq  durdonalar  bilan  boyitish, 
qadriyatlarning oqilona tadbirlariga e’tiborini qaratish maqsadga muvofiqdir.  
        Buyuk  sharq  allomalarining  milliy-ma’naviy  merosi  bola  tarbiyasida  muhim 
ahamiyatga egadir. Buyuk o’zbek shoiri Alisher Navoiy badiiy merosi juda  boy va kop 
qirralidir. U she’riy devonlar va yirik dostonlar yaratish bilan birga Markaziy Osiyoning  
XV  asrdagi  ma’naviy  hayotni  aks  ettiradigan  nasriy  asarlar  va  ilmiy  risolalar  ham 
yozgan.  Navoiy  ilmiy  va  adabiy  asarlarni  yaratishda  o’z  davridagi  olimlar,  adiblar  va 
shogirdlariga  namuna  bo’lgan.  Uning  deyarli  barcha  asarlari  tarbiyaviy-marifiy 
ahamiyatga  ega.  Shoirning  besh  dostondan  iborat  shoh  asari,  “Xamsa”  da  inson 
kamolotining  barcha  masalalari  qamrab  olingan.Unda  o’sha  davr  uchun  dolbzarb 
axloqiy, tarbiyaviy, ijtimoiy-falsafiy fikrlar bayon qilingan. Adolat, muruvvat, saxiylik, 
odob, kamtarlik, qanoat, insof, ishq-vafo rostgo’ylik, do’stlik, o’zaro yordam va boshqa 
ajoyib  fazilatlar,  oddiy  mehnatkashning    jamiyatdagi  o’rni  ifodalangan.  Ana  shu 
olijanob 
fazilatlar 
ta’rifida 
alohida-alohida 
hikoyalar 
berilgan.                                                                                                                 
Navoiyning  didaktikaga  oid  asarlaridan  eng  muhimi  yuqorida  aytilgan  ,,Mahbubul 
qulub’’dir.  Kitob  uch  qismdan  iborat.  Birinchi  qismda  jamiyatning  turli  tabaqalari 
to’g’risida,  ikkinchi  qismda  axloq  va  olijanoblik  fazilatlar  to’g’risida    so’z  yuritilgan. 
Uchinchi qismda esa tarbiyaviy  va marifiy ahamiyatga ega bo’lgan hikmatli so’zlar va 
maqollar berilgan.                                                                                               
Davlatimiz mustaqillikka erishgan hozirgi davrda buyuk bobomiz Navoiy merosini yosh 
avlodga  chuqur  o’rgatishimiz  zarur.  Zeroki,u  o’z  asarlarida  milliy  iftixor,  xalqqa,  ona 
tiliga,Vatanga mehr-muhabbat bilan qarash g’oyalarini targ’ib qilgan. 

94 
 
  Tayanch so’zlar: Manaviyat, an`ana, milliy urf-odat,milliy qadriyat, shaxsiy 
ma`naviyat, mintaqaviy ma`naviyat, umuminsoniy ma`naviyat,milliy tuyg`u,milliy 
meros, tarbiyachi, pedagogik talab,  
 Mavzu yuzasidan savollar:                                                                                       1. 
Milliy urf-odat deb nimaga aytiladi? 
2. Milliy qadriyat deb nimaga aytiladi? 
3. Umuminsoniy ma`naviyat  deb nimaga aytiladi? 
4. milliy meros  deb nimaga aytiladi?    
5. Xalqimizga xos bo’lgan milliy urf-odatlarni to’plang.
                                                         
Mustaqil ish: Milliy urf-odatlar mavzusida ijodiy ish tayyorlash
                                      
Amaliy ish: Milliy urf-odatlar asosida referat tayyorlash. 
 Foydalanish uchun adabiyotlar ro’yhati:                                                                                 
1. R.Mavlonova” Tarbiyaviy ishlar metodikasi”                                                                 
2. Y.Rasulova  ,D.Maqsudova  « Tarbiyaviy ishlar  metodikasi » 
3. Tarbiyaviy ishlar metodikasi fani bo’yicha davlat ta’lim standarti va o’quv dasturi 
4.O’quvchi ma’naviyatini shakllantirish. 
5. Abdulla Avloniy “Turkiy guliston yohud axloq  
 
 
 
 
4-Mavzu: Oilada bola tarbiyasi 
REJA: 
1. Oila – jamiyat negizi 
2. Oilada bolalarni to‘g‘ri tarbiyalashning yo‘l-yo‘riqlari 
 
Oila  –  tarbiya  o`chog`i.  Oila  –  jamiyat  negizi.  Har  bir  insonda  ilk  yoshligidan 
boshalb  ongida  shakllanadigan  barcha  insoniy  fazilatlar,  ezgu  niyat,  maslaklar, 
qadriyatlar  takomil  topadigan,  mafko’raviy  va  ma`naviy  tarbiya  amalga  oshiriladigan 
muhitdir. O`zbek oilasi o`zida ko`p asrlik mustahkam ma`naviy qadriyatlarimiz ravnaq 
topadigan  shunday  maskanki,  uning  barqarorligi  va  mustahkamligi  jamiyatimiz 
rivojining  muhim  omillaridan  biridir.  Bu  haqda  Prezident  I.A.Karimov  “Yuksak 
ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida shunday yozadi: “Har qaysi millatning o’ziga xos 
ma’naviyatini  shakllantirish  va  yuksaltirishda  xech  shubhasiz,  oilaning  o’rni  va  ta’siri 
beqiyosdir.  Chunki  insonnig  eng  sof  va  pokiza  tuyg’ulari,  ilk  hayotiy  tushuncha  va 
tasavvurlari birinchi galda oilada shakllanadi”. 
Agar oiladagi muhit sog`lom bo`lsa, unda kamol topayotgan yosh avlod qalbi va 
ruhiga ezgu xususiyatlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni, milliy istiqlol g`oyasini 
singdirish uchun qulay sharoit yaratilgan bo`ladi. 
Oila  manfaatlarini  ta`minlash  borasida  1998  yilda  qabul  qilingan  va 
muvaffaqiyatli  amalga  oshirilayotgan  tadbirlar  to`g`risida  davlat  dasturi  va  Ushbu 
dasturda  belgilangan  tadbirlarning  strategik  yo`nalishlariga  e`tibor  berilsa,  ular 
mamlakatimizdagi  oilalarning  mustahkam  bo`lishiga  imkon  beruvchi  vazifalarni 
nazarda tutadi. 

95 
 
1998  yilning  «Oila  yili»  deb  e`lon  qilinishi  vash  u  yilning  o`zida  Oila 
kodeksining  qabul  qilinishi  hamda  mamlakatimiz  tarixda  ilk  bor  tashkil  etilgan 
Respublika  «Oila»  ilmiy-amaliy  markazining  maqsadi  ham  davlatimizning  oilani  har 
tomonlama mustahkamlash, himoya etish borasidagi siyosatiga hamohang bo`lib, oilaga 
taalluqli  boy  va  sermazmun  milliy  an`analarni  avaylab-asrash,  ularni  umuminsoniy 
qadriyatlar bilan uyg`unlashtirish, oila va nikohning muqaddasligini  yosh avlod ongiga 
chuqur  singdirish  yo`li  bilan  oilani  mustahkamligi,  barqarorligini  ta`minlash,  oila 
a`zolarining  xuquqiy  savodxonligini  oshirish  muammolarini  ilmiy  o`rganish,  oilaviy 
hayotga  bog`liq  muammolarni  tadqiq  eti  shva  fuqarolarga  bu  masalalarda  amaliy 
yordam berishdan iboratdir. 
Markazning muhim maqsad va vazifalaridan biri oila kontseptsiyasini yaratish va 
uni  hayotga  joriy  etishning  uslub  va  vositalarini  joriy  etish  orqali  hukumatimizning 
ijtimoiy  sohadagi  insonparvar  siyosatini  amalda  har  bir  fuqaro  ongiga  oila  instituti 
orqali singdirishdan iboratdir. 
Mustaqillik  yillarida  respublika  hukumati  va  Prezidenti  I.A.Karimov  tomonidan 
oilaga  ko`rsatilayotgan  e’tibor,  yillarga  maqom  berilayotganda  oialni  mustahamlash, 
nikohni qadriyat sifatida e`zozlashga qaratilgan chora tadbirlar tom ma`noda yurtimizda 
oila va farzandlar hukumatning doimiy g`amxo`rligi ekanligidan dalolatdir. 
Taqdim 
etilayotgan 
kontseptsiya 
oila 
institutini 
yurtimizda 
yanada 
mustahkamlash,  u  orqali  milliy  istiqlol  g`oyasini  fuqarolar  ongiga  singdirish  ishlari 
uchun dasturulamol bo`lib xizmat qiladi. 
Mamlakatimizda  amalga  oshirilayotgan  demokratik  o`zgarishlar,  yangilanish 
jarayonlari va islohotlardan ko`zlangan asosiy maqsad ozod va obod Vatan, rivojlangan 
fuqarolik  jamiyati  barpo  etish,  shu  tarzda  xalq  farovonligini  ta`minlash,  jahon 
hamjamiyatidan  munosib  o`rin  egallash,  oilaning  barkarorligiga  erishish  ekan,  oila 
bag`ishlangan  kontseptsiyaning  vujudga  kelishi  o`ta  dolzarbdir.  Zero,  Respublikamiz 
o`z 
iqtisodiyotini 
yangi 
bosqichga 
ko`tarish, 
jamiyatni 
erkinlashtirish 
va 
demokratiyalash  siyosatini  izchil  olib  borar  ekan,  bizga  jamiyatning  negizi  bo`lgan 
oilalar  muammolari  va  istiqboliga  qaratilgan  kontseptsiya  zarur.  Darhaqiqat, 
kontseptsiya  O`zbekistondagi  oilalarning  rivojlanishi  istiqbolini  tasavvur  qilish,  oila 
borasidagi  ijobiy  va  muammoli  masalalarni  oldindan  bashorat  qilish  uchun,  mavjud 
muammolarning sabab va omillarini belgilab olish uchun ham xizmat qiladi. 
Shuni  alohida  ta`kidlash  lozimki  «Oila»  kontseptsiyasini  yaratish  va  bu  bilan 
bog`liq  ishlarning  dolzarbligi  hamda  bajarilishining  maqsadga  muvofiqligi  mustaqillik 
yillarida Respublika rahbari I. A. Karimov tashabbusi bilan yillarga berilgan maqomlar 
doirasida  amalga  oshirilayotgan  davlat  dasturlarining  oilani,  ona  va  bolani  ijtimoiy 
muhofaza  qilishga  qaratilganligi,  xukumat  tomonidan  oila  manfaatlariga  ajratilayotgan 
sarmoyalarning  amalda  oqlanishi  zarurati  bilan  O`zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 
Mahkamasining  2001  yil  5  fevral  6-sonli  «Ona  va  bola»  Davlat  dasturi  to`g`risidagi 
qarorida belgilangan vazifalarning muhimlligi va dolzarbligidan ham kelib chiqadi. 
Oila  va  jamiyat  -  mohiyatan  bir-biri  bilan  chambarchas  bog`liq  bo`lib,  oilada 
jamiyatning  tub mohiyati  va muammolari o`z aksini topadi. Shuning uchun ham oilani 
kichik  jamiyat  deyish  mumkin.  Har  bir  jamiyat  a`zosi  oila  bagrida  voyaga  yetadi, 
ijtimoiy  munosabatlarni  o`zlashtiradi  va  insoniy  fazilatlarni  namoyon  etadi.  Barkamol 
insonni shakllantirish, uni hayotga, mehnatga tayyorlash oilaning muqaddas vazifasidir. 

96 
 
Oilani mustahkamlash jamiyat barqarorligi va qudratining muhim shartidir. Shu boisdan 
ham davlat oilani o`z himoyasiga oladi. 
Oila  qanday  bo`lsa,  jamiyat  ham  shunday  bo`ladi.  Mamlakatimizda  milliy 
mustaqillik  yillarida  ma`naviyat  sohasida  amalga  oshirilayotgan  islohatlar,  avvalo,  oila 
qadriyatlarini eng ilg`or an`analarini tiklashga qaratilgandir. 
Oilaviy tarbiya oilada ota-onalar, vasiylar  yoki kata kishilar tomonidan bolalarni 
tarbiyalash,  yosh  avlodning  har  tomonlama  rivojlanishida  muhim  o`rin  tutadi.  Oila 
tarbiyasida doimiy tarbiyaviy ta`sirchan kuch-oilaviy tartibdir. 
Oila  va  mahalla  boshqa  tarbiyaviy  muassasalardan  farqli  ravishda  odamning 
butun hayoti davomida uning barcha tomonlariga, qirralariga ta`sir ko`rsatishga qodirdir 
va  odatda  ta`sir  ko`rsatadi.  Oila  va  mahalla  hamkorligidagi  tarbiya  vazifasining  bu 
ulkan  miqyosi  uning  mafko’raviy  va  psixologik  ta`sir  ko`rsatishning  chuqur  o`ziga 
xosligi bilan uyg`unlashib ketadi. Bu esa uni oliy darajada ta`sirchan qilibgina qolmay, 
shu bilan birga shaxsni shakllantirish jarayonining zarur bo`g`iniga ham aylantiradi. 
Oila  va  mahallaning  yuksak  tarbiyaviy  imkoniyati  bolalar  va  ota-onalarning 
o`ziga  xos  xususiyatlari:qon-qarindoshligi,  qo`ni-qo`shniligi,  muhabbati,  yaqinligi, 
ishonchi, burch xissi, obro`ligi va hokazolar bilan ta`minlanadi. 
Ma`lumki,  xilma-xil  faoliyat  sharoitida  bolaning  qobiliyatlari  eng  samarali 
rivojlanadi,  uning  ijodiy  imkoniyatlari  ochiladi,  bolani  oila  va  mahalladan  boshqa 
qayerda  ham  faoliyatning  xilma-xil  turlariga  jalb  etish  mumkin.  Oila  va  mahalla 
hamkorligidagi  tarbiyaning  qimmatliligi  va  ahamiyati  YAna  shundaki,  kichik  bolalik 
paytida  oilada  egallagan  narsalar  bir  umr  saqlanib  qoladi.  Xuddi  shuning  uchun  ota-
onalarning  bolalarni  har  tomonlama  tarbiyalash  majburiyati  qonuniy  tarzda  belgilab 
qo`yilgan. 
Oila  va  mahalla  hamkorlikda  tarbiyaviy  ishni  tashkil  etar  ekanlar,  eng  yangi 
psixologik-pedagogik  tadqiqotlar  ma`lumotlarini  e`tiborga  olishlari  ham  muhimdir, 
ularga  muvofiq  o`sib  kelayotgan  kishi  shaxsini  shakllantirishga  oilani  qo`shadigan 
hissasi turli yosh bosqichlarda turlicha bo`ladi va to`lqinsimon o`zgaradi. 
O‘zbekiston  Respublikasining  Asosiy  Qonunida  davlatning  oilaga  munosabati 
aniq  va  lo‘nda  ifodasini  topgan.  Xususan,  Asosiy  Qonunning  63-moddasida  „Oila 
jamiyatning  asosiy  bo‘g‘inidir  hamda  jamiyat  va  davlat  muhofazasida  bo‘lish  huquqiga 
ega“,  degan  qoida  bor.  Binobarin,  oila  to‘g‘risida  g‘amxo‘rlik  insonparvar  huquqiy 
demokratik davlatning muhim xususiyatlaridandir. 
Yurtimizda  faoliyat  ko‘rsatayotgan  „Bolalar“,  „Mahalla“,  „Navro‘z“,  „Ekosan“, 
„Orol“,  „Sog‘lom  avlod  uchun“  kabi  jamg‘armalar  turli-tuman  xayriya  tadbirlari 
vositasida  oilalarning  farovonlashishiga  hissa  qo‘shib  kelayotir.  1994-  yilning  birinchi 
oktabridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga binoan, mamlakatimizda kam 
ta’minlangan  aholini  ijtimoiy  himoyalashning  butunlay  yangi  shakli  -  ehtiyojmand 
oilalarga har oyda beriladigan moddiy yordam turi joriy etildi. 
O‘zbekiston  Respublikasi  oila  huquqining  asosiy  tamoyillari  quyidagilar  bilan 
qat’iy belgilab berilgan: 
-  oila jamiyat va davlat muhofazasida; 
-barcha  fuqarolar  -  jinsi,  irqi,  millati,  tili,  dini,  ijtimoiy  kelib  chiqishi,  e’tiqodi, 
shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat’iy nazar, qonun oldida teng; 
-  ayol bilan erkak oilada teng huquqqa ega; 
-  faqat yakka nikohlilikni tan olish va uni mustahkamlash uchun yordam berish; 

97 
 
-  ixtiyoriy va erkin nikoh; 
-  davlat nazorati asosida nikohdan erkin ajralish; 
-  davlat  otalik,  onalik  va  bolalikni  muhofaza  etadi  va  ularning  manfaatlarini  har 
taraflama himoya qiladi; 
-  bolalarni milliy istiqlol mafko’rasi asosida tarbiyalash va boshqalardir. 
Asosiy  Qonunimizning  63-modda,  2-qismida:  „Nikoh  tomon-larning  ixtiyoriy 
roziligi  va  teng  huquqliligiga  asoslanadi“,  deyila-diki,  bizda  oila  qurishning  birdan  bir 
asosi  -  qonuniy  nikohdir.  Yana  Inson  huquqlari  umumjahon  deklaratsiyasining  16-
moddasida  insonning  erkin  nikohdan  o‘tish  huquqi  xususida  bunday  deyilgan: 
„Balog‘atga  yetgan  erkak  va  ayol,  irqi,  millati  yoki  dinidan  qat’iy  nazar,  hech  bir 
cheklashsiz  nikohdan  o‘tish  va  oila  qurish  huquqiga  egadir.  Ular  nikohdan  o‘tayotgan 
chog‘da,  nikohda  bo‘lgan  vaqtda  va  nikoh  bekor  qilinayotgan  paytda  ham  bir  xil 
huquqlardan foydalaniladi“. 
Oilali  bo‘lib  yashash,  bola-chaqa  qilish,  o‘zidan  nasl,  avlod  qoldirish  hayot 
qonuni, shariyatimizga ko‘ra sunnatdir. Payg‘am-barimiz Muhammad alayhissalom bu 
haqda  shunday  deganlar:  „Ey  yigitlar!  Qaysi  biringiz  turmush  qurishga  qodir  bo‘lib, 
imkon  topsangiz,  tezda  uylaning,  chunki  uylanish  inson  ko‘zini  poklaguv-chi  chiroq, 
ya’ni  u  nomahramlarga  qarab  gunohga  botishdan  saq-laydi  va  yomon,  bemaza  yo‘lga 
kirib  ketishdan  asraguvchi  asosiy  choradir.  Kimki  uylanishga  qodir  bo‘lmasa,  ro‘za 
tutsin, chunki ro‘za insonning shahvoniy nafsini ketkizur“. 
 
Oilada bolalarni to‘g‘ri tarbiyalashning yo‘l-yo‘riqlari 
 
Oilada bola tarbiyasi g‘oyat nozik va murakkab masala bo‘lib, bu ota-onadan katta 
odob bilimini, katta tarbiyachilik mahoratini talab qiladi. 
Oilada  bolalarni  to‘g‘ri  tarbiyalashning  asosiy  shartlaridan  biri  tarbiyadagi 
birlikdir.  Bunda  ota-ona,  oiladagi  katta-yu  kichik,  hamma  bir  yoqadan bosh  chiqarishi, 
harakat  qilishi  kerak.  Hamma  narsada:  bolalarga  muomalada,  ularni  rag‘batlantirish  va 
jazolashda,  tarbiyaviy  ta’sir  o‘tkazishning  boshqa  vositalarini  qo‘llashda  hammada 
yakdillik  bo‘lishi  lozim.  Odatda,  ko‘pincha  bolaning  onasi  yoki  buvisi  ruxsat  bergan 
narsani  otasi taqiqlab qo‘yadi  yoki  otasi bergan jazoni  onasi rad  etib buzadi, bolaning 
bir  qilig‘ini  buvisi  maqtasa,  shu  qilig‘i  uchun  otasi  uni  koyiydi  va  hokazo.  Bunday 
telba-teskarilik,  avvalo,  bola  tarbiyasini  buzadi.  Bunday  vaziyatda  bola  talabchan  otasi 
bilan rahmdil onasi va ko‘ngli bo‘sh buvisi o‘rtasida yo‘l topishga odatlanadi. Kattalar 
orasidagi  beqarorlik  va  kelishmovchilikni  sezgan  bola  mug‘ambirlik,  aldamchilik, 
tilyog‘la-malik, xushomadgo‘ylikka o‘rganadi. 
Oilaning vazifalari quydagilardir: 
— oilada sog`lom muhitni yaratish; 
— tarbiya jarayonida milliy ruh va turmush tarzini hisobga olish 
— farzandlar uchun ota-ona har tomonlama o’rnak bo’lishi; 
— farzandlarning ota-onasiga, Vatanga muhabbat tuyg`usini shakllantirish; 
— farzandlariga chuqur dunyoviy bilim asoslarini berish;  
— ma`rifatli va ma`naviyatli kishilar bo’lib yetishishlarini ta`minlash; 
— ma`naviy  barkamol  va  jismonan  sog`lom  bo’lishlari  uchun  iqtisodiy  va 
ijtimoiy muhitni yaratish; 

98 
 
— farzandlarni  mustaqil  fikrlashga  o’rgatish,  istiqlol  g`oyalari  va  milliy 
mafkuraga sadoqat ruhida tarbiyalash; 
— farzandlarning bo’sh vaqtlarini pedagogik nuqtai nazardan kelib chiqib unumli 
tashkil qilish, ularga qo’shimcha ta`lim berish; 
—  farzandlarida mavjud bo’lgan iste`dod kurtaklarini rivojlantirish uchun zarur 
sharoitlarni yaratish; 
— Ota-onalar  o’zlarining  pedagogik  va  psixologik  bilimlarini  doimo  oshirib 
borish; 
—  shaxslarda (tejamkorlik va ishbilarmonlik xususiyatlarini tarbiyalash; 
—  oilada  milliy  ia  umuminsoniy  tarbiyaning  barcha  yo’nalishlarini  (huquqiy, 
iqtisodiy,  jismoniy,  ekologik,  axloqiy,  mehnat,  fuqarolik  va  h.k.)  uyg`un  xolda 
bosqichma-bosqich amalga oshirishga masullikni ta`minlash;)  
—sog`ligida  va  aqlida  nuqsonlari  bo’lgan  farzandlariga  xayot  talablariga  mos 
ravishda bilim va kasb-kor o’rgatishdan iborat.  
Ota-onaning  farzand  oldidagi  burchi-o’zbekona  ta`bir  bilan  aytganda,  farzandga 
yaxshi  ism  qo’yish,  yaxshi  muallim  qo’liga  topshirib  savodini  chiqarish,  ilmli,  kasb-
hunarli qilish, oilali va uyli-joyli qilishdai iboratdir. 
Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish