Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti masofaviy ta


 Tarbiyaga to`g`ri ta’rif berilgan qatorni aniqlang?



Download 1,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/14
Sana10.01.2020
Hajmi1,52 Mb.
#33136
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
ТИМ УМК МС 2-курс 19-20


 2. Tarbiyaga to`g`ri ta’rif berilgan qatorni aniqlang?  
  a) tarbiyachi  o`zi xohlagan sifatlarni tarbiylanuvchilar ongiga singdirish       uchun  
ularning ruhiyatiga ma’lum maqsadga ko`ra  tizimli  ta’sir       ko`rsata olishidir. 
  b)  tarbiya ijtimoiy hayot xodisasidir. 
  c) talim jarayonida beriladiga ish mazmuni, maqsadga ko`ra amalga      oshiriladigan 
xatti – harakatlar   yig`ndisi. 
  d)  o`quvchilarga maqsadli ta’sir ko`rsatish.     
 3. Xalq og`zaki poetik ijodi janrlari  to`liq ko`rsatilgan qatorni aniqlang?  
  a)  qo`shiqlar,  laparlar,  alla,  maqol,  topishmoq,  ertak,  masal,  hikmatli  so`z,  tez  
aytish, latifa,  lof, askiya,  doston. 
  b) ertak, masal, hikmatli so`z, tez aytish, latifa, lof, askiya, doston, she’r, masal. 
  c)  qo`shiqlar, laparlar, alla, maqol, topishmoq, ertak, masal, hikmatli so`z. 
  d)“Farhod  va  Shirin”,  “Ur    to`qmoq”,  “Alpomish”,  “Charx  qo`shiqlari”,  “Tavrot”,  
“To`maris”, “Ayoz       qal’a”,      “Oy bilan kun” 
 4. Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining maqsadi? 
  a)    barkamol  avlodni  ma’naviy  jihatdan  yuksak  fazilatlar  egasi  qilib  tarbiyalash     
san’atining  qirralari,    metod,    usullari,  shakllari  va      vositalarini    o`rgatish  hamda   
ularda bilim, ko`nikma va malakalarni   shakllantirishdan iborat. 
  b)  barkamol avlodni ma’naviy jihatdan yuksak fazilatlar egasi qilib tarbiyalash  
  s)    barkamol  avlodni  ma’naviy  jihatdan  yuksak  fazilatlar  egasi  qilib  tarbiyalash    
hamda ularda bilim,  ko`nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat. 
  d) o`sib  kelayotgan yosh avlad ta’lim-tarbiya berish. 
 5.  “Sinfdan  va  maktabdan  tashqari  tarbiyaviy  ishlar”  konsepsiyasi  qachon    
tasdiqlangan? 
  a)  Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 1993 yili tasdiqlangan 
  b)  Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 1997 yili tasdiqlangan 
  s)  Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 1994 yili tasdiqlangan 
  d)  Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 1999 yili tasdiqlangan 
 
 
 

109 
 
 
 
 
 6. An’anaga to`g`ri ta’rif berilgan qatorni aniqlang 
  a)    kishilarning  ongida,  hayotida  o`z    o`rnini    topgan,  avloddan-avlodga  o`tadigan,   
takrorlanadigan,      hayotning  barcha  sohalarida  qabul  qilingan    tartib  va  qoidalar   
silsilasi.     
  b)    kishilarning  turmushiga  singib  ketgan  ma’lum  muddatda  takrorlanib  turuvchi 
xatti-harakat, 
ko`pchilik 
tomonidan 
qabul 
qilingan 
xulq-atvor 
qoidalari,    
ko`nikmalari. 
  c)    inson  hayotidagi  muhim  voqealarni  nishonlashga  qaratilgan  rasmiy  va  ruhiy     
ko`tarinkilik,  tantanavor    vaziyatda  o`tadigan,    shu  bilan    birga  o`zining  umumiy   
qabul qilingan ramziy harakatlariga ega bo`lgan  hayotiy tadbir. 
  d)  inson  tamonidan  qadirlangan  narsalar  va  madaniy  hodisalardan  iborat  bo`lib,  
kishilarning talabi, xohishi,  qiziqish  va maqsadi asosida munosabat, o`zaro   ta’sir   
natijasida vujudga keladigan xolat. 
7.  “Sinfdan    va    maktabdan    tashqari    tarbiyaviy  ishlar”    konsepsiyasini      
amalga  oshirishga   qaratilgan  tadbirlar. 
 a)    tarbiyaviy  jarayonni  tashkil  etishning  aniq  yo`nalishlari    bo`yicha              tadbirlar 
majmuasi va    maqsadli dasturlar tuzish. 
 b)  tarbiyaviy ishni zamon talablari asosida tashkil etadigan pedagogik     xodimlarni 
tayyorlash va   malakasini oshirish  
c)  tarbiyaviy vazifalarni hal qilish uchin respublikaning barcha  ilmiy       kuchlarini 
birlashtirish 
 d)  barcha javoblar to`g`ri 
8.    …    hayot  haqiqati  bilan    bog`liq  bo`lib,  falsafiy-ta’limiy  g`oyalar  hamda 
hayotiy muammolar asosida qurilgan, badiiy to`qima va mubolag`lardan    xoli  
bo`lmagan   og`zaki hikoyadir, yuqorida  qaysi janr haqida fikr bildirilgan? 
      a)  maqol                                         b)   lapar 
      c)  topishmoq                                  d)   ertak 
 9. Tarbiya  yo`nlishlari  to`liq ko`rsatilgan  qatorni  aniqlang? 
  a)    ma’naviy-axloqiy,  ijtimoiy-siysiy,  estetik,  mehnat,  jismoniy  tarbiya,  ekologik, 
iqtisodiy  
  b)  ijtimoiy-siysiy, estetik, mehnat, jismoniy tarbiya,   ekologik, iqtisodiy  
  s)  ma’naviy-axloqiy, ijtimoiy-siysiy, estetik, mehnat, jismoniy tarbiya,    
  d)  ma’naviy-axloqiy, ijtimoiy-siysiy, estetik, ekologik, iqtisodiy, jismoniy  tarbiya.    
10. Qo`siq deb nimaga aytiladi? 
  a)  asosan ikki kishi tamonidan yoki   ikki taraf bo`lib aytiladi.   
  b) qo`shiqlar - mustaqil to`rtliklardan tashkil topgan bo`lib, el orasida keng   
     tarqalgan va kuyga solib aytiladigan xalq she’riy namunasi. 
  c) qo`shiq  avlod-ajdodlarning hayotiy tajribalari, jamiyatga munosabati, tarixi,   
      ruhiy  holati,  etik  va  estetik    tuyg`ulari,  ijobiy    fazilatlarini    o`zida  
mujassamlashtiradi. 
  d)  barcha javoblar to`g`ri.  
 11. Tarbiya metodlari deb nimaga aytiladi?  

110 
 
  a)  tarbiyachining  bolalarda  axloq-odob  fazilatlarrni  tarkib  toptirish  maqsadida 
ularning ongi va irodasiga  ta’sir   etish yo`llariga aytiladi. 
   b) barkamol shaxsning ongi va irodasiga ta’sir etish yo`llariga aytiladi. 
   c)  tarbiyachining  bolalarga  axloq-odob  fazilatlarrni  tarkib  toptirish  maqsadida 
amalga oshiriladigan harakatlar  yig`indisiga  aytiladi. 
   d) barcha javoblar to`gri.    
 12. Quyidagi javoblarning qaysi birida tarbiya metodlari to`g`ri ko`rsatilgan?  
A og`zaki, ko`rsatmali, amaliy, ijobiy hatti-harakatga undovchi, 
B rag`batlantirish, jazolash, o`z-o`zini tarbiyalovchi; 
C namuna, munozara, suhbat. faoliyatga undovchi 
D  ijtimoiy  ongni  shakllantiruvchi,  faoliyatga  undovchi,  o`z  –  o`zini  tarbiyalovchi, 
ijobiy hatti-harakatga undovchi; 
 13.  Sharq  mutafakkirlaridan  muomala  madaniyati,  muloqotga  kirishish, 
mudarrislarni tanlash haqida gapirib o’tgan donishmandlarni ko’rsating. 
a) Kaykovus, Al- Xorazmiy, Farobiy, Ibn Sino, Yusuf  Xos Hojib, Mirzo Ulug’bek, 
Amir Temur, Cho’lpon; 
b) Usmon Nosir, Kaykovus, Mirzakalon Ismoiliy,At- Termiziy; 
c) Ushinskiy, Yan Amos Komenskiy, Makrenko, Baumgarten; 
d) Avloniy, Behbudiy, Ushinskiy; 
14.Jazolash turlari to`g`ri ko`rsatilgan javobni belgilang. 
   a) xulqiga qo`yilgan bahoni pasaytirish, ota-onasiga xat yozish, jamoat izzasi 
   b)  tashakkur  bildirish,  ishonch  bildirish,  xulqiga  qo`yilgan  bahoni  pasaytirish,  ota-
onasiga xat yozish, jamoat izzasi 
   c) ogohlantirish, xayfsan berish, maktabdan haydash 
   d) c va  b javoblar  to`g`ri  
15. Tarbiya metodlarini ko`rsating 
   a)    musobaqa,  o`yin,  pedagogik  talab,  suhbat,nasixat,  uyaltirish,  ishonch  bildirish,  
namuna,    hikoya 
  b)  o`z-o`zini  baholash,  ogohlantirish,  estalik  sovg`a  berish,    tushuntirish                                           
c)  ijtimoiy  ongni  shakllantiruvchi,  faoliyatga  undovch,  ijobiy  hatti-harakatga   
undovchi, o`z-o`zini  
       tarbiyalash 
   d)  o`z-o`zini  baholash,  ogohlantirish,  estalik  sovg`a  berish,    tushuntirish    ijtimoiy 
ongni shakllantiruvchi,         faoliyatga undovch, ijobiy hatti-harakatga  
 16). O`zbek xalq maqollarini aniqlang 
    a)    Baxilning  bog`i  ko`karmas,  Gadoning  hurjuni  to`lsa  ham,  ko`zi  to`ymas,    
Navro`zdan so`ng qish  bo`lmas 
     b)    Yovuzni  ezgu  tut,  kichikni  ulug`,  Uquvli  idrokli  bo`lsa  qay  odam,  Kishi  deb   
atagin, maqtagin har dam 
     c)  Gadoning hurjuni to`lsa ham, ko`zi to`ymas,Navro`zdan so`ng qish   bo`lmas,   
Yovuzni ezgu tut, kichikni ulug`, Uquvli idrokli bo`lsa qay odam,   Kishi deb atagin, 
maqtagin har dam 
     d)  barcha javoblar to`g`ri 
 17)  Qaysi janrda  har bir tovush  o`z   o`rnida  to`g`ri va ravon talaffuz etilishi  
kerak    va u bolalardagi qaysi qobiliyatlarni o`stiradi? 
   a)  ertaklar bolalarning fikrlash qobiliyatini, nutqi va so`z boyligini o`stiradi.  

111 
 
   b)  latifalar bolalarning fikrlash qobiliyatini, nutqi va so`z boyligini o`stiradi.  
   c)  tez aytishlar bolalarning fikrlash qobiliyatini, nutqi va so`z boyligini o`stiradi.  
   d)  maqollar bolalarning fikrlash qobiliyatini, nutqi va so`z boyligini o`stiradi. 
 18)  O`rgatish nima? 
   a) rejali va izchil tarzda tashkil qilinadigan harakatlar yig`indisi 
   b) 
ijtimoiy 
xulq-atvorning 
odatiy 
shakliga 
aylantirish 
maqsadida 
tarbiyalanuvchilarning  bajarishlari  uchun    rejali  va  izchil  tarzda  tashkil  qilinadigan 
turli harakatlar amaliy ishlar 
   c)  rejali va izchil tarzda tashkil qilinadigan turli harakatlar amaliy ishlar 
   d) 
ijtimoiy 
xulq-atvorning 
odatiy 
 
shakliga 
aylantirish 
maqsadida  
tarbiyalanuvchilarning    bajarishlari uchun rejali ishlari 
19)  “Kishining  oliyjanobligi  –dinidir.  Muruvvati  –  aqlidir.Uning  nasabi  esa   
xulqidir”, ushbu fikr qaysi   asardan olingan? 
         a)  hadisdan                                 c)  “Al-adab  al- mufrad” 
         b) Qur’oni Karimdan                    d) hikmatli so`z 
20)  Sinf rahbari kim?  
     a) tegishli ma’lumoti va kasb tayyorgarligiga ega bo`lgan shaxs 
     b) o`quvchilarni bir xil saviyada, bir yoshda, bilimi jihatdan teng bo`lgan  jamoani 
boshqaribturuvchi  pedagog 
     c)  o`quvchilar jamoasini boshqaruvchi  shaxs 
     d)  fan o`qituvchisi 
21)  Ma’naviyat nima? 
 a)  kishilarning  falsafiy  huquqiy  ilmiy,  badiiy,  axloqiy,  diniy  tasavvurlari  va    
tushunchalari   majmuidir 
 b) muayyan millatga, uning ajdodlariga xos bo`lgan qimmatli ma’naviy boyliklardir 
 c)  intelektual  sohada  o`tmishdagi  ajdodlarimizdan  avloddan-avlodga  o`tib   
kelayotgan 
aqliy 
faoliyat 
natijalari, 
donishmandlarimiz 
ijodi 
namunalari,  
allomalarimizning adolatli jamiyat va komil inson tarbiyasi haqidagi      ta’limotlari  
 d) barcha javoblar to`gri 
22) Qaysi qatorda milliy  meros haqida fikr yuritilgan  
 a)  kishilarning  falsafiy  huquqiy  ilmiy,  badiiy,  axloqiy,  diniy  tasavvurlari  va    
tushunchalari majmuidir 
 b) muayyan millatga, uning ajdodlariga xos bo`lgan qimmatli ma’naviy boyliklardir 
 c)  intelektual  sohada  o`tmishdagi  ajdodlarimizdan  avloddan-avlodga  o`tib  
kelayotgan 
aqliy 
faoliyat 
natijalari, 
donishmandlarimiz 
ijodi 
namunalari,  
allomalarimizning adolatli jamiyat va komil inson tarbiyasi haqidagi      ta’limotlari  
 d) barcha javoblar to`gri 
23)  “Muayyan  millatga,  uning  ajdodlariga  xos  bo`lgan  qimmatli  ma’naviy    
boyliklar”, ushbu fikr orqali        nimani tushunish mumkin? 
       a) shaxs ma’naviyatini                     b) milliy tuyg`uni 
        c) milliy merosni                             d) milliy ma’naviyatni 
 
24) Jamoa deb nimaga aytiladi? 
  a) muayyan ijtimoiy maqsad birligiga qaratilgan uch yoki undan  ortiq  kishilarning 
birlashmalari yoki  tuzilmalariga aytiladi 
  b) muayyan ijtimoiy maqsadga ko`ra birlashgan kishilar guruhiga aytiladi  

112 
 
  c) uch yoki undan  ortiq kishilarning birlashmalariga jamoa deb aytiladi.   
  d) barcha javoblar to`g`ri 
25) Sinf  jamoasi  taraqqiyotining  o`sishi qanday kuzatiladi?  
   a) har bir  bosqichda jamoaning o`z a'zolariga qo`yadigan talablarining   o`zgarishi, 
jamoa va uning o`z-o`zini boshqarish qismlari tarkibining  takomillashuvi  
   b)  kundalik  faoliyatni  rеjalashtirish,  tashkil  etish  va  tahlil  qilishda      o`quvchilar 
mustaqilligining o`rtish  
   c)  tеngdoshlar  va  kattalarning  boshqa  jamoalari  bilan  aloqalarning        kеngayishi,  
bola shaxsiga ta'sir   ko`rsatish hisoblarining o`zgarishi 
   d)  barcha javoblar to`gri. 
26) Jamoa necha bosqichda  shakllantiriladi.  
      a) 5-bosqichda                             b) 4-bosqichda                             
      c) 3-bosqichda                             d)  6-bosqichda 
27) Sinf jamoasini tashkil etish yo`llari.                        
  a)  jamoatchilik topshirig`i, sinf faollarini aniqlash,  
  b)  o`quvchilarni  istiqbolga  chorlash,    sinfda  ijobiy  an'analarni  qapop      toptirish,  
o`quvchilarga yagona talablar  qo`yish 
  c)    sinfda  ijobiy  an'analarni  qaror          toptirish,    o`quvchilarga  yagona          talablar 
qo`yish 
  d) barcha javoblar to`g`ri 
28) Jamoa tushunchasini ta’riflang.  
a) Jamoa deb, ma’lum faollar   tomonidan boshqariladigan uch yoki undan ortiq 
kishilarning birlashmalari yoki tuzilmalariga aytiladi. 
b) Jamoa deb, muayyan istiqbolga chorlangan uch yoki undan ortiq kishilarning 
birlashmalari yoki tuzilmalariga aytiladi. 
c)Jamoa deb o’quvchining ijtimoiy jihatdan chiniqish maktabiga aytiladi 
d)Jamoa deb, muayyan ijtimoiy maqsad birligiga qaratilgan uch yoki undan ortiq 
kishilarning birlashmalari yoki tuzilmalariga aytiladi. 
29)  Bayramlar  necha  guruhga  bo`linadi  va  ular  qaysi  qatorda  to`g`ri 
ko`rsatilgan? 
a)  3 -  guruhga bo`linadi: an’anaviy, milliy, taqdim 
b)  5 – guruhga: an’anaviy, milliy, taqdim, oilaviy, diniy 
c)  4 – guruhga: an’anaviy, milliy, taqdim, oilaviy, diniy 
d)  3 – guruhga: an’anaviy, oilaviy, diniy 
30) Mustaqillik tufayli qaysi bayramlar qayta tiklandi?  
a) “Mustaqillik kuni”, “Ustoz va murabbiylar kuni”, “Konstitutsiya kuni”, “Xalqaro 
xotin – qizlar bayrami” 
b)  “Mustaqillik kuni”, “Ustoz va murabbiylar kuni”, “Konstitutsiya kuni”, “Xalqaro 
xotin  –  qizlar  bayrami”,  “Navro`z  bayrami”,  “Xotira  va  qadrlash  kuni”,  “Ramazoni 
sharif”, “Qurbon hayiti” 
c) “Mustaqillik kuni”, “Ustoz va murabbiylar kuni”, “Konstitutsiya kuni”, “Ramazoni 
sharif”,  “Qurbon  hayiti”  “Navro`z  bayrami”,  “Xotira  va  qadrlash  kuni”,  “Ramazoni 
sharif”, “Qurbon hayiti” 
d) “Mustaqillik kuni”, “Ustoz va murabbiylar kuni”, “Konstitutsiya kuni”, “Xalqaro 
xotin  –  qizlar  bayrami”,  “Navro`z  bayrami”,  “Xotira  va  qadrlash  kuni”,  “Ramazoni 
sharif”, “Qurbon hayiti”, “1 – iyun bolalarni himoya qilish kuni” 

113 
 
31) Mahmud Koshg`ariy Bayramlar haqida qanday fikr bildirgan? 
a) bayram – bu ma’lum vaqtdagi ideal hayotdir. 
b) bayram – insoniyat madaniyatini rivojlantiradi, an’analarni qo`llab – quvvatlaydi 
c) bayramlar – xalqning shodlik va xursandchilik kuni 
d)  bayram – insoniyat madaniyatini rivojlantiradi, an’analarni qo`llab  – quvvatlaydi, 
xalqning shodlik va xursandchilik kuni 
 
 
32) Innovatsiyatsion texnologiya so`zining ma’nosi va u qachon fanga kiritilgan? 
a)  innovatsiyatsion  –  ingilizcha  yangilik  yaratish,  texnologiya  –  fransuzcha                                
( texni – mahorat, logos – fan) so`zlaridan olingan bo`lib, 1872 – yil fanga kiritilgan. 
b) texnologiya – yunoncha ( texni – mahorat, logos – fan) so`zlaridan olingan bo`lib, 
1872 – yil fanga kiritilgan. 
c)  innovatsiyatsion  –yunoncha    yangilik  yaratish,  texnologiya  –  yunoncha  (  texni  – 
mahorat, logos – fan) so`zlaridan olingan bo`lib, 1873 – yil fanga kiritilgan. 
d)  innovatsiyatsion  –  ingilizcha  yangilik  yaratish,  texnologiya  –  yunoncha  (  texni  – 
mahorat, logos – fan) so`zlaridan olingan bo`lib, 1872 – yil fanga kiritilgan. 
33)  “Tarbiya  biz  uchun  yo  hayot,yo  momot;yo  najot,yo  halokat;yo  saodat,yo 
falokat masalasidir”so`zlarining muallifi kim? 
a) Yan Amos Komenskiy; 
b) Abdulla Avloniy; 
d) Abdurahmon Jomiy; 
c) K.D.Ushinskiy. 
 34) Hikoyaning turlarini  ko`rsating
a) tasviriy, tushuntirish; 
b) reproduktiv, ifodali; 
c) ilmiy – ommabob, tasviriy, ifodali; 
d)tasviriy, ifodali. 
35) Mаshg’ulоt mаqsаdi qаndаy yo’nаlishlаrdа belgilаnаdi: 
a) 3 yo’nаlishdа: tа’limiy, tаrbiyaviy, rivоjlаntiruvchi; 
b) 3 yo’nаlishdа: tа’limiy, estetik, iqtisоdiy; 
c)2 yo’nаlishdа: tаrbiyaviy, rivоjlаntiruvchi; 
d)3 yo’nаlishdа: tа’limiy, rivоjlаntiruvchi, iqtisоdiy 
36) Jamoa  a’zolariga  qanday  sharoitlar  yaratilishi  lozim? 
a)  O’z-o’ziga  hizmat,  maqsad  sari  birgalikdagi  faoliyat,  ma’suliyatni  his  qilish, 
demokratik faoliyat, ixtiyoriylik;  
b) so’z erkinligi, demokratik faoliyat; 
c)  ixtiyoriylik,  demokratik    faoliyat,  so’z  erkinligi  ,  tashabbuskorlik,  mustaqillik, 
faollik, ijodiy faoliyat, ko’rsatishlari uchun imkoniyat; 
d) o’z -o’zini  boshqarish, uyushqoqlik, ongli intizom, jamoa bilan faxrlanish; 
37) Sinf  bu..... 
a) Ma’lum yoshdagi o’quvchilar bilan o’lib boriladigan mashg’ulot. 
b) Bir xil yoshdagi o’quvchilarning birlashmasidir  
c) Yoshi va bilimi jihatidan bir hil bo’lgan ma’lum miqdordagi o’quvchilar guruhi; 
d) Bevosita o’qituvchi rahbarligidagi muayyan o’quvchilar guruhi 
38)Tarbiya metodlarini tanlash quyidagilarga bog`liq… 

114 
 
a) tarbiyaviy ishning maqsadi, mazmuni va vazifalariga; 
b) o`quvchining yoshi va alohida xususiyatlariga; 
c) tarbiyachining shaxsiy sifatlariga; 
d)  tarbiyaviy ish sharoitlariga; 
 39)Qadriyatga to`gri ta’rif berilgan qatorni aniqlang 
    a)  inson  hayotidagi  muhim  voqealarni  nishonlashga  qaratilgan  rasmiy  va  ruhiy    
ko`tarinkilik,  tantanavor    vaziyatda  o`tadigan,    shu  bilan    birga  o`zining  umumiy  
qabul qilingan ramziy harakatlariga ega bo`lgan  hayotiy tadbir 
   b)  kishilarning  ongida,  hayotida  o`z    ornini    topgan,  avloddan-avlodga  o`tadigan,   
takrorlanadigan,  hayotning  barcha  sohalarida  qabul  qilingan    tartib  va  qoidalar      
silsilasi     
   c)  kishilarning  turmushiga  singib  ketgan  ma’lum  muddatda  takrorlanib  turuvchi  
xatti-harakat, 
ko`pchilik 
tomonidan 
qabul 
qilingan 
xulq-atvor 
qoidalari,      
ko`nikmalari. 
   d)  inson  tamonidan  qadirlangan  narsalar  va  madaniy  hodisalardan  iborat  bo`lib,   
kishilarning talabi,  xohishi,  qiziqish  va maqsadi asosida munosabat, o`zaro    ta’sir  
natijasida vujudga keladigan holat 
 40)Maqolni davom ettiring. Suvsiz hayot bo’lmas mehnatsiz… 
      a) Boylik 
b) Rohat 
  c) Halovat 
    d) Huzur          e) Umr  
 41) “Men go’zal axloqlarni yetkazish uchun yuborildim”  
      a) Qur’oni karim  
      b) Ismoil Al-Buxoriy hadislarida  
      c) “Hikmatnoma”da  
      d) Kaykovusning “Qobusnoma”da 
      e) Suqrot asarlarida  
42) “Tarbiya biz uchun yo hayot, yo momot , yo najot, yo halokat, yo saodat, yo 
falokat masalasidir”so`zlarining muallifi kim? 
a) Yan Amos Komenskiy; 
b) Abdulla Avloniy; 
c) Abdurahmon Jomiy; 
d)  K.D.Ushinskiy. 
 
 
 
 

115 
 
 
TARBIYAVIY ISHLAR METODIKASI  FANIDAN 
 MASALA VA MASHQLAR TO`PLAMI 
 
        1-MASALA 
 
O`n  besh  yashar  Komiljon  sinf  rahbariga  o`z  ota  onasidan  shikoyat  qildi:  «Ota-onam 
mening  ahvolimga  tushunmaydilar!  Ular  meni  yaxshi  ko`rishar  emish,  shunaqayam 
yaxshi  ko`radimi?  Ular  menga  doim  shubha  bilan qarashadi,  hamisha kim  bilan  yurgan 
eding,  qayoqqa  bording,  -  deb  so`rashadi,  telefonimdan  smslarimni  menga  bildirmay 
o`qishadi.  Qachon qarasang  urishishadi.  Besh baho  olib  kelgan  kunim  -  bir  og‘iz  shirin 
so`z  aytishmaydi,  shunday  bo`lishi  kerak  deb  hisoblashadi,  mabodo  uch  baho  olib 
qolsam  bormi  -  har  doim  janjal  boshlashadi!  Nega  uch  olganimni  so`rab  ham 
o`tirishmaydi.  So`kishdan  to`xtashmaydi.  Xo`sh,  shuning  hammasini  yaxshi 
ko`rishgandan qilishadi, - deb o`ylaysizmi?” 
 
Savollar? 
1. Komiljon bilan uning ota-onasi o`rtalaridagi o`zaro nosog‘lom  munosabatlarning      
    sababi nimada ekanligini tushuntirib bering. 
2. Yuqoridagi holat oilaning qaysi vazifalari to`liq bajarilmaganligi oqibati  deb         
    hisoblaysiz, izohlab bering. 
3. Bu vaziyatda o`qituvchi qanday yo`l tutishi kerak deb hisoblaysiz? 
4. Kasbiy yo`nalishingizdan kelib chiqqan holda vaziyatni tahlil qiling. 
 
 
 
2-MASALA 
 
         Zuxriddin  nufuzli  korxonalarning  birida  dastur  ta'minotchisi  bo`lib  ishlaydi.  U 
farzandlarini  yaxshi  ko`radi,  ularning  har  bir  yutuqlaridan  quvonadi,  lеkin  ular  bilan 
muloqotda o`z mеhrini, muhabbatini bildira olmaydi. Shu boisdan ham, farzandlari va 
xotini  unga  ko`pincha  narsa  so`rab  murojaat  qilmaydilar.  Mana  hozir  ham  xuddi 
shunday  vaziyat  yuzaga  kеldi.  Katta  o`g‘li  G‘ofurjon  Zuhriddindan  “Informatika”  fani 
bo`yicha  qiynalayotgan  mavzusi  yuzasidan  ozgina  tushuncha  bеrishini  so`ragan  edi, 
Zuxriddin o`g‘lini:  “Darslarda o`rtoqlaring bilan suhbatlashmay,  o`qituvchingni diqqat 
bilan tinglab o`tirsang hammasini tushungan bo`lar eding”, - dеb, koyib bеrdi. 
Savollar: 
1. Ota va farzand munosabatlarini shakllanishi  uning farzandi bilan qanday muloqot 
to`siqlariga sabab bo`lmoqda? 
2.  Sizningcha,  oiladagi  shaxslararo  munosabatlarni  shakllanishiga  tеxnik  axborot 
oqimining jadallik bilan jamiyat hayotiga kirib kеlishi qanday ta'sir qilmoqda? 
Mazkur vaziyatni kasbiy yo`nalishingizdan kеlib chiqqan holda tahlil qiling. 
 

116 
 
Pedagogik vaziyat 
                                                                                                                                                  
Anvar o’gliga o’yinchoq mashina olib keldi. O’g’li xursand bo’lib mashinasini hovlida 
o’ynayotgan  edi,  amakisining  o’gli  chiqib  mashinani  talashdi.  Ular  janjallashib  bir-
birlarini mashina bilan  ura boshlashdi. Bu voqeani kuzatib turgan oila a’zolari qanday 
yo’l  tutishdi? 
Savollar: 
Mazkur vaziyatni kasbiy yo`nalishingizdan kеlib chiqqan holda tahlil qiling. 
 
Pedagogik vaziyat 
                                                                                                                                                           
Aziz  bugun  matematika  va  o’qish  fanlaridan  «5 »   baho  oldi.  U  juda  hursand. 
Kechqurun  dadasi    ishdan  charchab,  horib  kelgach,  Aziz  sevinchini  yashira  olmay 
baholarini  dadasiga  ko’rsatishga  oshiqdi.  Shunda  onasi  « O`g`lim  dadang  ishdan 
charchab kelganlar » deb uni qaytardi.  Dadasi qanday munosabatda bo’ldi ?  
 
Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish