Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti masofaviy ta



Download 198,81 Kb.
bet5/5
Sana19.04.2020
Hajmi198,81 Kb.
#45824
1   2   3   4   5
Bog'liq
TIM UMK 2-kurs


MA’LUMOT - u ikki ma’noda ishlatilib, ikkisi xam pedagogikaga tegishli. 1. Xabar – o’qish jarayonini amalga oshiruvchi vosita. Bilimli kishining unga talabgor bo’lganlarga bilim berishi, yetkazishi. Ma’lum qilish deb, til va ko’rgazmalar yordamida uni boshqalarga bildirishdir.2. Bilim darajasi. O’qish, bilish, ya’ni borliqdagi ob’ektiv mavjud qonuniyatlarni his qilish natijasida olingan bilimlar yig’indisi – past ma’lumotli, o’rta va yuqori ma’lumotli va xokazo.

MA’RUZA – bilimni so’z bilan ifodalash uslublaridan biri sifatida beriladigan bilimlarni og’zaki bayon qilishni ko’zda tutib, o’z hajmining kattaligi, mantiqiy qurilishi, obrazli isbotlash va umumlashtirishning murakkabligi bilan hikoyadan ajralib turadi.

PEDAGOGIK TEXNOLOGIYa - ta’lim va tarbiya jarayoniga yangicha yondashuv bo’lib, pedagogikada ijtimoiy-muhandislik ong ifodasidir. U pedagogik jarayonni texnikaviy tafakkur asosida standart holga solib, uning optimal loyihasini tuzib chiqish bilan bog’liq tushunchadir.

Birlashgan millatlar tashkilotining nufuzli idoralaridan YuNESKOning ta’rifi bo’yicha, «PEDAGOGIK TEXNOLOGIYa – bu bilim berish va uni egallashda texnika va inson resurslarini o’zaro uzviy bog’liq holda ko’rib, butun ta’lim jarayonini loyihalashda va amalda qo’llashda majmuli yondashuv metodidan foydalanishdir».



PEDAGOGIK TAMOYIL (PRINTSIP)lar – o’qituvchi va talaba orasidagi munosabatda beriladigan bilim turi, hajmi va mazmuni, shuningdek o’quv qurollari va tarbiyalanuvchilarning ruhiy xususiyatlari va shular oralaridagi zaruriy bog’liqlik (qonuniyat)lardan kelib chiqqan qoidalar.

PEDAGOGIK TAJRIBA - ta’lim-tarbiya beruvchi tomonidan ma’rifatning tamoyillari va ta’lim-tarbiya berishning muayyan metod va uslublarini to’liq o’zlashtirish hamda ularni amalda qo’llashdagi real shart-sharoitlarni, bolalar jamoasi va har bir shaxsning o’ziga xosliklarini hisobga olgan holda amaliyotda tatbiq etishdir.

PEDAGOGIK MUXIT – ta’lim-tarbiya maqsadlariga muvofiq ravishda tuzilgan shaxslararo munosabatlar majmui.

PEDAGOGIK MULOQOT – bevosita ta’lim-tarbiya bilan bog’liq muloqot turi.

ILGOR PEDAGOGIK TAJRIBA – o’qituvchi tomonidan ma’rifat fanining tamoyillari va ta’lim-tarbiya berishning metod va uslublarini yaxshi o’zlashtirib ularga ijodiy yondashgan xolda, nisbatan samaraliroq metod yoki uslub yaratish tushuniladi.

Muayyan ilm soxasi yoki tarmoq ilmi tadqiqotlarni aniq bir majmuiga qaratishi shu ilmning TADQIQOT OB’EKTI deyiladi.

Majmuni tashkil qiluvchi qismlar orasidagi funktsional aloqadorlik ma’lum narsa yoki hodisaning alohida jabhasi xisoblanib, ilm uchun TADQIQOT PREDMETI vazifasini o’taydi.

USLUBIYoT – pedagogika soxasidagi tarixan tarkib topgan va aniqlangan atama, tushuncha va qonuniyatlardan foydalanib, didaktika tamoyillariga asoslangan holda ta’lim va tarbiya berishning metod va uslubiyotini yaratuvchi va ularni boshqalarga o’rgatuvchi ilm-fan tarmog’idir.

BILIM- bir butunlikni tashkil qiluvchi qismlar orasidagi ularning ichki zaruriyatidan kelib chiqqan bog’liqlikdir. Uni qonuniyat deb ham yuritiladi. CHunki bu zaruriy bog’liqlik narsa va hodisalarning tabiatidan kelib chiqib, bizning ixtiyorimizdan tashqari o’zi mavjud. Uni o’zgartirib bo’lmaydi. Bilim kishidan kishiga ma’lumot (axborot) orqali o’tadi.

KO’NIKMA deganda odamning bilim olishi, elementar tajriba va malakaga tayanib biron ishni muvaffaqiyatli bajarish imkoniyati tushuniladi.

MALAKA- kishi egallagan bilimlari ko’nikma bosqichidan o’tib, doimiy harakat turiga aylanishi, mahorat hosil qilishi.

Ko’nikma va malakalar deganda biror shaxsning muayyan faoliyatni muvaffaqiyatli bajarishi uchun shart-sharoitlar yaratib beruvchi, tashqaridan kuzatish mumkin bo’lgan harakatlari va reaktsiyalari tushuniladi. Malakalar ongli ravishda amalga oshirilgan faoliyatning tarkibiy qismiga kiruvchi avtomatik tarzda yuz beradigan harakatlardir.



MAHORAT- o’zlashtirilgan bilimlar va hayotiy tajribalar asosida barcha amaliy harakatlarni (shu jumladan dars berishni) kam kuch va kam vaqt sarflab bajarish.

BAHOLASH- ta’lim jarayonining ma’lum bosqichida o’quv maqsadlariga erishilganlik darajasini oldindan belgilangan mezonlar asosida o’lchash, natijalarni aniqlash va tahlil qilishdan iborat bo’lgan jarayondir.

MILLIY PEDAGOGIKA - Davlat konstitutsiyasi, “Ta’lim to’g’risidagi qonun” hamda istiqbol rejalanish dasturlari, jamiyatning tarixiy taraqqiyot qonuniyatlari va jahondagi ilg’or pedagogik texnologiyalar asosida tuzilgan ta’lim tarbiya nazariyasi, metod va uslublar majmui tushuniladi.

MA’NAVIYaT – bu shaxsning egallagan foydali bilimlari (bilim turidan qat’iy nazar) uning hayotida bir necha bor takrorlanishi natijasida ko’nikma va malaka bosqichlaridan o’tib, ruhiga singib, uning hayot tarziga aylanib ketgan ijobiy ijtimoiy sifatlaridir.

ILMNING TADQIQOT OB’EKTI – muayyan ilm sohasi yoki tarmoq ilmi tadqiqotlarini bir majmuaga qaratish.

ILMNING TADQIQOT PREDMETI – majmuani tashkil qiluvchi qismlar orasidagi funktsional aloqadorlik ma’lum narsa yoki hodisaning alohida jabhasi hisoblanadi.

Narsa yoki hodisaga yetishish bo’yicha inson tomomnidan maqsad qilib qo’yilgan, ammo ilmiy asoslanmagan bo’lsada, mantiqan bog’liq tadbirlar majmuiga TAXMIN (GIPOTEZA) deyiladi.

Maqsadga yetishish taxmini mavjud qonuniyatlarda asoslab berilgan bosqichni kontseptsiya yoki ilmiy asoslangan TAXMIN deyiladi.

Maqsadga yetishish taxmini mavjud qonuniyatlarda asoslab berilgan bosqichni KONTSEPTSIYa yoki ilmiy asoslangan taxmin deyiladi.

Ilmiy aoslanib, maromiga yetkazilgan taxmin kontseptsiyaga aylanadi. Har qanday ilmiy asoslangan loyihani amalda sinab ko’rish talab qilinadi. Maqsadga yetishishning ilmiy asoslangan loyihasini amalda sinab ko’rishni TAJRIBA deyiladi.

NAZARIYa deb tafakkurning barcha bosqichlaridan o’tgan va amaliyotda sinab ko’rilib maromiga yetkazilgan bilimlar majmuiga aytiladi.

ELEKTRON O’QUV ADABIYoTLARI - zamonaviy axborot texnologiyalari asosida ma’lumotlarni jamlash, tasvirlash, yangilash, saqlash, bilimlarni interaktiv metodda taqdim etish va nazorat qilish imkoniyatiga ega bo’lgan manba hisoblanadi.

ELEKTRON O’QUV NASHRI - ta’lim oluvchilar tomonidan bilimlar, ko’nikmalar va mahoratlarni ijodiy va faol egallashlarini ta’minlaydigan ilmiy amaliy bilim sohasiga mos ravishdagi tizimlashtirilgan o’quv materialga ega bo’lgan elektron nashr.

ELEKTRON KUTUBXONA - talaba hamda pedagoglar uchun hujjatlashtirish va xavfsizlikning xususiy tizimi bilan ta’minlangan, to’liq matnli elektron axborotni resurslar, telekommunikatsiya vositalari asosida jamlash va yetkazish imkoniyatini ta’minlovchi dasturli majmuadir.

ELEKTRON O’QUV QO’LLANMASI - darslikni qisman yoki to’liq almashtira oladigan yoki to’ldiradigan rasmiy tasdiqlangan elektron o’kuv nashri.

MULЬTIMEDIALI VOSITALAR - turli tipdagi axborotlarni: matn, rasm, sxema, jadval, diagramma va boshqalarni yaratish, saqlash, ishlov berish va raqamlashtirilgan ko’rinishida amalga oshirishning kompьyuterli vositasi.

ELEKTRON DARSLIK (ED)-kompyuter texnologiyasiga asoslangan o’quv uslubini qo’llashga, mustaqil ta’lim olishga hamda fanga oid o’quv materiallar, ilmiy ma’lumotlarning har tomonlama samarador o’zlashtirilishiga mo’ljallangan

2-kurs “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fаnidаn test topshiriqlari
Fan bo‘yicha talabalar bilimini baholash va nazorat qilish mezonlari

Ball

Testlar, yozma ishlar, og‘zaki so‘rov, prezentasiyalar

5” A’lo



“Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanining maqsad va vazifalarini, bo‘limlarini, ilmiy va amaliy asoslarini, tamoyillarini, o‘zaro fanlar aro bog‘lanishni, ta`lim jarayonida qo‘llanadigan metodlarni, dars tiplari va tarkibini, mehnat darsining xususiyatlarini va mazmunini, talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan baholash mezonini, asosiy o‘quv vositalari darslik, o‘quv qo‘llanmasi va boshqa vositalarni qo‘llash metodikasini, mehnat fanini o‘qitishda qo‘llaniladigan barcha metod va usullarni, boshlang‘ich sinflarda mehnat va uni o‘qitish metodikasi fani yuzasidan olib borilgan tadqiqotlarni va fanning muhim bo‘lgan muammolarini, o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishning eng qulay bo’lgan shakllari, usullari va vositalarini, mehnat ta’limini integratsiyalashni, innavatsiyon texnologiyalardan foydalanishni, ta’lim jarayonida zamonaviy texnologiyalarni qo‘llay bilishi kerak

4” Yaxshi



“Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanining bo‘limlarini, o‘zaro fanlar aro bog‘lanishni, ta`lim jarayonida qo‘llanadigan metodlarni, dars tiplari va tarkibini, mehnat ta’limi mazmunini, vazifasi va maqsadini, talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan baholash mezonini, mehnat fanini o‘qitishda qo‘llaniladigan barcha metod va usullarni, o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishning eng qulay bo‘lgan shakllari, usullari va vositalarini bilishi kerak.

3”

Qoniqarli

“Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanining bo‘limlarini, ta’lim jarayonida qo‘llanadigan metodlarni, mehnat ta’limi mazmunini, vazifasi va maqsadini, talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan baholash mezonini, o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishning usullari va vositalarini bilishi kerak.

2” Qoniqarsiz


“Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanidan aniq tasavvurga ega bo‘lmagan, mehnat ta’limini mazmuni, shakl va usullarini bilmagan talabalarga 54 va undan past ball qo‘yiladi.



9. Asosiy va qo‘shimcha adabiyotlat hamda axborot manbalari.

Asosiy darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari




Muallif

Adabiyot

nomi


Nashr

yili


Adabiyotning ARM dagi

shifri


Adabiyotning ARM dagi inventar raqami

1.

R.A.Mavlonova, B.Normurodova.


Tarbiyaviy ishlar metodikasi. O‘quv qo‘llanma.

2008-yil. “Fan”.







2.

R.Mavlonova, N.Rahmonqulova, B.Normurodova, K.Matnazarova

Tarbiyaviy ishlar metodikasi. Darslik

2014-yil. TDPU Riziografida nashr qilingan.








10. Qoshimcha adabiyotlar:


  1. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil yakunlari va 2017-yil istiqbollariga bag‘ishlangan majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nutqi. // Xalq so‘zi gazetasi, 2017.16 yanvar, №11

  2. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. “O‘zbekiston”, 2017.

  3. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017yil, 6-son,70-modda.

  4. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi – inson manfaatlarini ta’minlash taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. “O‘zbekiston”, 2017.

  5. R.A.Mavlonova,D.Abdurahimova. Pedagogik mahorat. O‘quv qo‘llanma T:.Fan va texnologiya 2012-yil

  6. S.Nishonova, M.Imomova, R.Xasanov. Pedagogika tarixi. Darslik T.: O‘qituvchi 1996-yil.

  7. M.Ochilov. Muallim qalb me’mori. O‘quv qo‘llanma T:.O‘qituvchi. 2004-yil.

  8. N.Egamberdieva, Ijtimoiy pedagogika. Darslik. Alisher Navoiy nomidagi O‘zMKN.T.: 2009-yil.

  9. K.Xoshimov, S.Ochilov. O‘zbek pedagogikasi antologiyasi.O‘quv qo‘llanma.T:.O‘qituvchi 2010-yil

  10. R.A.Mavlonova, N.H.Vohidova, N.H.Raxmonqulova. Pedagogika nazariyasi va tarixi. Darslik T:. Fan va texnologiyalar. 2010-yil

  11. Pedagogy and Practice: Teaching and Learning in Secondary Schools. Michael Uljens. School Didactics and Learning: A School Didactik Model Framing an Analysis of Pedagogical Implications of Learning Theory 2008-yil.

  12. John Dewey,How we think(1910).Martin, Jay.The Education of John Dewey. (2003) Columbia University Press. Gutek Gerald L. (2009) New Perspectives on Philosophy and education. Pearson Education Inc.


Internet saytlari
1. www. gov.uz. O‘zbekiston Respublikasi xukumat portali.

2.www.lex.uz. O‘zbekiston Respublikasi Qonun xujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi.

3. www. tdpu. uz

4. www. ziyonet. uz




11 Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. Toshkent. 1993- y.)

22 M. Temurova. Boshlang’ich ta’lim jurnali. 9-12- sonlar. 1995- y.)

11 U.Xayyom. Navro’znoma. Toshkent. 1990-y



Download 198,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish