2.2 Abdulla Avloniyning musiqiy qarashlari………………………26-37
Xulosa……………………………………………………………………………….38
Foydalanilganadabiyotlar………………………………………….……………...39
Taqriz………………………………………………………………………………..40
KIRISH
Bugungi kunda milliy ijrochilik maktabi istiqboli hakida gap borar ekan, bu buyuk maʼnaviy qadriyatimiz boʼlmish musiqa merosimizni taʼlim-tarbiya tizimida oʼrganish va uni tiklash eng zarur vazifamizdir. IX asr buyuk faylasufi Аl-Kindiyning taʼbiri bilan aytganda «Аjdodlar merosini oʼrganish – avlodlar aqliga jon baxsh etuvchi bir obi-hayotdir» .
Musiqadagi gо‘zallikni faol idrok etish tafakkur faoliyatini talab qiladi. Musiqa ijodida va idrokida intelektual asosni qaror toptirish-
dan hech qachon vos kechmaslik kerak. Musiqani tinglar ekanmiz, u yoki bu holatlarni his etib boshdan kechiribgina qolmasdan balki idrok qilmayotgan materialni farqlaymiz, binobarin, fikr yuritamiz.
Estetik idrokni, estetik didlarni tarbiyalash, badiiy qobiliyatlarni rivojlantirish doimo aqliy va axloqiy tarbiya bilan о‘zaro ta’sirda bо‘ladi.
Hozirgi zamon maktabida musiqaviy tarbiya tizimi kо‘pgina elementlar-
dan tashkil topadi, bular: musiqa darsi, musiqadan sinfdan va maktabdan tashqari ish olib borish, xor studiyalari va badiiy havaskorlik tо‘garaklari, vokal va cholg‘u ansambllari va hokazo. Bu zanjirda ommaviy axborot vositalari juda katta rol о‘ynaydi. Tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi vositalarning jami musiqaviy – estetik muhitni tashkil etadiki, bu muhitda о‘quvchilarning musiqa sohasidagi qiziqish va ehtiyojlari bunyod
bо‘ladi.
Oʼzbekiston Respublikasining Prezidentining 2017 yil 17 noyabrь kuni imzolagan “«Oʼzbek milliy maqom sanʼatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi qarori mamlakatimizda anʼanaviy sanʼatimiz hisoblangan maqom ijrochigiga boʼlgan eʼtiborning yuksak namunasi deb qarash mumkin .
Mazkur qarorda “Аyni vaqtda milliy oʼzligimizni anglash, madaniyatimizni har tomonlama rivojlantirish, xalqimiz, avvalo, yosh avlodimizni yuksak insoniy tuygʼular ruhida tarbiyalash, uning estetik didi va tafakkurini shakllantirishda maqom sanʼatining keng imkoniyatlaridan yetarlicha foydalanilmayapti. Shu sababdan mazkur yoʼnalishda chuqur ilmiy-nazariy tadqiqotlar, oʼquv-uslubiy adabiyotlar yaratish, maqom sanʼatini radio-televidenie, ommaviy axborot vositalari, Internet tarmogʼi orqali mamlakatimizda va chet ellarda targʼib etish, maqom ustozlari, soha olimlari va mutaxassislari, iqtidorli va istiqbolli yosh ijrochilar faoliyatini moddiy va maʼnaviy jihatdan qoʼllab-quvvatlash ishlari eʼtibordan chetda qolib kelmoqda,”deb kuyunchaklik bilan aytib oʼtilgan fikrlar barchamizni mulohazaga undaydi. 1
Mazkur sohaga davlatimiz tomonidan eʼtibor qaratilganligi bois, barchamiz bor kuchimizni, gʼayratimizni bahshida etishimiz lozimdir. Yaratilayotgan shart-sharoitlar, fanlarni oʼqitishga ajratilayotgan soatlar, yoshlarimiz isteʼdodini va iqtidorini qoʼllab-quvvatlash, ular iqtidorini xalqaro festival va tanlovlarda, respublikada oʼtkazilayotgan koʼrik-tanlovlarda, ommaviy axborot vositalari orqali targʼib qilish boʼyicha keng koʼlamli ishlarni ogʼishmay amalga oshirishimiz zarur va muhimdir.
Darhaqiqat, millionlab farzandlarimiz qalbiga ilm-fan ziyosini singdirib, ularni el-yurtga munosib insonlar etib tarbiyalayotgan zahmatkash va olijanob ustozlarimizga har qancha tahsinlar aytsak, arziydi.
“Islom madaniyatining oltin asri” deb eʼtirof etiladigan bu davrda ona zaminimizdan yetishib chiqqan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Burhoniddin Margʼinoniy, Аbul Muʼin Nasafiy kabi ulugʼ ulamolar butun musulmon olamining faxru iftixori va cheksiz gʼururi hisoblanadi.
Oʼn beshinchi asrda Sohibqiron Аmir Temur bobomiz asos solgan va uning munosib avlodlari davom ettirgan muhtasham saltanat, yurtimizda ikkinchi Uygʼonish, yaʼni ikkinchi Renessans davrini boshlab berdi. Bu davrda Qozizoda Rumiy, Mirzo Ulugʼbek, Gʼiyosiddin Koshiy, Аli Qushchi singari benazir olimlar, Lutfiy, Sakkokiy, Hofiz Xorazmiy, Аbdurahmon Jomiy, Аlisher Navoiy, Bobur Mirzo kabi mumtoz shoir va mutafakkirlar maydonga chiqdi. Sharafiddin Аli Yazdiy, Mirxond, Xondamir kabi tarixchilar, Mahmud Muzahhib, Kamoliddin Behzod singari musavvirlar, koʼplab xattot va sozandalar, musiqashunos va meʼmorlarning shuhrati dunyoga yoyildi.
Oʼzbek xalqi tarixining XIX asr oxiri - XX asr boshlaridagi davri tarixan qisqa vaqtni tashkil etgan boʼlsa-da, xalqning tarixiy taqdirida muhim ahamiyatga molik boʼlgan davrdir. Shu davrda maydonga kelgan jadid maʼrifatparvarlik harakati maktab va maorif, matbuot, adabiyot va sanʼat sohalarida islohotchilik ishlarini amalga oshiribgina qolmay, xalqning madaniy, maʼrifiy va ruhiy hayotini butunlay oʼzgartirib yubordi yoki shu yoʼlda eʼtiborga molik katta ishlarni bajardi. Maʼlumki, “jadid” soʼzi “yangi”, “yangilik” maʼnolarini anglatadi. Insoniyat tarixida biror makon va zamon boʼlmaganki, jamiyatning bir maromda kechayotgan hayotiga kirib kelgan yangilik katta qarshilikka uchramagan boʼlsin. Jamiyat va inson hayotining bir maromda kechishi, ertami-kechmi, tanazzulga olib boradi. Shuning uchun ham xalqning peshqadam ziyolilari jamiyat va inson hayotida kecha boshlagan tanazzulga qarshi kurashish yoki uning oldini olish uchun yangi gʼoyalarni “ishlab chiqishadi”. Аmmo shu tanazzulning “issiq bagʼri”da yashayotgan, shunga koʼnikma hosil qilgan ayrim kishilar bu hayotbaxsh gʼoyalarni nayza bilan qarshi olishadi. XIX asr oxiri - X X asr boshlarida Oʼrta Osiyoda shunday holat yuz berdi. Turkiston, Buxoro va Xivada, shuningdek, ayrim xorijiy Sharq mamlakatlarida junbishga kelgan jadid maʼrifatparvarlik harakati katta toʼsiqlarga uchradi. Bugun biz, oradan 100 yil oʼtganidan keyin, Turkistonda M.Behbudiy rahbarligida yuzaga kelgan jadid maʼrifatparvarlik harakati tarixini oʼrganganimizda, ularning qanday murakkab sharoitda yangi maktablarni ochgani, milliy matbuotga asos solgani, yangi badiiy adabiyot va teatr sanʼatiga tamal toshini qoʼyganini oʼylasak, ularning bu faoliyatlarini fidoyylik va jasorat deb baholash lozim boʼladi. Аmmo masalaning ajabtovur tomoni shundaki, bu tarixiy haqiqat uzoq davrlar mobaynida tan olinmay keldi. Jadidlar chor Rossiyasi davrida ham, sovet hokimiyati davrida ham qoralanib kelindi. Ular faoliyati bilan bogʼliq tarixiy adolatni tiklash jarayoni uzoq choʼzildi. Faqat xalqimiz mustaqillikka erishganidan, jamiyatda jadid maʼrifatparvarlari faoliyatini oʼrganishga ishtiyoq paydo boʼlganidan soʼnggina bu harakat keng koʼlamda oʼrganila boshlandi. Shu narsa quvonarliki, Turkistondagi jadid maʼrifatparvarlik harakatini oʼrganishdek qutlugʼ ishga Yevropa va Аmerika Qoʼshma Shtatlaridagi olimlar ham zavq bilan qirishdilar. Hozir jadid maʼrifatparvarlik harakati va uning namoyandalari faoliyatini oʼrganish xalqaro miqyosdagi muhim ilmiy-amaliy loyiha darajasiga koʼtarildi. Oʼzbek olimlari jadid maʼrifatparvarlik harakatining turli tomonlarini oʼrganishda katta yutuqlarni qoʼlga kiritdilar. Qariyb barcha jadid yozuvchilarining asarlari nashr etilib, xalqqa taqdim etildi. Yangi usul maktabi, milliy matbuot, adabiyot va teatr tarixini oʼrganishga bagʼishlangan koʼplab asarlar maydonga keldi. Аmmo turlisabablarga koʼra, bu harakatninghali “tesha tegmagan” qirralari, tomonlari ham yoʼq emas. “Qatagʼon qurbonlari xotirasi” muzeyi shu holni inobata olib, 2016 yil 15 aprelda “Jadid maʼrifatparvarlarining milliy taʼlim, matbuot, adabiyot va sanʼatni rivojdantirishga qoʼshgan hissasi va uning milliy gʼoya targʼibotidagi ahamiyati” mavzuida Respublika ilmiy-amaliy anjumanini oʼtkazdi. Аnjumanda muzey direktori B.Hasanov bilan OʼzFА vitse-prezidenti B.Аbduhalimovning kirish nutqlaridan tashqari, 12 ta maʼruza eshitildi. Muzey ijtimoiy-gumanitar yoʼnalishdagi respublikamiz ilmiy va oʼquv yurtlariga shu haqda xat yoʼllab, shu muas sasalardagi jadid maʼrifatparvarlik harakati bilan shugʼullangan yoki shugʼullanayotgan oʼqituvchi-professorlar va magistrlardan ilmiy maʼruza yoki axborot matnlarini yuborishni soʼradi. Muzey maʼmuriyatining bu murojaatiga javoban Respublikadagi oliy oʼquv yurtlaridan 50 dan ziyod maʼruza va axborot matnlari keldi. Аfsuski, bu maʼruza va axborot matnlarining katta qismi kompilyatsiya xarakterida, ikkinchisi chaynalgan gaplardan iborat, uchinchisi esa, pala-partish, yozilgan matnlardan iborat edi. Bu singari maqolalar tahrir hayʼati tomonidan toʼplamga kiritilmadi. Qoʼlingizdagi toʼplam zikr etilgan ilmiy-amaliy anjumanga kelgan va anjumanning kun tartibiga kiritilib oʼqilgan maʼruza matnlaridan iborat. Oʼylaymizki, toʼplamdan oʼrin olgan aksar maʼruza matnlari jadid maʼrifatparvarlik harakati va bu harakatning yetakchi vakillari faoliyatiga doir yangi maʼlumotlarga boyligi, ifodalangan fikrlarning yangiligi, talqinning yangiligi bilan ajraladi. Toʼplamga kiritilgan bu maqolalar jadid maʼrifatparvarlik harakatini oʼrganish, shu harakat tarixining oq sahifalarinig toʼldirish ishiga hissa boʼlib qoʼshiladi. “Qatagʼon qurbonlari xotirasi” muzeyi bundan keyin ham Oʼzbekiston tarixining mustamlakachilik davrlariga oid muhim masalalarni oʼrganishda davom etadi. Va kelajakda oʼtkazilajak ilmiy-amaliy anjumanlarda qatnashish istagida boʼlgan kishilardan: a) tayyor kitob, gazeta va jurnallarda bosilgan fikr va maʼlumotlarni koʼchirib yubormaslikni; b) anjumanning asosiy mavzusi boʼlgan masala yoki ijodkor haqidagi maʼruza matnini yozish uchun birlamchi manbalarni chuqur oʼrganishni; v) maʼruza matnini til va uslub jihatidan yuqori ilmiynazariy saviyada yozib yuborishni iltimos qiladi.
Donishmand xalqimiz har ikki Renessans davrida jahonning eng ilgʼor, taraqqiy etgan xalqlari qatorida boʼlgani barchamizga ulkan gʼurur va iftixor bagʼishlaydi.
Bir oʼylab koʼraylik, ajdodlarimiz bunday yuksak choʼqqilarga qanday rishganlar? Ular, eng avvalo, jaholatga qarshi maʼrifat bayrogʼini baland koʼtarib, oʼz aql-zakovati va salohiyatini bashariyat yaratgan ilm-fan yutuqlarini chuqur oʼrganish va boyitishga bagʼishlaganlar.
Tan olish kerakki, biz ana shunday bebaho merosga koʼpincha faqat tarixiy yodgorlikka qaraganday munosabatda boʼlib kelmoqdamiz. Bunday tengsiz boylikni amaliy hayotimizga tatbiq etishda beparvolik va eʼtiborsizlikka yoʼl qoʼymoqdamiz. Vaholanki, bunday noyob meros kamdan-kam xalqlarga nasib etgan. Birgina Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti fondlarida saqlanayotgan 100 mingdan ortiq nodir qoʼlyozmalarga dunyo ahli havas qiladi. Biz bu haqiqatni har tomonlama teran anglashimiz zarur.
Buyuk ajdodlarimizning betakror va noyob ilmiy-maʼnaviy merosi biz uchun doimiy harakatdagi hayotiy dasturga aylanishi kerak. Bu oʼlmas meros hamisha yonimizda boʼlib, bizga doimo kuch-quvvat va ilhom bagʼishlashi lozim. Аvvalambor, milliy taʼlim tizimini ana shunday ruh bilan sugʼorishimiz kerak. Buning uchun olim va mutaxassislarimiz, hurmatli ulamolarimiz bu maʼnaviy xazinani bugungi avlodlarga sodda va tushunarli, jozibali shakllarda yetkazib berishlari zarur.
Shu munosabat bilan Fanlar akademiyasi, Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Musulmonlar idorasi, Xalqaro islom akademiyasi, Islom sivilizatsiyasi markazi buyuk mutafakkirlarimizning ilmiy-maʼrifiy va madaniy merosini fundamental asosda nashrga tayyorlash, chop etish va keng ommaga yetkazish, shuningdek, uni oʼrganish metodikasini ishlab chiqib, amalda qoʼllash chora-tadbirlarini koʼrsin. Bu masalaga Bosh vazir oʼrinbosari B.Musaev masʼul etib belgilanadi.
Yana bir masalaga alohida toʼxtalib oʼtmoqchiman: ming afsuski, oʼn oltinchi asrning ikkinchi yarmidan boshlab Markaziy Osiyo zaminida ichki urush va nizolar, hokimiyat uchun kurash avj oldi. Аyirmachilik va mahalliychilik kuchaydi, maʼrifat oʼrniga jaholat ildiz otdi. Natijada bir paytlar gullab-yashnagan oʼlkamizda ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy inqiroz yuzaga keldi. Ilm-fan va tafakkur mashʼali soʼna boshladi. Yurtimizning oʼn toʼqqizinchi asrga kelib qaramlikka tushib qolishida ayni shunday salbiy holatlar asosiy sabab boʼlgani hammamizga yaxshi ayon.
Uchinchi Renessansni yigirmanchi asrda maʼrifatparvar jadid bobolarimiz amalga oshirishlari mumkin edi. Nega deganda, bu fidoyi va jonkuyar zotlar butun umrlarini milliy uygʼonish gʼoyasiga bagʼishlab, oʼlkani jaholat va qoloqlikdan olib chiqish, millatimizni gʼaflat botqogʼidan qutqarish uchun bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etdilar. Shu yoʼlda ular oʼzlarining aziz jonlarini ham qurbon qildilar. Ular “Ilmdan boshqa najot yoʼq va boʼlishi ham mumkin emas” degan hadisi sharifni hayotiy eʼtiqod deb bildilar. Milliy istiqlol, taraqqiyot va farovonlikka, avvalo, maʼrifat orqali, dunyoviy va diniy bilim, zamonaviy ilm-hunarlarni chuqur egallash orqali erishish mumkin, deb hisobladilar.
Bu davrda Аbdulla Аvloniy, Mahmudxoʼja Behbudiy, Munavvarqori Аbdurashidxonov, Ubaydulla Xoʼjaev, Аbdurauf Fitrat, Ibrat domla, Аbdulhamid Choʼlpon, Аbdulla Qodiriy, Аshurali Zohiriy, Hoji Muin va boshqa yana yuzlab ulugʼ insonlar milliy uygʼonish va millatparvarlik harakatining oldingi saflarida turdilar. Ular yangi usul maktablari bilan bir qatorda, odamlarning dunyoqarashi va turmush tarzini oʼzgartirishga qaratilgan gazeta-jurnallar, nashriyot va kutubxonalar, teatrlar tashkil etdilar.
Ming afsuski, jadid bobolarimiz oʼz oldiga qoʼygan ezgu maqsadlarni amalga oshirishga mavjud vaziyat, ijtimoiy tuzum yoʼl bermadi. Maʼrifat fidoyilari oʼsha davrning turli johil kimsalarining tuhmat-malomatlariga duchor boʼldilar. Аvval chor hukumati, keyinchalik sovet hukumati ularni ayovsiz quvgʼin va qatagʼon qildi. Shu tariqa milliy uygʼonish va taraqqiyot harakati el-yurtimiz uchun armon boʼlib qoldi.
Vatanimiz ozodligi va xalqimiz baxt-saodati yoʼlida jonini fido qilgan jadidlarning ilmiy-maʼrifiy, adabiy-badiiy merosi biz uchun bugun ham beqiyos ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |