Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti maktabgacha ta



Download 116,9 Kb.
bet4/12
Sana31.12.2021
Hajmi116,9 Kb.
#245750
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Maxmudova Mukammal (2)

Yangi usul maktablari 

Yangi usul maktablari — musulmon maktablarining taʼlim usuli va dasturlarini isloh qilib, bolalarga ona tilida xatsavod oʻrgatgan va yangilik gʻoyalarini ilgari surgan oʻquv yurtlari. Dastlab Qrimning Boqchasaroy shahrida 1884 yil maʼrifatparvar Ismoilbek Gasprinskiy tomonidan tashkil etilgan va u "usuli savtiya tadrijiya" ("rivojlanuvchi tovush usuli") maktabi boʻlgan. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida Turkistonda tijorat va sanoatning rivojlanishi bu sohalarni boshqara oladigan shaxslarni yetishtirish ehtiyojini tugʻdirdi. Koʻp asrlik maktabxonalar yoshlarga zarur dunyoviy bilim va koʻnikma bermas edi. Shuning uchun yangi usulda taʼlim beradigan maktablar ochila boshladi. 1893 yil Buxoro amiri Abdulahadxon ruxsati va Moʻminxoʻja Vobkendiy va gʻijduvonlik Domla Fozil saʼyharakati bilan dastlabki yangi usul maktabi ochildi. Oʻzbekiston hududida keyingi Yangi usul maktablarim. 1898 yil Qoʻqonda Salohiddin domla va Samarqanddagi paxta zavodi huzurida tatar muallimlari tomonidan ochilgan (oʻzbeklar bu davrda bunday maktablarni "noʻgʻoy maktab" deb atagan). 1900 yildan boshlab Toshkentda jadidchilik harakatining yirik namoyandasi Munavvarqori Abdurashidxonov, Samarqandda Abduqodir Shukuriy (Shakuriy) tashkil qilgan Yangi usul maktablarim. ish boshlagan. Bunday maktablar Andijon va Namanganda, Xiva xonligida ham ochilgan. 1908 yil Buxoroda A. Burhonov tomonidan tashkil etilgan boshqa yangi usul maktabi koʻp oʻtmay yopib qoʻyilgan. Yangi usul maktablarim.da maktabxonadagi yakka oʻqitish usulidan sinfda dars berish usuliga oʻtildi, sinflarda geogr. xaritalari, globus va boshqalar koʻrgazmali qoʻllanmalar paydo boʻldi. Yangi usul maktablarim.da xatsavod bolalarning ona tilida tovush usuli — usuli savtiyaaa oʻrgatilgan. Maktablar asosan 1— 4sinfdan iborat boshlangʻich maktablar boʻlgan. 1913/14 oʻquv yilidan ayrim joylarda 2 bosqichli tizim joriy qilina boshlandi. Bu tizimdagi maktablar namuna maktablari deb atalib, ularning 1bosqichi tahziriy (boshlangʻich) sinflar, 2bosqichi rushdiy (yuqori) sinflar deyilgan. Xususan, M.Abdurashidxonovning namuna maktabi, A. Shukuriyning Samarqanddagi va A. Ibodiyevttt Qoʻqondagi maktabida rushdiy (yuqori) sinflar (5— 6sinf) ham ish boshlagan.

YA.u.m. uchun maxsus binolar qurilmatan. Ular xususiy boʻlib, koʻp hollarda maktab uchun muallimning oʻz uyidan yoki biron boʻsh turar joy binolaridan hamda baʼzi shaxslarning tashqi hovlilaridan foydalanilgan. Chor hukumati amaldorlari bunday maktablar milliy madaniyatning oʻsishiga yordam berishidan choʻchib, podsho hokimiyati uchun xatarli deb hisobladilar. Shuning uchun ularning faoliyatini boʻgʻib qoʻyadigan turli tadbirlar qoʻrildi. Xususan, 1911 yilda mahalliy millat maktablarida (rustuzem maktablaridt tashqari) oʻquvchilar qaysi millatdan boʻlsa, muallimlar ham shu millatdan boʻlishlari lozim degan qaror qabul qilindi. Shu qaror asosida tatar muallimlari ishdan boʻshatilib, bir necha oʻnlab Yangi usul maktablarim. yopib qoʻyildi. Yangi usul maktablarim.ning biron joyda rasmiy tasdiqlangan yagona oʻquv rejasi, dasturi boʻlmagan. Darslar muayyan maktab rahbari va muallimlari tomonidan tuzilgan oʻquv rejasi va darsliklar asositsa olib borilgan. Mas, A. Shukuriy oʻz maktabining 1 va 2 bosqich sinflari uchun oʻquv dasturi va rejasini Behbudiy bilan birgalikda tuzgan. Yangi usul maktablarim.da dunyoviy fanlar bilan bir qatorda diniy darslar ham oʻqitilgan. Alifbe kitobi bilan "Alifboyi Qurʼoniy" ham oʻrgatila boshlangan. Dunyoviy fanlardan fizika, kimyo, geom., arifmetika, geogr., ayrim maktablarda 4sinfdan rus tili ham oʻqitilgan. Rus tilidan imtihonlar Toshkentdagi 2 bosqichli rustuzem maktabida oʻtkazilgan va oʻquvchilar bilimi 5 balli tizim asosida baholangan. Yangi usul maktablarim.da yuqori sinflar uchun fizika, kimyo, geom. kabi oʻquv fanlaridan oʻzbek tilida darslik, oʻquv qoʻllanmalari boʻlmagan. Muallimlar bu fanlar boʻyicha tatar, turk tillarida nashr qilingan qoʻllanmalardan foydalanishga majbur boʻlganlar. Ayrim muallimlar oʻzlari darsliklar yozib, shu asosda taʼlim berganlar. Saidrasul Saidazizov "Us todi avval" (1902), Behbudiy "Risolai asbobi savod" (1904), "Risolai jugʻrofiya umroniy" (1905), Munavvarqori "Adibi avval", "Adibi soniy" (1907), Abdulvohid Burhonov "Rahbari xat" (1908), Avloniy "Birinchi muallim" (1910), "Ikkinchi muallim" (1912), Rustambek Yusufbek oʻgʻli "Taʼlimi avval", A.Ibodiyev "Tahsilul alifbo" darsliklarini yozib nashr etishdi.

YA.u.m.ga hukumat hech qanday yordam bermagan. Maktablar bolalarning otaonalaridan har oyda olinadigan mablagʻ hisobiga ishlagan, muallimlarga ham shu hisobdan maosh toʻlangan. Yangi usul maktablarim. da may oyi oxirlarida ota-onalar va mehmonlar ishtirokida imtihonlar oʻtkazilgan. Imtihonda bolalar Qurʼon suralarini yod aytishni, oʻzbek tilidan oʻqish va yozishni, hisobdan 4 amalni oʻrganganliklarini namoyish qilganlar. Yangi usul maktablarim. zamonaviy oʻzbek milliy maktablarining ilk bosqichi boʻlgan. Bu maktablar tajribasi asosida faqat alifbe va oʻqish kitoblarigina emas, oʻzbek tilining qonunqoidalari yoritilgan "Turkcha qoida" va "Imlo" kabi dastlabki oʻquv qoʻllanmalari yaratilgan. 1918 yilgacha Oʻzbekiston hududida 104 Yangi usul maktablarim. boʻlib, ularda 10343 bola oʻqigan. Yangi usul maktablarim. 1918/19 oʻquv yilidan davlat maktablariga aylantiril ib, xalq maktablari nomini olgan.

1.2. Turkistonda jadidchilik harakati va Oʻzbekiston mustaqilligidan keyingi talqin.

Feodolizmga qarshi norozilik kayfiyati, zarur taqdirda amaliy yoʼlini tutish maʼrifatparvarlikning siyosiy maqsad va moxiyatini ifoda etadi. Bu narsa maʼrifatchilikning ikkinchi bosqichi deb nom olgan 1905-1906 yillardagi voqealar taʼsirida shakllandi. Bu davrda S.Аyniy, А.Аvloniy, M.Bexbudiy, Munavvar qori va boshqalar nomi bilan bog‘langan jadidchilik harakati keng yoyildi. Bu harakat yangi milliy kadrlarni tayyorlab yetishtirish va tarbiyalashda, madaniyatning milliy mustaqillik g‘oyalarini targ‘ib qilishga daʼvat etishda koʼzga tashlanadi. Eng muhimi jadidlar oʼlkada mavjud boʼlgan madaniyatga yangi mazmun berishni oʼz oldilariga maqsad qilib qoʼyadilar. Shu madaniyatga yangi mazmun berishni oʼz oldilariga maqsad qilib qoʼyadilar. Shu maqsadda sanʼat, matbuot, maorif, adabiyot sohalarida islohot oʼtkazish g‘oyalarini ilgari suradilar. Jadidlar avvalambor maorif sohasida islohotlar oʼtkazib xalq ommasining savodxonligi, bilimi, umumiy madaniy saviyasini oshirishga bel bog‘laydilar. Natijada “Usuli jadid” maktablarini ochilishi ulkan ijtimoiy-siyosiy hodisa boʼldi. Аsr boshlarida yuzaga kelgan 100ga yaqin shunday maktablarda 100 mingdan ortiq bola tarbiya koʼradi. Jadidlar maorifning diniy tizimiga ham oʼzgartirishlar kiritishga intildilar. Diniy bilimlarni oʼqitishga katta ahamiyat berilishi bilan birga dunyoviy fanlar: arifmetika, tarix, geografiya, tabiyotdan berilgan saboqlar ham muhim oʼrin tutadi. Behbudiy diniy tizimni qayta qurish, ruhoniylarni yangi avlodini tayyorlash lozimligini alohida taʼkidlagan edi. Uning “Padarkush”, Fitratning “Munozara”,Qudratilloning “Toʼy” kabi dramatik asarlarini yuzaga kelishiga ana shu talablar sabab boʼldi.

1904-1905-yillardagi rus-yapon urushi, 1905-1907-yillarda boʻlgan 1-rus inqilobi, 1905-1911-yillardagi Eron inqilobi, 1908-yil Turkiyada boʻlgan Yosh turklar inqilobi jadidlar dunyoqarashiga kuchli taʼsir koʻrsatdi. Jadidlar oʻz gazeta va jurnallari, yangi usul maktablari, turli kutubxona va qiroatxonalar, havaskor teatr truppalari tevaragida toʻplanishar edi. Ularning koʻpchiligi shu davrning koʻzga koʻringan ijodkorlari — shoir-u yozuvchilar edi. Ular oʻz asarlari bilan tarixan yangi milliy adabiyot yaratdilar. Adabiyot davr voqealariga hamohang bordi. 1910-yillardayoq maʼrifat va ozodlik gʻoyalari uning markaziy mavzuiga aylandi. Adabiyotga „millat“ va „vatan“ tushunchalari kirib keldi. Milliy sheʼrlarga ragʻbat kuchaydi. Yangi zamonaviy dostonchilik maydonga keldi, publitsistika (Behbudiy, Fitrat, Munavvarqori, Mirmuhsin) rivojlandi, realistik proza shakllandi. Shuning uchun ham bu davr adabiyoti Oʻzbekiston mustaqilligidan keyin milliy uygʻonish davri oʻzbek adabiyoti deb davrlashtirildi.

Sovet davrida yozilgan adabiyotlarda jadidchilikka „burjua-liberal harakat“ deb taʼrif berilgan. SSRI parchalanib ketganidan keyin jadidchilik harakati va uning namoyandalari nomi qayta tiklandi. Tarixchi, adabiyotshunos, tilshunos, faylasuf, huquqshunos, sanʼatshunos va pedagog olimlar jadidlarning ilmiy va adabiy merosini oʻrganishda dastlabki natijalarni qoʻlga kiritishdi. Mustaqillik yillarida Fitrat, Choʻlpon, Abdulla Avloniyning 2 jildli, Behbudiy, Abdulla Qodiriy, Sidqiy Xondayliqiy, Ibrat, Ajziy, Soʻfizodaning 1 jildli, shuningdek, Fayzulla Xoʻjayev, Munavvarqori, Polvonniyoz hoji Yusupovning asarlari chop qilindi. Jadidlarning 20 ta mashhur vakili kiritilgan „Unutilmas siymolar. Jadidchilik harakatining namoyandalari“ (Toshkent, 1999) albom-kitobi nashrdan chiqdi. Ularning faoliyati darslik va qoʻllanmalarga kiritildi.

1999-yil 16-18-sentabrda Toshkentda „Markaziy Osiyo 20-asr boshida: islohotlar, yangilanish, taraqqiyot va mustaqillik uchun kurash (Jadidchilik, Muxtoriyatchilik, Istiqlolchilik)“ mavzuida xalqaro konferensiya oʻtkazilib, unda AQSH, Germaniya, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Turkiya, Rossiya, Hindiston va boshqa mamlakatlardan kelgan nufuzli olimlar jadidchilik va istiqlolchilik harakatlari toʻgʻrisida jahon ilm-fanida toʻplangan soʻnggi xulosalar yuzasidan oʻzbekistonlik hamkasblari bilan oʻzaro fikr almashdilar. Jadidchilik harakati jahonshumul ahamiyatga molik hodisa ekanligi eʼtirof qilindi. Konferensiyada ushbu muammoni tadqiq qiluvchi xalqaro ilmiy kengash tuzildi.




Download 116,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish