Strategik menejer va qo’yiladigan asosiy talablar.
Bugungi kunda murakkab va tez o’zgaruvchan vaziyatda raqobatlashish uchun firma strategiyani ishlab chiqishini boshqaruvchilarni strategik menejerlarni aniqlab olishi lozim. Ularning vazifasi butun tashkilot faoliyatining ma’lum bir yo’nalishda borishini ta’minlashdir (ular kunincha kompleks menejerlar, deb ataladi). Ular biznesning ayrim fuiktsiyalari (xodimlar, ta’minot, ishlab chiqarish, savdo, mijozlarga xizmat ko’rsatish, hisob) bajarilishini taminlanishi funktsion menejerlardan farq qiladi va butun tashkilotni strategik jihatda boshqarib, kompaniyada o’ziga xos o’rin egallaydi.
E.Vrappning fikricha (Chikago universiteti), eng omadli strategik menejerlar quyidagi hislatlarga ega bo’lishi kerak:
- ko’p narsadan yaxshi xabardor bo’lishlari;
- o’z vaqti va kuch-quvvatini boshqara olishlari,
- yaxshi siyosatchi bo’lishlari (konsensus topa olishlari);
- ekspertlarga o’xshab «bir narsaga yopishib olmasliklari»;
- dasturni xususiy yo’nalishlarda ilgari sura olishlari lozim.
Ko’p narsadan xabardor bo’lish boshqaruvning turli pog’onalarida keng ko’lamli boshqaruv qarorlarini qabul qila olishga imkon beradi. Menejerlar tashkilotning turli qismlarida axborot manbalari tarmog’ini tashkil qilishlari kerak, bu ularga voqelikdan tez xabardor bo’lib turish imkonini beradi.
Ular o’z vaqti va kuch-quvvatini turli ishlar, qarorlar muammolar o’rtasida to’g’ri taqsimlay olishlari kerak. Shuningdek, qachon javobgarlikni taqsimlash kerakligi, qaysi paytda xususiy muammolarga aralashish kerakligini bilishlari lozim.
Yaxshi siyosatchi o’z fikrlari asosida konsensus topa olish san’atini egallagan bo’lishi, ularni o’z obro’-e’tibori bilan ilgari surish uchun tazyiq ko’rsatmasligi kerak. U diktator kabi emas, balki koalitsiyaning a’zosi yoki rahbari sifatida ish tutishi lozim.
O’zgaruvchan dunyo strategik menejerdan moslashuvchanlikni talab qiladi. U manevrlarga va vujudga kelgan vaziyatga moslashshpga tayyor turishi kerak. Bu esa firma ma’lum bir maqsadlarsiz ish yuritsa-da, biroq ularni o’zgartirishga tayyor turishi kerakligini anglatadi.
Nazorat savollari
Strategiya tushunchasi va uning mazmunini tushuntiring.
Firma strategiyalarini ishlab chiqish bo’yicha menejerlarning vazifalari nimadan iborat?
Strategik boshqarishnieng maqsadi nimalardan iborat? 4Strategik boshqarishning besh vazifasi nimadan iborat? 5.Strategiyani belgilashga qanday omillar ta’sir ko’rsatadi? 6.Strategiyani amalga oshirishda ijrochi direktorning vazifalari? 7.Kompaniya missiyasini belgilovchi omillarni tushuntiring?
Mintsberg bo’yicha strategiyani belgilash.
Do'stlaringiz bilan baham: |