Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti geografiya kafedrasi



Download 1,66 Mb.
bet4/165
Sana20.06.2022
Hajmi1,66 Mb.
#682402
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   165
Bog'liq
O\'quv uslubiy majmua strategik menejment 2021 T (2)

Tashqi guruhlar: iste’molchilar; hukumat; kasaba uyushmalari;
raqobatchilar; jamiyat.

Ichki guruxlar: menejerlar; direktorlar kengashi; xissadorlar; yollanma ishchilar.

Maqsadni belgilash Biznesni aniqlash Bosh tizimlar Biznes falsafasi



Vazifa va mavqeidan kelib chiqib, strategiyani ifodalash



ichki guruhlar ta’sir ko’rsatadi (4-chizma).
3-chizma. Maqsadni belgilash va firma strategiyasini shakllantirishdagi harakatlanuvchi guruhlar Biznesni aniqlashda quyidagi savollarga javob berish lozim:

-bizning biznesimiz nimadan iborat?
-u qanday bo’ladi?
-qanday bo’lishi kerak?
Birgina biznes bilan shug’ullanuvchi kompaniya uchun «Bizning biznesimiz nimadan iborat?», degan savolga beriladigan javob quyidagi savollarga ham javob topishni taqozo etadi:
-kimning ehtiyoji qondiriladi (qanday iste’molchilar guruhlari?)
-qanday ehtiyojlar qondiriladi (iste’molchilarning qaysi ehtiyojlari?)
-iste’molchilarning ehtiyojlari qanday qondiriladi (tajriba yoki farq qiluvchi ustunliklar?)
Diversiyalangan kompaniya uchun «Bizning biznesimiz nimadan iborat?», degan savol ikki tabaqada ko’rib chiqilishi kerak:
-xo’jalikning o’rta bo’g’inlari uchun iste’molchiga yo’naltirilgan (birgina biznes bilan shug’ullanuvchi kompaniya uchun ham);
-korporatsiya miqyosidagi xo’jalikning o’rta bo’g’inlari portfeliga yo’naltirilgan. Bu esa quyidagilarni o’z ichiga oladi:
-kompaniya portfelining maqsadlari;
- xo’jalikning o’rta bo’g’inlari portfeli diversifikatsiyasi;
- portfeldagi xo’jalikning o’rta bo’g’inlari o’rtasidagi balans.
Oldiga maqsadlarni qo’yish biznes missiyasining maxsus maqsadlar qatoriga aylanish jarayonidir. Ayni paytda tashkilotning har bir bo’linmasini kerakli tomonga yo’naltirish jarayoni ham ana shunday boshlanadi. Maqsadlar menejer muvaffaqiyatga erishish uchun muhim deb hisoblagan har bir muhim natija uchun zarurdir. Maxsus muhim natijalar odatda tarmoqning miqyosi va darajasi, ishning rivojlanishi, investitsiyalarning qaytarilishi, dividendlarning o’sishi, bozor o’lchamlarini, sifatli mahsulot yoki texnologiya peshqadamlikning obro’-e’tibori, beqaror iqtisodiyotda ishlay olish qobiliyati, diversifikatsiya darajasi, moliyaviy qudrat, iste’molchilarga xizmat ko’rsatish, qiymat bo’yicha raqobatlasha olish qobiliyatini o’z ichiga olishi mumkin.
Mashhur kompaniyalarning o’z oldiga qo’ygan maqsadlaridan namunalar keltiramiz:

  • Federal Express: Dunyodagi eng katta va eng yaxshi transport kompaniyasi bo’lish;

  • Alcan Aluminum: Eng arzon alyuminiy ishlab chiqaruvchi korxona bo’lish;

  • General Electric: Dunyodagi eng qudratli raqobatchi bo’lish, kompaniya biznesining har bir sohasida bozordagi ulush bo’yicha birinchi yoki ikkinchi o’rinni egallash;

  • Atlas Corp: arzon oltin ishlab chiqaruvchi o’rtacha ishlab chiqaruvchi bo’lish va oltin ishlab chiqarish hajmini yiliga 125000 untsiyaga etkazib, 1500000 untsiyaga teng oltin zahirasiga ega bo’lish;

  • Black and Decker: yangi mahsulotlar chiqarishni va biznesni keng qamrovliligini davom etgirish. Bu erda ham uzoq muddatli, ham qisqa muddatli maqsadlar talab qilinadi. Uzoq muddatli maqsadlar ikki xil bo’ladi. Birinchidan, ular uzoq muddatli maqsadlarga erishish uchun bugun nima qilish kerakligini ko’rsatadi, ikkinchidan, bunday maqsadlarning mavjudligi menejerni bugungi qarorlarni qabul qilishda uzoq muddatli istiqbolni hisobga olishga undaydi.

Qisqa muddatli maqsadlar izchillik bilan eng yaqin kelajakda qaysi natijalarga zudlik bilan erishish kerakligini ko’rsatib beradi. Ular tashkilotga tanlab olingan yo’ldan borish uchun kerak bo’lgan tezlikni ham, qilinishi kerak bo’lgan ishlarning talab qilingan darajasini ham (qachon va qanchalik ko’p ish qilish kerakligini) ko’rsatadilar.
Tashkilotning maqsad va vazifalari ochiq-oydin bo’lishi lozim. Ba’zi kompaniyalarning menejerlari har bir hal qiluvchi natija uchun ma’lum bir maqsadni belgilaydilar va so’ngra uning sari qat’iy harakat qiladilar. Odatda bunday menejerlar umid, iltimos va yaxshi niyatlarga tayanadigan kompaniyalarga qaraganda g’oliblikka yaxshiroq nomzod bo’ladilar. Bu erda «daromadni ko’paytirish», «xarajatlarni kamaytirish», «samaradorlikni oshirish», «savdo hajmini ko’paytirish» kabi iboralarni ishlatmaslik kerak.
Strategik fikrlash uchun maqsadlar ierarxiyasini rahbarlikning barcha tabaqalari uchun har tomonlama belgilab olish muhimdir. Bu barcha menejerlar uchun vazifalarni anikdashdan tashqari, ularni bajarishning muhimligini ham ta’minlaydi (shu maqsadda jarayonda quyi tabaqadagi menejerlar ham ishtirok etadi).
Maqsadni belgilashda kompaniya paychilari manfaatlarini hisobga olish.
Paychilar kompaniyani kapital bilan ta’minlaydilar va buning evaziga o’z investitsiyalaridan munosib daromad olish ulushini qo’lga kiritadilar.. Kompaniyaning hissadorlari uning qonuniy mulk egalari hisoblanadi. Binobarin, ko’pchilik korporatsiyalarning maqsadi xissadorlarning daromadlarini imkon qadar ko’paytirishdan iborat. Paychilar o’z kapitallaridan ikki xil yo’l bilan foyda olishadi:

  • dividendlardan;

- bozor ko’lami kengayganda (aktsiyalarning bozor narxi ortganda) kapitalning qiymati ortishidan.
Kompaniya uchun aktsionerlar daromadini oshirishning eng yaxshi yuli investitsiyalarning qaytish tezligini oshirish strategiyasidan foydalanishdir. Bu esa kompaniya samaradorligini ko’rsatuvchi juda yaxshi indikator sanaladi. Ya’ni uning samaradorligi qanchalik yuqori bo’lca, dividend to’lash qobiliyati shunchalik yuqori
bo’ladi. Bundan tashqari, investitsiyalarning tez qaytishi kompaniya aktsiyalariga bo’lgan talabning kuchayishiga ham olib keladi.
Firma strategiyasini ishlab chiqish bo’yicha menejerlarning vazifalari. Strategik boshqaruv strukturasi.

Strategik boshqaruvni beshta o’zaro bog’langan boshqaruv masalalarining dinamik majmui sifatida ko’rish mumkin. Bu jarayonlar bir biridan kelib chiqadi. Biroq barqaror teskari aloqa va demak har bir jarayonning boshqalariga va ularning butun yig’indisiga teskari ta’siri mavjud. Bu strategik boshqaruv tizimining muhim xususiyati hisoblanadi. Strategik boshqaruv strukturasi sxematik tarzda 1-rasmda ko’rsatilgan.




4
- rasm. Strategik boshqaruv strukturasi.


Download 1,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish