Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti boshlang’ich ta’lim fakulteti



Download 85,28 Kb.
bet2/45
Sana28.01.2021
Hajmi85,28 Kb.
#56886
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
Analiz sintez

Shavkat Mirziyoyev"

Davlatimizda ta’lim tizimini tubdan isloh qilish borasida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida amalga oshirilayotga islohotlar ta’lim texnalogiyalardan samarali foydalana oladigan yosh avlodni tarbiyalashni talab etmoqda. Ta’lim jarayonida turli xil pedagogik texnologiyalarni qo’llash dars jarayonining samaradorligini oshiruvchi omillardan biridir. Boshlang’ich ta’lim umumta’lim maktablarning bosh bo’g’ini bo’lgani uchun shu jarayonda o’quvchining mukammal darajada rivojlanib borishiga e’tibor qaratish kerak. Bu albatta boshlang’ich ta’lim o’qituvchilarning zimmasiga tushadi. Ulardan bu borada o’ta darajada mas’ulyatli bo’lishi talab etiladi. Ular maktab ostonasiga ilk qadamni tashlagan o’quvchilarni maktab hayotiga o’rgatib, zamonaviy bilim egallashlariga yordam beradilar. O’quvchilarning o’qishga bo’lgan ijobiy munosobatlarini, o’ziga xos bo’lgan aqliy salohiyatlarini shu ilk davrdan boshlab shakillantirib boradilar. Shu nuqtai nazardan qaraganda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘qitishda o‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, bilimlarni oson o‘zlashtirish maqsadida pedagogik texnologiyalarning usul, vosita va shakllarini to‘g‘ri tanlab, ulardan foydalanish muhim hisoblanadi.



Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo’lida borayotgan mamlakatimizning iqtisodiy, ijtimoiy,ma’naviy rivojlanishlari jamiyatimiz hayotida ko’plab o’zgarishlarni amalga oshirdi.Shulardan biri uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish va rivojlantirish, yangi sifat bosqichiga olib chiqish, unda ilg’or pedagogik texnalogiyalarni joriy qilish hamda ta’lim samaradorligini oshirish davlat siyosatiga ko’tarildi. Bunga yaqqol namuna qilib 2017-yil 7-fevralda qabul qilingan.

“2017-2021-yillarga mo’ljallangan harakatlar strategiyasi”ni olishimiz mumkin. 4.4 bandida keltirilgan ta’lim va fan sohasini rivojlantirish: uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlarni tayyorlash siyosatini davom ettirish kerakligi belgilangan. Barchamizga ma’lumki har qanday davlatning, jamiyatning kelajagi, istiqboli o’sib kelayotgan yosh avlodning qay tarzda bilim olishi va qanday tarbiya topishiga bog’liq. Shu nuqtai nazardan qaraganda davlatimizning oldida turgan muhim vazifalardan biri bu yosh avlodni ma’naviy – axloqiy barkamol shaxs qilib tarbiyalashdir.Yoshlarimizning barkamol shahs bo’lib voyaga yetishida kitobning o’rni beqiyosdir. Shunga binoan davlatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev sifatli ta’lim – tarbiya olish uchun juda ko’p islohatlarni amalga oshirmoqda. Prezidntimiz ta’kidlaganlaridek yoshlar qanchalik ma’naviy barkamol bo’lsa, turli yot illatlarga qarshi imuniteti ham shunchalik kuchli bo’ladi. Shu bois yurtboshimiz takror-takror yoshlarni kitob o’qishga chaqirmoqda. Bunga misol qilibaytadigan bo’lsak 2019-yil 19-marta o’tkazgan yig’ilishda “Besh muhim tashabbusni” ilgri surdilar va uning to’rtinchi tashabbusi – yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlini keng targ’ib qilish bo’yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo’naltirilganishlarni belgilab berdilar. Davlatimiz rahbari mutasaddi vazirlik va uyishmalarga “Kitib karvoni” loyhasi doirasida badiiy, ma’rifiy, ijtimoiy mavzularda kitoblar etish hamda Qoraqolpog’iston Respublikasi va barcha viloyatlarga 1 million nusxadan kam bo’lmagan miqdorda yetkazib berish bo’yicha topshiriq berdi. 2019-yil 29-aprelda tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi xalq ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiya”sida ham umumta’lim maktab kutubxonalarini o’quvchilar mustaqil tayyorlanadigan zamonaviy markazlarga aylantirish maqsadida ularning foydali maydonlarini kengaytirish lozimligi ni vazifa qilib berdilar. Shavkat Mirziyoyev asosiy e’tiborni yoshlarga qaratmoqda. “O’zbekiston Respublikasi xalq ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiya”sida yana uzluksiz ta’lim tizimiga oid shu narsalarga e’tibor qaratilganki O’zbekiston Respublikasining 2030-yilga kelib PISA Xalqaro miqyosda o’quvchilarni baholash dasturi reytingi bo’yicha jahonning birinchi 30 ta ilg’or mamlakati qatoriga kirishga erishish.Rivojlanish ta’lim sohasiga ham o’z talablarini qo’yib, uning to’xtovsiz takomillashib borishiga sabab bo’lmoqda. Xo’sh biz bu rivojlanish sohasida nima qilishimiz kerak? Albatta yaxshi o’qishimiz, kitob bilan do’st bo’lishimiz kerak. Biz uchun zarur bo’lgan barcha fanlarni yaxshi o’zlashtirishimiz lozim. Bizning kurs ishimiz mavzusida ham boshlang’ich sinf matematika darslarida to’g’ri to’rtburchakning yuzini topishga o’rgatish metodikasini asoslab berish lozimligi aytib o’tilgan. Uzluksiz ta’limning ajralmas qismi bo’lgan boshlang’ich ta’limning asosiy maqsadi o’quvchining o’qishga bo’lgan ijobiy munosobatini shakillantirish, o’quvchilarda mantiqiy fikrlash qobilyatini takomillashtirish bilan ularda to’g’ri, aniq, qisqa matematik nutqni ham rivojlantirish yo’llari bir-biri bilan uzviy bog’langandir. Biz o’qituvchilar o’quvchilarga shu narsalarni o’rgat olsak ularda geometrik tushunchalar asosida to’g’ri fikrlash amalga oshiriladi. Bu tushunchalaruzluksiz ta’limning poydevori bo’lgan boshlang’ich ta’limning asosiy vazifalaridan biri sanaladi.

Matematikada boshlang`ich ta’lim – tarbiyaviy vazifalarini nazariy bilimlar tizimi asosidagina hal etishi mumkin. Bu ilmiy dunyoqarash, psixologiya, didaktika, matematikani o`qitish nazariyasini o`z ichiga oladi.

Boshlang`ich sinfda bolalarning aqliy rivojlanishiga asos solinishi sababli boshlang`ich sinf o`qituvchisi uchun o`quvchilarning aqliy faoliyatlari darajasi va imkoniyatlarini bilish hamda hisobga olish muhimdir.

Boshlang`ich ta’lim metodikasi o`qitish vositasi sifatida mavjud didaktik o`yinlar, mantiq ilmi va matematika nuqtayi nazaridan mazmunan yetarli emasligi tufayli didaktik o`yinlardan foydalaniladi va o`rganilgan materialni faqat mustahkamlash vositasi sifatida foydalaniladi.

Bolalarni 6-7 yoshdan o`qitishning mazmunida muammolar yuzaga keladi. Bu bog`cha - maktablarda o`qitish orqali hal etiladi.

Sanoqni o`ganish, qo`shish va ko`paytirishni birinchi bosqichda o`rgatish boshlang`ich ta’limning asosiy vazifasi bo`lib kelgan. Biroq bu vazifa yagona bo`lib qolmasdan, balki u bolalarni matematikani o`ganishga yanada kengroq imkoniyatlar yaratdi. Bolalarni matematikani o`ganishga yanada kengroq ва har tomonlama tayyorlash ishining tarkibiy qismi ikkita asosiy yo`l bilan belgilanadi:

1) pedagogik yo`l, ya’ni bolalar fikrlashini qo`llaniladigan matematik mulohazalarga tayyorlash;

2) matematika yo`li, ya’ni bolalarni eng muhim matematik tushunchalarni va eng avvalo, natural son hamda geometrik shakl tushunchalarini o`rganishga tayyorlash.

So`ngi yillarda mamalakatimizda maktabda o`qitish, ayniqsa, boshlang`ich ta’lim tizimida o`z ko`lami va ahamiyati jihatidan nihoyatda katta bo`lgan o`zgarishlar amalga oshirildi.

Masalan, 1997-yil 29-avgustdagi “Ta’lim to`g`risida’’gi qonunning 12-moddasi I-IV sinflarni o`qitishga bag`ishlangan. O`zbekiston Respublikasida “Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi”ning 3.3.1-bandi uzluksiz ta’limni rivojlantirishni, I-IV sinflarda o`qitishni tashkil qilishning rejalari ko`rsatilgan.




Download 85,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish