Natijalarni baholash.
10 ball topshiriqqa ketgan vaqt 30 soniyadan kam boisa qo’yiladi;
8 - 9 ball topshiriqni bajarishga ketgan vaqt 31 soniyadan 49 soniyagacha bo’lsa qo’yiladi;
6 - 7 ball topshiriqni bajarishga ketgan vaqt 50 soniyadan 69 soniyagacha bo’lsa qo’yiladi;
4 - 5 ball topshiriqni bajarishga ketgan vaqt 70 soniyadan 89 soniyagacha bo’lsa qo’yiladi;
3 ball topshiriqni bajarishga ketgan vaqt 90 soniyadan 1.09 soniyagacha bo’lsa qo’yiladi;
2ball topshiriqni bajarishga ketgan vaqt 1.10 soniya va undan ko’p bo’lsa qo’yiladi.
2.2. Sistemali nutq buzilgan bolalarda tafakkurni rivojlantirish uslublari
Nutq tafakkur bilan chambarchas bog'langandir. Odam nutq bo'lmasa, til vositalari bolmasa, til vositasi bo'lmasa fikr qila olmaydi. Nutqi toliq rivojlanmagan bolalarning bilish faoliyatida taffakurning o'rni yetakchidir. Nutq fikrlash qobiliyatidir. Tafakkur bo'lmasa nutq til bo'lishi mumkin emas. Taffakur va nutq turli hodisalardir, lekin ayni vaqtda bu ikki hodisa bir-biri bilan chambarchas bog'langan. Nutqi to'liq rivojlanmagananligi muammosini ilk bor nazariy jihatdan R.Y.Levina asoslab bergan. Nutqning to'liq rivojlanmaganligi deb, intelekti normada bo'lgan nutqning fonetik va fonematik, leksik va grammatik tomondan rivojlanmaganligiga aytiladi. Nutq to'liq rivojlanmagan bolalarda tovushlar talafffuzi va ularni eshitib farqlash u yoki bu darajada buzilgan bo'ladi. Morfemalar sistemasini o'zlashtirish konikmalari yaxshi egallanmaydi. Lug'at boyligi yosh normasida ham miqdor ham sifat korsatgichlari bo'yicha orqada qoladi, bog'lanishli nutq yetrli darajada rivojlanmaydi. Bunday bolalar bilish faoliyatida tafakkurning roli juda ham kata. Nutqning to'liq rivojlanmaganligini R.Ye. Levina uch daraja bilan belgilaydi: nutqiy aloqa vositalarining umuman yo‘q bolishidan to fonetik-fonematik va leksik-grammatik jihatdan rivojlanmaganlik elementlariga ega boigan mukammal nutq buzilishigacha. Nutq to'liq rivijlanmaganligining 1-darajasi nutqning boimasligi bilan xarakterlanadi. Bunday bolalar nutqsiz bolalardir. 4—6 yoshdagi bunday bolalarning lug‘at boyligi kambag‘al, noaniq boiadi. Nutqiy tovushga taqlid qilish, tovushlar kompleksi bilan chegaralangan boiadi. Narsa va borishi xarakterli xususiyat hisoblanadi: "tu-tu-mashina, parovoz, samolyot, qayiq; "taq"-yiqildi, tushurib yubordi, sindirdi, buzdi. Bu nutqni tushunish pasaygan bo'iadi, ular ko‘p so‘zlarning ma’nosini bir-biri bilan almashtiriladi, fonematik o‘quv buzilgan bo'ladi. Nutq to'liq rivojlanmaganligining bu darajasiga ega boigan bolalar uchun tovushlar analizi bo‘yicha berilgan topshiriqlar tushunarsiz boiadi. Nutq to'liq rivojlanmaganligining 2-darajasi dastlabki keng qollanadigan odatdagi nutqning boiishi bilan xarakterlanadi. Bolalar oddiy jumlalardan foydalana biladilar, ma’lum lug‘at boyligiga ega boladilar. Ular narsalar, hodisalar, alohida belgilar nomini ajrata oladilar. Lekin bunday bolalarda nutqing qo‘pol darajada rivojlanmaganligi yaqqol ifodalangan boiadi. Ular ikki-uch so‘zdan iborat gaplardan foydalanadilar. Lug‘at boyligi shu yoshga mos keladigan normadan kam boladi.
Umumlashtiruvchi so‘zlarni (mebel, kiyim, sabzavotlar, mevalar va boshqalar) bilmaslik kuzatiladi. Nutq to'liq rivojlanmaganligining 3-darajasi — nutqda leksik- grammatik va fonetik-fonematik jihatdan rivojlanmaganlik elementlari kuzatiladi. Bolalar nutqqa ega bo'lgan holda kishilar bilan aloqa bog'lay oladilar, lekin buni ota-ona ishtirokida, ularning muayyan tushuntirishlari yordamida bajaradilar. Bunday bolalar uchun erkin holda aloqada bo'lish juda qiyin. Tovushlami talaffuz qilishda ulami bir-biridan ajrata olmaslik, tovushlar guruhini artikulatsiya jihatidan osonroq bo'lgan tovushlarga almashtirish ba’zi hollarda tovushlami buzib talaffuz qilish bu bolalar uchun xarakterlidir.
Lug‘at ham normadan orqada qolgan bo`ladi, lug'at boyligi analizida leksik holatlarning o'ziga xosligi ko'rinadi. Tekshirishda gaplarni, gaplarda so'zlarni oxirigacha gapirmaslik kabi turg'un grammatik xatolar kuzatiladi. Ko'pchilik hollarda ular qo'shimcha qo'shilish bilan so'z ma’nosining o'zgarishini tushunib yetmaydilar. Nutq to'liq rivojlanmaganligining differensial tashxisi.rivojlanish tempining sekinlashuvi (nutqiy rivojlanishning orqada qolishi)
Kuzatishlarning ko'rsatishiga muayyan yosh bosqichida nutq barcha tomonlarining shakllanmaganligiga ega bolalarning bir qismi sistemali olib borilgan logopedik mashg'ulotlardan so'ng o'z nutq kamchiliklarini to'liq bartaraf eta oladilar va keyinchalik esa ommaviy maktablarda muvaffaqiyatli o'qish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Maktabgacha yoshda o'xshash nutq kamchiliklariga ega yana bir qism bolalarda esa sistemali logopedik mashg'ulotlar o'tkazilgandan so'ng ham bir qator hollarda, ular o'z nutqiy kamchiliklarini to'liq bartaraf eta olmaydilar, keyinchalik esa nutqida nuqsoni bor bolalar uchun tashkil qilingan maxsus maktablarda ta’lim-tarbiya ola turib ham uzoq yillar mobaynida yaqqol ifodalangan nutq kamchiliklariga ega bo‘lib qolaveradilar. Ehtimol, kichik maktabgacha yoshda tashqi ko‘rinishidan o‘xshash nutq nuqsonlariga ega bolalarda nutq nuqsonlarini paydo bo'lish mexanizmlari va tuzilishi bir xilda emasdir, lekin nutq tuzilishining dinamikasi turlicha bo'ladi. Bundan shuni xulosa qilish mumkinki, ham amaliy, ham nazariy munosabatdan olib qaralganda nutq buzilishlari holatlariga ko‘ra alohida guruhlarga ajratiladi.
Eng avvalo nutq to‘liq rivojlanmaganligini nutq shakllanishi tempining sekinlashuvidan farqlash lozim. Bunday zaruriyat asosan kichik maktabgacha yoshda, qachonki nutq rivojlanshining kechikishi va uning rivojlanish tempini sekinlashuvi aniqlanganda yuzaga keladi. Bu hollar birmuncha to'g'ri farqlash ta’limiy logopedik ta’sir jarayonida amalga oshiriladi.
Muhim diagnostik mezonlardan birif bola tomonidan ona tilidagi grammatik normalami o‘zlashtirish imkoniyati hisoblanadi. Nutqiy rivojlanish tempining sekinlashuvida bola о'ziga qaratilgan nutqni, shu jumladan so ‘zlaming grammatik о‘zgarishlari ahamiyatini ко 'pincha yetarli darajada yaxshi tushunadi; ular o'xshash jaranglovchi so'zlar ahamiyatini tushunishda xato qilmaydilar. Nutqiy rivojlanish tempining sekinlashuvida nutq tiklanishi jarayonida so'z tarkibi buzilishlari va agrammatizm uchramaydi. Nutqi to'liq rivojlanmagan bolalar uchun bu Shunday qilib, nutqiy rivojlanish sekinlashuvida bola nutqining rivojlanishi normal nutq rivojlanishidan faqat o‘zining templari bilan farq qiladi.
Impressiv va ekspressiv nutqdagi leksik-grammatik tarkib shakllanishining qonuniyatlari normal ontogenezdan farq qilmaydi. Nutqiy rivojlanishi sekinlashgan bolalarning grammatik tizimini qo‘llashi xarakteri normal bolaning (kichikioq yoshli) nutqiy rivojlanish darajasiga mos keladi. Tafakkur haqida tushuncha, inson tafakkurining imkoniyatlari, tafakkur operatsiyalari, mantiqiy shakllari, turlari, sifatlari, tafakkur borasidagi psixologik nazariyalar, tafakkurning individual tafovutlari, tushunish masalasi, muammoli vaziyatlar va masala yechish jarayonida tafakkurning ishtiroki, tafakkur jarayonida ko‘chish holatining fikr yuritish samaradorligi va tezligiga ta’siri masalalariga ushbu mavzu bayonida alohida e’tibor qaratilgan.
Bundan tashqari til va tafakkur o‘rtasidagi bog‘liqlik, tilning fikr ta’sirlami fikr bayonida, ma’lumotlar almashish jarayonida, o‘zaro tushunish hamda o‘zaro ta’sir jarayonidagi roli atroflicha yoritib berilgan. Inson o‘z tafakkuri, ongi bilan hayvonot olamidan ajralib chiqqan hamda jahonning hukumdoriga aylangan.
Tafakkur inson bilish faoliyatining yuksakbosqichi hisoblanib, uning yordami bilan atrof-muhitga aloqador qonuniyatlar ochiladi, bunyodkorlik ishlari ro‘yobga chiqariladi, jamiyatning istiqbol rejalari yaratiladi, tabiatga nisbatan munosabat o‘matiladi. Ma’lumki, olamdagi barcha narsalarning yaratilishi, loyihasi, tuzilishi, yaqqol ijrosi, g‘oyalar ishlab chiqilishining barchasi tafakkur mahsuli bo‘lib hisoblanadi. Taraqqiyot (progress), madaniyat, jamiyat, shaxs kamoloti negizida salohiyat majmuasi tarzida yuzaga keluvchi, rivojlanishning harakatlantiruvchisi - tafakkur yotadi. Inson o‘z tafakkuri, nutqi, ongi mavjudligi tufayli dunyodagi, borliqdagi mavjudotlardan ham mazmun, ham miqdor jihatidan yuksak kamolot darajasiga ko‘tarilgan. Xuddi shu bois inson tafakkurini rivojlantirish, takomillashtirish, ichki imkoniyatlari, mexanizmlarini ro‘yobga chiqarish taraqqiyotni belgilovchi omil sifatida gavdalanadi.B ugungi kunda biz insonlar butun yer yuzidagi o‘ta murakkab telefon tarmoqlariga qaraganda ancha murakkab tuzilishdaniborat bo‘lgan atigi uch funtli inson miyasini tadqiq eta oldik: yangi tug‘ilgan chaqaloqlaming qobiliyatlaridan taajjubga tushdik; inson ongining vizual obrazlarini bir vaqtning o‘zida, parallel ishlov berish uchun rangli obrazlami yaratuvchi millionlab nerv impulslariga taqsimlovchi sensor tizimini munosib baholay oldik; inson xotirasining umumiy ko‘rinishi bilan hajmining cheksizligini va biz tevarak-atrofdan olayotgan axborotlarga ongli hamda anglamagan holda osonlik va zudlik bilan ishlov berishi- mizga ishonch hosil qildik. Shuning uchun insoniyat vakillari orasida fotoapparat, avtomobil va kompyutemi ixtiro qilgan, atomni parchalagan va genetik kodni kashf etgan, kosmik fazoni zabt etgan va okean tubiga sho‘ng‘iy olgan daholaming mavjudligi ajablanarli hoi emas. Psixologiya fani paydo bo‘lgandan buy on soha doirasida ko‘plab Kurslar o‘tkazilgan bo‘lsada tafakkur muammosi eng kam o‘rganilgan kategoriya sanaladi.
Mavzuni o‘qib-o‘zlashtirish jarayonida bu muammoning mohiyatini o‘zlashtirish juda ham murakkabligini tushunasiz. Biz tafakkurning ba’zi aspektlarini va qismlarini tadqiq qila olamiz va hamma savollarga javob bera olmasak ham ulami aniqlashtirishga harakat qilamiz.
Demak, bizning dunyoni, uning sir-asrorlarini tushunishimizning zaminida narsa va hodisalaming biz uchun shaxsiy aloqasi, ahamiyatliligi darajasi yotadi. Ana shunday dunyoni tushunishimiz, anglashimiz va unga ongli munosabatimizni fakkur, fikrlash deb ataladi. Tafakkur - atrof-muhitdagi voqelikni nutq yordami bilan bevosita, umumlashgan holda aks ettirivchi psixik jarayon, ijtimoiy sababiy bog'lanishlarni anglashga, yangilik ochisnga va bashorat jqilishgayo ‘naltirilgan aqliy faoliyatdir. Nutq va tafakkur bir-biri bilan uzviy bogliqdir. Psixologik nuqtai nazardan insonning bilish jarayonlariga diqqat, sezgi, idrok ,xotira,tafakkur, xayol kabi jarayonlar kirib insonning bolalikdan rivojlanishi mobaynida ushbu jarayonlar ham turli faoliyatda rivojlanib boradi. Bilish jarayonlari kechishining eng muhim xususiyati uning tanlaydigan, yonaltirilgan tusdaligidan iborat.Tevarak atrofdagi olamning koplab tasirlari orasidan kishi hamisha nimanidir tafakkur qiladi.Tafakkur bolaning bogcha yoshidagi davridan juda tez rivojlana boshlaydi.Buning sababi
Birinchidan, bog'cha yoshidagi bolalarda turmush tajribasining anchagina kopayishi;
Ikkinchidan, bu davrda bolalar nutqining nisbatan yaxshi osgan bolishi;
Uchinchidan, bog'chada harakatlar qilish imkoniyatiga ega bolishdir.3
Ayniqsa, nutqi toliq rivojlanmagan bogcha yoshidagi bolalar ozlarining mustaqil harakatlari davomida atrofdagi turli narsalar bilan bevosita taqqoslash,analiz qilish va nihoyat umumlashtirish kabi fikr qilish jarayonlarini vujudaga keltiradi va umumlashtiradi. Bog'cha yoshidagi bolalarda har xil sohalarga oid savollarning tugilishi ular tafakkurining shakllanayotganligidan darak beradi.Shuning uchun, bolalarning savollariga doimo ahamiyat bilan qarash kerak.
Nonutqiy jarayonlarni togri baholsh nutqi toliq rivojlanmagan bolalar tipik rivojlanishi qonuniyatlarinin aniqlash va shu bilan birga ularni ornini toldiruvchi imkoniyatlarni aniqlash uchun zarurdir. Bolalarda bolish faoliyatlarini rivojlanishi tevarak- atrof, kishilar mehnati va bola yashayotgan muhitdagi barcha predmetlar va narsalarni bilish va organish orqali rivojlanib boradi. Nutqi toliq rivojlanmagan bolalarda tafakkur boshqa psixik jarayonlardan ajralgan holda voqea bolmaydi, balki aksincha tafakkur idrok bilan ,hotira bilan, xayol va nutq bilan diqqat ,his ,iroda bilan chambarchas boglangan. Tafakkur qanchalik murakkab bolsa , unda boshqa psixik jarayonlar shunchalik kop joy oladi.Ayrim psixik jarayonlarning tafakkurdagi ahamiyati , jumladan quydagilardan iboratdir.
Biz idrok qilayotgan voqealik, biz turgan vaziyat tafakkurning birinchi va doimiy mavzusidir. Idrok qilish chogida turli savollar paydo boladi, savollar esa, tafakkur faoliyatini yanada davom ettiradi. Bizning birinchi fikrlarimiz ,birinchi muhokalarimiz idrok qilinayotga narsalar togrisidagi muhokamalardir. Bazan odam hatto abstrakt masalalarni hal qilish paytida ham narsalarni bevosita idrok qilishga yoki shu narsalar togrisidagi tassurlariga murojaat qiladi va bunday qilish ish uchun katta foyda keltiradi.Biroq,odamning tafakkuri faqat idrok doirasidagina sodir bolib qolmaydi. Odam o'zi idrok qilayotgan narsalar togrisida ham ozidagi tajribaga tayanib, mavjud tassurlarga tayanib, fikr qiladi. Shu sababli taffakur jarayonlarda xotiraning faoliyati, jumladan esga tushirish jarayoni katta o'rin oladi. Xotirada mustahkamlab qolgan tajriba va bilimlar odam taffakurining mazmunli va samarali bolishini hiyla darajada belgilaydilar. Tafakkur jarayonlarida xayol katta o'rinni oladi. Tafakkur uchun kerakli aniq obrozli material xotiradan olinganidek, fantaziyalardan ham olinadi. Xayol tafakkurning kengligiga va sermnahsul bolishiga ta`sir qiladi. Xayol qilish qobiliyati sust rivojlangan nutqi to'liq rivojlanmagan bolalarda,tafakkur ularning ozlarida bolgan tajriba va bilimlar doirasida voqe boladi. Bu tafakkur atrofdagi narsalarga “yopishib qolganligi” kam mahsulliligi, o'zining orginal bolmasligi va biron nimani ixtro qilmasligi bilan farq qiladi, ko'pincha yuzaki va mayda–chuyda narsalar tog`risida fikr yuritish bilan cheklanadi. Shu sababli, keng, kuchli va real fantaziyani rivojlantirish keng, mazmunli, original va ijodiy tafakkurni rivojlantirishning eng muhim shartlaridan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |