«Guruhlarga bo‘lib ko‘r-chi» metodikasi
Ushbu metodika 4 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarning obrazli so‘z-mantiqli tafakkurini baholash uchun mo‘ljallangan. Bolaga rasmdagi tasvirlar ko‘rsatilib, quyidagi yo‘riqnoma beriladi:
«Diqqat bilan ushbu rasmdagi tasvirlarni ko‘rib chiq va ularni iloji boricha ko‘p guruhlarga bo‘l. Har bir guruhga, umumiy belgisi bir xil bo‘lgan figuralarni kirit va har bir figuraning nomini ayt hamda qanday belgilar asosida bo‘lib chiqqaningni tushuntirib ber».
Topshiriqni bajarishga 3 daqiqa vaqt berilgan.
Natijalarni baholash.
10 ball — bola hamma figuralarni 2 daqiqadan kam vaqtda guruhlarga bo‘lib chiqsa qo‘yiladi.
Bu figuralar guruhi quyidagicha: uchburchak, aylanalar, kvadratlar, romblar, qizil figuralar (rasmda ular qora rangda berilgan), ko‘k figuralar (ular to‘g‘ri chiziq bilan shtrix qilingan), sariq figuralar (kataklar bilan belgilangan), katta figuralar, kichik figuralar;
8 - 9 – ball bola hamma figuralarni 2,0 daqiqadan 2,5 daqiqagacha bo‘lib chiqsa qo‘yiladi;
6 - 7 ball – bola hamma figuralarni 2,5 daqiqadan 3,0 daqiqagacha bo‘lib chiqsa qo‘yiladi;
4 - 5 ball – 3 daqiqa mobaynida bola 5 dan 7 tagacha guruhga bo‘lib chiqsa qo‘yiladi;
2- 3 ball – 3 daqiqa mobaynida bola 2 dan 3 tagacha guruhga bo‘lib chiqsa qo‘yiladi;
0-1 ball – 3 daqiqa mobaynida bola 1ta guruhdan ko‘p guruhga bo‘la olmasa qo‘yiladi.
XULOSA
Insoniyat yaralibdiki nutq mavjud. Inson zoti yatilganligining ilk kunidanoq bir-biri bilan muloqotga kiriahgan va bu jarayonni nutq deb ataymiz. Nutq borki biz bir-birimizni tushunamiz, anglaymiz, o'zaro fikr almashamiz va shu kabi ko'p ishlarning hammasi nutq orqali amalga oshiriladi. Agar nutq bo'lmaganda edi insoniyat ham allaqachoqn yo'q bo'lib ketardi yoki bir-birimizni hech qachon anglamasdik.
Nutqning yozma va og'zaki kabi yirik turlari mavjud. Biz fikrimizni istagan ko'rinshda yetkazib bera olamiz, u xoh og'zaki bo'lsin, xoh yozama. Nutq ravon chiqroyli insonlarga havas qilamiz. Unday insonlar hatto lider ham bo'lishadi, o'zlari bilan ko'pchilikni yetaklay olishadi. Ammo, ba'zida nutqda nuqsonlar ham uchrab turadi. Bunday kamchilik va nuqsonlar insonlarga muloqot qilishida to'sqinlik qiladi. Logopediya shunday nutq nuqsonlari bilan shug'illandi. Ularning kelib chiqishi, sabablari va ularni tuzatish choralari ustida ishlaydi.
Nutq buzilishining birnecha tuari mavjud. Ulardan biri sisitemali nutq buzilishi bo'lib, uning alaliya va afaziya kabi ikki yirik turi mavjud. Bu ikkisining o'xshashligi bilan farqli jihatlarini kurs ishida kelitirb o'tdim.
Nutq kabi taffakur ham insoniyatning ajralmas bo'lagi. Nutq va tafkkur bir biri bilan chambarchas bog'liq. Biz gapirar ekanmiz nutq jarayonida nima aytishni avval hayolda o'ylaymiz ya'ni tafakkur qilamiz. Tafakkur va nutqning bir biri bilan qanchalik bog'liqligini kurs ishida keltirib o'tdim. Bolalarda ayniqsa sistemali nutq buzilishida tafakkurda qanday o'zgarishlar bo'ladi, nutq buziloshi mavjud bolalar bialn qanday iahlash kerakligini ham ko'rdik.
Do'stlaringiz bilan baham: |