Harorati pasaygan suyuqlik tushirish quvuri orqali o׳txonada joylashgan zmeevikka qaytadi. Shunday qilib, berk tizim sovuq va issiq suyuqliklar zichliklarining farqi ta’sirida tabiiy sirkulyatsiya yuz beradi. Bunday sharoitda suvning tezligi 0,2 m/s ga teng bo׳ladi. Quvurlar korroziyasini kamaytirish va kondensatsiyalanmaydigan gazlarning ajralishini yo׳qotish uchun isitish tizimi distillangan suv bilan to׳ldirilishi zarur. Tabiiy sirkulyatsiya li qurilmalarning yaxshi ishlashi uchun issiqlik sarflovchi qurilma o׳txonaga nisbatan eng kamida 4-5 m balandlikda joylashgan bo׳lishi kerak. Natijada isitish qurilmasining umumiy balandligi ancha katta qiymatga ega bo׳ladi.

Ammo bu sharoitda ham suyuqlikning tezligi ancha kichikdir, shu sababli tabiiy sirkulyatsiyali isitish qurilmalarining ish unumi yuqori emas. Majburiy sirkulyatsiyali qurilmada o׳txona va issiqlik sarflovchi qurilma o׳rtasidagi suyuqlik nasos yordamida harakatga keltiriladi. Majburiy sirkulyatsiya yordamida suyuqlikning tezligi 2—2,5 m/s va undan kattaroq bo׳lishi mumkin, natijada issiqlik almashinish jarayonining samaradorligi ham ko׳payadi. Bunday chizmada issiqlik sarflovchi qurilmani o׳txonadan yuqoriga ko׳tarish kerak emas. Bu qurilmada bitta o׳txona bir necha qurilmani issiqlik bilan ta’minlashi mumkin. Biroq sirkulyatsiya uchun nasosning ishlatilishi qurilma va undan foydalanishni qimmatlashtiradi.