Nitrat kislota ishlab chikarish. ReJA



Download 65,05 Kb.
Sana10.04.2020
Hajmi65,05 Kb.
#43692
Bog'liq
nitrat kislota ishlab chikarish.


Aim.uz


Nitrat kislota ishlab chikarish.

ReJA:

1.Nitrat kislota xakida umumiy tushuncha.

2.Nitrat kislota ishlab chikarish.

3.Nitrat kislotaning axamiyati.

TAYaNCh IBORALAR:

Nitrat kislota, asosiy xom ashyolar, ishlab chikarishning asosiy boskichlari, ishlatilish soxalari.

Toza NHO3 rangsiz suyuklik; solishtirma ogirligi 1,526 g/sm3 (15°S da); uning katish temperaturasi 41,3°S; u 86°S da kaynaydi; suv bilan xar kanday nisbatda aralashadi. Tarkibida 68% NHO3 bulgan nitrat kislota eritmasi (dk1,4g/sm3) uz tarkibini uzgartmay 120,5°Sda kaynaydi.

Kontsentrlangan nitrat kislota (ayniksa yoruglik ta`siridan) kisman parchalanadi.

4NHO3 2H2O+4NO2+O2

Xosil buladigan azot (IV) -oksid kislotaga sarik tus beradi. Uzida NO2 ni eritgan HNO3 tutovchi nitrat kislota nomi bilan yuritiladi.

XIX asrda XX asrning boshlariga kadar nitrat kislota chili selitrasiga H2SO4 ta`sir ettirish yuli bilan olinir edi:

NaNO3 + H2SO4 NaHSO4 HNO3

Xozirgi vaktda bu metoddan nixoyatda kam foydalaniladi.

1905 yildan boshlab Norvegiyada sanoatda HNO3 olishning elektr yoy usuli joriy etildi. Bu usulning moxiyati shundan iboratki, avval xavo orkali elektr yoyi utkaziladi, bunda azot bilan kislorod uzaro reaktsiyaga kirishib NO ni xosil kiladi. NO xavoda tez soviganda xavo kislorodi va suv bilan birikib nitrat kislotaga aylanadi :

N2 + O2  2NO; 2NO + O2  2NO2 3NO2 + H2O 2HNO3 + NO

Ortib kolgan NO yana xavo kislorodi bilan birikib NO2 ga aylanadi, yana suv bilan birikib HNO3 xosil kiladi.

Agar azot oksidlaridan iborat gazlar aralashmasi kal`tsiy gidroksidga yutdirilsa, kal`tsiy nitrat (Norvegiya selitrasi) xosil buladi. Yoy usulida elektr energiya kup sarf buladi. Masalan, 1 kg kislota tayyorlash uchun 70 kvt energiya ketadi. Shuning uchun bu usul kam kullaniladi. Xozirgi vaktda sanoatda HNO3 asosan ammiakni katalizator ishtirokida oksidlash yuli bilan olinadi. Ammiak bilan xavo aralashmasi 600-800°S da platinada yasalgan tur (katalizator) orkali utkazilganda NO xosil buladi va bu gaz xavo kislorodi bilan darxol birikib NO2 ga aylanadi. Azot (IV) - oksid esa suv va xavo kislorodi bilan uzaro ta`sirlanib HNO3 ni xosil kiladi:
4HN3 + 5O2  6H2O + 4NO +216 kkal 2NO + O2  2 NO 3 NO2 + H2O  2HNO3 + NO

HNO3 ishlab chikarishda NO ni mumkin kadar kuprok darajaga HNO3 ga aylantirish nixoyatda muxim masala xisoblanadi. 2NO +O2  2NO2 reaktsiyasining sust borishi va HNO3 kontsentratsiyasi ortgan sayin NO2 ruvchanligining kamayishi bu problemani xal kilishni ancha kiyinlashtiradi. HNO3 zavodlarida NO2 dan kuprok foydalanish maksadida ketma-ket joylashtirilgan katta xajmli bir necha yutuvchi ustanovkalardan foydalaniladi. Bu ustanovkalarda xosil buladigan HNO3 ning kontsentratsiyasi 50% ga yakin buladi. Bosimni oshirish yuli bilan 2NO + O2  2NO2 reaktsiyaning tezligi va NO2 ning suvga yutilishi oshiriladi; bosim 10 atmosferaga etganda xosil buladigan nitrat kislotaning

kontsentratsiyasi 65% gacha kutariladi. 50 atmosfera bosimi va 70S da suyuk N2O4 kislorod suvda eritilsa, 98% li HNO3 xosil buladi: 2N2O4 + O2 + 2H2 O  4HNO3

Bu usul «nitrat kislotaning bevosita sintezi» nomi bilan yuritiladi. Xosil kilingan HNO3 alyuminiydan yasalgan tsisternalarda saklanadi.

Nitrat kislotaning sanoatda ishlatilishi uning oksidlash va nitrolash xossalarigaasoslanadi. Bundan tashkari HNO3 nitratlar, mineral ugitlar, ayniksa ammiakli selitra olishda juda kup ishlatiladi.

HNO3 tuzlari sanoat va xalk xujaligining turli soxalari uchun nixoyatda katta axamiyatga ega. Masalan kaliy nitrat ugit sifatida ixlatilishidash tashkari kora porox tayyorlash uchun ketadi. Kora porox tarkibida 68% KNO3 , 15%S va 17% S buladi. Kora porox yonganda:

2KNO3 + 3C + S  K2S + 3CO2 + N2

reaktsiyasi sodir bulib, kup mikdorda gazlar ajralib chikadi. Ammoniy nitrat NH4NO3 parchalanganda katta xajmli gazlar (O2 va N2 ) ajralib chikadi, shu sababli bu tuz xam ammonal nomli portlovchi aralashma tarkibiga kiradi. Ammonal tarkibida 72% ammoniy nitrat, 25% alyuminiy kukuni va 3% kumir buladi.

Xozirgi vaktda «Ammoniyli selitra» deb ataluvchi ammoniy nitrat muxim azotli ugit xisoblanadi. Uning tarkibida 34% N bor.

Azotli ugit sifatida kal`tsiy nitrat- kal`tsiyli selitra Ca2(NO3)2 xam ishlatiladi. Uning tarkibida 17% N bor. Bu ugitga 5% NH4OH kushish yuli bilan uning sifati ancha yaxshilanadi.


SAVOL VA TOPShIRIKLAR:

1.Nitrat kislota ishlab chikarish kanday boskichlardan iborat?

2.Bu ishlab chikarishning asosiy xom ashyolari nima?

3.Nitrat kislota kanday maksadlarda ishlatiladi?


FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR.

  1. A.V.Belotsvetov, S.D.Beskov, N.G.Klyuchnikov Ximicheskaya texnologiya. M."Prosvesheniya". 1976.

  2. Otakuziev T.A., A.A.Ismatov, N.P.Ismoilov, F.M.Mirzaev "Noorganik metallar kimyoviy texnologiyasi" T."Uzbekiston" 2002 y.

  3. J.Isroilov. Sanoatning eng muxim tarmoklari texnologiyasi asoslari. T."Ukituvchi". 1978.

  4. Sh.M.Mirkomilov Kimyo texnologiya ma`ruzalar matni. Nizomiy nomidagi TDPU 2000 y

  5. Sh.M.Mirkomilov, X.U. Maxsudxonov, O.Iskandarov. Kimyoviy texnologiya fanidan amaliy ishlar, masala – mashklar va testlar tuplami. T. "Universitet" 2006.

  6. R.S.Sokolov. Ximicheskaya texnologiya v 2-x tomax. M.Gumanitarnыy izdatel`skiy tsentr, Vlados, 2000.

  7. B.e.Abalonin. Osnovы ximicheskix proizvodstv. M.,Ximiya-2000g. 471s.

Download 65,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish